Axmadjanov | Ta'limiy blog
19.2K subscribers
104 photos
37 videos
54 files
222 links
Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov

@Talimgaoid_admin
Download Telegram
#Super_kontrakt #Qabul2026

⚡️Namangan davlat chet tillari institutining arzonlashtirilgan super-kontrakt narxlari tasdiqlandi

Namangan davlat chet tillari instituti tomonidan 2026/2027 oʻquv yili uchun super kontrakt narxlari belgilandi.

☎️ Call-markaz raqami: +99869-239-50-51

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy sertifikat uchun maksimal ball berish masalasi qayta ko’rib chiqilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda milliy sertifikat uchun maksimal ball berish tizimi qanchalik to’g’ri ekani ko’rib chiqilmoqda.

Vazir o’rinbosarining so’zlariga ko’ra, bir necha yildan so’ng milliy sertifikat bilan o’qishga topshiradigan abituriyentlar soni test sinovlari bilan topshiradiganlardan ortib ketishi, ko’pgina abituriyentlarning bitta joyga “tiqilib qolishi” holatlari kuzatilishi mumkin.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
⚡️Sertifikatlar bekor qilinadimi?

Toʻqqiz oy avval aynan shu mavzuni soha rahbarlari bilan muhokama qilgan edim. Sertifikatlilar koʻpayib ketayotgani sertifikatsizlar bilan adolatli raqobat muhitini buzishi hamda muddatidan avval grant oʻrinlari 2027-yildayoq 100% band boʻlishi mumkinligi haqida fikr almashgandik.


Men oʻylagan narsa amalga oshadigan boʻlyapti, endilikda sertifikatlar 100% gacha ball bermaydi.

Keyingi oʻquv yilidan boshlab, oliygohlarga oʻqishga kirish va oʻqishni koʻchirish uchun milliy va xalqaro sertifikatlar 75% gacha (balkim 50% gacha) ball berishi mumkin.

👉 Bu tendensiya maktab pedagoglariga ham ta'sir qiladi. Ya'ni maktab pedagoglari uchun sertifikatlar imtiyozi ham qayta koʻrib chiqiladi.

🤔Shaxsiy xulosam shu-ki: dastavval sertifikatlar birdaniga bekor qilinmaydi, aksincha ball berishi kamaytiriladi. Agarda shunda ham sertifikatlilar soni oʻsishda davom etsa, keyingi uch yillikda sertifikatlar ball berish tizimi bekor qilinadi yoki hujjat topshirish va ishga kirishdagi majburiy talabga aylantiriladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢33❤18💯12🔥6👎3😨3🥰2
⚡️Sertifikatlar haqida qoʻshimcha!

Avval boshdan oʻqishga va ishga kirishda xalqaro keyin esa milliy sertifikatlar imtiyoz berishi joriy qilindi, keyinchalik esa asta-sekin majburiy talabga aylantirila boshlandi.

Xususan:

◀️Dastavval magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda til sertifikati majburiy talabga aylantirildi;

▶️maktab va oliy ta'limdagi til oʻqituvchilari uchun bosqichma-bosqich majburiy talabga aylantirildi, asta sekin boshqa fan oʻqituvchilariga ham bu tartib joriy qilinmoqda.

▶️Oliy ta'limda chet tili yoʻnalishlariga hujjat topshirish uchun ham til sertifikati mavjudligi majburiy qilindi.

‼️Avvaliga ragʻbatlantirilgan bu tartib, keyinchalik majburiy talabga aylantirib borilmoqda. Shu asnoda pedagoglar uchun sertifikatlarga qoʻshimcha usta berish mavzusi ham hali qayta koʻrib chiqiladi, asosiy sabab budjetga ortiqcha yuklama.

Tizimdagi mas'ullar va ular "kashf" qilayotgan yangiliklarga koʻra, yana bir narsani xulosa qilishim mumkin: sertifikatlilar soni oshishda davom etsa sertifikatlilar uchun alohida kvota joriy etilishi ham mumkin.

Muammoga yechim uchun rasmiylar oldida bir nechta quyidagi variantlar mavjud:

1. Sertifikatlilar uchun alohida kvota joriy qilish;
2. Sertifikatlar imtiyoz berish foizini keskin pastlatish;
3. Sertifikat imtihonlarini yilda bir marotaba oʻtkazish;
4. Xorijiy til yoʻnalishlariga majburiy hisoblangan til sertifikatlarini ball berishini bekor qilish;
5. Ballar yuqorilab ketayotgan va talabgir ta'lim yoʻnalishlari uchun hujjat topshirishda asosiy fan blogidagi fanlardan biridan sertifikat boʻlishini majburiy qilish, magistraturaga hujjat topshirish tartibi singari;
6. Sertifikat tizimini oliy ta'limga oʻqishga kirishda butkul bekor qilish yoxud amal qilish muddatini qisqartirish.


✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26💔13❤‍🔥3🤔3👍2🔥1
Testdan maksimal 189 ball toʻplash ikki xil usulda amalga oshyapti:

✅Sertifikatlar asosida;
✅Juda kuchli bilim bilan.

Mantiqan olib qarasak, sertifikatlar uchun ballni olish oson, lekin BMBA testidan 189 ball toʻplash esa bu azob-uqubat.

Barcha sertifikatlarga ega abituriyentlar davlat testida qatnashib, oʻsha bilimi bilan 189 ballni toʻplay olishlari bu mushkul ish. Sababi testlar ikki xil standartda ishlab chiqilgan.

➡️Aslida adolat mezoni avval boshidan notoʻgʻri oʻrnatilgan edi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯109❤20🔥15👍12👎4🫡3👏2🤝1
⚡️Yangi o'quv yili qachondan boshlanishi aniq bo'ldi

2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥29❤11😢11🤪6🕊2👨‍💻2⚡1👻1💅1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❓Talabalar turar joyiga joylashish uchun onlayn ariza qanday yuboriladi?

Ariza topshirish tartibi:⬇️

➡️my.gov.uz portal orqali ariza yuborish
➡️Yotoqxonaga navbatni tekshirish

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
⚡️Aytishlaricha, nodavlat oliy ta'lim muassasalarida ham odob-axloq doirasida kiyinish tartib-qoidasi joriy etilishi belgilanmoqda.

Bunda aynan muayyan kiyim (oq koʻlyak, galstuk, kastyum-shim)lar qat'iy talab etilmaydi, biroq OTMlar tomonidan axloq-odob doirasidagi mentalitetimizga mos forma namunasi tavsiya etiladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤12🗿11🤣5💘2
⚡️6-yoʻnalish tanlash oʻtgan yili qanday boʻlgan?

‼️Kimlar topshira olgandi?

➡️5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kira olmagan bali 56,7 dan yuqori boʻlganlar;
➡️Testga kirib chiqqan, lekin qabulning ikkinchi bosqichida oliygoh tanlolmay qolib ketganlar;

❌ Mumkin emas

● 5 ta yoʻnalishdan biriga oʻqishga kirganlar 6-yoʻnalish tanlay olmaydilar:
● 56,7 balldan past toʻplaganlar 6-yoʻnalishda ishtirok etmaydilar

‼️Qanday imkoniyatlar berilgandi?

◀️Abituriyentlarga 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati berilgan;
◀️6-yoʻnalishga qabul qilinganlar ballar ketma-ketligiga qarab bazaviy kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

❓Qaysi sanada ariza qabul qilingan va natijalar chiqqan?

🔸Arizalar oʻtgan yili 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn qabul qilingan;
🔸Natijalar 8-oktabrda e'lon qilingan. Talabgorlar natijalar e'lon qilinganidan keyin darsga qoʻyilgan.

❓Bu yil nima kutilyapti?

Oliygohlarda darslar 7-sentyabrdan boshlanadi. Demak bu davrgacha 6-yoʻnalish tanlash va natijalar e'lon qilish rejalashtirilgan. Shunda boʻsh oʻrinlarga qabul qilinganlar ham 7-sentyabrdan darslarda ishtirok etishlari mumkin.

‼️Muhim eslatma:
Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.


✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29🔥4⚡1👍1
⚡️Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari natijalari chiqishi kutilmoqda

19-avgust kuni oʻtkazilgan xorijiy va nodavlat oliygohlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari natijalari tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.

‼️Eslatma: yuqoridagi rasmda koʻrsatilgan oʻtish balini toʻplagan nomzodlar oʻqishni koʻchirishga tavsiya etilgan hisoblanadi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤31🔥13👍7
⚡️Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test natijalari qachon e'lon qilingan!

Oxirgi besh yillikda xorijiy va nodavlat oliygohlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha test natijalari quyida sanalarda e'lon qilingan:

▶️2021-yil 24-avgust kuni (testdan bir kun oʻtib)
▶️2022-yil 24-avgust kuni (testdan bir kun oʻtib)
▶️2023-yil 18-avgust kuni (testdan 2 kun oʻtib)
▶️2024-yil 20-avgust kuni (testdan bir kun oʻtib);
▶️2025-yil 19-avgust kuni (testdan bir kun oʻtib)

‼️2026-yilgi test sinovlari natijalari 20-avgust kuni e'lon qilinishi kerak edi. Lekin hozircha har yilgi an'ana buzildi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎51🥴15❤13🗿11🤔6💔3💯1😨1
Rasman: Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test natijalari e'lon qilindi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍1
⚡️Oʻqishni koʻchirish natijasini qanday koʻramiz?

Test sinovlarida qatnashganlar my.uzbmb.uz sayti orqali "Oʻqishni koʻchirish (xorijiy va nodavlat)" boʻlimiga kirganlarida rasmda koʻrsatilgan "Natijani koʻrish" tugmasini bosadilar va test sinovlari natijasini yuklab olishlari mumkin.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8💘1
⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar (6-yoʻnalish)ga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.


2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.

2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🤗1
⚡️Vakant o'rinlarga kirish shartlari

Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2026/2027-o'quv yili kirish imtihonlarida qatnashib, 56,7 ball to'plagan abituriyentlar vakant o'rinlarga qo'shimcha tanlovda ishtirok etishi imkoniyati yaratildi.

Eng muhimi, vakant o’rin bo’lishi kerak siz test yechgan fanlar majmuasi bo’yicha. Agar bo’sh kvota bo’lmasa topshira olmaysiz!

❗️Agarda yuqoridagi rasmdagi singari "kvota mavjud emas" yozuvi chiqayotgan boʻlsa, demak sizning fanlar majmuangizga mos ta'lim yoʻnalishiga boʻsh kvota mavjud emasligini bildirad va siz tanlovda qatnasha olmaysiz.

Undan tashqari, kvota bo’sh degani talaba bo’lasiz degani ham emas. Boshqa siz kabi 5 ta asosiy tanlagan yo’nalishlariga kira olmaganlar bilan natijangiz bo’yicha bellashasiz!

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
⚡️Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabgorlar diqqatiga!

Test sinovlaridan yetarli ball toʻplagan talabgorlar endilikda oʻqishi koʻchirishga tavsiya etilgan oliygohlarning ijtimoiy tarmoqlariga a'zo boʻlib oling. Sababi keyingi qadam – ya'ni oliygohga qachon borishingiz haqidagi ma'lumotlar e'lon qilib boriladi.

Jumladan, Namangan davlat universitetiga oʻqishini koʻchirgan talabgorlar 14-sentabrdan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan fakultet dekanlariga murojaat etishlari mumkinligi haqida rasmiy e'lon taqdim etildi.

Demak keyingi jarayonlar – aloqa xati olish, hujjatlarni qaysi sanagacha olish kelish kabi ma'lumotlar oliygohga borganingizdan keyin mutasaddilar tomonidan xabar beriladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥3
⚡️Oʻqishni koʻchirishda yetarli ball toʻplay olmaganlar diqqatiga!

Oʻqishni koʻchirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan talabgorlar o'z xohishlariga ko'ra, quyidagi miqdordagi super-kontrakt toʻlab o'qishlarini koʻchirishlari mumkin:

➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Bunda super-kontrakt miqdori bazaviy kontrakt summasiga nisbatan hisoblanadi. Masalan siz koʻchirayotgan yoʻnalish kontrakt narxi 7,4 mln boʻlsa, yetmay qolgan balingizga qarab necha barobar boʻlishini koʻpaytirib hisoblaysiz.

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 3 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin. Aniq summani oliygohning oʻzidan aniqlashtirasiz.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vakant kvota uchun OTM va yo‘nalish tanlash uchun videoyo‘riqnoma

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Arab tilini oʻrgamoqchi boʻlganlar uchun yaxshi kanal topib qoʻydim.

Telegramdagi @qolam_arabtili orqali barcha yoshdagilar uchun arab tili sodda va qiziqarli tarzda sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan videolar asosida oʻtiladi.

Kanalda har oy chellendj ham tashkillanib, chellenj yakuniga koʻra, gʻolib deb topilganlarga qimmatbabo kitob sovgʻa qilib borilmoqda.

Arab tilini oʻrganmoqchi boʻlganlar
@qolam_arabtili kanaliga kiring va vaqtingizni til oʻrganish uchun mazmunli sarflang.

@qolam_arabtili
@qolam_arabtili
@qolam_arabtili

🔵Telegram | 🟥Youtube | 🟥Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥2
⚡️Aloqa xati qachon beriladi?

O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'plagan talabgorlar endilikda o'qishlari ko'chirishga tavsiya etilgan oliygoh telegram kanalini kuzatib borishlari tavsiya etiladi.

Sababi oliygohlar qachondan boshlab aloqa xati berishlarini rasmiy sahifalarida e'lon qilishadi va o'sha sanadan boshlab aloqa xatini olish uchun oliygohga borishingiz lozim bo'ladi.

Aloqa xatini olganidan so'ng, talabgor talab qilingan hujjatlarni to'liq holatda o'z vaqtida o'qishini ko'chirgan oliygohga taqdim eta olmasa, uning "perevodi" rad etiladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍7🔥3🥰3