⚡️Oʻqishni koʻchirish mavzusida keyingi yil kutilayotgan oʻzgarishlar
Keyingi yildan ta'lim sohasida jumladan oʻqishni koʻchirish mavzusida bir qator oʻzgarishlar kutilmoqda. Shu sababli "Keyingi yilga oʻqishimni koʻchirib olaveraman" deb bu yil qandaydir reja qilayotgan talabalar quyidagi kutilayotgan oʻzgarishlarni inobatga olishlari tavsiya etiladi.
🟠 Davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirishda oʻtish ballari koʻtarilishi;
🟠 Chet tili va umum ta'lim fanlaridan berilgan sertifikatlarning avvalgidek maksimal ball bermasligi (abituriyentlar uchun ham);
🟠 Tbbiyot yoʻnalishida oʻtish balining keskin koʻtarilishi;
🟠 Tibbiyot yoʻnalishida super-kontraktga ariza berish uchun kamida 132 ball toʻplash lozimligi (abituriyentlar uchun ham)
🟠 Xorijdan nodavlat oliygohlarga oʻqishni koʻchirish faqatgina davlat test sinovlarida asosida amalga oshirilishi;
🟠 Nodavlat oliygohdan nodavlat oliygohga koʻchirish uzrli sabab bilan amalga oshirilishi;
🟠 Davlat va nodavlat oliygohlar bilan bogʻliq oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash masalalari toʻliq davlat nazoratiga oʻtkazilishi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Keyingi yildan ta'lim sohasida jumladan oʻqishni koʻchirish mavzusida bir qator oʻzgarishlar kutilmoqda. Shu sababli "Keyingi yilga oʻqishimni koʻchirib olaveraman" deb bu yil qandaydir reja qilayotgan talabalar quyidagi kutilayotgan oʻzgarishlarni inobatga olishlari tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥1
⚡Davlat oliygohlari ham xususiylashtiriladi
Yirik davlat oliy ta’lim muassasalari va respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich tijoratlashtirish maqsadida ular xo‘jalik jamiyatlariga aylantiriladi hamda ularning faoliyatiga xususiy investorlar, jumladan, ustav kapitalidagi aksiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarish orqali jalb etiladi.
Bunda davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismi saqlab qolinadi. Oliy taʼlim muassasalarida esa korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.

👎28❤5👍5😨4🗿2🤔1🥱1🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kelgusi yildan qabulda o‘zgarish bo‘ladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishiga qabul bo‘yicha kutilganidan ancha ko‘p abituriyent yuqori natija qayd etgan.
Vazir aytishicha, 550 nafar o‘rin uchun 3200 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan va bu yil ularning barchasi qabul qilingan.
Kelgusi yildan qabul tartibiga o‘zgartish kiritilishi kutilmoqda.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishiga qabul bo‘yicha kutilganidan ancha ko‘p abituriyent yuqori natija qayd etgan.
Vazir aytishicha, 550 nafar o‘rin uchun 3200 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan va bu yil ularning barchasi qabul qilingan.
Kelgusi yildan qabul tartibiga o‘zgartish kiritilishi kutilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17😨5🤯2💯2
Axmadjanov | Ta'limiy blog
⚡️Kelgusi yildan qabulda o‘zgarish bo‘ladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishiga qabul bo‘yicha kutilganidan ancha ko‘p abituriyent yuqori natija qayd etgan. Vazir aytishicha…
Men nima degandim?😁
Keyingi yil uchun katta oʻzgarishlar boʻlishiga tayyor turing. Ayniqsa sertifikatlar mavzusida.

❤22💔5
"6-yoʻnalish tanlab, oʻqishga kirvolib endi boshqa yoʻnalishga super qilolmayapman" deganlarni miyyasida nimalar bor ekina?
6-yoʻnalishga oʻqishga kirish uchun topshirgansan, maqsadingga erishding, endi yana nimaga fikringni oʻzgartiraverasan?
Hozir shu 6-yoʻnalishga kirvolib, oʻqimayman deganlar sabab 6-yoʻnalishga bali yetmaganlar oʻqishdan qolib ketyapti.
Oʻzi super-kontraktda erkin tanlov huquqiniyam bekor qilish kerak. Biz oʻzbeklar berilgan imkoniyatlarni koʻtara olmaymiz🤦♂
✅ @Axmadjanoov
6-yoʻnalishga oʻqishga kirish uchun topshirgansan, maqsadingga erishding, endi yana nimaga fikringni oʻzgartiraverasan?
Hozir shu 6-yoʻnalishga kirvolib, oʻqimayman deganlar sabab 6-yoʻnalishga bali yetmaganlar oʻqishdan qolib ketyapti.
Oʻzi super-kontraktda erkin tanlov huquqiniyam bekor qilish kerak. Biz oʻzbeklar berilgan imkoniyatlarni koʻtara olmaymiz🤦♂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😭30😁13💯12🤣12❤10👍9👻2👎1🔥1👏1🍾1
Maqsadli qabul haqida.
Amaldagi tartibga koʻra, maqsadli qabul asosida grantga qabul qilingan talabalar oʻqishdan voz kechib tanlagan boshqa yoʻnalishida super-kontrakt qilishlari mumkin emas.
Yangi oʻquv yili uchun super-kontrakt tartibi esa hali e'lon qilinmadi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Amaldagi tartibga koʻra, maqsadli qabul asosida grantga qabul qilingan talabalar oʻqishdan voz kechib tanlagan boshqa yoʻnalishida super-kontrakt qilishlari mumkin emas.
Yangi oʻquv yili uchun super-kontrakt tartibi esa hali e'lon qilinmadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5🕊2
❗️“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qullandi.
Maktab darsliklari 2031-yilgacha yangi alifboga oʻtkaziladi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Maktab darsliklari 2031-yilgacha yangi alifboga oʻtkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎22❤8👍8😁5🔥2😢1👀1😨1
⚡️Davlat oliygohida oʻqigan yaxshimi yoki xususiy oliygohda? (Tahliliy maqola)
Bugungi kunda odamlar orasida haligacha davlat oliygohida oʻqish kelajakni (diplomni) kafolatlaydi degan tushuncha bor. Xususiy oliygohlarga ishonch yoʻq, diplomi oʻtmay qolishi mumkin degan qoʻrquv sabab davlat oliygohining qandaydir keraksiz yoʻnalishiga oʻqishga kirib qolishsa ham oʻqiyverishadi.
Aslida eng katta xato mana shu!
Bugungi kunda davlat oliygohimi yoki xususiymi uning farq yoʻq. ENG KATTA MASALA TA'LIM YOʻNALISHIDA. Ayni vaqtdagi talabgir yoʻnalishlar Yurisprudensiya, tibbiyot, iqtisod va Filologiya. Soʻnggi yillarda mana shu yoʻnalishlarga talab oshib ketdi. Sababi bu sohalarga talab mavjudligi hamda turli tarmoqlarda ishlash imkoniyati.
Avvalgi yillardagi talabgir boʻlgan Tarix, Milliy gʻoya, Pedagogika, Psixologiya kabi yoʻnalishlar esa deyarli oʻlib boʻldi. Sababi bu yoʻnalishlar ham oʻz vaqtida eng aktual va ommabop boʻlgani uchun juda katta massadagi talabalar oʻqishga topshirgan va bitirib ishlashdi ham. Lekin bu yoʻnalishlarga boʻlgan talab qondirildi va endi oʻz davrining mashxur yoʻnalishlarini bitirib ham ish topa olish katta muammoga aylandi.
▶️ Talab va taklif degan qoida bor. Taklif talabga nisbatan qanchalik yuqori boʻlsa taklif qilinayotgan narsaning qiymati shunchalik past boʻladi. Talab yuqori boʻlsa esa aksincha. Bugungi kundagi TOP-4 yoʻnalishlar kamida keyingi 5 yillik uchun aktual holatda qoladi. Lekin undan keyin boshqa yoʻnalishlar qatoriga qoʻshiladi va oʻz qiymatini yoʻqotadi. Bu sohaga talabdan yuqori boʻlgan miqdordagi talabalarning bitirib chiqishi keyingi 5 yillikda ishsiz mediklar, yuristlar va filologlarni paydo qiladi. Xatto ingliz tilini mukammal bilish 5 yil avvalgidek hayratlanarli boʻlmay qoldi.
❗️Ota-onalar va abituriyentlar uchun eng katta maslahatim:
Bugun siz davlat oliygohi yaxshimi yoki xususiy degan savolni unuting. Siz qaysi yoʻnalishni bitirib kelajakda ish topsa boʻladi degan savolni oʻrtaga qoʻying. Avvalo keyingi 5 yillikda aktual boʻlishi mumkin boʻlgan yoʻnalishni tanlang va shu sohani tortib keta olamanmi degan savolni oʻzingizga bering.
Pedagogika va tibbiyot sohasi hech qachon oʻlmaydi deganlar ham xato qilishdi. Millionlab pedagoglar yetishib chiqdi, lekin mavjud ish oʻrinlaridagina ishlash mumkin boʻlgan chegara mavjud. Oʻqishni tamomlab boshqa sohaga oʻtib ketganlar soni oʻz sohasida ishlayotganlar sonidan ancha barobar koʻp. Yoʻqotilgani esa umr boʻldi....
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Bugungi kunda odamlar orasida haligacha davlat oliygohida oʻqish kelajakni (diplomni) kafolatlaydi degan tushuncha bor. Xususiy oliygohlarga ishonch yoʻq, diplomi oʻtmay qolishi mumkin degan qoʻrquv sabab davlat oliygohining qandaydir keraksiz yoʻnalishiga oʻqishga kirib qolishsa ham oʻqiyverishadi.
Aslida eng katta xato mana shu!
Bugungi kunda davlat oliygohimi yoki xususiymi uning farq yoʻq. ENG KATTA MASALA TA'LIM YOʻNALISHIDA. Ayni vaqtdagi talabgir yoʻnalishlar Yurisprudensiya, tibbiyot, iqtisod va Filologiya. Soʻnggi yillarda mana shu yoʻnalishlarga talab oshib ketdi. Sababi bu sohalarga talab mavjudligi hamda turli tarmoqlarda ishlash imkoniyati.
Avvalgi yillardagi talabgir boʻlgan Tarix, Milliy gʻoya, Pedagogika, Psixologiya kabi yoʻnalishlar esa deyarli oʻlib boʻldi. Sababi bu yoʻnalishlar ham oʻz vaqtida eng aktual va ommabop boʻlgani uchun juda katta massadagi talabalar oʻqishga topshirgan va bitirib ishlashdi ham. Lekin bu yoʻnalishlarga boʻlgan talab qondirildi va endi oʻz davrining mashxur yoʻnalishlarini bitirib ham ish topa olish katta muammoga aylandi.
❗️Ota-onalar va abituriyentlar uchun eng katta maslahatim:
Bugun siz davlat oliygohi yaxshimi yoki xususiy degan savolni unuting. Siz qaysi yoʻnalishni bitirib kelajakda ish topsa boʻladi degan savolni oʻrtaga qoʻying. Avvalo keyingi 5 yillikda aktual boʻlishi mumkin boʻlgan yoʻnalishni tanlang va shu sohani tortib keta olamanmi degan savolni oʻzingizga bering.
Pedagogika va tibbiyot sohasi hech qachon oʻlmaydi deganlar ham xato qilishdi. Millionlab pedagoglar yetishib chiqdi, lekin mavjud ish oʻrinlaridagina ishlash mumkin boʻlgan chegara mavjud. Oʻqishni tamomlab boshqa sohaga oʻtib ketganlar soni oʻz sohasida ishlayotganlar sonidan ancha barobar koʻp. Yoʻqotilgani esa umr boʻldi....
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯17🔥15👏7❤6👍4
⚡️Ayni vaqtda qabuli davom etayotgan davlat ta'lim muassasalari haqida
Ayni vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufidagi quyidagi ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda:
🟠 "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyi — 9-sinfda oʻqiyotganlar topshirishlari mumkin. Qabul muddati 5-sentabrdan 10-oktabrgacha dxxtmhal.uz sayti orqali;
🟠 "Yosh chegarachilar" harbiy akademik litseyi – 9-sinfda oʻqiyotganlar topshirish mumkin, qabul muddati 5-sentabrdan 15-oktabrgacha. Hujjatlar doimiy yashash yoki oʻqish joyidagi hududiy chegara qoʻshinlari harbiy qismlari yoki boʻlinmalari orqali;
🟠 DXX akademiyasi – 11-sinfdan boshlab 26 yoshgacha boʻlganlar topshirish mumkin. Qabul sanasi 1-oktabrdan 20-oktabrga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali. Oliy ta'lim muassasalarining ayni vaqtdagi 1-2 kurs talabalari ham oʻqishga topshirishi mumkin.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Ayni vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufidagi quyidagi ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Hamma kutgan tibbiyot yoʻnalishlariga oid farmon nihoyat qabul qilindi.
Tez orada yangiliklarni e'lon qilamiz
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Tez orada yangiliklarni e'lon qilamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4❤2
⚡️Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻtish ballari oshiriladi
Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.
Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda 113,4 ball etib belgilandi. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar.
‼️ 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:
▶️ bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va rezidentura dasturlari har bir oʻquv modulining akademik koʻrsatkichlarini oʻzlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal oʻtish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, oʻrta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilanadi;
▶️ qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari boʻyicha (qoʻshimcha) ixtisoslashtirish bekor qilinadi;
▶️ birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul bekor qilinadi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Prezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.
Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda 113,4 ball etib belgilandi. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17😱7👍3😁1
⚡️Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlarida bir qator oʻzgarishlar amalga oshiriladi
Farmonga koʻra;
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
▶️ "Hamshiralik ishi" kasbiy ta'lim mutaxassisligi negizida "Tibbiy hamrohlik ishi", "Oliy hamshiralik" bakalavriat yoʻnalishi negizida esa "Oliy tibbiy hamrohlik ishi" ta'lim yoʻnalishi joriy etiladi.
◀️ Tibbiyot yoʻnalishlari uchun qabul parametrlari (kvota) SVV tomonidan tasdiqlanadi;
▶️ "Davolash ishi" bakalavriat toʻnalishida negizida "5+1" shaklidagi (oxirgi yili toʻliq amaliyot oʻtaluvchi) 6 yillik "Umumiy tibbiyot" bakalavriat ta'lim yoʻnalishi joriy etiladi;
▶️ "Davolash ishi" yoʻnalishining amaldagi talabalarning oʻquv rejalari oʻzgartiriladi. Ular "Umumiy tibbiyot" yoʻnalishi diplomini oladilar.
▶️ "Umumiy tibbiyot" ta'lim yoʻnalishi bitiruvchilariga "Umumiy amaliyot shifokori" kvalifikatsiyasi beriladi, ular oilaviy shifokor lavozimida ishlashlari mumkin boʻladi;
▶️ Tibbiyot sohasining barcha bakalavriat ta'lim yoʻnalishlari bitiruvchi oʻquv yilini toʻliq amaliyotda oʻtaydilar.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Prezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra;
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
⚡️Rasman: Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma berish tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.
🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.
📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.
❌ Chegirma:
▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida;
▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ;
▪️qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida;
▪️xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida;
▪️ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
👨👩👧👦 Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.
📝 Pedagog farzandlari to‘lov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi.
📲 Arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qo‘llaniladi.
⏳Arizalar mas’ul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
📌 Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.
❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

❤13👍1
⚡️Rasman: Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi
2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bu muddat:
• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
• oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bu muddat:
• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
• oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3
⚡️Davlatning haqiqiy kuchi fuqarolarni xorijda qanday himoya qilishidan bilinadi
Chet elda tuxmat sababli qamoqqa olinasan va qiynoqqa solinib urushga borishga majburlanasan. Bu paytda sening davlating yordam berolmaydi. Urushdan bir amallab yarador holatda qochib vataningga qaytasan va jinoyatda ayblanib oʻz yurtingda qamoqqa olinasan.
Ochigʻi Rossiyada bu kabi "qurbon" boʻlayotgan yoshlarni koʻrib achinasan kishi. Hech yoʻq shu kabi holatga tushib qolgan fuqarolarimizga amalda yordam bera olmayotganimizga yarasha, qamoqqa olish jazosini qoʻllamasak yaxshi boʻlardi.

👍14💔10❤9🔥3⚡1
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish tartibi o‘zgardi – kvota joriy qilindi
Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish endi har bir hudud uchun ajratilgan o‘rinlar soni (kvota)dan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Shu sababli ariza topshirish muddati tugamagan bo‘lsa ham, belgilangan joylar to‘lishi bilan hududda ro‘yxatdan o‘tish yopilishi mumkin.
Tahlil qiladigan boʻlsak:
Bu kabi oʻzgarish sertifikat bilan bogʻliq kutilayotgan yangiliklarning amaldagi birinchisi. BMBA rasmiy munosabatida "Mavjud resurslardan oqilona foydalanish xolos, sun'iy ravishda sertifikatlilar sonini kamaytirish emas" deb atayotgani aslida shunchaki tinchlantirish xolos.
Aslida bu kabi chora tadbirlar sertifikatlilar sonining oshib ketishi natijasida yuzaga kelgan bu yilgi muammolarga yechim sifatida qilinayotgan holat. Sertifikat imtihonlarida roʻyxatdan oʻtishdagi qoʻyilgan bu kvota, ilk chora tadbir xolos. Tez orada sertifikatlar bilan bogʻliq abituriyentlarni xursand qilmaydigan kutilmagan bir qator qarorlar qabul qilinadi.

❤10👎3👍2🔥1
⚡️1-yoʻnalishga super kontrakt qilish mumkinmi?
Koʻpchilik soʻragan mavzu!
Super-kontrakt boʻyichi amaldagi tartib qoidaga koʻra, 5 ta yoʻnalishdan birortasiga oʻqishga kirgan abituriyentlar 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish imkoniga egalar. Bunda super-kontrakt miqdori yetmay qolgan balldan qat'iy nazar 4,05 ballik shkaladan koʻproq hisobda amalga oshiriladi. Ya'ni 1 ball yetmay qolgan boʻlsa ham 4,05 balldan koʻproq yetmay qolganlar bilan bir xil miqdorda super-kontrakt toʻlanadi.
❓Nima uchun ariza berib boʻlmayapti?
Ayni vaqtda kontrakt.edu.uz saytida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar 1-yoʻnalishga super kontrakt qilish imkoniyati hozircha mavjud emas. Sababi 2026/2027 oʻquv yili uchun davlat komissiyasi tomonidan super-kontraktda oʻqish tartibi e'lon qilingani yoʻq. Ya'ni amaldagi tartib bu yil oʻzgaradimi yoʻqmi degan savol javobi mavhum boʻlgani sababli ariza berish imkoniyati ochilmadi.
▶️ Oʻtgan yili 22-sentabrda super-kontrakt tartibi e'lon qilingan va shu kunidan boshlab 1-yoʻnalishga ariza berish imkoniyati ochilgan edi. Bu yil esa jarayon biroz kechikib ketdi, lekin albatta super-kontrakt boʻyicha tartib e'lon qilinadi. Amaldagi qoida oʻzgaradimi yoki qoʻshimchalar kiritiladimi bunisi hozircha noma'lum.
‼️ Oʻqishga kirib qolgan lekin u yerda oʻqishni istamaydigan talabalar dars jarayonlarida ishtirok etib turishlari hamda super-kontrakt boʻyicha tartib e'lon qilinguniga qadar kontrakt toʻlovlarini toʻlamay turishlari tavsiya etiladi.
Super-kontrakt boʻyicha tartib oktabr oyiga qadar (shu hafta) e'lon qilinishi kutilmoqda.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Koʻpchilik soʻragan mavzu!
Super-kontrakt boʻyichi amaldagi tartib qoidaga koʻra, 5 ta yoʻnalishdan birortasiga oʻqishga kirgan abituriyentlar 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish imkoniga egalar. Bunda super-kontrakt miqdori yetmay qolgan balldan qat'iy nazar 4,05 ballik shkaladan koʻproq hisobda amalga oshiriladi. Ya'ni 1 ball yetmay qolgan boʻlsa ham 4,05 balldan koʻproq yetmay qolganlar bilan bir xil miqdorda super-kontrakt toʻlanadi.
❓Nima uchun ariza berib boʻlmayapti?
Ayni vaqtda kontrakt.edu.uz saytida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar 1-yoʻnalishga super kontrakt qilish imkoniyati hozircha mavjud emas. Sababi 2026/2027 oʻquv yili uchun davlat komissiyasi tomonidan super-kontraktda oʻqish tartibi e'lon qilingani yoʻq. Ya'ni amaldagi tartib bu yil oʻzgaradimi yoʻqmi degan savol javobi mavhum boʻlgani sababli ariza berish imkoniyati ochilmadi.
Super-kontrakt boʻyicha tartib oktabr oyiga qadar (shu hafta) e'lon qilinishi kutilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥10👍5👏2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanma
Talabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
— kontrakt;
— nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
— ipoteka kreditlari.
❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.
Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring!

❤12😢1
1-yoʻnalishga super-kontrakt haqida batafsil uuzuuuuun post yozgandim. Joʻnatish tugmasini bosishimdan avval oʻz-oʻzidan oʻchib ketdi😭
Telegram yangilanishni oʻrtganimdan beri yaxshi ishlamayapti. Endi yana qayta yozish uchun ilhom kelishi kerak🤦♂
✅ @Axmadjanoov
Telegram yangilanishni oʻrtganimdan beri yaxshi ishlamayapti. Endi yana qayta yozish uchun ilhom kelishi kerak🤦♂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏42😁29❤9🔥5💔4👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_akademiyasi
🔰 Davlat xavfsizlik akademiyasi qabul boshlanishiga 2 kun qoldi (1-video)
Ushbu video DXX akademiyasiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus tayyorlandi.

❤2🔥2