Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
22.5K subscribers
292 photos
153 videos
81 files
1.1K links
📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
Download Telegram
📌 CEFR imtihonlari haqida nimalar bilasiz? 10 ta asosiy fakt

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlaganlik va sertifikat berganlik uchun talabgor tomonidan ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

✅ Sertifikat test sinovlari yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplagan shaxslarga 3 yil muddat bilan beriladi.

✅ Chet tilini bilish darajasi test sinovlari oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi, u quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:

a) “audialash” boʻlimi — ogʻzaki nutqni qabul qilish koʻnikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

b) “oʻqish” boʻlimi — yarim autent va autent matnlarni tushunishni, oʻqilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

d) “leksika va grammatika kompetensiyasi” boʻlimi — grammatik tuzilishni va lugʻat zaxirasini farqlash hamda ulardan toʻgʻri foydalanish mahoratini tekshiradi;

e) “xat” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular boʻyicha bir-biri bilan bogʻlangan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;

f) “soʻzlash” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va oʻz nuqtai-nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.

✅ ”Audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi” boʻlimlarining har biri 30 ta savoldan iborat boʻladi, “xat” boʻlimi A2, A2+, B1, B1+, B2 darajalari uchun ikkita yozma topshiriqdan, C1 darajasi uchun uchta yozma topshiriqdan (darajaga bogʻliq holda birinchi topshiriq — 30—150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq — 50—250 ta soʻzdan, uchinchi topshiriq — 80—100 ta soʻzdan), “soʻzlash” boʻlimi topshiriqlarning uchta turidan iborat boʻladi.

✅ Test sinoviga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati, uni oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi axborot Davlat test markazining saytida eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish sanasi u oʻtkaziladigan kundan bir haftadan kechikmay eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish joyi va sanasi Davlat test markazi tomonidan aniqlanadi.Test sinovi guruhlarning shakllantirilishiga qarab, lekin talabgor roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab olti haftadan kechikmay oʻtkaziladi.

✅ Testni oʻtkazish vaqti:

A2, A2+ darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 150 daqiqani, soʻzlash uchun — 10 daqiqani;

B1, B1+ darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 185 daqiqani, soʻzlash uchun — 15 daqiqani;

B2 darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 200 daqiqani, soʻzlash uchun — 15 daqiqani;

C1 darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 210 daqiqani, soʻzlash uchun 20 — daqiqani tashkil qiladi.

Test sinovi har bir boʻlimining eng yuqori bahosi 30 ballni tashkil qiladi.

✅ Test sinovlari natijalari ular oʻtkazilgan kundan boshlab ikki haftadan kechikmay Davlat test markazi saytida eʼlon qilinadi.

✅ Test sinovi yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam ball olgan talabgor test sinovida qatnashish uchun, lekin test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va Sertifikat berish uchun toʻlov toʻlangan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.

✅ Test natijalaridan norozi boʻlgan talabgor Davlat test markaziga apellyatsiya taqdim etish huquqiga ega. Apellyatsiya test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida belgilangan boʻyicha yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.

✅ Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida, Davlat test markazi buyrugʻi asosida Sertifikat beriladi. Malaka Sertifikatining dublikati berilganligi uchun BHMning 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Savol: Hozirgi kunda karantin sababli bir necha cheklovlar mavjud, xoʻsh bu cheklovlar saqlanib qolsa test sinovlari qay tartibda oʻtkaziladi?

✅Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin🎥 03:28

❗️Bu yil kutilayotgan oʻzgarishlar:

• Testlarda ikkita blok uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt ajratiladi.

• Amaliy imtihonlar uchun 1 soat vaqt ajratiladi.

• Bu yil test sinovlarini oʻtkazish uchun 64 ta bino ajratilgan.

• va ularda koʻpi bilan 700 tagacha oʻrin tayyorlanadi.

• 1 ta abituriyent uchun 3 kvadrat metr joy ajratiladi.

• har bir abituriyent niqoblar va qoʻlqoplar bilm taʼminlanadi.

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/dLXB_qkJ_W4

❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!


⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Vebinar: Nemis tili B2 darajasi imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha maslahatlar

Davlat test markazi tomonidan 2020-yil 6-may kuni “Nemis tili B2 darajasi imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha maslahatlar” mavzusida tashkil etilgan vebinar muloqot videosi:

👉 https://youtu.be/gn_iRePI770

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw

“YIQILGAN” ABITURIYENT HAM TALABA BOʻLISHI MUMKIN

Abituriyentlar belgilangan kvota boʻyicha oʻqishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida qabul qilinishi mumkin.

✅ Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt toʻloviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
👉 1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;
👉 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
👉 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
👉 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
👉 kirish uchun 4 balldan koʻp va minimal balldan (56,7) kam boʻlmaganda — 10 barobar va undan koʻp (yoʻnalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball toʻplaganlar ham talaba boʻlishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yoʻnalishi boʻyicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini toʻlashi lozim.
Masalan, oshirilgan toʻlov kontrakti 10 barobar (10 mln. soʻm) boʻlsa — 20 barobar (20 mln. soʻm) toʻlanadi.

❗️Eslatib oʻtamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi oʻquv yili uchun toʻlanadi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​❓ Savol: Maktabni oltin medalga bitirayotganlarga o'qishga kirishda imtiyozlar beriladi?

✔️ Javob: Yoʻq. Maktabni oltin yoki kumush medalga bitirganlarga OTM ga kirishda imtiyozlar berish ko'zda tutilmagan.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​❓Savol: Ona-tili va adabiyoti hamda chet tillaridan imtihonlarga tayyorlanib qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirishim mumkin?

✅ Javob: Ona tilida va adbiyoti hamda chet tili fanidan quyidagi yo‘nalishlarda imtihon topshiriladi:

• Noshirlik ishi;
• Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik taʼminoti (tillar bo‘yicha);
• Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til (tillar bo‘yicha);
• Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha);
• Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo‘yicha);
•Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha);
• Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha);

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​Tibbiyot sohasidagi oliy ta'lim muassasalari

"2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasiga asosan bu yil tibbiyot sohasidagi oliygohlarga bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha jami 5414 talabani qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 2017 ta davlat grantini tashkil etadi.

Hozirgi kunda Respublikamizda tibbiyot sohasi bo‘yicha quyidagi oliy ta‘lim muassasalari faoliyat yuritmoqda:

🔻 Toshkent tibbiyot akademiyasi;
🔻 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali;
🔻 Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali;
🔻 Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;
🔻 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti;
🔻 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Nukus filiali;
🔻 Toshkent farmatsevtika instituti;
🔻 Toshkent davlat stomatologiya instituti;
🔻Andijon tibbiyot instituti;
🔻 Buxoro tibbiyot instituti;
🔻 Samarqand tibbiyot instituti;


⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​Ta‘limning sirtqi shakllari haqida ma‘lumot

"Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga
asosan sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim quyidagi shakllarda olib boriladi: sirtqi shakl, maxsus sirtqi shakl, ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot berishning sirtqi shakli.

Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga talabalarni qabul qilish:

✅ sirtqi shaklda — umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan;

✅ maxsus sirtqi shaklda — faqat tegishli yoki turdosh taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va taʼlim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan;

✅ ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot berishning sirtqi shaklda — oliy maʼlumotga ega bo‘lgan (agar xorijiy oliy taʼlim muassasasini tugatgan bo‘lsa, oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) bo‘lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

Oliy taʼlim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etiladi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Vebinar: Arab tili В2 darajasi to‘g‘risida nimalarni bilish lozim?

Davlat test markazi tomonidan 2020-yil 13-may kuni “Arab tili В2 darajasi to‘g‘risida nimalarni bilish lozim?” mavzusida tashkil etilgan vebinar muloqot videosi:

👉 https://youtu.be/H--tchQZPTg

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida test topshiriqlari bo‘yicha o‘zgarishlar

Davlat test markazi tomonidan test topshiriqlarini soddalashtirish, abituriyentlarga yengillik va qulayliklar yaratish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,
2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida test topshiriqlari bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

✅ Test topshiriqlarini soddalashtirish:

👉 Test topshiriqlari soddalashtiriladi deganda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul imtihonlarida faqat sodda testlardan foydalaniladi, deb tushunmaslik kerak.

👉 Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari 3 ta qiyinlik darajasida shakllantiriladi. Bunda birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlar ishlanishi, bajarilishi oson bo‘lgan test topshiriqlari hisoblanadi.

👉 Avvalgi yillarda o‘tkazilgan test sinovlarida fanlardan 6 tagacha birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari berilar edi. Bu yildan boshlab har bir variantda qo‘llaniladigan birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni o‘rtacha 10 tagacha yetkazilmoqda.

✅ Yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishidagi test topshiriqlari sonini ko‘paytirish:

👉 Abituriyentlar test topshiriqlarini mantiqiy fikrlab, tezda tushunishlari uchun joriy yilda ham tarix, geografiya fanlari kabi chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan ham rasmli test topshiriqlari shakllantirilmoqda.

👉 Shuningdek, biologiya va kimyo fanlaridan rasmli test topshiriqlari soni ko‘paytirilmoqda.

✅ Ona tili va adabiyot fanidan test topshiriqlarini soddalashtirish:

👉 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va adabiyot fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya qilingan badiiy asarlardan test topshiriqlari soni ko‘paytiriladi.

👉 Shuningdek, abituriyentlarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida matnli testlar, ya’ni matn ustida ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan test topshiriqlari tuzilmoqda.

👉 Matnli test topshiriqlarida matn tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llanganligini va gaplarning to‘g‘ri shakllantirilganligini aniqlash, matndagi so‘zlarning ma’nolarini topish va matnning asosiy mazmunini tushunish talab etiladi.

✅ Kimyo va fizika fanidan nazariy test topshiriqlari sonini oshirish:

👉 Kimyo fanidan nazariy test topshiriqlar soni oshiriladi va laboratoriya ishlariga oid test topshiriqlari tuzilmoqda.

👉 Fizika fanidan ham nazariy test topshiriqlar soni oshirilgan holda birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni 6 tadan 10 tagacha ko‘paytirilmoqda.

👉 Shuningdek, abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida “Doimiy fizik kattaliklar jadvali” ishlab chiqildi va u “Kimyoviy elementlar davriy sistemasi” kabi test sinovi topshirish jarayonida abituriyentlarga taqdim etiladi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Savol: Bu yilgi test jarayonlarida ona tili va adabiyot fanidan test topshiriqlariga qanday o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda?

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Savol: Nimalarga asosan test topshiriqlarining 3 ta qiyinlik darajasi deyiladi?

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Savol: Joriy yilda test savollarini soddalashtirish borasida qanday o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda?

2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida test topshiriqlari bo‘yicha o‘zgarishlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❓SAVOL: Matematika va fizika fanidan tayyorlanayotgan abituriyentlar qaysi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin?

❓SAVOL: Men matematika, Ona tili va adabiyot fanidan doʻstim Matematika va kimyo fanlaridan tayyorlandi, biz qaysi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishimiz mumkin?

❓SAVOL: "Kimyo va biologiya", "Tarix va chet tili" va boshqa fanlardan tayyorlanayotgan abituriyentlar qaysi taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirishlari mumkin?

✅Batafsil javoblarni oʻqing👇
👉https://telegra.ph/DTMuz-05-21

© Manba: @Abituriyent

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​💁‍♂️ Oliy ta’lim muassasasini qanday tanlash kerak?

Oliy ma’lumotli bo‘lishga sarflagan vaqtingizga (va pulingizga!) afsuslanmaslik uchun o‘zingizga bir nechta savollarni bering.

✅ Menga qaysi kasb yoqadi?

Oliy ta’lim muassasasini tanlash qaysi kasbni egallashni xohlashingizga bog‘liq. Aytaylik, huquqshunos bo‘lishga qaror qildingiz. Bunday mutaxassislarni tayyorlaydigan oliygoh ro‘yxatini tuzing va har birining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qiling. O‘qituvchilar tarkibi qayerda kuchliroq ekanligini, malaka oshirish (stajirovka) va amaliyot qanday o‘tishini, ma’ruzalar qanday formatda o‘tkazilishini bilib oling. OTM rahbariyati tomonidan intizom va o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablarga e’tibor bering.
Kerakli barcha ma’lumotlarni olishning eng yaxshi usuli - bu bitiruvchilar yoki hozirgi vaqtda bakalavrda ta’lim olayotgan talabalar bilan suhbatlashishdir. Talaba birodarlar - juda ahil va ochiqko‘ngil bo‘lishadi va hech qachon mavjud bo‘lgan muammolarni yashira olmaydilar 😊

✅ To‘lov-kontrakt asosidami yoki grant?

Albatta, har birimiz grant asosida o‘qishni va o‘qish uchun to‘lov haqida qayg‘urmay ta’lim olishni istaymiz. Afsuski, davlat granti uchun o‘rinlar chegaralangan, o‘qishni istaydiganlar esa har doim ko‘p. Agar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsangiz, uni qanday to‘lashingizni oldindan o‘ylab ko‘ring va uning narxi yiliga kamida bir marta oshishini yodda tuting. OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlashda to‘lov-kontrakt miqdorini inobatga oling.

✅ Davlat yoki nodavlat OTM? Mahalliymi yoki xorijiy?

Bularning barchasi qiziqishlaringiz va imkoniyatlaringizga bog‘liq. Asosiysi, ta’lim muassasasi davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lsin.

✅ Qayerda yashaysiz?

Bu boshqa shaharda o‘qishni rejalashtirganlarga tegishli. Yotoqxonami yoki ijaraga olingan xonadon? Birinchi variant arzonroq va shubhasiz, quvnoq bo‘ladi, ammo siz o‘sha yerdagi sharoitlarga, jumladan, yashash sharoitlariga moslashishingiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi holda, qulaylik darajasini o‘zingiz belgilaysiz, ammo bu imkoniyat uchun to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Spoyler: stipendiyangiz, albatta, yetarli bo‘lmaydi!

✨ Ushbu va boshqa omillarni tahlil qilib, sizning oldingizda yangi bilimlar, tanishuvlar va imkoniyatlar bilan to‘la qiziqarli talabalik yillari turganini unutmang. Bu vaqtdan o‘zingiz uchun maksimal darajada naf bilan foydalaning!

©Davlat test markazi

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Abituriyentlarga imtiyozlar

O
‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda davlat mukofoti sohiblari, fan olimpiadalari g‘oliblari, nogironligi bor shaxslar kabi ma’lum bir toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar belgilangan.

Mazkur imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan.

Fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqqan holda Davlat test markazi tomonidan mazkur imtiyozlar haqida ma’lumotlar tayyorlandi va markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi (ma’lumotlar to‘ldirib borilmoqda).

Abituriyentlar imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin:

👉 https://dtm.uz/page/imtiyozlar

⭕️
@DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❓Savol:
Iqtidorli maktab o‘quvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyoz beradimi?

☑️Javob: yoʻq.
Maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlanishi oliy ta’lim muassasalariga kirishida imtiyoz taqdim etmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

©Davlat test markazi

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Savol: Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyentlar qay tartibda hujjat topshiradi?

Youtube orqali ko‘rish

Eslatib o‘tamiz, hozirda abiuriyentlar tizimdan foydalanishni va ro‘yxatdan o‘tishni o‘rganishlari uchun abitur.dtm.uz sayti test rejimida ishga tushirilgan.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❌Javobi “YO‘Q” bo‘lgan savollar

Juda ko‘p abituriyentlardan bir-biriga o‘xshash savollar kelishda davom etmoqda. Mana shu savollardan ayrimlariga javoblar:

⁉️ Kollej, maktabni qizil diplom bilan bitirganlarga imtiyoz bormi?
✅ YO‘Q.

⁉️ Shu yil tibbiyot kollejini tugatganlarga imtiyoz bormi?
✅ YO‘Q

⁉️ Shu yil kontrakt narxlari tusharkan, shu rostmi?
✅ YO‘Q

⁉️ Bu yil barcha imtihonlar bekor qilinib, hamma kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinarkan, shu rostmi?
✅ YO‘Q

⁉️Bu yil barcha imtihonlar onlayn bo‘larkan, rostmi?
✅ YO‘Q

‼️ Davomi bor ...

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Savol: Imtihonlar qoldirilishi mumkinmi, hozirgi kunda karantin sababli bir necha cheklovlar mavjud, xoʻsh bu cheklovlar saqlanib qolsa test sinovlari qay tartibda oʻtkaziladi?

✅Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin🎥 03:28

❗️Bu yil kutilayotgan oʻzgarishlar:

• Testlarda ikkita blok uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt ajratiladi.⏳

• Amaliy imtihonlar uchun 1 soat vaqt ajratiladi.⏳

• Bu yil test sinovlarini oʻtkazish uchun 64 ta bino ajratilgan.🏫

• va ularda koʻpi bilan 700 tagacha oʻrin tayyorlanadi.

• 1 ta abituriyent uchun 3 kvadrat metr joy ajratiladi.⬜️

• har bir abituriyent niqoblar va qoʻlqoplar bilm taʼminlanadi.😷

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/dLXB_qkJ_W4

❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!


⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw