©️ BIOLOGIYA_PROFI |Vizitka
11 subscribers
61 photos
35 videos
49 files
38 links
Kanalimiz manzili:
🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻
https://t.me/joinchat/AAAAAFdisFzJRut8ymA2lg
Download Telegram
BILIB QOʻYING.
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥


Odam organizmida...


2 qavat 👇
°°°°°°°°°°
🚩 Buyrak usti bezi
🚩 Plevra pardasi
🚩 Qizilo'ngach
🚩 Halqum
🚩 Epikard
🚩 Suyak
🚩 Buyrak


3 qavat 👇
°°°°°°°°°°°
🔎 Orqa miya
🔎 Teri
🔎 Yurak
🔎 Arteriya devori
🔎 Vena devori
🔎 Tish



2 ta qismdan iborat 👇👇
°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°

🏮 Bosh suyagi
🏮 Qo'l suyaklari
🏮 Oyoq suyaklari
🏮 Ko'z soqqasi (tashqi va ichki)
🏮 Gavda suyaklari (umurtqa va ko'krak qafasi)
🏮 Tashqi quloq (suprasi va tashqi eshitish yo'li)
🏮 Muskul (tanasi va payi)
🏮 Qon (suyuq qismi-plazma va quyuq qismi)
🏮 Buyrak (kapsulasi va kanalchalari)
🏮 Nerv sistemasi (markaziy va periferik)
🏮Bosh miya (stvoli va yarimsharlari)
🏮 Miyacha (chuvalchangsimon qismi va yarimsharlari)
🏮 Poʼstloq osti markaz (Oqimtir yadro va tarğil tana )
🏮 Oraliq miya (talamus va gipotalamus)
🏮 Vegetativ nerv sistemasi (simpatik va parasimpatik)
🏮 Chap oʻpka


3 ta qismda iborat 👇👇
°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°

📌 PBiomalumoti (bilakuzuk, kaft, barmoq)
📌 Gavda muskullari (ko'krak, qorin, orqa)
📌 Meda osti bezi
📌 To'sh suyagi
📌 Gipofiz bezi
📌 Analizator
📌 Oʻng oʻpka
📌 Halqum
📌 Boʻgʻim
📌 Quloq
📌 Ko'z
📌 Tish
📌 Til



Organizm bilan bog'liq boʻlgan 3 ta bosqichdan iborat jarayonlar 👇👇

🖌 Refleks hosil bo'lishi (qabul qilish, assotsiatsiya, javob berish)
🖌 Sun'iy nafas berish
🖌 Immunitet
🖌 Nafas olish

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
#Botanik

📋 mavzu 1- Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish 📋


📝Gullari turlicha shakl va rangli gulqo‘rg‘onga ( gulkosa, gultoj ) hma uning ichida joylashgan changchi va urug‘chiga ega bo‘lgan, urug‘langandan so‘ng meva hosil qiladigan o‘simliklar | gulli o‘simliklar | deyiladi📌🖊

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof 🖇
📋#ma‘lumot davomi📋

5-sinf #botanika

📝Yer yuzidagi gulli o‘simliklar 533 oila, 13000 turkum, 250 mindan ortiq tir o‘z ochiga olish aniqlangan. 📌
📌Bu o‘simliklarning har biri o‘ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladim📋🖊

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biolpgy_prof
@Biology_prof
📋 ma‘lumot davomi📋

📚5-sinf Botanika 1-Mavzu Davomi.📚

🖊Gulli o‘simliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab meva tugadi📝.
Ular ildiz, poya, barg, gul, meva 📌va urug‘lardan tashkil topgan bo‘ladi. 📝
📌Bul ularning o‘ziga xos belgilari hisoblanadi📝.

⛓Kanalimiz⛓
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
#Biologiya

🔥 Mustaqil bajaring 🔥

1⃣ Nargizga mos kelmaydigan javoblarni aniqlang ❓
1) gullari to`g‘ri; 2) magnoliyatoifalarga mansub; 3) barglari oddiy; 4) gullari bir jinsli; 5) changshilari 6 juft; 6) urug‘chisi 3 ta urugʼchibargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan; 7) barglari poyada
qarama-qarshi joylashgan
A) 3, 5, 7
B) 1, 2, 7
C) 2, 4, 6
D) 4, 5, 7

2⃣) Nereida (a), bolalar gijjasi (b), bitiniya (c)mansub tipga xos xususiyatlarni aniqlang ❓
1) mantiyaga ega; 2) tana bo‘shlig‘i
to‘siqlar bilan ajralgan; 3) tana bo‘shlig‘iga ega; 4) jigari mavjud; 5) oshqozonga ega; 6) anal teshigiga ega.
A)a, - 3, 5; b - 2, 4; с - 1, 6
B)a - 1, 5; b - 2, 4; с - 3, 6
C)a - 2, 6; b - 3, 5; с - 1, 4
D)a - 2, 5; b - 3, 6; с - 1, 4

3⃣) Odam organizmi kichik qon aylanish doirasi arteriyalari............
a) yurakdan qon olib ketadi; b) yurakka qon olib keladi; с) karbonat angidridga to‘yingan qon tashiydi; d) kislorodga toʼyingan qon tashiydi; e) o‘pkalarga boradi; f) o‘pkalardan keladi
А) а, с, e
B) a, c, f
C) b, d, e
D) a, d, e

4⃣)Odamdagi gipotalamus (a) va oqimtir yadro (b) nerv sistemasining qaysi qismida joylashgan ❓
1) bosh miya katta yarimsharlari; 2) uzunchoq miya; 3) o‘rta miya; 4) oraliq miya; 5) miya koʼprigi.
A) a - 4; b - 2
В) a - 5; b - 3
C) a - 4; b - 1
D) a - 3; b - 1

5⃣)Tikan baligʼi qayerda uchraydi (a), tikanlari soni (b), tikanlari tanasining qayerida joylashgan (c), tikanlari orqa suzgichining qaysi tomonida boʼladi ❓ (d)?
1)orqa 2)oldingi 3)4 ta 4)3 ta 5)dengizda 6)chuchuk suvda
A) a-5; b-3; c-2; d-1;
B) a-6; b-3; c-2; d-1;
C) a-6; b-4; c-1; d-2;
D) a-5; b-4; c-1; d-2;

📡 Bizning kanal
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
#LABARATORIYA_MASHGULOTI
( 5 - sinf yangi nashr 2020 ☑️ )
( Lupa va Mikroskop bilan ishlash )

Tirik Organizmlarning tuzilishini o'rganish uchun kattalashtrib ko'rsatadigon asboblardan foydalaniladi. Ularga lupa va mikroskop kiradi.
Lupa - eng sodda tuzilgan kattalashtrib ko'rsatuvchi asbob bo'lib , ikki tomoni qavariq linzadan iborat.
Qo'l lupasi - buyumni 2- 20 marotaba kattalashtrib ko'rsatadi. Tekshirilayotgan obyekt tuzilishi o'rganiladi.
Mikroskop - kichik obyektlarni kattalashtrib ko'rsatuvchi labaratoriya jihozi hisoblanadi.
Mikroskop qismlari :
1. Okulyar 5. Makrovint
2. Obyektiv 6. Mikrovint
3. Buyum stolchasi 7. Shtativ
4. Kozgu 8. Taglik
Mikroskop necha marta kattalashtrilganini aniqlash uchun Okulyar va Obyektiv ko'paytriladi.
Masalan Okulyar 10 , Obyektiv 20
10*20=200 ☑️

Mikroskop bilan ishlash :
1. Stol chetidan 3-4 sm qoldirib mikroskop joylashtriladi.
2. Ko'zguni yorug'likka qaratiladi. Okulyardan qaralganda yorug'lik bir tekis tushishi kerak.
3. Tayyor preparatni buyum stolchasiga joylashtriladi va qisqich bilan qotiriladi.
4. Makrovintni oxista burib , tubusni pastga tushuriladi. Obyektiv preparatdan 4-5 mm balandlikda bo'lishi kerak.
5. Okulyarga bitta ko'z bilan qarab ikkinchi ko'z yumiladi.
6. Tubus makrovint yordamida oxista ko'tariladi. ( Tasvir hosil bo'lguncha )
7. Tasvirni yanada tiniqroq ko'rinishi uchun mikrovintdan foydalaniladi.
8. Mikropreparat birinchi kichik obyektivda keyin katta obyektivda kuzatiladi.
9. Shu tariqa Mikroskop orqali kichik preparatlarni aniq ko'rish mumkin.

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!

❓Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak?
☑️Katta liqildoq normada 1 yoshgacha bitishi kerak!

❓Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi?
☑️Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3x3 smgacha bo‘ladi.

❓Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima?
☑️Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga.

❓Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin?
☑️Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi.

❓Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur)

❓Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat beradi.

❓Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi?
☑️Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat beradi.


Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​#Masala
📌 Genetika (Diduragay)
📑17-masala

AA-Yumaloq shakli
aa-uzunchoq shakli
BB-yashil rang po'choq
bb-Chipor rang po'choq

F1

♐️ Ab x Ba☦
↘️ ↙️
AaBb-1200 ta olindi

F2

♐️AaBb x AaBb☦

4
2 = 16 ta organizm hosil bo'ladi pinnet katagiga qo'yganda

AABB-F1 ga o'xshaydi fenotipik
AABb-F1 ga o'xshaydi fenotipik
AaBB-F1 ga o'xshaydi fenotipik
AaBb-F1 ga oxshaydi genotipik
AABb-F1 ga o'xshaydi fenotipik
Aabb
AaBb-F1 ga o'xshaydi genotipik
AaBb-F1 o'xshaydi genotipik
AaBB-F1 o'xshaydi fenotipik
AaBb-F1 ga o'xshaydi genotipik
aaBB
aaBb
AaBb-F1 ga o'xshaydi genotipik
AaBb-F1 ga o'xshaydi genotipik
aaBb
aabb

960ta-------------16
x=300ta------------5

J:B✓

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
#5-sinf_darslik

Redi tajribasi.

XVII asrda italiyalik shifokor Franchesko Redi quyidagicha tajriba o'tkazadi. Uchta shisha olib, ularga go'sht bo'laklarini joylaydi. Birinchi idishning og'zi ochiq qoldiradi, ikkinchi idishning og'zini zich berkitiladi. Uchinchi idishni doka bilan yopadi. Vaqt o'tishi bilan og'zi ochiq idishdagi go'shtda tuxum, undan qurtlar paydo bo'lib, pashsha uchib chiqadi. Og'zi yopiq idishda va doka tutilgan idishda esa bu jarayon kuzatilmaydi.

@Biology_prof kanalimiz uchun maxsus):
#5-sinf_darslik

🔍Lupa va 🔬Mikroskop tuzilishi

📌ESLATMA;
Tirik organizmlarni tuzilishini o'rganish uchun kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblardan foydalaniladi.

🔍Lupa
-- eng sodda tuzilgan asbob bo'lib, ikki tomoni qavariq linzadan iborat.
🔍Qo'l lupasi: buyumni 2-20 martagacha kattalashtirib ko'rsatadi, tekshirilayotgan tirik organizm aniq ko'rinadigan bo'lguncha lupa yaqinlashtiriladi.
🖇Masalan: --tarvuz yoki pomidor bo'laklarini tekshirib, ularni yumaloq hujayralardan iboratligini lupada ko'rish mumkin.

@Biology_prof kanalimiz uchun maxsus !!!
🌈#5-sinf_darslik_2020

🔬Mikroskop haqida ma'lumot:


🔬MIKROSKOP--> Kichik obyektni kattalashtirib ko'rsatuvchi laboratoriya jihozidir.
📎 Ko'rish nayi-->tubusning ⬆️yuqori qismida okular , ⬇️pastki qismida obyektiv joylashgan .
Ularning har biri kattalashtiruvchi linzalarga ega:
- shtativga tubus va buyum stolchasi biriktirilgan :
- makrovint yordamida tubusni ko'tarish yoki tushirish mumkin.Shu yo'l bilan aniq tasvir hosil qilinadi.Buyum stolchasidagi teshik ostida ko'zgu joylashgan.
🖇ESLATMA
Ko'zgu yorug'likni buyum oynasiga yo'naltirib aniq tasvir hosil bo'lishiga yordam beradi.

🌟Yorug'lik mikroskopi necha marta kattalashtirib ko'rsatishni aniqlash uchun okular va obyektiv ko'rsatkichlari ko'paytiriladi;
Masalan ; okular -- 10 obyektiv 20 bo'lsa ,
Mikroskop obyektni 10×20=200 marta kattalashtirib ko'rsatadi.


✯┄┅┅✿❀❀✿┅┅┄✯

Bizning kanal ➡️@Biology_prof

✯┄┅┅✿❀❀✿┅┅┄✯

🌈Bizning kanalda birinchi keyin o'g'ri kanallarda🌚
🌈#5-sinf_darslik_2020


🕊Tirik organizmlar haqida ma'lumot.


Barcha tirik organizmlar oziqlanadi, nafas oladi, ko'payadi, o'sadi va rivojlanadi

☀️Eslatma:
Tirik organizmlar hujayralardan tuzilgan.
Tirik organizmlar xilma-xil bo'lib, ular 1) bakteriyalar dunyosi, 2)zamburug'lar dunyosi
3) o'simliklar dunyosi
4) hayvonlar dunyosi

🌤Endi ular bilan tanishib chiqamiz.

🦠Bakteriyalar dunyosi - asosan geterotrof oziqlanuvchi, prokariot organizmlardan iborat. Bakteriyalarni faqat mikroskop yordamida o'rganish mumkin.U doimiy ravishda atrofimizda mavjud, lekin juda kichik bo'lganligi bilan ko'zimizga ko'rinmaydi. Bakteriyalarga:
🦠Sil tayoqchasi
🦠Achituvchi
🦠Chirituvchi bakteriyalar kiradi.

🍄Zamburug'lar dunyosi- erkin harakat qila olmaydigan eukariotlardir . Ular geterotrof usulda oziqlanadi. Ingichka ipchalar gifalar yordamida tuproqqa birikadi.
#davomi bor.........
#mavzuning_davomi....

Mevatanasida 🐾(oyoqcha) va 🍄(qalpoqcha) dan iborat .
Ular mikroskopda ko'rinadigan achitqi zamburug'dan tortib yirik qo'ziqoringacha bo'lgan organizmlarni o'z ichiga oladi.

🍃🍀O'simliklar dunyosi- FLORA deyiladi
O'simliklar erkin harakat qila olmaydigan eukariotlardir Atrofimizdagi yashil o'simliklar avtotrof usulda oziqlanadi. Ko'pchilik vakillari yashil xlofil pigmenti hisobiga "F O T O S I N T E Z " qiladi.
Keling endi " fotosintez" nima ekanligini bilib olsak ,
☘ Fotosintez- o'simliklarning oziqlanish turi bo'lib , bunda o'simlik CO2 yutadi va atmosferaga O2 ajratadi .Fotosintez natijasida organik moddalar hosil bo'ladi.


🐆Hayvonlar dunyosi- FAUNA
deyiladi. Erkin harakat qila oladigan eukariotlardir. Geterotrof usulda oziqlanadi
Ko'p hujayrali hayvonlar.....!
Nerv sistemasi , sezgi organlarining ( ko'rish, eshitish, ta'm bilish ) mavjudligi bilan boshqa organizmlardan farq qiladi. Hayvonlar nerv sistemasi va sezgi organlari yordamida tashqi muhitdan kelayotgan ma'lumotlarni qabul qiladi va unga javob qaytaradi.

☘Mana tirik organizmlar bo'limlari haqida ma'lumot berdik ( qisqacha) . Endi keyingi darslarimizda viruslar va tirik organizmlar bo'limlari haqida umumiy ma'lumot beramiz . Bizni kuzatishda davom eting Insha'Alloh qo'ldan kelgancha siz aziz dindoshlarimizga( do'stlarimizga) yordam beramiz.


✯┄┅┅✿❀❀✿┅┅┄✯

Bizning kanal ➡️@Biology_prof

✯┄┅┅✿❀❀✿┅┅┄✯
#foydali_ma'lumotlar .

Bosh og‘rig‘ini dorisiz ham qoldirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar

Bosh og‘rishi kayfiyatga ta’sir qiladi, kishi o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi va tezroq og‘riqdan qutilishni istaydi. Ko‘p hollarda asabiylashish, qon-tomirlardagi muammo va magniy yetishmasligi boshning og‘rishiga sabab bo‘ladi.

☕️Qahva va qora choy

Mazkur issiq ichimliklarni ta’sirini bosh og‘rig‘ini qoldiradigan tabletkalar bilan taqqoslash mumkin. Qora choy va qahva tarkibidagi tanin hamda kofein qon aylanishini yaxshilaydi. Ammo qahva ichmasdan turolmaydiganlarga bunday ta’sir bo‘lmasligi ham mumkin.

🍠Zanjabil

Zanjabil nafaqat shamollaganda, balki bosh og‘riganda ham samara beradi. U yallig‘lanish, og‘riq va shishlarni keltirib chiqaradigan yog‘li kislotalar — prostaglandinlar ishlab chiqarilishiga ta’sir o‘tkazadi. Shuningdek, miyadagi qon-tomirlarni kengaytirib, bosh og‘rishini oldini oladi.

🍀Ismaloq

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, ko‘p hollarda magniy miqdori yetishmagan insonlar migrendan aziyat chekadi. Ismaloq esa magniyga boy mahsulot va u bosh og‘rig‘i kamayishiga sababchi bo‘ladi.

🥔Kartoshka

Organizmda natriyning ko‘payib ketishi nafaqat migren, balki qon bosimi ko‘tarilishi hamda yurak qon-tomir kasalliklariga ham sabab bo‘ladi. Kartoshka kaliyning manbayi va u kaliy hamda natriyning muvozanatda bo‘lishiga yordam beradi.

🍒Olcha

Ushbu meva tarkibida azot oksidiga aylanadigan brikmalar mavjudligi sabab ham uning iste’molidan keyin qon-tomirlar bo‘shashadi va qon bosimi pasayadi. Qolaversa, olchadagi antotsian bo‘yog‘i og‘riq qoldiruvchi xususiyatga ega. Olchaning rangi qanchalik to‘q va mazasi qancha nordon bo‘lsa, ta’siri shuncha yaxshi bo‘ladi.

🥙Sarimsoq piyoz

Sarimsoq charchoqdan xalos etadi, hazm jarayonini yaxshilaydi, xolesterinni kamaytirib, qon aylanishiga ta’sir qiladi. Migren bezovta qiladigan kishilarga sarimsoq qo‘shilgan salat yoki taom iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

🌰Grek yong‘og‘i

Grek yong‘og‘i og‘riq qoldiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan “baxt gormoni” seratoninning koni hisoblanadi. Shuningdek, yallig‘lanish hamda stress gormoniga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi magniyga ham boy sanaladi.

🐟Baliq

Istalgan baliq mahsulotlari tarkibidagi B2, B6 va B12 vitaminlari sabab bosh og‘rig‘ini qoldirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Lososdagi omega-3 yog‘ kislotasi, qon-tomirlarni “yomon xolesterin”lardan tozalaydi hamda qon bosimini me’yorda bo‘lishiga ta’sir qiladi.



✯┄┅┅✿❀❀✿┅┅┄✯
Bizning kanal ➡️@Biology_prof
✯┄┅┅✿❀❀✿┅┅┄✯
#foydali_ma'lumotlar

❓Grippga qarshi vaksina Covid-19 dan himoya qiladimi?

Gripp vaksinasi Covid-19 dan himoya qilmaydi.

❓Xo‘sh unda uni nega olish kerak?

Tibbiyotda miks infeksiya degan tushuncha bor. Ya’ni bu ikki yoki undan ortiq infeksiyaning bir kelishidir. Kuz-qish mavsumi o‘tkir respirator virusli infeksiya mavsumi hisoblanadi. Shular ichida eng ko‘p uchraydigani grippdir. Gripp va Covid-19 ning birga kelishi, kasallikni og‘ir va asoratli o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun grippga qarshi vaksina olish tavsiya etilyapti.

O‘sha mashhur gripp vaksinasi - Inflyuvak, bahorda dorixonalarda 70-75 ming atrofida sotilayotgan edi. Hozir 180 mingga chiqibdi va topish amri mahol bo‘lib qoldi.

Ogoh bo‘ling! Har qanday infeksiyadan o‘zingizni asrang!

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
#foydali_ma'lumotlar

🛌Uyqu turlari haqida bilasizmi?

⏰Uyqu ham bir necha bosqichdan iborat
va ularning har biri 60-100 daqiqa davom etadi.

📌Birinchi bosqich – mudrash uyqu va uyg‘oqlik orasidagi vaqtdan iborat. Bunda nafas, puls sekinlashadi, mushaklar bo‘shashadi.

📌Ikkinchi bosqichda yarim chuqur uyqu jarayoni boshlanadi. Bunda inson uxlaydi, lekin ayrim axborotni qabul va tahlil qilish ortidan o‘zini uyg‘oqdek hisoblaydi.

📌Uchinchi, asosiy bosqich – chuqur uyqu aynan eng muhim, uzoq davom etuvchi va inson hech narsani sezmaydigan jarayon.

🧐Ko‘pchilik chuqur uyquda tush ko‘riladi, deydi. Aslida tushlar ikkinchi yoki uchinchi bosqichda emas, chuqur uyqudan keyin qaytilgan yengil bosqichda ko‘riladi. Yakunda inson tez uyqu bosqichini ham o‘tkazadi.

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
1⃣ Maʼlum bir oqsil boʻlagida 41 ta peptid bogʻ mavjud. Shu oqsil haqida axborot saqlovchi DNK dagi 3-, 6-, 7- juft nukleotidlar deletsiyaga uchradi. Shundan soʻng hosil boʻlgan oqsildagi aminokislotalar sonini toping.
A) 40
B) 41
C) 42
D) 43



YECHIM

Oqsilda peptid bogʻlar aminokislotalardan har doim 1 taga kam boʻladi.
41+1=42 ta aminokislota. 1 ta aminokislotani 3 ta nukleotid kodlasa 42•3=126 ta nukleotid
DNK da esa 126•2=252.
252-6 (3 jufti deletsiya boʻlgan)=246
DNK 246:2=123 nukleotid 1 ta zanjirida chunki DNK bitta zanjiridan oqsil sinteziga ega gen sintezlanadi. Aminokislotalar soni esa 123:3=41

Javob: B) 41

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
2⃣ Maʼlum bir oqsil boʻlagida 37 ta peptid bogʻ mavjud. Shu oqsil haqida axborot saqlovchi DNK dagi 2-, 6-, 9- juft nukleotidlar inversiyaga uchradi. Shundan soʻng hosil boʻlgan oqsildagi aminokislotalar sonini toping.
A) 36
B) 37
C) 38
D) 39



YECHIM

Oqsilda peptid bogʻlar aminokislotalardan har doim 1 taga kam boʻladi.
37+1=38 ta aminokislota. 1 ta aminokislotani 3 ta nukleotid kodlasa 38•3=114 ta nukleotid
DNK da esa 114•2=228.
Inversiyada hech qanaqa son jihatdan oʻzgarish boʻlmaydi, nukleotidlar joylashuvida oʻzgarish boʻladi.
DNK 228:2=114 bitta zanjirida
Chunki DNK bitta zanjiridan oqsil sinteziga ega gen sintezlanadi. 114:3=38

Javob: C) 38


Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
Biologiya @davlattestmarkazi.pdf
282.3 KB
📚 Biologiya fanidan 2019-yilgi DTM namunaviy test savollari
📊 Javoblari_bilan !!!
📥 Hajmi : 282.3 KB
📁 Formati : PDF
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
⚠️ Eslatma: Test imtihonlarida aynan shu savollar emas, shunga o'xshash savollar tushadi. Diqqat bilan yeching !!!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📭 Do'stlaringizga yuboring ...
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
⚠️ Kanalimizdan ma'lumot ko'chirilganda manba ko'rsatilishi shart

📚 Kanalimizga obuna bo'ling

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
Nazorat testi(1)(1).pdf
458.8 KB
📚 Biologiya fanidan 2019-yilgi DTM namunaviy test savollari
📊 Javoblari_bilan !!!
📥 Hajmi : 282.3 KB
📁 Formati : PDF
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
⚠️ Eslatma: Test imtihonlarida aynan shu savollar emas, shunga o'xshash savollar tushadi. Diqqat bilan yeching !!!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📭 Do'stlaringizga yuboring ...
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
⚠️ Kanalimizdan ma'lumot ko'chirilganda manba ko'rsatilishi shart

📚 Kanalimizga obuna bo'ling

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof