Abror Musulmonov | Blog
291 subscribers
202 photos
1 video
54 links
Tajribadan o'tkazgan va o'rganganlarim haqida ushbu blogda yozib boraman.

Qisqasi hayotiy xulosalar...

Travelled: ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡น๐Ÿ‡ท๐Ÿ‡ฉ๐Ÿ‡ช๐Ÿ‡ณ๐Ÿ‡ฑ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ญ๐Ÿ‡ซ๐Ÿ‡ท๐Ÿ‡ฎ๐Ÿ‡น๐Ÿ‡ฆ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ฌ

Building: @puretalent_uz @nomas_live

Contact: @CwithA_bot
Download Telegram
Baku ๐Ÿ‡ฆ๐Ÿ‡ฟ - Azerbaijanning poytaxti va eng qadimiy shaharlaridan biri.

Baku'ga sayohatimiz shunchaki tasodif bo'ldi desam xato bo'lmasa kerak. Yevropadan qaytishda Istanbuldan so'ng Toshkentga qaytish rejadamizda bor edi.

Ammo jamoa bilan kelishgan holda birozgina qimmat(+30$) bo'lsa ham Baku๐Ÿ‡ฆ๐Ÿ‡ฟ bo'ylab sayohat qilishni tanladik. 2-dekabr kuni Istanbuldan Azal.az bilan kechki payt 02:00 atrofida Bakuga Heyder Aliyev airportiga yetib keldik.

Kechki payt kelganimiz uchun, tunni yana aeroportda o'tkazishga to'g'ri keldi. Istanbuldagidan yaxshiroq divanda uxladik. Chunki 19 soatga layover* bor edi.

Ertalabdan esa BakuKart bilan aerport <-> Baku shahri orasida qatnaydigan H1 liniyasi aftobusi bilan shaharga keldik.

Shahar markaziga olib kelarkan to'g'ri, buyog'iga har doim qiladigan ishimiz piyoda shahar aylanishga tushdik. Shuningdek, Bakuni travellerlaridan biri Shokhrukh Rustamov bizga bu marshrutni tuzib bergandilar.

Marshrut deyarli hamma qiziq turistlar uchun kerakli joylarni qamrab olgandi, faqat Biriliant qo'l olingan joydan tashqari desam xato bo'lmaydi. Vaqtimiz yetmadi, bora olmadik.

Marshrut bo'ylab avval sohilga kelib oldik, Kaspiy dengizi yonida bois dengizga birinchi bo'lib bordik, atrofdagi Bakuda eng katta mall'lardan birida tushlik qilib oldik.

Dengizning bir narsasi odamni dilini xira qildi, judayam ko'p neft hidi kelib qolgan. Neft tashishda biror xatolik bor deb o'yladim. Va bu Kaspiy dengizi men ko'rgan 2-dengizim bo'ldi.

Undan so'ng esa dengiz bo'yi bo'ylab aylanib ketdik, dengizni bo'yi turistlar uchun ajoyib qilib sharoitlar yaratib qo'yilganligi quvonarli bo'ldi. Biz ham bundan bahra oldik.

Dengiz bo'yi bo'ylab harakatlanib bo'lgach, shahar markazida joylashgan Safaviylar davrida yoki undan oldingi tarixiy obidalarni aylanishga ulgurdik.

Istanbuldagi kabi bu yerda ham Qiz qal'asi mavjud edi. Bu Azerbaijanning 10manatlik valyutasida ham aks etgan. Umuman olganda atrofida tarixni his qildira oladigan muhit shakllangan.

Bu tarixiy joydan suviner olmasdan ketishni iloji yo'q edi, uni oldik va Bakuga kelib bormasdan kelsak-u, Olovli binolarni ko'rmasdan ketsak bo'lmaydi deb, ular tomon yo'l oldik.

Flame Towers - Azerbaijan๐Ÿ‡ฆ๐Ÿ‡ฟning hozirgi zamonaviy ramzlaridan biri bo'lmush 3 ta olov shaklidagi minoralar tomon yurdik. Oldigacha bora olmadik, ammo uni ko'rish imkoniyat eng yaxshi bo'ladigan pozitsiyadan tomasha qila oldik.

Kechki payt bo'lib qolganligi tufayli ko'p vaqt bo'la olmadik, shahar markaziga qaytib aftobusga bir amallab mindik va aerportga ketadigan boshqa bir H1 liniya tomon yo'l oldik.

Ma'lumot uchun, Bakudagi aftobuslar shu qadar ichi to'la ediki, hattoki Toshkentdagi tiqilinchliklar hech narsa emas, shuningdek shahardagi tirbandlik juda katta edi. Jamoat transporti yaxshi rivojlangan, ammo odamlar ko'pmi bilmadim, juda gavjum.

Bir amallab shahar aftobusidan aerport tomon yuradigan aftobusga ulgurib, aerportga vaqtida kelib Toshkent๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ reysimizga ulgurdik, Vatanimiz tomon uchib keldik.

Baku
๐Ÿ‡ฆ๐Ÿ‡ฟ- shunday ta'riflasak to'g'ri bo'ladi, Istanbul๐Ÿ‡น๐Ÿ‡ท kichik varianti yoki ukasi. Shuningdek, SSR'dan ajralib chiqqan davlatlar ichida ham eng yaxshi rivojlanganlaridan biri Azerbaijan๐Ÿ‡ฆ๐Ÿ‡ฟ desak bo'ladi, bizdan ancha oldinda tan olishimiz kerak.

Tashkent, Uzbekistan ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
11.01.2026

@AbrorMusulmonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11โคโ€๐Ÿ”ฅ16โค6๐Ÿ”ฅ6๐ŸŽ‰2๐Ÿ•Š2๐Ÿ†2๐Ÿพ1
โ€‹โ€‹O'rgangan bilim va tajribalarimni doim ulashishga harakat qilib kelmoqdaman...

O'tgan davr mobaynida bir qancha tanlov, loyihalarda qatnashdim, o'rganlarimni ushbu blogda yozib bordim va yozib borishga harakat qilmoqdaman.

Shuningdek, biror bir kishi maslahat va tavsiya so'rab yozsa, qo'limdan kelgancha yordam qilishga harakat qilmoqdaman, va mentorlik dasturlar ham qilib turibmiz.

Har bir dasturga topshirganimda har doim bazi bir qiyinchiliklar bo'ladi, bular dastur haqida yaxshi tushunmaslik, yetarlicha bilim bo'lmasligi, ular kimni xohlashi kabi savollar tug'iladi.

Bu jarayondan chiqishdagi eng oson yechim bu oldingi finalist, alumnilardan olingan xulosalar menga yordam beradi. Chunki bu og'riqlarni his qilib ko'rgan odam sizga yaxshiroq maslahat bera oladi.

O'tgan yili ham katta auditoriyaga ega loyihalardan biri โ€œMirzo Ulugโ€˜bek vorislariโ€ respublika tanlovidaga qatnashdim. IQ, tuman, shahar va Respublika bosqichlaridan o'tib top 100 g'oliblardan biriga aylandim, shukr.

Bu yil ushbu dasturga qatnashmoqchi bo'lgan loyihasi bor yoshlar uchun PureTalent loyihamizda yordam berishga harakat qilishni niyat qildik.

Hozircha loyiha davomida kichik ko'rsatkichlar qila oldik, yuqoridagi MU Data Science kursiga 5 kishi qabul qilinishiga yordam bera oldik, YPIP va Digital stipendiyalari natijalarini kutyapmiz.

Navbat Vorislar.uz uchun mentorshipni reja qilmoqdamiz. Agar sizda ham loyiha bo'lsa, sizga ushbu tanlovga qatnashishni tavsiya etaman, sizga yordam kerak-mi? - Marmahat.

PureTalentni keyingi bosqichida jarayonni avtomatlashtirishni maqsad qilganmiz, an'anaviy mentorlikdan qanchadir miqdorda IT/AI qo'shgan holda yaxshilashga harakat qilamiz.

โ€œMirzo Ulugโ€˜bek vorislariโ€ respublika tanlovi mentorshipga ro'yxatdan o'tish!

Tashkent, Uzbekistan ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
01.02.2026

@AbrorMusulmonov
6โคโ€๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ”ฅ8โค5๐Ÿ‘2๐ŸŽ‰2๐Ÿ™1๐Ÿ†1
โ€‹โ€‹Sayohat izlab chiqdim yo'lga, yo'lda o'zimni topmoqlik uchun.

Yangi bir sarguzasht sari otlandim, va bu safar "solo travel" ya'ni yolg'iz chiqdim. Shu bois juda uzoqqa emas, qo'shnilarimizdan biriga yo'l oldim.

Odam yolg'iz safar qilishida biroz qiyinchiliklar bo'larkan. Inson har tarafdan ko'p narsani his qilishni boshlarkan.

Umuman olganda oxirgi chet elga safarimiz bu Lauzhack doirasida Yevropaga bo'lgan edi, va orada Baku va Istanbulni ham ziyorat qilgan edik. O'ylab qarasam biroz zerikib qolibman.

So'ng orada bir Singapore/Malaysiaga bormoqchi bo'ldik, ammo o'xshamadi. Keyin Astanaga harakat qildik, unda ham ba'zi sabablarga ko'ra borolmadik.

Aprel oyi boshlarida esa baribir chiqish kerak deb yana bir imkon borida Astanaga yo'l olishga qaror qildim. Va bugun, ushbu yo'ldaman.

Avval samolyotga biletlarni ko'rdim, keyin esa yashashimiz mumkin bo'lgan mehmonxonalarini ko'zdan kechirdim. Hammasini minimum narxga olishga harakat qildim.

Astanaga Almaty bilan tranzit orqali uchganimda arzonroq tushdi va shuningdek faqat qo'l yuki bilan yo'lga chiqishim kerak edi.

Bugun ushbu yo'ldaman va 9 soatlik layoverimda ushbu postni yozmoqdaman. Toshkentdan Almatyga 1.5 soatda yetib keldik. Yo'lda Jamshidxon akani Migingo vloglarini tomosha qilib keldim.

Tranzitligi uchun passport control'dan o'tmasam kerak deb o'ylagandim, ammo baribir o'tkazishdi, sababi Almaty - Astana bu mahalliy reysligi sabab boshqa terminalga borishim kerak ekan.

Passport controlda esa Xodim, mendan ruscha "Nega Qozog'iston๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ฟga kelayapsiz" deb so'radi, (Conference) doirasida va sayohatga dedim. Va yana "Visa bormi?" deb so'radi, O'zbekistonliklar uchun vizasiz rejim-ku deb aytdim.

Xullas ozgina provokatsiya qilmoqchidek ko'rindi, ammo amalladim. Eng birinchi muammo bu yerda ham internet, e-sim olmagandim, chunki telefon buni qo'llab-quvvatlamaydi:)

Airport wifi'ga ulanish biroz qiyin kechdi, ammo mahalliy reysdagi xodim akalar bor bo'lishsin o'zlarini raqamlariga ochib berishdi.

Shuningdek, bir qozoq aka bilan gaplashib qoldim, o'zlari Astanada yasharkanlar va yurist ekanlar, biroz gaplashdik va contact'larini berdilar. Astanada biror yordam kerak bo'lsa, bemalol bog'lanishing mumkin. Axir O'zbek - Qozoq, bir-birimizga "ะ‘ะฐัƒั‹ั€"mizku - dedilar.

Vaqt borida imkon qadar ishlab olishga harakat qildim, airport holati umuman olganda ancha yaxshi, shuningdek mahalliy reyslar juda serqatnov ekan. Demak, aholi samalyotlardan foydalanishni ma'qul ko'rishadi degan qarorga keldim.

Astana ketadigan reysga hali 4 soat bor ekan, buni ammallab o'tkazib olishim kerak. Bu birinchisi ham emas, tunni airportda o'tkazayotganimni desam bo'ladi.

Ha, bayrog'imiz sumkamda har doimgidek, sayohatimiz faqat Astana bilan cheklanib qolmaydi nasib etsa. Qolgan taassurotlarimni ham yozib borishga harakat qilaman.

P.S: Bu sayohatlarim tarixida hamma narsani o'zim qoplashim kerak bo'lgan eng birinchi safarim bo'ldi.

Almaty International Airport, Kazakhstan ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ฟ
30.04.2026

@AbrorMusulmonov
11โšก17๐Ÿ”ฅ11โค5๐Ÿ†5๐ŸŽ‰3๐Ÿ•Š3๐Ÿณ2๐Ÿ†’1
โ€‹โ€‹Men uchun bir vaqtlar orzu bo'lgan JACAFA dasturi, jarayondagi mag'lubiyat va g'alaba.

Har safar nimadir o'rgansam, yoki qandaydir yutuqqa erishsam uni boshqalar bilan bo'lishgim keladi. Va imkon qadar bunga harakat qilib kelaman.

Shu sababli oldin ham bir qancha natijaga erishgan dasturlarimiz ustida mentorship tashkil etdik, va ishtirokchilar yaxshi natijalarga erishib natija ko'rsatishdi, harakatlari uchun ularga tashakkurlar.

Bugun esa shunday dasturlardan biri JACAFA granti uchun mentorship tashkil etib, yoshlarga arizalarni kuchli qilish uchun imkoniyat bermoqchimiz.

Ushbu grant 2-kursni tamomlab, 3-kursga o'tgan yoshlar uchun tashkil etilgan bo'lib, unda markaziy osiyo va kavkaz mamlakatlari yoshlari qatnasha oladi. Dastur davomida oylik stipendiya, qo'shni mamlakatlarga sayohatlar, bitiruvchi bo'lgandan so'ng esa Yaponiyaga sayohat hamda, loyihangiz uchun birlamchi investitsiya olish imkonini beradi.

2024-yilda universitetdagi 2-kursni bitirib topshirganimda, yarim finalgacha borib oxirigacha borolmasdan qabul qilinmagan edim, ammo 2025-yilda tavakkal topshirib ko'rib finalgacha borib g'olib bo'lib qo'ygandim(Pastdagi rasmda ko'rishingiz mumkin).

Ammo yakunda esa, 2 yil o'qishim kerakligi tufayli meni kursim to'g'ri kelmagandi yoki exchange semester olsamgina qabul qilishlari mumkin edi. Afsuski bunday qilishni xohlamadim, va taklifni rad etgandim.

Bu jarayonda men o'zim uchun isbotlagan bir muhim narsa bor edi, so'ngicha borib yakunda mag'lubiyatli g'alaba edi. Yakunda, u yoshlar ichida bo'lmasamda hozirgacha hozirgacha guruhlarida borman, shuningdek ko'pchiliklari bilan networking'daman, shunisi men uchun yutuqdir.

Bugun esa o'sha dasturga 2 marta topshirib, birida g'olib inson sifatida, stipendiya sohibi va communityda ichida bor Farruxbek bilan bu yil topshiradigan yoshlar uchun mentorship tashkil etmoqdamiz.

Imkoningiz bormi, ushbu dastur talablariga to'g'ri kelasizmi, albatta bu imkoniyatni qo'ldan boy bermasdan qatnashib, g'oliblar qatorida bo'lishingizni so'rab qolgan bo'lardim.

Marhamat - > Mentorship

P.S: Qozog'iston taassurotlari va xulosalari tez orada shu yerda bo'ladi.

Tashkent, Uzbekistan ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
11.06.2026

@AbrorMusulmonov
1โค8๐Ÿ†5๐Ÿ”ฅ4โคโ€๐Ÿ”ฅ2๐ŸŽ‰2๐Ÿ‘1๐Ÿณ1๐Ÿ“1๐Ÿพ1๐Ÿ†’1
Abror Musulmonov | Blog
๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ปโ€œMirzo Ulugโ€˜bek vorislariโ€ Data Science kursini muvaffaqiyatli yakunladik! Bu dasturdagi faolligimiz 2024-yilning avgust oylaridan dasturga ariza topshirishdan boshlangan edi. Ariza jarayonlari unchalik qiyin emasdi, ammo ozroq tadqiqot va izlanish olibโ€ฆ
Raqamlar deyarli bizga natijalarni aniqligini ko'rsatib beradi va qaror qabul qilishimizni osonlashtiradi.

O'tgan yili Mirzo Ulug'bek vorislari kursini yakunlaganimizdan keyin bu dasturga topshirmoqchilar uchun mentorship tashkil etgandik.

Ushbu dastur 2-kursni yakunlab 3-kursga o'tganlar uchun moslashtirilgan bo'lib, 1 yil davomida sohangizda "data science" qo'llash bo'yicha mentorlar tomonidan darslar bo'ladi.

Dastur davomida e'lon'ga ko'ra noutbuk, stipendiya va 1 mahal ovqat bilan ishtirokchilar ta'minlanishadi. Viloyatda o'qiydigan talabalar esa akademik mobillik asosida Toshkentdagi yo'nalishi to'g'ri keladigan universitetga 1 yilga o'qishga kelishadi.

O'tgan yildagi loyihamiz natijalariga ko'ra, 7 nafar ishtirokchi kursimizda qatnashish fikrini berishdi. Ularga darslar o'tildi va qo'ldan kelgancha yordam berdik.

Natijada esa 5 nafar ishtirokchimiz, yakuniy bosqichgacha borgan holda ushbu dasturga qabul qilinishdi. Va shu hafta ular ham biz kabi bitirishmoqda ekan...

Ushbu yilda qayd etgan natijalarimizga ko'ra, bu yil ham Zarifbek bilan yangi mavsum uchun mentorship tashkil etishni reja qildik. Ko'zi yonib turgan yoshlarimizni alumni community* ko'rishdan xursand bo'lamiz.

Marhamat - > Mentorship

P.S: Siz ham universitetingizni bitirmasdan turib Mortarboard kiymoqchi bo'lsangiz albatta, 10-iyulga qadar mentorshipga topshirishga ulguring:)

Tashkent, Uzbekistan ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
02.07.2026

@AbrorMusulmonov
1โšก14โค7๐Ÿ‘3๐Ÿ†3๐Ÿ“1๐Ÿพ1๐Ÿค1
Astana๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ฟ - men ko'rgan shaharlar ichida urbanizatsiya yuqori bo'lgan shaharlardan biri.

Qozog'iston๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ฟ poytaxti bo'lmish, Astana nomi ham ushbu davlat tilidan olingan. Ya'ni Astana bu qozoqchada "Poytaxt" ma'nosini bildiradi.

Ushbu galgi safarimiz Astanaga solo travel bo'ldi va yo'l Almaty orqali transfer bilan boshlandi. Almatyda 9 soatlik layoverdan so'ng, ertalab 4 larga yaqin Astanaga uchib ketdim.

Birinchi may kuni airportdagi 2-3 soatlik uyqudan so'ng, 9:00 atrofida Nazarbayev Universiteti tomon yo'lga chiqdim. U yerda meni Fayzulla kutib olib universitetni tour qilib berdi. Va so'ng Nursulton masjidi - Astana Grand Mosquega bordik.

Tushdan so'ng hotelga narsalarimni joylashtirib, 16:00da bu yerga kelish sabab bo'lgan Global Shaper Retreat - Steppe Spirit Leadership Forum 2026 opening ceremony'siga jo'nab ketdim.

Ochilish marosi Tselinograd davridagi eski binolar va Janibek va Keray monumentidan boshlandi. Temirlan ushbu joylarni tarixi va ildizi haqida so'zlab berdi. Kun yakunida shaperlar bilan kechki taom ustida suhbat qurib, kunni yakunladik.

2-may kuni Konferensiyani sessiya qismini boshladik. Unda Global Shapers Astana Hub founderlaridan biri bo'lgan, hozirda Qozog'iston ta'lim vaziri Nurbek Sayasat nutq so'zladi.

Nutqidan bilimli, aqlli va zamon bilan hamnafas rahbarlardan biri ekani bilinib turardi. Men ko'rgan rahbarlar ichida eng yaxshilaridan biri desam adashmayman.

Eng maqul gaplaridan biri, har kuni ertalabgi 2 soatini bilim olish va yangiliklarga sarflashi, yakunda haftada 14, oyda 60 soat bo'lishi haqida edi. Agar nutqni tinglamasdan bu gapni eshitganimda ishonmas edim, ammo nutqdan keyin ishonmaslikni iloji yo'q edi.

Kun davomida boshqa speakerlarni sessiyalari va nutqlarini eshitdik, Networking qildik va kechki taom bilan kunni yakunladik. Global Shapers Astana Hub Curator Aray Serikzhanovaga taklifi va tashkilotchiligi uchun rahmat aytib qolardim.

Va so'ngi kun nomadic tarzda o'tdi. Ertalab Astanadan uncha uzoq bo'lmagan ovuldagi otxonaga bordik. Egasi asli O'zbekistondan bo'lgan Xasan aka edi, ular bilan o'zbekcha gaplashdik.

Otda nomadic lifeni his qilib 1 soatga yaqin sayr qildik. Bu meni birinchi marotaba bu shaklda otga minishim edi. Bundan keyin ko'p minib turaman deb o'zimga vada bergandim, haligacha bajarmadim.

U yerdan chiqib, bizga yo'lboshchilik qilgan UN volunteers coordinatori Nikitani uyida mehmon bo'ldik. So'ng u meni Qozog'iston milliy muzeyiga tashab qo'ydi. U yerni 1 soat aylandim, ancient, turkic va nomadic tarixni yaxshi tasvirlab berarkan.

Kechki 23:00 atrofida reysim borligi uchun, modern Astanani aylanish uchun oxirgi imkon edi. Konferensiyada olgan qog'oz xarita bilan aylanishni vaybi o'ta boshqacha edi.

Xarita bo'ylab Hazrati Sulton Masjidi, Palace of Peace and Reconciliation, Prizdent bog'i va Ishim daryosi bo'ylab yurdim. U yerdan Ak Orda Presidential Palace ko'rinib turardi.

Shundan so'ng Abu-Dhabi plaza(310-metr)ga kelib qoldim. Biroz yurganimda Qozog'iston ramzi bo'lgan Baiterek'ni ko'rish mumkin. Yuqorisiga chiqib ko'rdim, sunset ko'rish uchun arzirdi(2,000 โ‚ธ).

Shaharning financial qismi Nurzhol Boulevard shu yerdan boshlanardi. Shu yo'l bo'ylab yurib KazMunayGas binosi arkasidan o'tib, Khan Shatyr mallga bordim. Xuddiki kichik bir o'tov/yurtani katta mall qilib qurishgandek edi.

Jami 5 soatlik piyoda yurishdan so'ng Astanadagi sayohatimni yakunlab airportga jo'nab ketdim.

Xulosa: Astana๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ฟ zamonaviyligi jihatidan men ko'rgan deyarli barcha shaharlardan binolari jihatdan ustun edi. Lekin narxlar ham shunga yarasha ancha qimmat. Public transportga unchalik chiqa olmadim, sababi to'lov tizimiga ulana olmadim. Qishda kelmanglar, bu yer Sibr darajasida degan fikrlar ham bo'ldi. Umumiy olganda, shahar menga yoqdi, yana qaytib borish imkoni bo'lganda albatta borardim.

Tashkent, Uzbekistan ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
27.06.2026

@AbrorMusulmonov
1๐Ÿ†15โšก6โคโ€๐Ÿ”ฅ5๐ŸŽ‰2๐Ÿ†’2๐Ÿ•Š1๐Ÿณ1
Almaty ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ฟ - Toshkentga eng o'xshash bo'lgan shaharlardan biri.

Qozog'istonning hozirgi poytaxti Astana, ammo 1991-yildan 1997-yilgacha Olmaota poytaxt bo'lgan. Keyinchalik poytaxt Astanaga ko'chirildi.

Astanadan keyingi safarimiz Olmaota shahri bo'ylab bo'ldi. Avvaliga Astanaga ketish oldidan, layoverda havosidan nafas olgandim, lekin shaharga chiqmagandim.

Ertalabki reys bilan 4-may kuni airportga yetib keldim va biroz dam olib, mendan oldin kelgan do'stlarimizning apartmentiga jo'nab ketdim.

Borganimda deyarli hamma uxlab yotishgandi, eshikdan yarim soatcha kira olmadim va kutdim. Birozdan so'ng eshikni ochishdi.

Ertalabki nonushtani qilib, buyurtma qilgan boshqa apartmentimizga joylashib oldik, chunki 1 ta xonaga sig'mas edik.

Barcha narsalarni joyiga qo'yib olib, bu yerga kelishimizga asosiy sababchi bo'lgan GITEX AI Kazakhstan konferensiyasiga jo'nab ketdik.

Tadbir bizdagi ICT WEEK UZBEKISTAN kabi edi, faqat ko'proq AI focused edi. Ko'plab odamlar bilan tanishdim.

GITEX'da Tilmoch.ai'ning ham stendi bor edi, Muhammadsaid aka menga jamoaga yordam berishim va loyihani pitch qilishimni tayinladilar.

Asosan 2 kunimiz ushbu konferensiyada networking va loyiha taqdimotlari bilan o'tdi. 5-may kuni kechqurun shaharni aylandik.

6-may kuni wild nature bo'ldi, Almaty o'zi tabiati bilan qiziq edi. Shymbulak Mountain Resortga borishga reja qildik. Va tushlikka yaqin Yandex scooterlarga minib 40 minutlik masofaga yo'lga chiqdik.

Birinchi marta ushbu scooterlarni sinab ko'rishim edi. Avvaliga uncha yoqtirmasdim ammo ancha yaxshi ulov ekan. Lekin e'tibor qilmasa menga o'xshab qaltis burilishda uchib ketish mumkin ekan:).

Shymbulak - bu bizdagi Amirsoy kabi joy edi. Odamlar kanatlarda (cable car) tog' ustiga chiqib borishi mumkin. Biz 2 tasiga ulgurdik, 3-balandlikka chiqish allaqachon to'xtatilgandi. Shunda ham biz dengiz sathidan 2800+ metr balandlikda edik.

So'ngra ortga qaytib tushdik. Kechki payt Sairan Sports Recreation Parkda sayr qilib yana uyga samokatlarda qaytdik.

Va so'nggi kun 7-mayda esa Almatyda random travel qildik, narsalarimizni apartmentdan olib shahar bo'ylab piyoda yurib sayr qildik.

Yakunda Mega Park mallni aylanib, tushlikni shu yerda qilib, kechki paytga yaqin airport tomon yo'lga otlandik, va kechki Qanot Sharqdagi reysimiz bilan jonajon vatanimizga qaytib oldik.

Umuman, 4 kunlik Olmaota๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ฟdagi safarimizni ko'proq konferensiya va tabiat uyg'unligidagi safar deb atash mumkin edi. Shu shaklda bu yerni ham borgan shaharlarimiz qaydnomasiga qo'shib qo'ydim. Toshkentga juda o'xshash shahar, deyarli Toshkent vibe'ni berib turardi.

Tashkent, Uzbekistan ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
28.06.2026

@AbrorMusulmonov
3๐Ÿ”ฅ11โคโ€๐Ÿ”ฅ6๐ŸŽ‰5โšก2๐Ÿ†1๐Ÿพ1๐Ÿ˜‡1๐Ÿ†’1