Abituriyent | Axborot portali
86.4K subscribers
995 photos
389 videos
309 files
3.56K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
​​#Qabul2022 #Statistika
⚡️ Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etilgan

🔰 Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

👨🏻‍🎓 Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etildi.

🎓 Bunda chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan holda fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga topshirgan abituriyentlar soni 15 305 nafarni tashkil etib, ularning 13 397 nafari talabalik baxtiga musharraf bo‘ldi.

Mazkur abituriyentlarning 4 446 nafari chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan 6 ta OTMdan biriga topshirgan bo‘lib, ularning 4 138 nafari (93,1 %) talabalikka tavsiya etildi.

📈 2019-yil bilan solishtirganda chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari anchagina ortgan.

📆 2019-yilda chet tili sertifikatiga ega 10 920 nafar abituriyentning 6 169 nafari (56,5 %) talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan 32 foizga kam.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

📌 Davlat test markazida 26-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

📆 Apellatsiya arizalari ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, bugun mazkur jarayon to‘liq o‘z nihoyasiga yetdi.

Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqilib, unda apellatsiya arizasi bergan jami 9 253 nafar talabgordan 1 185 nafari (12,8 %) ishtirok etdi. Ularning:

👉 975 nafari (7 740 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

👉 210 nafari (1 513 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:

🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
🔹 Oʻzbekiston milliy universiteti
🔹 Toshkent moliya instituti
🔹 Samarqand davlat universiteti
🔹 Navoiy davlat konchilik instituti

Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:

♦️Termiz muhandislik texnologiya instituti
♦️Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti
♦️Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
♦️Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
♦️Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Endi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish mumkin

Xabaringiz bor, oliy ta’lim tizimi jarayonlari raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoit yaratish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Jumladan, oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish uchun diplom.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Talabalarga qarzlarni qaytaradigan vaqt keldi

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, Toshkent shahrida oxirgi ikki yilda kuzatilayotgan yotoqxonalar yetishmovchiligi sababi faqat talabalar sonining ko‘paygani bilan bog‘liq emas. Solishtirish uchun talabalar soni viloyatlarda qaytanga yuqoriroq sur’atda oshmoqda, lekin Toshkentdagi kabi murakkab holatni Andijonda, Qarshida yo Nukusda kuzatayotganimiz yo‘q.

Gap shundaki, 2017-yilgacha bo‘lgan davrda poytaxtda o‘nlab talabalar yotoqxonalari turli vazirliklar va Respublika darajasidagi tashkilotlarga, hatto tijoriy tashkilotlarga berib yuborilgan. Istasangiz, Talabalar shaharchasi, Muqumiy ko‘chasi, Chilonzor, Yunusobod, ilgari yotoqxonalar bo‘lgan binolar va manzillar bo‘ylab yuring, o‘zingiz guvohi bo‘lasiz. Buning uchun uzun xotiralarga murojaat qilish ham shart emas.

Albatta, gap yana “dom”ga, ofislarga aylanib ketgan binolarni yana talabalar uyiga aylantirish haqida ketmayapti. Avval sobiq talablar uylari to‘liq inventarizatsiyalab chiqilishi, keyin shunga qarab tegishli qarorlar qabul qilish lozim bo‘ladi.

Alohida jamg‘arma yasab olmagan vazirlik va qo‘mitalarimizning o‘zi yo‘q. Ular orasida o‘z vaqtida talabalar uylarini tekinga balansiga o‘tkazib olganlari ham yo‘q emas. Endi mana shu qarzlarni qaytaradigan vaqt keldi. Balki bu ilgari olingan yotoqxona o‘rniga yangi yotoqxona qurib berish bilan, balki foydalanilmayotgan binolarni universitetlarga qaytarish bilan amalga oshirilar.

Mana bitta yaxshi misol, namunali misol. Toshkent shahar hokimligining mana bu qaroriga ko‘ra, Toshkent davlat transport universitetiga Pomir ko‘chasi 34-uy manzilidagi bino va inshootlar talabalar turar joyini barpo etish uchun bepul o‘tkazib berilmoqda.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati reytingi

Yetakchi oʻrinlarda:
🔹 Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
🔹 Toshkent davlat stomatologiya instituti
🔹 Toshkent Moliya instituti
🔹 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Soʻnggi oʻrinlarda:

♦️Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti
♦️ Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
♦️ Termiz muhandislik texnologiya instituti
♦️ Samarqand davlat chet tillar instituti
♦️ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega bizda ko’p talabalar faqat diplom uchun o’qiydi, bilim uchun emas? Ularni bunda ayblash to’g’rimi?

Chunki yillar davomida iqtisodimizda davlat ulushi katta bo’lgan, shu sabab bilimga emas, diplomga qaralgan.

Xususiy biznes rivojlangani sari diplom kerak bo’lmay qolaveradi, xodimning bilimiga talab oshib ketadi.

Qolgan fikrlar videoda. To'liq variant:
https://youtu.be/WnNWCkWiiBg


🔘 @xushnudbekuz

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
⚡️ Kollej va texnikumlar mandati e’lon qilindi

🔰 Ma’lumki, Davlat test markazi tomonidan 2022-yil 3-7-oktabr kunlari 2022/2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

🖥 Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.dtm.uz saytida e’lon qilib borildi.

Bugun, 15-oktabr kuni esa mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📌 Shuningdek, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

📋 Bunda apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.

❗️Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellatsiya shikoyati ikki ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
⚡️28 ta OTM World University Rankings – 2023 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi

🔰Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini e’lon qildi.

👏E’tiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi.

➡️ Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

☑️ Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

📌Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2 oylik ijara puli toʻlab beriladi

✔️ 2022/2023-o‘quv yilida istisno tariqasida 1-bosqich talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladigan bo‘ldi

Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

📹 Batafsil videosharhda
➡️ Matn shaklda o‘qish

⭕️ Abituriyentlar kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Биласизми

Магистратурада ўқийдиган барча хотин-қизларнинг контракти тўлаб берилади

Батафсил инфографикада (huquqiyxborot)

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2022-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ball bo‘lib, test sinovi o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

🔹 ona tili 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

🔹 matematika15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

🔹 O‘zbekiston tarixi30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball);

🔹 chet tili30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball).

📚 Har bir fan bo‘yicha test varianti tafsiloti bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://dtm.uz/page/test_varianti_tafsiloti

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
❗️O‘qishga kirishda yana bir imtiyoz: hokim yordamchilari OTMga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida sirtqi ta’lim shaklida o‘qitish xarajatlarini moliyalashtirish davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

O‘qishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyanomasi asosida, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan iqtisodiyot sohasi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
⚡️Ilk bor respublikamizning 8 ta OTM Osiyodagi TOP 1000 talikdan joy oldi

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2023-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2023) natijalarini e’lon qildi.

🏛 Unga ko‘ra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tugatilganda talabalarining taqdiri nima bo‘ladi?

🎙 Savolga rasmiy javobni Xususiy universitetlarga litsenziya beradigan asosiy tashkilot Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov javob berdi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtiyozlar reyestri.pdf
1.3 MB
Oʻqishga kirishda 41 ta imtiyoz bor ekan 😳

Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REESTRI” tasdiqlandi.

Reestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Shuningdek, reestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.

Saxifimiz👇
t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taqiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.

Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.

Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

Saxifimizga qoʻshiling 👇
t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Нодавлат_олий_таълим_ташкилотлари

Мен Тошкент амалий фанлар университетига ҳужжат топширдим. Дипломи ўтадими?

Нодавлат таълим ташкилотларига лицензия бериш Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси томонидан Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 21 февралдаги 80-сон қарори асосида амалга оширилади.

Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси веб-сайтига нодавлат олий таълим ташкилотлари рўйхати жойлаштирилиб, бу ерга лицензия олган таълим ташкилотлари ҳақидаги маълумотлар мунтазам янгиланиб борилмоқда.

Ушбу муассасаларга олий таълим хизматлари кўрсатиш учун Таълим инспекцияси томонидан белгиланган тартибда лицензиялар расмийлаштирилган. Улар томонидан берилган диплом мамлакатимиздаги бошқа олийгоҳларники билан бир қаторда тан олинади.

Айнан шу қаторда Тошкент амалий фанлар университети ҳам Таълим инспекцияси томонидан берилган нодавлат олий таълим хизматларини кўрсатиш учун 2022 йил 14 июнда берилган № 029914-сонли лицензияга асосан фаолият кўрсатади.

📌 Шундай экан талаба бўлиш истагида бўлган ёшлар ва уларнинг ота-оналари ҳеч иккиланмай юртимиздаги лицензияга эга нодавлат олий таълим ташкилотлари хизматларидан фойдаланишлари мумкин.

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://t.me/uztdi
⚡️Rasman: Andijon viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.

Oʻquv mashgʻulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube