Axmadjanov | Ta'limiy blog
19.2K subscribers
104 photos
37 videos
54 files
222 links
Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov

@Talimgaoid_admin
Download Telegram
⚡️Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

Super-kontrakt miqdori quyidagicha:

➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 3 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin

☝️4.0 baldan koʻproq yetmagan lekin 56,7 balldan yuqori – ball toʻplaganlar uchun super kontrakt miqdori oliygohlar tomonidan mustaqil belgilanadi.

📢 Eslatma: Ushbu summalar bir necha yildan beri amal qilib keladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👎5👍4
⚡️68.4 ball bilan grant!

Mana bu abituriyent meniyam maqtab qoʻying deb yozyapti😂

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣269❤48😭34🗿21👍10👎5🍓4🍾4🔥1🙈1
Lichkani yondirvoryapsizlar savollar bilan.

Esimdan chiqib qolmasligi uchun sizlarga taqdim etishim kerak boʻlgan aktual mavzularni shu yerda qoldirib turaman:

👉 6-yoʻnalish haqida post
👉 4.0 balldan koʻproq yetmay qolganlarga super-kontrakt miqdori
👉 Bugungi kundagi kontraktlar miqdori
👉 Koʻproq ball toʻplab ham oʻqishga kirolmaganlar uchun tavsiya
👉 Xususiy oliygohga kirmoqchi boʻlganlarga muhim xabar va tavsiya


✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤41🗿6👍4🔥4🥰1🤝1
⚡️Eslatma: Vakant o‘rinlar (6-yoʻnalish)ga o‘qishga kirish imkoniyati yaratiladi

📄 Hukumat qarori bilan“Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarorga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan.

🔰 Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida ishtirok etib, minimal ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga vakant (bo‘sh) o‘rinlar qolgan yo‘nalishlarda tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

📌 Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

➖ imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng bir hafta o‘tib, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan vakant yo‘nalishlarga bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tiladi;
➖ abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga (reytingga) qat’iy rioya qilingan holda bo‘sh o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
➖ BMBA tomonidan shakllantirilgan qaydnomalar oliy ta’lim tashkilotlariga buyruq rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.

Shuningdek, 74-bandga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan:

🔹 avval ayrim qarorlar Davlat komissiyasi hisobidan qabul qilingan bo‘lsa, endilikda bu vakolat oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) hisobiga o‘tkazildi. Ya’ni, mas’uliyat va qaror qabul qilish bevosita OTM rahbari zimmasiga yuklatildi;
🔹 74-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi, ya’ni u endi amalda qo‘llanilmaydi;
🔹 oldingi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar endilikda mos ravishda – ikkinchi va uchinchi xatboshi deb qayta raqamlandi.

✅ Abituriyentlar vakant o‘rinlar bo‘yicha o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan @mandatjavobbot orqali tanishib chiqishlari mumkin.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30🔥2
⚡️Oltinchi yoʻnalish tanlash qachon boshlanadi?

Oʻtgan yili avgust oyi oxirida 6-yoʻnalish tanlash imkoni berilgan edi. Bu yil ham agar toʻlmay qolgan kvotalar boʻlsa bunday imkon beriladi.

Vakant oʻrin (6-yoʻnalish) oʻzi nima?

Masalan deylik, Andijon davlat universitetining Tarix yoʻnalishiga bu yil 40 ta kvota ajratilgan. Lekin shu kvota doirasida 30 ta abituriyent oʻqishga kirgan, qolgan 10 ta oʻrin esa 56,7 ball ham toʻplay olmagan abituriyentlar hisobiga boʻsh qolgan. Natijada mana shu 10 ta oʻrin uchun 6-yoʻnalish sifatida tanlash imkoni beriladi.

❓Xoʻsh 6-yoʻnalishni tanlash tartibi qanday?

1 haftadan keyin yuqorida ta'kidlaganimdek, qaysi oliygohlarda qaysi yoʻnalishlar toʻlmay qolgani haqida ma'lumotlar chiqadi. Shunda 56,7 balldan koʻp toʻplab, 5 ta yoʻnalishga ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar 6-yoʻnalishni tanlashlari uchun my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn jarayon boshlanadi.

❗️Xoxlagan oltinchi yoʻnalishni tanlay olmaysiz!

Beshta yoʻnalishga ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar topshirgan fanlar majmuasiga mos 6-yoʻnalish mavjud boʻlsagina topshira oladilar. Ya'ni Tarix yoʻnalishiga xos fanlardan test topshirgan abituriyent Iqtisodiyot yoʻnalishidagi vakant oʻrinni tanlay olmaydi.

Agarda siz topshirgan fanlarga mos 6-yoʻnalish qaysidir OTMda mavjud boʻlsa uni tanlaysiz hamda mavjud balingiz bilan taqdiringiz aniq boʻladi. Ya'ni boʻsh qolgan 5 ta oʻrin uchun siz kabi 6-yoʻnalish tanlaganlardan kimning bali yuqori boʻlsa shu 5 kishi qabul qilinadi. Qolganlar qabul qilinmaydi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤47👍8👌4
🔥 Ikki xil natija lekin bir xil taqdirlar

Risligʻoy ismli abituriyentimiz Diplomatiya universitetiga 182.4 ball bilan grantga kirgan;

Boshqa bir abituriyentimiz esa NamDPIga 57.1 ball bilan kontrakt asosida oʻqishga kirgan.

Ikkil xil natijalar, lekin taqdirlar bir xil

Ikkala abituriyentlarimizni ham talabalik bilan tabriklaymiz👏

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰36❤26🥴7👏5❤‍🔥2⚡2
⚡️Ingliz tili yoʻnalishiga kirolmaganlar diqqatiga!

Ingliz tili yoʻnalishlariga bali yetmaganlar 6-yoʻnalish haqida soʻrashyapti. Baraka topgurlar 6-yoʻnalish faqat toʻlmay qolgan oʻrinlar uchun beriladi.

Siz ingliz tili yoʻnalishini toʻlmay qolgan boʻlishi mumkin deb oʻylaysizmi?

Axr xatto hujjat topshirish uchun ham sertifikat talab etiladigan bu yoʻnalishlarga abituriyent hujjat topshirmasagina toʻlmay qolishi mumkin. Boshqa holda sertifikatning oʻzi kvota doirasida yetarli ball beradi.

Inyazchilar 6-yoʻnalish haqida oʻylamaganingiz ma'qul. Sizlarning yoʻnalish oddiy yoʻnalish emas.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣90😭35❤23😈6💯5😁4😐4🔥2❤‍🔥1👍1
⚡️Vakant oʻrinlar (6-yoʻnalish) haqida soʻraganlar uchun!

Oʻtgan yili qaysi hududagi qaysi oliygohlarda 6-yoʻnalish uchun vakant oʻrinlari ortib qolgani va xatto uning oʻtish ballari haqida ma'lumotlarni https://mandat.uzbmb.uz/BallVuzVakant2025 saytidan olishingiz mumkin.

2026-yil uchun vakant oʻrinlar bir haftalardan keyin e'lon qilinadi va unda 56,7 balldan yuqori toʻplagan abituriyentlargina qatnasha oladilar.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28🤗2🗿2👌1
⚡️Davlat oliygohlarida bugungi kundagi kontrakt narxlari

Super kontrakt asosida oʻqimoqchi boʻlganlar, yetmay qolgan baliga qarab quyidagi tartibda kontrakt summasini hisoblaydilar:

➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 3 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.


☝️4.0 baldan koʻproq yetmagan lekin 56,7 balldan yuqori – ball toʻplaganlar uchun super kontrakt miqdori oliygohlar tomonidan mustaqil belgilanadi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍5💯3🔥2
⚡️ SUPER-KONTRAKTDA O‘QIMOQCHI BO‘LGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Xabaringiz bor, bugun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi. Afsuski, ayrim abituriyentlar talabalikka tavsiya etilmadi.


❓ Hozirda ko‘pchilik abituriyentlardan “Super-kontrakt asosida o‘qisam, qancha to‘layman?” degan savollar kelmoqda.

📌 Endi buni aniqlash juda oson!

🤖 Quyidagi botga abituriyentning ID raqami yoki qaydnomasini yuboring. Bot siz uchun super-kontrakt miqdorini avtomatik hisoblab beradi.

👉 @superkontrakt_bot
👉 @superkontrakt_bot
👉
@superkontrakt_bot

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍3🔥3🗿2
⚡️ Tibbiyot yoʻnalishi grantida o‘qiganlar 5 yilgacha majburiy ishlab beradi

2027-yildan boshlab tibbiyot yoʻnalishi bakalavriatning kamida 50% qismini davlat granti asosida o‘qiganlar hamda rezidenturani bitirganlar davlat tibbiyot tashkilotlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarida besh yilgacha majburiy ishlab berish tartibi joriy etiladi.

📌Majburiy ishlab berish muddati hududga qarab belgilanadi:

◾️Toshkent shahri va Toshkent viloyatida — 5 yil;
◾️Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida — 4 yil;
◾️Boshqa hududlarda — 3 yil;
◾️Olis va chekka hududlar — 2 yil;
◾️Maqsadli davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilar majburiy ishlab berishni maqsadli qabul parametrlarida belgilangan hududda amalga oshiradi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣36❤12😁12❤‍🔥3🤯3🗿2🔥1😈1
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha

📆 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

✅ Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🎤 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

😎 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

🔶 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17
❓Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi?

❌ JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr.

Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan.

Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q.

mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k (imtiyoz), yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi.

Masalan, yuqorida keltirilgan suratda ko‘rinib turibdiki, 160,7 ball to‘plagan abituriyent o’zi tanlagan beshta yo‘nalishning uchinchisiga talabalikka qabul qilingan. Demak, endi u uchinchi yo‘nalishda o‘qishi kerak bo‘ladi, boshqasiga almashtira olmaydi.

Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14😢5🔥2🥰1👏1😱1
⚡️Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi?

❌JAVOB: Yo‘q, o‘zgartira olmaysiz.

Xullas, endi hech narsani o‘zgartira olmaysiz. Qaysi yo‘nalishga grantga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda grantda, kontraktga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda kontraktda o‘qiysiz.

Yo’nalish tanlayotganda o‘z shaxsiy tanlovingizni qilib bo‘lgansiz, “endi bunga o‘tsam-chi, endi unga o‘tsam-chi”, degan savollardan foyda yo‘q.

❓Ball sotib olsa bo’ladimi?

Boshqa yo’nalishga 1 ball yetmabdi, endi ball sotib olsam bo’ladimi, deb ham so’rashadi. Bunaqa amaliyot yo’q. Hech qanaqa ball sotib olib bo’lmaydi.

❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤49🔥4
⚡️Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi?

✅ Oʻqishga qabul qilinganlar uchun:

Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin.

Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim.

✅Oʻqishga kirolmaganlar uchun:

Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor.

✅Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun:

Siz masalan 3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz, lekin balingiz 4 va 5 yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz, na 1, 2 yoʻnalishlar, na 4,5 yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz. Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin.

Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib oʻzgarsa bu haqida xabar beramiz.

❕ Super kontrakt boʻyicha arizalar qabuli 1 haftadan keyin kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn boshlanadi. Universitetlarga hozirdan borib olmang, hamma jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35👏3
⚡️Super kontrakt narxlarini qayerdan koʻrsak boʻladi?

Oʻqishga kirish uchun 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun super kontrakt miqdori barcha oliygohlarda bir xil summa chiqadi. Kontrakt summasini @superkontrakt_bot orqali avtomatik hisoblatishingiz mumkin.

4,05 balldan yuqori yetmay qolganlar – uchun super kontrakt miqdori hamma oliygohda har xil boʻlishi mumkin. Masalan, Ingliz tili yoʻnalishiga 4,05 balldan koʻproq yetmay qolganlarga super kontrakt narxi qaysidir oliygohda oddiy kontraktning 3 barobari, yana qaysidir oliygohda esa 5 barobar boʻlishi mumkin.

Bunga oʻtgan yilgi super-kontrakt narxi Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yoʻnalishi misolida koʻramiz:

👉 Namangan davlat chet tillari institutida – 29.600.000 soʻm
👉 Andijon davlat chet tillari institutida 37.000.000 soʻm
👉 Shahrisabz davlat pedagogina institutida 40.700.000 ming soʻm boʻlgan.

❕ Demak, 4,05 koʻproq yetmay qolgan ball uchun super-kontrakt narxini oliygohning oʻzidan aniqlashtirasiz.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍3🥰1🐳1
⚡️Oʻtgan yili 6-yoʻnalish uchun qayerlarda vakant oʻrinlar qolgan edi?

Oʻtgan yili juda katta miqdordagi kvota oʻrinlari boʻsh qolganligi sababli ilk bora 6-yoʻnalish tanlash imkoni berilgan edi hamda yoʻnalish tanlash 25-sentabrdan 3-oktabrga qadar amalga oshirilgan edi.

➡️ Kunduzgi ta'lim uchun – 19 279 ta kvota;
➡️ Kechki ta'lim uchun – 7 058 ta kvota;
➡️ Masofaviy ta'lim uchun – 2 544 ta kvota oʻrni boʻsh qolgan edi.

📹 Vakant oʻrin (6-yoʻnalish)ni tanlash boʻyicha videoyoʻriqnoma

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍2
❓O‘qishga kirolmaganlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

O‘qishga tavsiya etilmadingizmi, xafa bo‘lishga aslo hojat yo‘q! Davlatimiz tomonidan abituriyentlar uchun bir qator qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan:

1️⃣ Birinchi imkoniyat — vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha qabul tanlovi:

Davlat OTTlaridagi bo‘sh (vakant) qolgan o‘rinlar tanlovida 2 toifadagi abituriyentlar ishtirok etishi mumkin:

🔹 Test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmaganlar;
🔹 Ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlar.

2️⃣ Ikkinchi imkoniyat — tabaqalashtirilgan (super) kontrakt:

Davlat OTTlarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati mavjud. Vakant o‘rinlar uchun tanlov yakunlangach (taxminan 1 haftadan so‘ng), super-kontrakt bo‘yicha ariza topshirish platformasi ochiladi va aniq ma’lumotlar e’lon qilinadi.

3️⃣ Uchinchi imkoniyat — qo‘shma ta’lim dasturlari:

Davlat OTTlarining xorijiy universitetlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari orqali o‘qish mumkin. Qabul jarayonlari har bir muassasa tomonidan alohida tashkil etiladi. Ma’lumotlarni OTTlarning rasmiy saytlari orqali aniqlashtirish mumkin.

4️⃣ To‘rtinchi imkoniyat — nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari:

Litsenziyaga ega nodavlat OTTlarda tahsil olish imkoniyati bor. Qabul jarayonlari har bir muassasa tomonidan mustaqil olib boriladi va sentyabr oyi oxirigacha davom etadi.

5️⃣ Beshinchi imkoniyat — xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va filiallari:

O‘zbekistondagi xorijiy OTTlar filiallarida yoki xorijdagi OTTlarda o‘qish mumkin. Qabul talablari va muddatlari har bir oliygoh tomonidan alohida belgilanadi (qabul sentyabr oyi oxirigacha davom etadi).

6️⃣ Oltinchi imkoniyat — texnikumlar:

Texnikumlarda 2–2,5 yil davomida zamonaviy kasb-hunar egallash mumkin.

Bitirgach:

🔹 To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat bozoriga kirib, o‘z sohasi bo‘yicha ishlash;
🔹 A’lo baholar bilan tamomlab, suhbat asosida OTTlarning 2-kursidan o‘qishni davom ettirish imkoniyati mavjud.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤42👍5👎1🔥1🤓1