Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
22.5K subscribers
292 photos
153 videos
81 files
1.1K links
📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
Download Telegram
⚡️ Kambag‘al oilalarning a’lochi talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi

◾️ Prezident farmoniga binoan, 2025-yildan boshlab kambag‘al oilalar farzandlari uchun bir qator imtiyozlar joriy etiladi.

2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.

Shuingdek, kambag‘al oilalarning “a’lo” baholarga o‘qiydigan farzandlarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Tanlov ustuvorligi qanday tanlanadi?

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.


✅ Abituriyentga:

tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bitiruvchilariga IT sohasida $2000 oylikli ishni taklif qilayotgan universitet – IDU (International Digital University)

IDUda barcha o’quv dasturlari, imtihonlar, vertual kutubxona va diplom Buyuk Britaniyaning Wolverhampton universiteti tomonidan taqdim etiladi (Top 800 reyting).

Yo’nalishlar:
-Sun’iy intellekt
-Kiberxavfsizlik
-Raqamli Biznes boshqaruvi
-Data science

Universitet haqida batafsil: landing.idu.uz
Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi - 2025.pdf
274.2 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

✅ Davlat granti kvotasi ulushi

2025–2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti

❓ Davlat granti kvotasi ulushi nima?

Davlat granti kvotasi ulushi — OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishiga kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotaning qanchasi (foiz hisobida) davlat granti asosida bo‘lishi mumkinligi.

Misol uchun, “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi uchun davlat granti kvotasi ulushining chegarasi — 30%.

O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilgan jami kvota — 50 ta.

Davlat granti kvotasi ulushining chegarasini aniqlash uchun 50 ta kvotaning 30 foizini hisoblashimiz kerak bo‘ladi.

Demak, O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilishi mumkin bo‘lgan davlat granti asosidagi kvotaning maksimal soni — 15 ta (50 x 30 / 100 = 15).

❕ Bu O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishiga davlat granti asosida ajratilishi mumkin bo‘lgan kvotaning maksimal soni (aniq shuncha oladi degani emas).

Qaysi OTM qancha grant kvota olishi ushbu OTMni tanlagan abituriyentlarning bilimiga bog‘liq.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun — qabulning oxirgi kuni

Bugun, 8-avgust soat 23:59 ga qadar oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar quyidagilarni tanlashi lozim:

➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Mandat chiqdi

✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Endi IT Park University’ga DTM natijalariga ko‘ra o‘qishga kirish mumkin!

Endi IT Park University’ga kirish osonlashdi: biz abituriyentlarni UzBMB (DTM) imtihoni natijalari asosida — universitetga kirish uchun qo‘shimcha test sinovlarisiz qabul qilamiz.

Buning uchun nimalar kerak:
— matematikadan kamida 10 ta to‘g‘ri javob
— ingliz tili bo‘yicha kamida 20 ta to‘g‘ri javob
— natijalar e’lon qilingandan so‘ng, hujjatlarni saytimiz orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul komissiyasiga topshiring.

Bu O‘zbekistondagi eng zamonaviy IT-universitetlaridan birida o‘qishni boshlash imkoniyatidir. DTM natijalariga ko‘ra qabul allaqachon ochilgan, joylar soni esa cheklangan - hujjatlarni topshirishni kechiktirmang!

Havola orqali IT Park University’ga kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘ting — va IT sohasidagi yo‘lingizni hoziroq boshlang!

Barcha savollar bo‘yicha: +998 55 520 40 00
Website
Admission portal

Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin
⚡️ Bugundan apellatsiya arizalari berish boshlandi

✅ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2025-yil 21-avgustdan boshlanadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎯 Mandat javoblari chiqdi — DTM bali bilan IMTIHONSIZ talaba bo‘ling!

Vaqtni boy bermang — joylar cheklangan!

🎓Axborot texnologiyalari va menejment universiteti — zamonaviy bilim, keng imkoniyat va muvaffaqiyat sari yo‘l!

Sizni kutayotgan yo‘nalishlar:
IT, Dasturiy injiniring, Kiberxavfsizlik
Tarix, Arxitektura
Iqtisodiyot, Menejment, Moliya
Boshlang‘ich ta’lim, Maktabgacha ta’lim, Filologiya, Psixologiya va yana 20+ bakalavr yo‘nalishlar!
➕ 6 ta magistratura mutaxassisligi!


Afzalliklar:
• 300 ta grant o’rni
• 4 ta zamonaviy kutubxona
• 2 ta yotoqxona
• ham o’qish ham ishlash imkoniyati (kechki ta’lim shakli)

Kelajak — bugun qabuldan boshlanadi!
Hozir hujjat topshiring va orzular sari yo‘l ochar birinchi qadamingizni tashlang!

📄 Litsenziya (№325325; 30.12.2022y)

Murojaat uchun:
+998(55)404-55-55

Hujjat topshirish: qabul.atmu.uz
Qabul boti: @atmuuz_bot

Telegram | Instagram
Forwarded from texnomart
📚 O‘quv yili uchun top 5 smartfonlar to'plami!

🔥 Endi xohlagan smartfoningizni 24 oylik muddatli to‘lov bo'liiib-bo'lib to'lashga xarid qiling!

*Do'konlarimizga marhamat!

—

📚 Лучшая коллекция смартфонов на учебный год!

🔥 Теперь можно взять любой смартфон в рассрочку по ниииизкой цене на 24 месяца!

*Добро пожаловать в наши магазины!

➡️ Buyurtma bering

71-209-99-44 | texnomart.uz
👇Подписывайтесь: @texnomart
Talaba bo‘lganlar birinchi navbatda nima qilishi kerak?

🎉 Avvalo, talaba bo'lganingiz bilan tabriklaymiz.

➖ Hozir har bir OTMning telegram kanali, sayti bor. O‘zingiz talaba bo‘lgan OTM saytiga kirib tanishib chiqing. OTM lokatsiyasi, binolari, kutubxonalari, darslari haqida ma’lumot oling.

➖ O‘zingiz talaba bo‘lgan yo‘nalishda qanday fanlar o‘tilishi, baholash qanaqa ekani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing.

➖ Darslar boshlangach, abituriyentlikdagi o‘qish darajasini saqlab qolish, erkalanib ketmaslik uchun alohida o‘qish planini tuzib olish kerak.

➖ O‘zingizga o‘zingiz javob berishga o‘rganishni boshlang. Endi mustaqil shaxssiz, ehtimol, uydagilaringizdan uzoqda o‘qiysiz. Demak, pulingizni, vaqtingizni qanday sarflashga o‘zingiz javobgarsiz. Bundan cho‘chimang. Mustaqillik — yaxshi narsa.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨⚡️ 90% joylar to’lgan. Talaba bo’lish uchun oxirgi imkoniyat!

Millat Umidi Universitetida 2025-26 o’quv yili uchun qabul davom etmoqda.

📝 IELTS, SAT, CEFR yoki DTM bilan - imtihonlarisiz qabul!


📚 Bakalavr dasturlari:

3 yillik: Ingliz tilini o‘qitish, Turizm
4 yillik: IT, Biznes, Moliya

🎓 Magistratura:

18 oylik: MBA va Ingliz tili o‘qitish

💰 Kontrakt: 18-25 mln so‘m | 🏠 400 o‘rinli yotoqxona


🌍 Xalqaro 2+2 va 3+1 dasturlar – Malayziya, BAA, Singapur va boshqa davlatlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyati.
🎓 Diplom + xalqaro sertifikatlar: ACCA, CELTA, PMI va boshqalar.

🇺🇿🇺🇸 Ta’lim tili: o‘zbek va ingliz tillarida

BOT orqali: ROʻYXATDAN OʻTISH
Sayt orqali:
ROʻYXATDAN OʻTISH

📞 71 200 03 06
📍 Toshkent sh., Novza metrosi oldida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Apellatsiya berish uchun yana 3 kun vaqt qoldi

✅ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Samarqandda ikkinchi Milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tadi

20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalardan biri —National AI Xakatonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Loyiha butun mamlakat bo‘ylab iqtidorli yosh mutaxassislarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘zlarining IT-yechimlarini amalga oshirishda yordam olish imkoniyatini beradi.

Xakaton ishtirokchilari mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari ekspertlaridan yordam olgan holda tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqiqlangan moddalar aylanishini nazorat qilish kabi sohalardagi loyihalar ustida ishlaydilar.

Ishtirok etish uchun ai-hackathon.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ushbu bosqichda faqat Samarqand viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin.

👉 Batafsil
⚡️Abituriyentlarga maksimal ball
beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati


— Abituriyentlar uchun bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati bilan tanishing.

✅ Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
👩‍🎓 Xotin-qizlar ta’limi uchun yangi imtiyozlar:

➖ Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 karra oshirilib, 4 mingga yetkaziladi;

➖ Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim asosida magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi;

➖ Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Bunda har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan 500 million so‘mgacha grant beriladi;

➖ Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida bo‘ladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Chet tili sertifikati boʻlmasa 29 ta yoʻnalishga hatto hujjat topshirib bo'lmaydi ❌

Mana shu yilgi qabuldan boshlab, 1-fani chet tili bo'lgan yo'nalishlarga hujjat topshirish uchun xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat bo'lishi kerak. Busiz hatto hujjat topshirib bo'lmaydi.

Bu qanday aniqlanadi?

Bu talab amal qilishi uchun abituriyent tanlagan yo'nalishda 1-fan chet tili bo'lishi kerak.

1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!

#Qabul2026 #Abituriyent2026 #abituriyent


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy