Axmadjanov | Ta'limiy blog
19.1K subscribers
104 photos
37 videos
54 files
222 links
Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov

@Talimgaoid_admin
Download Telegram
Axmadjanov | Ta'limiy blog
⚡️Oliy ta'lim vazirligining mana bu posti ayni vaqtda yuqori boʻgʻinlarda ham faol muhokama qilinmoqda E'lon qilingan postga koʻra, ikki xil xulosa chiqarish mumkin: 1-xulosa: Perevodda maksimal ball olish uchun fanlardan kamida B daraja boʻlishi kerak,…
Vazirlik notoʻgʻri ma'lumot berganini tan olib, tuzatish kiritdi.

B1 sertifikati oʻtadi va oʻz blogi boʻyicha toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning 75%i beradi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🗿3🔥2❤1
⚡️Diqqat: Oʻqishni koʻchirishda umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatlar amal qiladi

Adliya vazirligidan ro‘yxatidan o‘tkazilgan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatga muvofiq xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili fanlaridan B1 darajadagi sertifikatlarga ega talabgorlarga bakalavriatning fanlar majmuasidagi fanlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.


Umumta'lim fanlaridan C, C+, B, B+, A, A+ darajadagi sertifikatlar uchun oʻqishni koʻchirishda proporsional ball beriladi va quyidagicha hisoblanadi:

Milliy sertifikatdagi foiz natijasi p% deb belgilanadi. Kirish imtihoniga qo‘shiladigan ball esa quyidagi formula asosida aniqlanadi:

✅ Agar Ona tili 1-blok fan bo‘lsa:
Ball = 93 × p%

✅ Agar ona tili 2-blok fan bo‘lsa:
Ball = 63 × p%

Masalan: Agar sizning milliy sertifikatingizdagi natija 80% bo‘lsa:

1-blokda: 93 × 0.8 = 74.4 ball
2-blokda: 63 × 0.8 = 50.4 ball


Agarda sertifikatingiz majburiy blokdagi fandan boʻlsa unda ushbu natijaga maksimal +11 balni ham qoʻshib hisoblaysiz.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1🥰1
⚡️B1 sertifikati 75% ball berishini qanday hisoblanadi?

Oʻqishni koʻchirishda B1 sertifikati tegishli blokdagi maksimal ballning 75% ini beradi, bunda:

➖ 1-blok: Maksimal 93 ta ball × 75% = 69.75 ball;
➖ 2-blok: Maksimal 63 ta ball × 75% = 47.25 ball

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat necha ball berishi haqida inografika

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat_uzbmbbot
👉 @mandat_uzbmbbot
👉 @mandat_uzbmbbot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✅@Axmadjanoov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2❤‍🔥2
B1 va unga tenglashtirilgan shu darajadagi sertifikatlar oʻqishga kirish va oʻqishni koʻchirishda necha ball berishi haqida

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
⚡️Oʻqishni koʻchirishda ariza rad etilgan boʻlsa nima qilish kerak?

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
⚡️Uzrli sabab bilan oʻqishini koʻchirayotganlar arizasi qancha muddatda koʻrib chiqiladi?

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏2❤1
❓56,7 ball to‘plagan kontraktga kira oladimi?

✅ JAVOB: Ha, agar kvota doirasida abituriyentning to‘plagan natijasi shunga to‘g‘ri kelsa.

❌ Lekin 56,7 balldan past natija to‘plagan abituriyentlar, hatto kvotada bo‘sh o‘rinlar qolgan taqdirda ham talabalikka qabul qilinmaydi. Chunki 56,7 ball — kontrakt asosida talabalikka qabul qilish uchun belgilangan eng minimal o‘tish balli hisoblanadi.

Abituriyentlarga yuborib qo‘ying!

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2😁2❤1👏1😈1
Кабий танлов натижалари.pdf
1.2 MB
IIV Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga 2026/2027-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlarning maxsus kasbiy tanlov natijalari bilan tanishishing

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Якуний Сухбат натижалари.pdf
467.9 KB
IIV Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga 2026/2027-o'quv yilida o'qishga qabul qilish uchun nomzodlarning yakuniy suhbat natijalari bilan tanishish.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026_ўтиш баллари.pdf
402.7 KB
2026/2027 - o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta'lim bakalavriatiga nomzodlarni tanlash va o'qishga qabul qilishda o'tish ballari.

Joriy yilning 20-22-iyul kunlari apellyatsiya komissiyasi IIV Akademiyasida faoliyat olib boradi.


✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤‍🔥2
⚡️Abituriyentlarning 90%i hozir aynan bitta xatoni qilmoqda!

Yo’nalishni taxmin bilan tanlash.

“Kirarman…”
“Bir gap bo’lar…”
“Shu to’g’ri kelsa kerak…”

❌ Taxmin bilan emas.

📊 Statistikaga qarab tanlang.

🤖 @Mandatjavobbot AI yordamida istalgan OTM va yo’nalish bo’yicha o’tish ballarini topib beradi. Xatto bu yil qaysi oliygohga topshirish sizga qulayroq ekanini tavsiya ham qiladi.

Siz esa ma’lumotga asoslanib qaror qilasiz!

Bir daqiqalik tekshiruv sizni bir yillik afsusdan saqlashi mumkin, yoʻnalish tanlashdan avval hoziroq oʻtish ballarini botdan aniqlang:👇👇👇

👉 @Mandatjavobbot
👉 @Mandatjavobbot
👉 @Mandatjavobbot

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👎2
Vodiylik abituriyentlarga muhim yangilik – past ball boʻlishi kutilayotgan 3 ta yoʻnalish haqida!

Namangan davlat chet tillari institutida yangi 3 ta ta'lim yoʻnalishi ochilibdi:

◾️60220300-Tarix;
◾️60410100-Iqtisodiyot;
◾️60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari


❓Sizam hayron boʻldingizmi, tillar institutida bunaqa yoʻnalishlar nima qilyapti deb?

Eng qizigʻi hali bu haqida koʻpchilikning xabari yoʻq, xatto oliygohning oʻzi ham bu haqida kechagina post joylagan. Barcha Namanganda asosan NamDU va NamDPIni asosiy yoʻnalishlari bor oliygohlar deb tushunadi.

Mana shu fikrlar ham sizning foydangizga ishlashi mumkin. Koʻpchilik bilmaganidan foydalanib, yuqoridagi uchta yoʻnalishdan birida oʻqimoqchi boʻlgan tanlovlaringiz qatoriga Namangan davlat chet tillari institutini ham qoʻshib qoʻying.

Ma'lumot yangiligi, oʻtish balining past boʻlishi, raqobat muhimi sezilarli boʻlmasligi kutilmoqda. Har xolda talaba boʻlish foizingiz yanada oshadi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍7💯4🔥3🥰1
2026-yil TEST NATIJALARI (AKT VA HAI).pdf
12.5 MB
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️

⚡️Harbiy aloqa institutiga 2026/2027 oʻquv yili uchun test sinovlari natijalari e'lon qilindi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.


🔰 Unga koʻra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilari uchun talab etiladigan tegishli sertifikatga ega boʻlmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi amaldagi hukumat qarorida avvaldan belgilangan. Muhokamaga qoʻyilgan loyiha esa ushbu talab bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan huquqiy normani aniqlashtirmoqda.

Loyiha 2026-yil 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida boʻladi. Yakuniy qaror muhokama natijalariga koʻra qabul qilinadi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1
⚡️Endi 3- va 4-kurs talabalari maktablarga diplomsiz ishga ariza topshirishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi yangi tashkil etilayotgan maktablarga ishga qabul qilish uchun ariza topshirayotgan oliy ta'lim muassasalarining 3- va 4-kurs talabalari endilikda diplom nusxasini yuklamasdan ariza yuborishlari mumkin.

"Pedagog" platformasida ariza to‘ldirish jarayonida "Diplomlar" bosqichiga o‘tilganda tizim foydalanuvchining talaba maqomini aniqlaydi va maxsus ruxsatnoma oynasini taqdim etadi. Shundan so‘ng talabalar hech qanday diplom hujjatini yuklamasdan "Keyingisi" tugmasini bosib, ariza topshirishni davom ettirishlari mumkin.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3❤2
Natijalar Uchuvchilar.pdf
455.3 KB
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️

Harbiy aviatsiya instituti 2026 yil uchun test natijalari e'lon qilindi.

Roʻyxatda talabgorlar ism-familyasi hamda toʻplagan ballariga oid ma'lumotlar keltirilgan.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Harbiy xavfsizlik va Mudofaa universitetiga kirganlar roʻyxati.

Quruqlikdagi qo'shinlar institutini o'tish bali 159 bo'lgan. Tez orada uni ham joylaymiz.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3