Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
22.5K subscribers
292 photos
153 videos
81 files
1.1K links
📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
Download Telegram
Abituriyentning majburiyatlari☝️

https://lex.uz/docs/3646570

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
📌Shifokor bo'lishni istayotganlar uchun ajoyib yangilik!

Shifokorlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga davlat granti asosida o‘qishga qabul parametrlarini 50 foizgacha oshiriladi.


“Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori imzolandi.

✅ Unga muvofiq:

👉 Tibbiyot kollejlari negizida 47 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladi.

👉 Vrachlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga davlat granti asosida o‘qishga qabul parametrlarini 50 foizgacha oshiriladi.

👉 Bakalavriat va magistratura o‘quv rejalaridagimutaxassislikka oid bo‘lmagan fanlar 2 barobarga qisqartiriladi va o‘rniga zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘rganish fanlari kiritiladi.

👉 Tibbiyot OTMlarining davolash ishlari prorektorlari bir vaqtning o‘zida ushbu ta’lim muassasasi klinikalarining bosh shifokorlari sifatida faoliyat yuritiladi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik!

Davlat test markazi tomonidan uning rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatga olish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Bu bilan abituriyentlarga Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratilmoqda va mazkur o‘quv yilidan boshlab, joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Buni o‘rinli va vaqtida qo‘llanilayotgan qulaylik, deyish mumkin. Ushbu qulaylik natijasida abituriyentlar uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. bu bilan ularning vaqti, sarf-xarajati tejaladi, shuningdek, asossiz navbatlar yuzaga kelishining oldi olinadi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarning test sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati yaqinlashayotganlini sababli, “Abituriyentlar ma’lumotlari va arizalarini onlayn ro‘yxatga olish tizimining foydalanuvchisi uchun YO‘RIQNOMA” e’tiboringizga havola qilinmoqda.

👉https://dtm.uz/page/abitur_info

Sizlar hozirgi karantin cheklovi davrida uyda o‘tirib, yo‘riqnoma bilan ishlash tartibi bilan tanishish, uni to‘g‘ri, bexato to‘ldirishni o‘rganish, to‘ldirish mashqini bajarib borishingiz mumkin.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
✨ Qaysi fanlardan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari OTMlarga test sinovlarisiz qabul qilinadi?

#Uydaqoling. O‘zingizni hamda atrofdagilaringizni xavf ostiga qo‘ymang!

Manba: @dtmnavoiy

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​​​2020/2021 o‘quv yili oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 25 foizgacha, davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlari 2 barobargacha oshirish rejalashtirilmoqda.

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020-yil Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

👉 Jumladan, farmon loyihasida

✅ 2020/2021 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 25 foizgacha yetkazgan holda belgilash;

✅ davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2019/2020 o‘quv yiliga nisbatan bosqichma-bosqich 2 barobarga oshirish;

✅ xotin-qizlar uchun alohida grantlar ajratish rejalashtirilmoqda.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Тошкент давлат шарқшунослик университети ташкил этилди

Шавкат Мирзиёев бугун имзолаган қарорга биноан, Тошкент давлат шарқшунослик институти негизида Тошкент давлат шарқшунослик университети ташкил этилди.

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб:

- Университетга таълим стандартларини ишлаб чиқиш, малакавий талаблар, ўқув режалари ва дастурларини ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш ҳуқуқи берилади;

- Университетда таълим жараёни босқичма-босқич кредит-модуль тизими асосида амалга оширилади;

- хорижий ОТМлар билан ҳамкорликда ташкил этиладиган қўшма таълим дастурларининг ўқув режалари ва фан дастурлари мустақил тасдиқланади;

- жорий йилда Университетга ўқишга қабул қилишда шарқ тилларидан (турк, араб, форс, дари, ҳинд, урду, хитой, корейс, уйғур, япон тиллари) топшириладиган кўп балли тизим бўйича имтиҳонлар ўрнига тест синовлари ўтказилади;

- кейинги ўқув йилидан, яъни 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб ушбу тажриба бошқа тиллар (испан, итальян, тожик, қозоқ, туркман, қирғиз тиллари ва бошқалар) бўйича республикадаги барча давлат ОТМларига ўқишга қабул қилишда жорий этилади.

- Тошкент автомобиль йўлларини лойиҳалаш, қуриш ва эксплуатацияси институтининг Тошкент шаҳри, Миробод тумани, Амир Темур шоҳ кўчаси, 20а-уй манзилида жойлашган бино ва иншоотлари тегишли ҳудуди билан биргаликда Университетга оператив бошқарув ҳуқуқи асосида беғараз ўтказиб берилади;

- Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги, Молия вазирлиги, Қурилиш вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Тошкент шаҳар ҳокимлиги 2021 йил 1 августга қадар мазкур бандга мувофиқ Университетга берилган ҳудудда Университетнинг янги 9 қаватли биноси ва спорт мажмуасини қуриш ва фойдаланишга топширади.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❓2020 йилдан бошлаб тест синовлари 5 та фандан олинар экан, шу тўғрими?

👉
ЖАВОБ: бу ерда
〰️〰️〰️〰️

❓Тест синови натижаларини қачон ва қандай биламиз?

👉
ЖАВОБ: бу ерда
〰️〰️〰️〰️

❓Тест синовлар 2020 йилда қайси кунлари ўтказилади?

👉
ЖАВОБ: бу ерда
〰️〰️〰️〰️

❓2020/2021 ўқув йили қабули учун ариза топшириш яна олий таълим муассасаларида амалга ошириладими?

👉
ЖАВОБ: бу ерда
〰️〰️〰️〰️

❓Тест синовлари қандай тилларда олинади?

👉
ЖАВОБ: бу ерда
〰️〰️〰️〰️

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​📌 Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul qilish tartibi belgilandi

“Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (237-son, 17.04.2020 y.) qabul qilindi.

✅ Qaror bilan Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

❗️Nizomga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim fanlari doirasida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarning chuqur ta’lim olishini ta’minlash ixtisoslashtirilgan sinflarning maqsadi hisoblanadi.

Bu sinflarga maktablarning 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirilgan fanlardan qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘g‘il va qizlar tanlov asosida qabul qilinadi.

Nomzodlardan tegishli hujjatlar 1-20 iyul kunlari qabul qilinadi.

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari 21 iyul – 5 avgust, tegishli fanlar bo‘yicha test sinovlari 15-25 avgust kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari yakunlari bo‘yicha 100 ballik tizimda 70 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar test sinovlariga qo‘yiladi.

Maktablarning ixtisoslashtirilgan sinflarida o‘qish muddati 5 yildan (7-11 sinflar) iborat bo‘ladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan sinflarga 6-sinfni bitirgan 30 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2017 yil 17 noyabrdagi PQ-3392-son qaroriga ko‘ra, respublikamizda 56 ta maktabda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyat yuritmoqda.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​​​📌Ucell foydalanuvchilari uchun ajoyib tuhfa.
▪️dtm.uz
▪️5fan.dtm.uz
▪️onlinetest.dtm.uz
▪️nsfla.dtm.uz

Endilikda yuqoridagi saytlardan foydalanish Ucell foydalanuvchilar uchun mutlaqo BEPUL.

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi rahbariyati:

Direktor
Karimov Madjit Malikovich

📞 +998712347250
✉️ info@dtm.uz
👨🏻‍💻 @DtmDirektor_bot
🌐 @davlat_test_markazi_direktori

Direktor o‘rinbosari
Xakberdiyev Kaxramon Kurbonovich

📞+998712347248
✉️info@dtm.uz

Direktor o‘rinbosari
Batirov Sherzod Negmuratovich

📞+998712351914
✉️info@dtm.uz

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❓2019 йил қабулидан бошлаб абитуриентларга ўқишга кириш учун 3 та таълим йўналишини танлаш имконияти берилди. Мен 3 та ўзим танлаган таълим йўналишидан қайсидир бирига грант, яна қайсидир бирига контракт асосида ўқишга кирсам, грант асосида кирган йўналишимда ўқий оламанми?

Батафсил 👉https://telegra.ph/Savol---11-04-21

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Savol. Toshkent shahridagi Amiti universitetida 2020-o‘quv yiliga qabul jarayoni boshlanibdi. Karantin vaqtida xujjatlarni qanday topshirish kerak? Bitiruvchilar o‘quv muassasalaridan diplom yoki shahodatnomalarini hali olmaganku?

❗️Universitetida abituriyentlarning hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlangan, qabul jarayonlarining barchasi onlayn tarzda avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Imtihonlar 3 bosqichda:

➖ birinchi bosqich 30-31 may,
➖ ikkinchi bosqich 18-19 iyul,
➖ uchinchi bosqich 15-16 avgust kunlariga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Hujjatlar universitet veb-sayti (http://amity.uz/applicationform.aspx) orqali elektron tarzda qabul qilinmoqda.

🎓 Maktab/akademik litsey/kasb-hunar kolleji diplomi/ shahodatnomasi yoki ushbu o‘quv maskanlarida bitiruvchi ekanligi xaqida ma’lumotnoma nusxasini taqdim etiladi.

📑 Maktab, litsey va kollejlarini bu yil tamomlaydiganlar o‘qishlari haqida ushbu ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma topshirishlari yetarli.

✏️ Karantin tadbirlari munosabati bilan, mazkur ma’lumotnomani karantindan keyin topshirish imkoniyati ham yaratilgan. Ya’ni karantin davrida bu hujjatsiz xam ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​✅ SAVOLLARGA JAVOBLAR

❓Savol: Bu yil imtihonlar bo‘ladimi?

✅— Albatta bo‘ladi, lekin uning qay shaklda o‘tishi, qachon o‘tishi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilanadi. O‘zgarishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali e’lon beriladi.
 
❓2. Men IELTS imtihoni uchun hujjat topshirib qo‘ygan edim, endi imtihonlar keyinga suriladigan bo‘ldi, hozirda imtihon olish vakolatiga ega tashkilotlar avgust yoki sentyabr oylariga imtihonni o‘tkazib berishi haqida aytishyapti, milliy sertifikatga hujjat topshirsa bo‘ladimi?

✅— Talabgorning tegishli sertifikat olish uchun xalqaro yoki milliy baholash imtihonlari tizimidan qaysi birini tanlashi uning o‘z ixtiyorida. Biroq mamlakatimizda davom etayotgan karantin cheklovlari davrida chet tillaridan milliy sertifikat olish uchun test sinovlarini o‘tkazish vaqtincha to‘xtatilgan. Ularga ruxsat berilgach, ishlar davom etadi va e’lon beriladi.
 
❓3. Karantinda qolib repititorlarga borib tayyorgarlik ham ko‘ra olmayapmiz, qishloq joyda turamiz, onlayn ta’limning umuman iloji bo‘lmayapti, telegramda bitta rasmni yuklash uchun yarim kun vaqt ketyapti. Shunga testlarda yengillik bo‘ladimi?

❓— Yuqorida qayd etilganidek, ayni paytda Davlat test markazida test topshiriqlarini soddalashtirish ishlari olib borilmoqda. bulardan tashqari, E-Sinov tizimi va undan tekin foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Tizim orqali abituriyentlar xohlagan fandan variant olishi, savollarga javob berishi va natijasini bilish imkoniyati mavjud.
 
❓4. Hujjat topshirish qachondan boshlanadi? Barcha maktablar to‘rtinchi chorakni onlayn tugatar ekan, hali davlat imtihonlari qanday bo‘lishi haqida tayinli javob yo‘q, davlat imtihoni bo‘lmasa, attestat ham berilmaydi, masalan attestatni kech olsak, unda nima bo‘ladi?

✅— Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish muddati bo‘yicha hozircha o‘zgarish yo‘q. Bir narsani bilishingizni istardik – abituriyent hujjatlarini test sinovida yaxshi natijaga erishib, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan keyin o‘zi tanlagan oliy ta’lim muassasasiga topshiradi, ya’ni o‘qishga kirgandan keyin. Lekin avval boshda test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda bu yildan boshlab, Davlat test markazining rasmiy www.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi. 
 
❗️ESLATIB O‘TAMIZ: Bu ishlarni amalga oshirish mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tashkil etilgan Respublika maxsus komissiyasi ruxsat bergach mumkin bo‘ladi. Umumta’lim maktablarida yakuniy davlat imtihonlari qachon bo‘lishi va qanday o‘tishi ham maxsus komissiyaning qaroriga bog‘liq bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portali (https://regulation.gov.uz/) da “Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida” (ID-16874) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi joylashtirilib, umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan. Qaror loyihasidan Siz so‘rayotgan masalalar ham o‘rin olgan. U bilan tanishib chiqing va o‘z fikr-mulohazalaringizni (o‘z pozisiyangizni) bildiring, faol bo‘ling.

Davlat test markazi o‘zining vazifa va vakolatiga oid har qanday shakl va mazmundagi savollarga to‘liq, asosli javob berib borishga tayyor.
 
⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
📌Хорижий ОТМларга ҳужжат топшираётганлар диққатига

​​❗️Масофавий кўринишда таълим бериладиган хорижий ОТМларга ҳужжат топширишда шошмаслик тавсия қилинди

АОКА ҳузуридаги штабда Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси Матбуот котиби Феруза Мадраҳимова иштирокида брифинг ўтказилди.

❓Ҳозирда интернет сайтлари орқали масафавий таълим асосида ўқишни таклиф қилаётган хорижий олий таълим муассасаларида ўқисак бўладими? Ўзбекистонда ҳам масофавий таълим тан олинади дейилмоқдаку.

Карантин сабабли юртимиздагиОТМларда таълим жараёнининг масофавий кўринишда ташкил этилгани ортида кўплаб консалтинг ташкилотлари фуқароларимизни чалғитиб пул топишга интилмоқда. Хусусан, улар ўз рекламаларида “дипломи Ўзбекистонда тўғридан-тўғри тан олинади” каби асосланмаган маълумотлар билан масофадан таълим берадиган хорижий ОТМларини тарғибот қилишмоқда.

Айни пайтда амалда бўлган ҳуқуқий меъёрий ҳужжатларга асосан, хорижий давлатларда масофавий таълим шакли учун берилган дипломлар юртимизда тан олинмайди.

Ўзбекистон Республикаси “Таълим тўғрисида”ги қонунининг янги таҳрирдаги лойиҳасида “масофавий таълим” шаклида таълим олиб бориш ҳам киритилган.

Ушбу ҳужжат қабул қилинганидан сўнг республикамизда ҳам масофавий таълим беришнинг норматив-ҳуқуқий базаси шаклланади. Шундан сўнг, хорижий давлатларда таълим олганлик тўғрисидаги ҳужжатларни тан олишда ҳам республикамизда амалда мавжуд бўлган таълим шакли бўлганлиги учун масофавий таълим орқали ўқиб олинган ҳужжатлар белгиланган тартибда тан олиниши мумкин бўлади.

Шу сабабли ҳам фуқароларимизга мазкур ҳужжат қабул қилиниб, масофавий таълимнинг айнан қайси мутахассислар учун ва қандай жиҳатларга асосланиб тан олиниши аниқ кўрсатилмай туриб шошиб қарор қабул қилмасликларини маслаҳат берамиз.

Шу ўринда ҳаммамиз яхши тушунишимиз керакки, масофавий таълим шакли билан сифатли билим берадиган ОТМларисони кўп эмас. Масофавий таълим орқали назарий билимга эга бўлиши мумкин, аммо кўп йўналишларда ва мутахассисликларда амалий кўникмани эгаллаш ва малакани ошириш муҳим.

Агар масофавий таълимни нуфузли ОТМ ташкил этган бўлса, у ҳар томонлама ўз нуфузини сақлашга ҳаракат қилади. Сифатли кадрлар тайёрлаш учун барча чораларни кўради. Ўзбекистонда бу таълим шакли эндигина ривожланмоқда. Энг муҳими, келгусида танланган касб бўйича етукмутахасис бўлиб етишиш ва меҳнат бозори талабига жавоб бериш лозим. Шуни унутманг, иш берувчилар кадрни ишга қабул қилишда дипломга эмас, унинг касбий тайёргарлигига бахо бериб ишга олишади.

© Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​​​IELTS tarixiga nazar

📃 Qisqa qilib ataladigan IELTS iborasining kengaytmasi International English Language Testing System - Xalqaro Ingliz Tili Sinov Tizimi maʼnosini anglatadi.

🤔 Ko‘pchilik insonlar IELTS imtihonini topshirish maqsadida bo‘ladiku, lekin uning nima ekanligini haqida aniq maʼlumotga ega bo‘lmaydi.

🏰 Keling eng avval IELTS-ning tarixiga biroz nazar tashlaymiz.

🖊 IELTS imtihoni 1989-yildan boshlab rasman IELTS nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Avvalroq imtihon USLES nomi bilan 1980-yilda tashkil qilingan, so‘ng to‘liq imtihon formati o‘zgartirilgan.

📝 Imtihon formati o‘zgartilgandan so‘ng, uni topshiruvchilar soni yillar davomida o‘sib kelmoqda. Maʼlumot uchun imtihonni eng avval bir yil ichida 4000 kishi topshirgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib har yili 300 milliondan ortiq inson o‘zini IELTS imtihonida sinab keladi.

🔍 IELTS imtihoniga 31 yil davomida bir necha marotaba o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Aytib o‘tish joizki hozirgi kunda IELTS sertifikati dunyo bo‘ylab 130-dan ortiq mamlakatning 10000-dan ortiq muassasalarida qabul qilinadi.

#IELTS
© Manba

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
#statistika
2019/2020 o'quv yili uchun Respublika oliy ta'lim muassasalariga barcha viloyatlardan, talabalikga tavsiya etilgan abituriyentlar foizi


⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❓Joriy yilda bakalavrlar tayyorlash boʻyicha nechta talaba qabul qilinadi?

❓Magistrlar tayyorlash bo‘yicha-chi ?

❓Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat granti nechta ajratiladi ?

❓Harbiylar farzandlari uchun davlat granti ajratilganmi ?


✅Batafsil javoblar👉https://telegra.ph/DTMuz-04-26-3

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw