Abituriyent | Axborot portali
74.4K subscribers
987 photos
383 videos
308 files
3.52K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e`lon qilingan 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari rejasiga ko'ra bugun, 30-oktyabr kuni biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 5-noyabr (to‘lov qilish 6-noyabr) ga qadar davom etadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.
⚡️O‘zbekistonliklar ham endi ChatGPT'dan foydalanishlari mumkin

Sun’iy intellektga asoslangan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi.

Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN'ni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi. Endilikda O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

ChatGPT ayniqsa ta'lim sohasida o'qituvchi va talabalar uchun yaxshigina yordamchi bo'lib xizmat qilishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Prezident sovrini uchun talabalar o’rtasida o’tkaziladigan “Zakovat” Intellektual olimpiadasining hududiy saralash bosqichi natijalari ma’lum bo’ldi

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi mazkur 50 ta OTM jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Barcha jamoalarga omad tilaymiz!

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.


@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 16-17-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 18-23-, 25-29-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🗓 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-12-13
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

📱 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fanlar majmuasi 2023_2024.pdf
1.6 MB
📌Rasman: 2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

💬2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil muborak, aziz yurtdoshlar!

Jannatmakon yurtimiz uzra orzularga boy va olam-olam quvonch bilan yangi — 2024-yil kirib kelmoqda!

Bilimni baholash agentligi jamoasi ushbu tantana bilan barchani qizg‘in muborakbod etadi!

2024-yilda baxt va omad barchaning sodiq hamrohi bo‘lsin! Qalblar hamisha quvonchlarga to‘lsin!

Keyingi yillarda ham yurtimiz ravnaqi bardavom va barqaror bo‘lsin!

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
🏛 Toshkent shahridagi IMC Academy hamda Buyuk Britaniyaning Pearson education bilan hamkorlikdagi BTEC foundation dasturi 2024- o'quv yili uchun qishki qabul boshladi!

2024-yilning fevral oyida Foundation darajasida oʻqishni boshlang, muvaffaqiyatli bitiruvchilar O'zbekistondagi xalqaro universitetlarda (MDIS, TMS va boshqalar), xorijiy universitetlar filiallarida, qo'shma ikki diplom dasturlarida, ( IMC Krems, LSE&UoL, Ural) yoki chet elda 2-kursga oʻtish imkoniyatiga ega bo’ladi.

🏆 Afzal tomonlari:
➡️ Grant o‘rinlari;
➡️ Ingliz tilida ta'lim;
➡️ Xalqaro standartlar bo'yicha ta'lim;
➡️ Davlat OTMga o'qishni ko'chirish;
➡️ "Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish;
➡️ Work & Travel;

Ta'lim yo'nalishlari:
🤝 Biznes boshqaruvi
💻 Axborot texnologiyasi

📆 Hujjatlar 8-fevralgacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

🔔 Kirish imtihonlari 10-fevral kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi.
(TDIU 2-bino 2-qavat IMC Academy)

🔗 Hujjat topshirish uchun havola

☎️ Murojaat uchun:
+998909950110 (telegram)
+998997618909 (telegram)

📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.
Rasmiy Telegram kanal <
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Qishki perevod" natijalarini qayerdan bilsa bo'ladi?

🔴Tegishli nizomga ko'ra, "qishki perevod" natijalari 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi.

🎓Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan arizalar ko'rib chiqilib, yakuniy natijalar OTMlarga yuboriladi. Shunda siz natijalarni bilmoqchi bo'lsangiz, o'qishingizni ko'chirib o'tkazmoqchi bo'lgan oliygoh rasmiylaridan ma'lumot olishingiz mumkin.

"Qishki perevod" natijalari barcha OTMlar va bizning kanalimizda bir xil vaqtda e'lon qilinadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

🇬🇧 Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.

▶️ Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nostrifikatsiya - 29-fevral va 1-mart 2024-yil.pdf
456.3 KB
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 29-fevral va 1-mart kunlari o‘tkaziladi

📆 2024-yil 29-fevral va 1-mart kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etiladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-02-23

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi farzand tug‘ilgandagi suyunchi puli hammaga ham berilmaydi

📆 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga;
ikkinchi farzandi uchun — farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi.

Nafaqa olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali berish mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 110-sonli qarori

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 30-31-mart kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 1-apreldan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-03-27

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilimni baholash agentligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi yuqori baholandi

📣 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yildagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlari eʼlon qilindi.

Unda Bilimni baholash agentligi 81 ball bilan faoliyat samaradorligi yuqori sifatida e’tirof etilgan tashkilotlar qatorida qayd etilgan.

📝 Maʼlumot uchun, 2023-yil boʻyicha oʻtkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotining:

42 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);
38 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);
15 ta si “qoniqarsiz” – (55 balldan past) sifatida belgilangan.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili ertaga Agentlikning rasmiy veb saytiga joylashtiriladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun onlayn BLOK Test!

❗️Bugun 4-aprel kuni Imtihonlar.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!

— Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib DTM standartidagi onlayn imtihonda ishtirok eting!

❗️Ishtirok etish BEPUL
!
👉 Imtihonda qatnashish

📚 Onlayn BLOK Test barcha fanlardan tashkil etilib, 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi:

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH


🔥 Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat

☝️Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 @Diagnostik_imtihon_bot
👉 @Diagnostik_imtihon_bot
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM