Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
22.5K subscribers
292 photos
153 videos
81 files
1.1K links
📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
Download Telegram
📌Bepul testlar
Endi abituriyentlar e-Sinov tizimidagi "2019-yil test sinovlari to'plamidan" o'z bilimlarini sinab ko'rishlari va turli fanlar bo'yicha test topshiriqlarini yechib ko'rishlari mumkin. Qulayroq bo'lishi uchun @dtmxizmatbot Telegram boti orqali ham unga kirishingiz mumkin ekanligini xabar qilgan edik.
⠀
✅ O'z vaqtida ko'p sonli murojaatlarga xizmat ko'rsatish va tizimning samaradorligini ta'minlash uchun qo'shimcha
@dtmxizmat1_bot
@dtmxizmat2_bot
@dtmxizmat3_bot
botlari ishga tushirildi.
Ularning yordami bilan siz faqat test natijalarini bilib olishingiz mumkin - boshqa barcha xizmatlar asosiy bot - @dtmxizmatbot orqali taqdim etiladi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
✅ Самарқанд давлат тиббиёт институтидан долзарб мавзуда халқаро онлайн конференция

📑 Самарқанд давлат тиббиёт институти томонидан 2020 йил 1 май куни соат 11:00да “Асосий, клиник тиббиётнинг долзарб муаммолари ва масофавий таълим имкониятлари” мавзусида онлайн конференция ўтказилади.

Онлайн конференцияда Россия, Туркия, Қозоғистон, Исроил, Aвстрия ва бошқа мамлакатларнинг олимлари иштирок этади.

🖥 Онлайн конференцияда Zoom дастури орқали қуйидаги манзилда иштирок этиш мумкин:
https://us02web.zoom.us/j/7133805794?pwd=NVNhZkZNZGRDSFRUaCs5d0czUjVZUT09

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
📢📢📢ABITURIYENTLAR MA’LUMOTLARI VA ARIZALARINI ONLINE RO‘YXATGA OLISH TIZIMI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarning test sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati yaqinlashayotganligi sababli, Davlat test markazi tomonidan “Abituriyentlar ma’lumotlari va arizalarini online ro‘yxatga olish tizimi” (http://abitur.dtm.uz) test rejimida ishga tushirildi.

☝🏻👉Sirdaryo viloyatidagi barcha kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda abituriyentlarni ushbu tizimdan foydalanishlarini so’rab qolamiz.

👉Mashqda qiyin bo’lsa, jangda oson bo’ladi deganidek, o’zingizda xozirdan ushbu tizimdan foydalanish bo’yicha ko’nikma xosil qilishingiz, oldingizga qo’ygan maqsadga erishishingiz uchun birinchi qadamni qo’yganingizdir.

☝🏻Eslatma: Ushbu dastur test rejimida ishlayotganligi sababli ham sizning arizangiz haqiqiy hisoblanmaydi. Shuning uchun har kuni ushbu tizim orqali qayta-qayta ro’yxatdan o’tishingiz o’zingiz uchun foydalidir.

👉Zero, bu yildan boshlab abituriyentlar uyida o’tirgan holda aynan ushbu (http://abitur.dtm.uz) tizim orqali oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun online arizalar yuborishi ko’zda tutilgan.

✊Bunday imkoniyatdan oqilona foydalaning, aziz abituriyentlar!!!

✅ Tizimga kirish :
👇👇👇
http://abitur.dtm.uz

✅Tizimga kirish yo’riqnomasi:
👇👇👇
https://telegra.ph/Oliy-talim-muassasalariga-online-royxatdan-otish-tizimidan-foydalanish-yoriqnomasi-04-16


⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❓Savol: Karantin cheklovlari yumshatilmoqda, o‘quv markazlarida o‘qishlarni boshlab tursak bo‘ladimi?

✅Javob: Ma’lumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin e’lon qilinib mamlakatimizdagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat to‘xtatilgan.

Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonlarini davom ettirish bo‘yicha tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng, o‘quv markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.
Ushbu karantin davrida davlat ta’lim muassaslarida onlayn va masofaviy darslar tashkil etilganligini inobatga olib, o‘quv markazlar faoliyatida ham kurs qatnovchilariga masofaviy ta’lim tashkil etishni tavsiya qilamiz.

❓Savol: Karantin paytida o‘quv markazlarining o‘qituvchilari uy sharoitida 3-4 nafar (undan oshirmagan holda) abituriyentga dars o‘tsa bo‘ladimi?

✅Javob: Ushbu holat karantin qoidalariga zid hisoblanadi. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lib, mazkur javobgarlik mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqlidir.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❗️Oliygohlarda yangi sohalar bo'yicha talabalar qabul qilinadi
­
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlaridagi bakalavriatga quyidagi yangi yo'nalishlar bo‘yicha talabalar qabul qilinadi (alifbo tartibida):
­
• Agrobiznes va marketing
• Agroturizm
• Asalarichilik
• Byudjet hisobi va nazorati
• Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari bo‘yicha)
• Gidrobiologiya
• Grim
• Investitsion loyihalarni moliyalashtirish
• Ixtiologiya
• Ko‘chmas mulk kadastri 
• Mediakommunikatsiya va data-jurnalistika
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar 
• Qishloq xo‘jaligida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va xizmat ko‘rsatish
• Qurilish sanoati materialshunosligi
• Raqamli iqtisodiyot
• Reklama ishi
• Sanʼat sohasida prodyuserlik
• Turizm sohasida menejment 
• Xalq tabobati 
• Yer maydonlarini masofaviy zondlashtirishda innovatsion texnologiyalar 
• Yer resurslaridan foydalanish va tuproqni bonitetlashtirish
­
❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating.
­
⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❗️ Fanlar qisqaradimi?

Savol: Bu yildan test sinovlari 5 ta fandan o‘tkazilishi e’lon qilingan edi, karantin munosabati bilan o‘zgartirishlar bormi?


— Test sinovlarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda. 

Bu masalada qabul qilingan qarorlar tez kunlarda Davlat test markazining saytida va ommaviy axborot vositalarda ham e’lon qilinadi.

Savol: Test topshiriqlari qanday soddalashtiriladi?

— Har bir variantda qo‘llaniladigan birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni o‘rtacha 10 tagacha yetkazilmoqda. 

© DTM direktori Madjit Karimov

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ta’lim sohasida beriladigan ayrim imtiyozlar

Test sinovlari bo‘ladigan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nogiron abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi.

Harbiy xizmat vazifalarini bajarishda nogiron bo‘lib qolgan Qurolli Kuchlarning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bo‘lgan bolalar oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida qabul qilinadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari bog‘chalarga joylashtirishda imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi.

✅ Ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham birinchi I va/yoki II guruh nogironi bo‘lgan oilalar, nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar iqtidorli farzandlari quyidagilar bilan ta’minlanadi:

👉 zamonaviy yagona maktab formasi;
👉 asosiy turdagi o‘quv qurollari;
👉 badiiy kitoblar;
👉 bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;
👉 respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;
👉 respublika bo‘ylab sayohatga borish va kelish xarajatlarini qoplash.

Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta’lim muassasalaridan akademik ta’til olganida o‘qishga davlat grantlari asosida qayta tiklanishi mumkin.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
#Eslatma

🙅🏻‍♂❌🙅🏻‍♀Abituriyentlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan hududga olib kirishi taqiqlangan vositalar.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
👩‍🏫 Nemis tili B2 darajasi imtihoniga birgalikda tayyorlanamiz!

6️⃣ may kuni soat 15:00 da quyidagi havola orqali Zoomdagi vebinarimizga qo'shiling https://us02web.zoom.us/j/84895670374?pwd=VFRrUE1LYlFQUVowekUyV0g4QkRBQT09

Dastur:

- dolzarb mavzu va ko'nikmalar muhokamasi;

- og'zaki va yozma nutq, hamda grammatik savodxonlikni baholash uchun topshiriqlarning o'ziga xos xususiyatlari;

- amaliy maslahatlar.
—————
👩‍🏫 Готовимся к сдаче экзамена на уровень В2 по немецкому языку вместе!

6️⃣ мая в 15:00 присоединяйтесь к нашему вебинару в Zoom по ссылке https://us02web.zoom.us/j/84895670374?pwd=VFRrUE1LYlFQUVowekUyV0g4QkRBQT09

Программа:

- разбор актуальных тем и навыков;

- особенности заданий для оценки качества устной, письменной речи и уровня грамматики;

- практические советы.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Abituriyentlar diqqatiga❗️

❓ Savol: joriy yil test sinovlari qachon bo‘ladi?

❓ Savol: test nechta fandan bo‘ladi?

-❓ Savol: imtihonlar onlayn bo‘ladimi?

Xushnudbek Xudoyberdiyev shu kabi savollarga oʻz fikri bildirdi🎙

♻️Barcha abituriyentlarga tarqating❗️

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn hujjat topshirish!

❓Savol: "Pasport” qismi toʻldirishda "JSh SHIR" degan joyiga nima yoziladi ?

❓Savol: "Tugatgan taʼlim muassasasi" boʻlimida muassasa hujjat seriyasi, hujjat raqami degan joylariga nima yoziladi ?

✅Shu kabi savollarga video rolikda javob topasiz va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali qanday ro‘yxatdan o‘tish kerak ekanligini bilib olasiz.

✅ Ro‘yxatga olish tizimi: https://abitur.dtm.uz

✅ Yo‘riqnoma: https://telegra.ph/DTMuz-04-11

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/wh7szqxzxYM

❗️♻️Barcha abituriyent doʻstlaringizga tarqating!

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​​​2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab Milliy sertifikatga ega abituriyentlar davlat OTMga kirishda matematika fani bo‘yicha testdan ozod qilinadi

“Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

✅ Qarorga muvofiq:

👉 har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etiladi;

👉 Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi;

👉 matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli OTMlarning matematika taʼlim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi;

👉 2021-yil 1-yanvarga qadar matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi;

👉 matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatini berish o‘rnatilgan tartibda Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;

👉 imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi;

👉 2021-yil 1-sentabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi;

👉 milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat taʼlim muassasasining joylashuviga qarab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
1️⃣3️⃣ may kuni soat 15.00 da hammangizni ARAB TILIDAN vebinarimizda kutamiz!

Nima qilamiz?

👩‍🏫 Chet tilini egallash darajasini baholash tizimida arab tilidan B2 darajasiga talablarni o'rganamiz.

👀 Og'zaki va yozma nutq savodxonligini baholash bo'yicha topshiriqlarni bajarish uchun ko'rsatmalarni o'rganamiz.

✍️ Amaliy maslahatlar olamiz.

Ishtirok etish uchun ushbu havolani bosing: https://us02web.zoom.us/j/86812607178
_____________

1️⃣3️⃣ мая, в 15.00 ждём всех на вебинаре по АРАБСКОМУ ЯЗЫКУ!

Что будем делать?

👩‍🏫 Изучать требования к уровню В2 по арабскому языку в системе оценки уровня владения иностранным языком.

👀 Осваивать инструкции по выполнению заданий для оценки грамотности устной и письменной речи.

✍️ Получать практические советы.

Для участия переходите по ссылке: https://us02web.zoom.us/j/86812607178

⭕️
@DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Vebinar: Ingliz tili B2 darajasi to‘g‘risida nimalarni bilish lozim?

Davlat test markazi tomonidan 2020-yil 22-aprel kuni “Ingliz tili B2 darajasi to‘g‘risida nimalarni bilish lozim?” mavzusida tashkil etilgan vebinar muloqot videosi

https://youtu.be/jBNDFLJmCOM

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Vebinar: Nemis tili B2 darajasi to‘g‘risida nimalarni bilish lozim?

Davlat test markazi tomonidan 2020-yil 23-aprel kuni “Nemis tili B2 darajasi to‘g‘risida nimalarni bilish lozim?” mavzusida tashkil etilgan vebinar muloqot videosi

https://youtu.be/Sj--2-k2LfY

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Vebinar: Fransuz tili B2 darajasi to‘g‘risida nimalarni bilish lozim?

Davlat test markazi tomonidan 2020-yil 29-aprel kuni “Fransuz tili B2 darajasi to‘g‘risida nimalarni bilish lozim?” mavzusida tashkil etilgan vebinar muloqot videosi

https://youtu.be/02jpJaJ1yYs

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Vebinar: Ingliz tili B2 darajasi imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha maslahatlar

Davlat test markazi tomonidan 2020-yil 30-aprel kuni “Ingliz tili B2 darajasi imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha maslahatlar” mavzusida tashkil etilgan vebinar muloqot videosi

https://youtu.be/S9_jmNhVAnw

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
2020-2021-o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlari haqida

Bu yil abituriyentlarning uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etish, test topshiriqlarini soddalashtirish, kirish test sinovlarini sodda shaklda va qisqa vaqt ichida o‘tkazish kabi yengilliklar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Batafsil: https://dtm.uz/post/view/2020-2021-o-quv-yilida

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn intervyu | Orziqul Boboyev - Davlat test markazi matbuot xizmati rahbari

2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan test sinovlari haqida

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/jjtKnL7y9G0

❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!


⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
📌 CEFR imtihonlari haqida nimalar bilasiz? 10 ta asosiy fakt

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlaganlik va sertifikat berganlik uchun talabgor tomonidan ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

✅ Sertifikat test sinovlari yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplagan shaxslarga 3 yil muddat bilan beriladi.

✅ Chet tilini bilish darajasi test sinovlari oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi, u quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:

a) “audialash” boʻlimi — ogʻzaki nutqni qabul qilish koʻnikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

b) “oʻqish” boʻlimi — yarim autent va autent matnlarni tushunishni, oʻqilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

d) “leksika va grammatika kompetensiyasi” boʻlimi — grammatik tuzilishni va lugʻat zaxirasini farqlash hamda ulardan toʻgʻri foydalanish mahoratini tekshiradi;

e) “xat” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular boʻyicha bir-biri bilan bogʻlangan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;

f) “soʻzlash” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va oʻz nuqtai-nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.

✅ ”Audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi” boʻlimlarining har biri 30 ta savoldan iborat boʻladi, “xat” boʻlimi A2, A2+, B1, B1+, B2 darajalari uchun ikkita yozma topshiriqdan, C1 darajasi uchun uchta yozma topshiriqdan (darajaga bogʻliq holda birinchi topshiriq — 30—150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq — 50—250 ta soʻzdan, uchinchi topshiriq — 80—100 ta soʻzdan), “soʻzlash” boʻlimi topshiriqlarning uchta turidan iborat boʻladi.

✅ Test sinoviga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati, uni oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi axborot Davlat test markazining saytida eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish sanasi u oʻtkaziladigan kundan bir haftadan kechikmay eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish joyi va sanasi Davlat test markazi tomonidan aniqlanadi.Test sinovi guruhlarning shakllantirilishiga qarab, lekin talabgor roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab olti haftadan kechikmay oʻtkaziladi.

✅ Testni oʻtkazish vaqti:

A2, A2+ darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 150 daqiqani, soʻzlash uchun — 10 daqiqani;

B1, B1+ darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 185 daqiqani, soʻzlash uchun — 15 daqiqani;

B2 darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 200 daqiqani, soʻzlash uchun — 15 daqiqani;

C1 darajasi uchun — “audialash”, “oʻqish”, “leksika va grammatika kompetensiyasi”, “xat” uchun — 210 daqiqani, soʻzlash uchun 20 — daqiqani tashkil qiladi.

Test sinovi har bir boʻlimining eng yuqori bahosi 30 ballni tashkil qiladi.

✅ Test sinovlari natijalari ular oʻtkazilgan kundan boshlab ikki haftadan kechikmay Davlat test markazi saytida eʼlon qilinadi.

✅ Test sinovi yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam ball olgan talabgor test sinovida qatnashish uchun, lekin test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va Sertifikat berish uchun toʻlov toʻlangan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.

✅ Test natijalaridan norozi boʻlgan talabgor Davlat test markaziga apellyatsiya taqdim etish huquqiga ega. Apellyatsiya test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida belgilangan boʻyicha yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.

✅ Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida, Davlat test markazi buyrugʻi asosida Sertifikat beriladi. Malaka Sertifikatining dublikati berilganligi uchun BHMning 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw