Axmadjanov | Ta'limiy blog
19.1K subscribers
104 photos
37 videos
54 files
222 links
Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov

@Talimgaoid_admin
Download Telegram
❓Nega 56,7 ball davlat OTMlariga topshirganlar uchun ahamiyatli?
 
Sababi hatto ajratilgan kvota o'rinlariga balli yetsa ham, 56,7 dan kam ball to'plagan abituriyent talaba bo'lolmaydi.

✅ Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %); 
 
✅To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan. 

Demak, 56,7 balldan kam to'plaganlarda faqatgina super-kontrak orqali talaba bo'lish imkoni bor.
 
✔ @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Vazirlar_Mahkamasining_2026_yil_29_iyuldagi_411_son_qarori.pdf
1.2 MB
⚡️Rasman: Imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavr va magistr pedagoglarga yangi tartibda malaka toifasi beriladi

Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


✅Unga koʻra, 2026-yildan boshlab bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlab, birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan pedagoglarga ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) beriladi.

❌ Imtiyozli diplomga ega boʻlmagan bakalavr bitiruvchilarga esa avvalgidek mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi beriladi.

✅Shuningdek, magistratura bosqichini barcha fanlardan hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan “5” (aʼlo) baho (90–100 ball) bilan tamomlagan va birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) beriladi.

❌Qolgan magistr darajasiga ega bitiruvchilarga esa avvalgidek ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilishi davom ettiriladi.

Mazkur tartib pedagoglar navbatdagi attestatsiyadan oʻtguniga qadar amal qiladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤‍🔥1👍1🔥1
⚡️Xushxabar: vanihoyat huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat joriy etildi.

Asos: 26.07.2026 yildagi 411-VMQ.

Endi ushbu sertifikat Bojxona, Jamoat xavsizligi universiteti, DXX akademiyasi kabi ta'lim muasasalariga o'tishni boshlaydi.


✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤3😁3👍2👏1🍾1
Boshlang‘ich_ta’lim_o‘qituvchilariga_milliy_sertifikat_berish.pdf
1.2 MB
❗️Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi

📄 Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


✔️Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga:

➖Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oy 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.

🏛 Nizomga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

📌 Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgordan ro‘yxatdan o‘tishda, ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

⚫️70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
⚫️65–69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
⚫️60–64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
⚫️55–59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
⚫️ 50–54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
⚫️46–49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.


✈️ Talabgorning boshlang‘ich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, o‘qitish metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi.

Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza berib, ro‘yxatdan o‘tadi.

Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga 1 ish kuni ichida QR-kodli sertifikatning elektron shakli YAIDXP (my.gov.uz) orqali yuboriladi.

➖ Talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida YAIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tartibi joriy etilishi belgilandi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1👏1💋1
❗️Bu yil abituriyentlar har yilgidan koʻra koʻp!

Ha toʻgʻri oʻqidingiz. Bu yil abituriyentlar avvalgi yillarga nisbatan anchagina koʻp. Va eng qiziq jihati bu yilgi abituriyentlarning katta qismi xususiy oliygohlarni tanlayapti.

Xususiy oliygohlarda bu yildan qabul jarayonlari jonlanib qoldi. Abituriyentlar avvalgi yilga nisbatan koʻproq topshiryapti va tezroq kontrakt summasini toʻlamoqda. Men gaplashgan bir nechta xususiy oliygohlar xatto bu yilgi qabul rejalarini allaqachon toʻldirib ham boʻlishdi.

Davlat oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar statistikasi bilangina ta'lim bozori pasayib ketdi deb xulosa qilish notoʻgʻri. Statistikada nodavlat oliygohga topshirayotgan abituriyentlar yoʻq. Eng qiziq tomonida aynan shu yilning oʻzida davlat oliygohiga hujjat topshirmay xususiy oliygohni tanlayotgan abituriyentlarning soni anchagina yuqori.

Ma'lumotlarga koʻra, davlat test sinovlarida qatnashmagan 50,000 dan ortiq abituriyent aynan xususiy oliygohlarda allaqachon talaba boʻlishga ulgurishgan. Xususiy oliygohlar uchun tom ma'noda bu yil "bozorning" oxirgi yili. Keyingi yildan kirish imtihonlari aniq davlat test sinovlari asosida oʻtkaziladi. Bunga har tomonlama tayyorgarlikni koʻrish kerak.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥2🥴2
FVV TEST NATIJALARI.pdf
379 KB
🟦🟦🟦

⚡️Rasman: Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi 2026/2027 oʻquv yili uchun test natijalarini e'lon qildi

Roʻyxatda nomzodlarning familya ismi hamda toʻplagan ballari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏2👍1🔥1🥴1💯1
🟦🟦🟦

⚡️Harbiy xavfsizlik va Mudofaa universiteti test natijalari

Bu yerda DXX chegara qo'shinlari ham ko'rsatilgan.

Manba: Combatuz

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5💋1
Мандат ЁЧ 26.pdf
400.9 KB
🟦🟦🟦

⚡️DXX chegara qoʻshinlari "Yosh chegarachilar" harbiy-akademik litseyi nomzodlarining test natijalari.

Ruxsatnoma raqami orqali o‘z natijangizni aniqlashtirishingiz mumkin.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6💋1
Mandat MG TM 2026.xlsx
70.6 KB
🟦🟦🟦

⚡️Milliy Gvardiya Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseiya 2026/2027 oʻquv yili test natijalari

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👎1💋1
❗️Stipendiya kundalik xarajatlarga yetmayapti: Miqdorni oshirish taklif qilindi

Mamlakatda talabalar olayotgan stipendiya kundalik xarajatlarga yetmayotgani bois to‘lov miqdorini oshirish zarur. Bu taklif 30-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tgan fiskal muloqotda bildirildi. Ma’lum qilinishicha, hozirgi stipendiya tizimida qator muammolar mavjud.

Bugun 1,6 million nafar talabaning atigi 118 ming nafari yoki 7,3 foizi stipendiya olmoqda. Bazaviy stipendiya esa minimal iste’mol xarajatlaridan past va talabaning ijtimoiy holatini yetarli darajada hisobga olmaydi. Bu degani, stipendiya talabaning kundalik xarajatlarini qoplashga yetmayapti.

“Manzilli stipendiya qo‘llab-quvvatlovini joriy etish va stipendiya miqdorini minimal iste’mol xarajatlari darajasigacha oshirish muhim. Shu bilan birga, turar joy ijarasi uchun subsidiyalarni saqlash, vazirliklar, idoralar va ish beruvchilarga ham to‘lanadigan stipendiyalarni kengaytirish taklif etiladi”, deydi Fiskal tahlillar instituti mas’ullari.


✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥10💋1
🇺🇿 Bojxona instituti 2026/2027 o'quv yili uchun o'tish ballari e'lon qilindi.

🇺🇿 Yurispudensiya - 176.6 ball.
🇺🇿 Bojxona ishi [uz] - 185.7 ball.
🇺🇿 Bojxona ishi [rus] - 151.5 ball.

🎓 Ichki ishlar, bojxona, milliy gvardiya xodimlari farzandlari kvotasi alohida belgilanadi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👎4💋1
2026 Farg'ona mandat O'zbek gurux.pdf
588.5 KB
🟦🟦🟦

Mudofaa vazirligi Farg'ona "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyiga kirganlar ro'yxati e'lon qilindi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3💋2
Test natijalari 2026-2027.pdf
1.3 MB
🟦🟦🟦

⚡️Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyiga 2026-2027-o‘quv yili uchun hujjat topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2🍾1💋1
⚡️Test sinovlaridan past ball toʻplaganlar diqqatiga!

Ushbu gaplarimni diqqat bilan oʻqing!

Agarda siz test sinovlaridan yetarli ball toʻplay olmagan boʻlsangiz ham oliygoh tanlashda ishtirok eting. 56,7 balldan yuqori toʻplaganlar barcha uchun tanlov imkoniyati berilgan.

Taqdir taqozosi bilan davlat oliygohiga kirish nasib qilmasa, oldingizda ikkita variantdan biri bor: yo oshirilgan kontrakt asosida davlat oliygohida oʻqiysiz, yoki nodavlat oliygohini tanlaysiz.

❗️Sizga kelajagingiz uchun muhim maslahatimni beraman!

1. Davlat oliygohida oʻqimoqchi boʻlsangiz faqat tuzukroq yoʻnalishni tanlang. Xatto kvota asosida oʻqishga kirsangiz ham aslo be'mani yoʻnalish tanlamang. Oʻqishga kirib olish oson, lekin ertaga ish topolmay qiynalasiz, topsangiz ham oylik maoshiga oila boqishga aqlingiz yetmaydi! Ana unda 4-5 yillik umringizga achinasiz, lekin unda ortga yoʻl yoʻq.

2. Nodavlat oliygohi tanlasangiz, kelajakda ishlaydigan yoʻnalishingizni tanlang. Keyinchalik davlat universitetiga koʻchiraman yoki yoʻnalishimni oʻzgartiraman deb homtama boʻlmang. Keyingi yildan oʻqishni koʻchirish imkoni boʻlmaydi. Siz hozir tanlov qildingizmi oʻsha xususiy oliygohda oʻsha tanlagan yoʻnalishingizni tamomlashingizni oʻylang va mana shu holatni hisobga olib yoʻnalish va oliygoh tanlang.

3. Xususiy oliygoh tanlamay bir yil kutmoqchi boʻlsangiz – bu sizning tanlovingiz. Lekin bir yil vaqtingizni yoʻqotasiz va 2027-yildan xususiy oliygohlarga oʻqishga kirish davlat test sinovlari orqali amalga oshirilishi oydinlashmoqda. Keyingi yil sizni qanday "surpriz"lar kutayotganini bilmaysiz.

4. Davlat oliygohida super-kontrakt asosida oʻqimoqchi boʻlsangiz ‐ moddiyatingiz koʻtarsa oʻqing. Super kontrakt miqdorlari avvalgidek 100-200 mln emas, aksincha 20-30 mln soʻmgacha tushib ketgan.

❕XULOSA: qanday qarorga kelsangiz ham ota-onangiz bilan maslahatlashib yakuniy qarorga keling. Ijtimoiy tarmoqlardagi jimjimador reklamalarga ishonib ortiqcha hislarga berilmay faqat aql bilan ish tuting.

Barchaga omad tilayman!

©Firdavs Axmadjanov

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🔥8👍5❤‍🔥2👎2👏1🌚1💋1👀1
❗️Mandat saytida nechinchi o'rindasiz?

— Natijangizni boshqalar bilan solishtirib ko‘rdingizmi?

Endi maxsus Telegram-bot orqali mandat ro‘yxatidagi o‘rningizni bilish imkoniga egasiz.

Botga ruxsatnomangizdagi ID raqamini yuboring:
👉 @mandat_uzbmbbot
👉 @mandat_uzbmb1bot
👉 @mandat_uzbmb2bot

Bundan tashqari, titul varaqa bo'yicha to'g'ri va noto'g'ri javoblarni ham olishingiz mumkin.
❤11❤‍🔥7🥴3👍2