Abituriyent | Axborot portali
118K subscribers
995 photos
389 videos
309 files
3.56K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
#Abituriyent #Qabul2024
⚡️ Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlar

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

📱 Oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichida abituriyentlar quyidagilarni tanlaydi:

fanlar majmuasi (barcha uchun);
taʼlim tili (barcha uchun);
test topshirish alifbosi (ta’lim tili sifatida o‘zbek tili tanlansa);
test topshirish hududi (barcha uchun).
kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan OTM (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalish tanlansa).

Bunda fanlar majmuasini aniqlash uchun tanlangan ta’lim yo‘nalishi abituriyent mazkur ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tganini anglatmaydi (ta’lim yo‘nalishi test sinovlaridan so‘ng tanlanadi). Bu fanlar majmuasini aniqlash uchun abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

🏀 Abituriyent alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini tanlasa, kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan OTMni tanlashi mumkin (test topshirish hududini tanlagani kabi). Bu abituriyent mazkur OTMga hujjat topshirganini anglatmaydi.

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.me/BaholashUz/6628

▶️ Videoqo‘llanmani youtube orqali HD formatda ko‘rish: https://youtu.be/IU_udMVbWBo

— — —

📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bir vaqtda iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi (imtihonning aniq sanalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi).

Ro‘yxatdan o‘tishning 2-bosqichi test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davom etadi va abituriyentlar tomonidan quyidagilar tanlanadi:

oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

👨🏻‍🎓 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, mandat natijalari esa ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi.

— — —

Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlar uchun mandat natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:

kollej va (yoki) texnikum;
kasb va mutaxassislik;
taʼlim shakli.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️2024 – 2025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 15-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 195 354 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 7 999 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 16 419 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 11 579 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 17 058 nafar
👉 So‘x tumani -- 319 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 8 749 nafar
👉 Namangan viloyati -- 10 864nafar
👉 Navoiy viloyati -- 14 041 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 17 534 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 19 760 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 7 171 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 7 153 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 3 336 nafar
👉 Toshkent shahri -- 39 096 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 14 276 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --97 722 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 97 632 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 96 301 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 99 053 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 168 014 nafar
🇷🇺 rus tili -- 23 119 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 3 454 nafar
🔘  boshqa tillar -- 687 nafar


@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi

🖥 20242025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 45 655 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 67 688 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 45 583 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 83 837 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 962 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 48 276 nafar
👉 Namangan viloyati -- 58 268 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 48 437 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 89 188 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 93 092 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 30 074 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 39 498 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 22 756 nafar
👉 Toshkent shahri --161 369 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 58 596 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --410 334 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 483 945 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 431 806 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 462 473 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili --784 458 nafar
🇷🇺 rus tili -- 84 774 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 22 534 nafar
🔘  boshqa tillar -- 2 513 nafar

Izoh:
Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni 26-iyun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Shu boisdan yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarda to‘lov amalga oshirish muddati yakunlangandan so‘ng o‘zgarish bo‘ladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abituriyent2024 #Qabul2024

 ⚡️Majburiy blokda tushish ehtimoli yuqori bo'lgan yubiley yillarni yodlab qo'ying!

1995-yil - Najmiddin Kubro 850-yilligi
1995-yil - Zamaxshariy 920-yilligi
1996-yil - Amir Temur  660-yilligi
1998-yil - Imom Buxoriy 1225-yilligi
1998-yil - Al-Farg'oniy   1200-yilligi
1999-yil - J. Manguberdi  800-yilligi
1999-yil - Ajiniyoz 175-yilligi
1999-yil - Ogahiy 190-yilligi
2000-yil - Moturudiy  1130-yilligi
2000-yil - Marg'iloniy  910-yilligi
2000-yil - K. Behzod 545-yilligi
2003-yil - G'ijduvoniy 900-yilligi
2006-yil - Mamun Akademiyasi        1000-yilligi

Saqlab oling, takrorlang va tarqating!


@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Professional ta'lim muassasalariga tanlov davom etmoqda

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.

❗️Abituriyentlarga tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirish imkoniyati beriladi.

🗓 Abituriyentlarning professional ta’lim muassasasiga tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM