Abituriyent | Axborot portali
73.7K subscribers
992 photos
385 videos
308 files
3.53K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
❗️Oxirgi statistikaga ko'ra, Referendumda 16 673 189 fuqaro ovoz berdi. 84,54 foiz "yavka"

15 040 55 ovoz beruvchi, 90,21 foiz "ha" deb ovoz bergan. 9,35 foiz qarshi ovoz bergan.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi. Shu bo‘yicha tushuntirish bermoqchiman.

1️⃣ Birinchidan, ushbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishlariga taalluqli. Ro‘yxati yuqoridagi suratda berilgan. Mana shu 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab qabul to‘xtatildi.

Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi taʼlim bo‘yicha qabul to‘xtatilmagan.

2️⃣ Ikkinchidan,
PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi?

❗️Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.

Yana qaytaraman, bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo’nalishlarga bu qarorning aloqasi yo’q.

Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki taʼlim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

ℹ️ Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 8-aprel kuni boshlanib, 5-mayga qadar davom etgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (13-15-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
❗️Nihoyat 3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq pavilyonlarda o’tkazilishi kutilmoqda

Vazirlik bergan ma’lumotga ko’ra, 2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

Bu degani joriy yilda test sinovlari yana yopiq pavilyonlarda o’tkazilishga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Koronavirus pandemiyasi sababli 2020-2022-yillarda 3 yil ketma-ket test sinovlari ochiq joylarda, jumladan stadion va xiyobonlarda o’tkazilgan edi.


Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
⚡️Rasman: Yuridik universitetlarga birinchi blok huquqshunoslik boʻladi

Savollar yangi Konstitutsiyadan tuziladi.

⚖️ Bu yil yuridik universitetlarga kirish imtihonlarida birinchi fan huquqshunoslik bo‘ladi. Yaʼni “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozim. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ham yangilangan.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔹 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

📝 Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

📌 Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy-ijodiy imtihoni bor yo‘nalish tanlansa, faqat bitta joyga topshira oladimi, boshqa yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydimi?

Ushbu savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi javob berdi: Ha, faqat 1 ta yo‘nalishga topshira oladi. Beshta yo‘nalishni tanlash huquqi faqat test sinovlari topshiriladigan OTMlar uchun amal qiladi, xolos. Hozircha kasbiy-ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun bunday imkoniyat yo‘q.

Kasbiy-ijodiy imtihonlar o'tkaziladigan yo‘nalishlar haqida batafsil maʼlumot bu yerda berib o‘tilgan.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
#Qabul_2023

Testda savollarning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

Joriy yilgi test sinovlarida ham avvalgi yillardagi kabi savollarning qiyinlik darajasi quyidagicha taqsimlanadi:

15-25% birinchi darajali savol (oson);
50-70%
ikkinchi darajali savol (o‘rtacha):
15-25%
uchinchi darajali savol (qiyin).

Misol uchun, mutaxassislik fanidan 30 ta savol berilsa, shundan:

5-8 ta oson;
15-21 ta o‘rtacha;
5-8 ta qiyin savollar bo‘ladi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
⚡️ Kontrakt toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);

va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).


Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
❗️Qabul-2023: Qanday yangiliklari e'lon qilindi? Yana nimalar o'zgardi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov bu yilgi qabul jarayonlari haqida quyidagi ma'lumotlarni berdi:

👉 Bu yilgi test sinovlariga 30 mingga yaqin testlar tayyorlandi.

👉 Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan)

👉 Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi.

👉 1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.

👉 Har bir abituriyentning natijasi 24 soatda e'lon qilinadi. Abituriyent shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

👉 Bugungi kunda 48 ta Imtiyoz turlari mavjud. Sayt orqali imtiyozlar turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.

👉 Yangilik: Ilgari abituriyent 5 ta yo'nalishni tanlar edi, bu yil esa ta'lim shakli va ta'lim yo'nalishini tanlashi mumkin bo'ladi. Sirtqi, kechki, kunduzgi va masofaviy ta'lim.

👉 Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak.

👉 1-fani xorijiy til ijodiy imtihoni bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon topshiradi.

👉 Fanlar majmuasi 2022 - yil 6 oy oldin e'lon qilingan.

👉 Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50%ga kamaytirilgan. (Ilgari 4 ta edi hozir murakkab savollar 50% ga kamaytirilgan).

👉 Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
⚡️Rasman: Yuridik universitetlarga birinchi blok huquqshunoslik boʻladi

Savollar yangi Konstitutsiyadan tuziladi.

⚖️ Bu yil yuridik universitetlarga kirish imtihonlarida birinchi fan huquqshunoslik bo‘ladi. Yaʼni “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozim. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ham yangilangan.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

▶️ Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.

🖥 Bunda abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.

👨🏻‍🎓 Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Testlarni to‘g‘ri ishlashni 7 usul orqali o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣Chiqarib tashlash usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

Safimizga qoʻshiling 👇

https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Xorijdan o'qishni grant asosida ko'chirish mumkin bo'ladi

Xorijda o‘qiyotgan yoshlarning o‘qishini O‘zbekistondagi oliygohlarga grant asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi – bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

🔹Davlat rahbarining Qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda aytishicha, Qoraqalpog‘istonda oliy ta’lim qamrovi kelgusi yilda 50 foizga yetkaziladi. Buning uchun chet ellarda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlarning o‘qishini mahalliy oliygohlarga davlat granti asosida ko‘chirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
⚡️2023-yildan maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron beriladi

◼️ 9- va 11-sinfni bitirayotgan o‘quvchilarga shahodatnomalar qog‘oz shaklda emas, elektron shaklda beriladi.

Bunda bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga kiritiladi va ushbu ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi. Bitiruvchi haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan so‘ng shahodatnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tushiriladi.

🗓 Shahodatnomalarni bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Bitiruvchi “Elektron shahodatnoma” platformasiga ID-karta, pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqamini kiritib shahodatnomasini bepul yuklab oladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
#abituriyent
❗️Qabul boshlanishiga 4 kun qoldi, kvotalar hali e’lon qilinmadi

OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q.

Ma’lumot uchun: Prezident qarori bilan davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Davlat qabul komissiyasi tillar kesimida kvotani qayta taqsimlashi kerak bo’ladi. Bunga ham kamida 2-3 kun vaqt ketadi. 20-iyungacha ulgurilarmikin, ko’ramiz.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
Qabul kvotalari.pdf
23.7 MB
Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

“2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishi (F-31-son, 15.06.2023-y.) qabul qilindi.

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

🔹bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;

🔹magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

🗓 Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi..

Safimizga qoʻshiling 👇

https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Bakalavr_kvota_grant2023.pdf
27.8 MB
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga BAKALAVRIYATNING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI davlat bo‘yicha buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Magistr__kvota_grant2023.pdf
22.9 MB
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari MAGISTRATURASIga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy