©️ BIOLOGIYA_PROFI |Vizitka
11 subscribers
61 photos
35 videos
49 files
38 links
Kanalimiz manzili:
🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻
https://t.me/joinchat/AAAAAFdisFzJRut8ymA2lg
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BULAJAK_STAMATOLOGLAR_UCHUN

😬 Aql tishini shu tarzda olib tashlashadi.


Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof 🔦
@Biology_prof🔦
"Tomchi baliq" dunyodagi eng xunuk jonzot hisoblanadi.

O'zining xira ko'rinishi bilan mashhur bo'lgan "tomchi baliq" ovoz berish yo'li orqali dunyodagi eng xunuk jonzot sifatida tan olindi. Biolog va teleboshlovchi Saymon Vatt ushbu konkurs orqali bu kabi hayvonlarga e'tibor oshishini aytgan.

"Tomchi baliq" Avstraliya va Indoneziyaning chuqur suv osti havzalarida yashaydi. Baliq "yoqimsiz" turlar ro'yxatiga kiradi. Shunday bo'lsa ham u yo'qolib borayotgan tur hisoblanadi.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof 🔦
@Biology_prof🔦
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Juda noodatiy atirgul.
Ierixon atirguli kamdan-kam uchraydigan xususiyatni ega bo’lib, uning ildiziga namlik tegishi bilan uzoq uyqudan uyg'onadi. Ko'z oldimizda u o'zining zich, siqilgan g'unchasining mo'rt novdalarini yoyib yashil rangga bo'yaladi. Bir kecha kunduzdan keyin quruq g'uncha gulga aylanadi.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof 🔦
@Biology_prof🔦
Organizm va tashqi muhit
@biologiya
@Biology_prof kanalimizda Webinar❗️

Mavzu: Organizim va yashqi muhiti

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof 🔦
@Biology_prof🔦
Asalomu alekum hurmatli kanalimiz obunachilari online darslarimiz ertaga yana davom etadi o'ylemanki sizlarga darslarimiz yoqa boshlayabdi etiboringiz uchun rahmat
Hammaga omad
Anonymous Poll
75%
Zo't (super) darslar
0%
Yaxshi lekinmen darslarga yaxshi tunolamayabman
25%
Men kanalga endi ulandim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#zamburuglar_dunyosi

Zamburug‘lar plastidalari yo‘q geterotrof organizmlardir.Ular qadimgi organizmlar hisoblanadi. Zamburug‘lar parazit va saprofit holda hayot kechiradi. Zamburug‘larning 100 000 ga yaqin turlari mavjud. Zamburug‘lar suv o‘tlaridan xlorofillning yo‘qligi, bakteriyalardan esa yadroga ega bo‘lishi bilan farq qiladi. Zamburug‘larning vegetativ tanasi mitselliy deb
atalib, u alohida ipchalar, ya’ni gifalar yig‘indisidan tashkil topgan Zamburug‘ mitselliysi oziq moddalarni butun yuzasi bilan shimib oladi. Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil bo‘ladi.Ko‘payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda boradi.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
#bilasizmi_qiziqarli

Yurak haqida 5 ta fakt

1️⃣ Odamlarning yurak kasalliklaridan nobud boʻlishi holati dunyoda birinchi oʻrinda turadi.

2️⃣ Erkaklarning yuragi ayollarnikiga nisbatan yirikroq boʻladi. Erkaklar yuragining vazni oʻrtacha 310 grammni, ayollarniki 240 grammni tashkil etadi.

3️⃣ Yurak har urishida oʻrtacha 60 millilitr qon ishlab chiqaradi. Bu bir daqiqada 420 millilitrga, bir soatda 25, bir sutkada 600, bir yilda 200 ming litrga toʻgʻri keladi.

4️⃣ Shifokor Rene Laennek bemorlar yuragini eshitish uchun ularning koʻkragiga qulogʻini tekkizgani uchun muntazam ravishda dashnom eshitavergan. Natijada 1967-yili masofadan turib tekshira olish imkonini beruvchi stetoskopni kashf etgan.

5️⃣ Yurakni koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi tarixda ilk bor 1967-yil Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan. Operatsiya muvafaqqiyatli yakunlanganiga qaramay, bemor operatsiyadan 18 sutka oʻtgach vafot etgan.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
🔴 GENETIKA 🔴

📗 BILIB QOʻYING.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🅰 Allel va allel boʻlmagan genlar.

🔵 Allel genlarning oʻzaro taʼsir etish xillari quyidagilar...
1) Dominantlik
2) Retsessivlik
3) Oʻta dominantlik
4) Chala dominantlik
5) Kodominantlik

🔴 Allel boʻlmagan genlarning oʻzaro taʼsir etish xillari quyidagilar...
1) Komplementar
2) Epistaz
3) Polimer irsiylanish

📕KOMPLEMENTARIYA
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

📗 Komplenentar irsiylanishda (lotincha complement-toʻldiruvchi) — bir asosiy gen ikkinchi toʻldiruvchi gen tasir qiladi. 

Masalan.

🎯 Xoʻrozlar toj shakli...(F² 9:3:3:1)
Yongʻoqsimon — A_B_
Gulsimon — A_bb
Noʻxatsimon — aaB_
Oddiy — aabb

🎯 Xoldor toʻti pat rangi.(F² 9:3:3:1)
Yashil — A_B_
Havorang — A_bb
Sariq — aaB_
Oq — aabb

🎯 Noʻxat guli... (F² 9:7)
Qizil — A_B_
Oq — A_bb, aaB_ , aabb

🎯 Qovoq mevasi.. (F² 9:6:1)
Yumaloq (sharsimon) - A_bb, aaB-
Gardishsimon — A_B_
Uzunchoq — aabb

🎯 Komplementar irsiylanishda F² da ajralish 9:7, 9:3:3:1, 9:3:4, 9:6:1 nisbatlarida boʻladi.

📗 Komplementar irsiylanishning eng xarakterli tomoni ota-onaga oʻxshmagan organizmlarni rivojlanishi birinchi va ikkinchi avlodlarda kuzatiladi.

📗 EPISTAZ 
▬▬▬▬▬▬

🔊 Epistaz — bir genning unga noallel ikkinchi gendan ustun kelishi. Epistaz dominant yoki retsessiv boʻlishi mumkin.

🔊 Oʻziga allel boʻlmagan bironta genning taʼsirini toʻsib oʻzining belgisini yuzaga chiqaruvchi genga - epistatik gen, belgini yuzaga chiqara olmaydigan genga gipostatik gen deyiladi.

Masalan ...

🌀 Piyozda... (F² 13:3)
Oq — I_A_ , I_aa, iiaa
Rangli — iiA_

🌀 Itlarda jun rangi... (F² 12:3:1)
Oq — I_A_ , I_aa
Qora — iiA_
Jigarrang — iiaa

🌀 Tovuqlarda pat rangi. (F² 13:3)
Oq — I_C_ , iicc
Qora — iiC_

🌀 Epistazda F² da ajralish dominant epistazda 13:3, 12:3:1 nisbatlarda, Retsessiv epistazda esa 9:3:4 nisbatda boʻladi.

🔊 Epistazning xarakterli tomoni ota-onaga oʻxshamagan organizmlarni rivojlanishi faqat ikkinchi avlodda kuzatiladi.

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

📌 Polimer irsiylanish — Allel boʻlmagan bir nechta genning bitta belgini rivojlanishiga oʻxshash taʼsir etishidir. Polimer hodisasini shved olimi Nilson Ele birinchi boʻlib oʻrgangan. 

📌 Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ polimeriyaga ajratiladi. 

📌 Kumulyativ polimeriya miqdor belgilarni nokumulyativ polimeriya esa sifat belgilarining irsiylanishini namoyon etadi.

🔎 Bugʻdoy don rangi...
4 ta dominant gen - qizil
3 ta dominant gen - och qizil
2 ta dominant gen - pushti
1 ta dominant gen - och pushti

🔎 Bugʻdoy doni rangini irsiylanishi kumulyativ polimeriyaga misol boʻladi. F² da fenotipik nisbat 1:4:6:4:1

📚 Kumulyativ polimeriyada F² da fenotipik nisbatlar...

➖ Diduragayda
5 xil - 1:4:6:4:1

➖ Triduragayda
7 xil - 1:6:15:20:15:6:1

➖ Tetraduragayda
9 xil - 1:8:28:56:70:56:28:8:1

📚 Nokumulyativ polimeriyada F² da fenotipik nisbatlar...

➖ Diduragayda
    2 xil - 15:1

➖ Triduragayda
     2 xil - 63:1

➖ Tetraduragayda
     2 xil - 255:1


Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
🧬DNK, RNK, OQSIL SINTEZI HAQIDA BATAFSIL MALUMOT

📌Oqsil, Uglevod, Nuklein kislota biopolimerlar. YOG’LAR esa biomolekula hisoblanadi. Oqsil monomerlari – aminokislotalar. Nuklein kislotalar monomeri – nukleotidlar hisoblanadi. ✅

📌Hujayrda tuzilishi, vazifasi va yana bir qancha xususiyatlari bilan farq qiluvchi 2 xil nuklein kislota dezoksiriboza (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) uchraydi. ✅

📌DNK va RNK nukleotidlardan tuzilgan. Har bir nukleotid azot asosi (Purin asosi - ADENIN, GUANIN: Pirimidin asosi - TIMIN, SITOZIN, URATSIL), monosaxarid (dezoksiriboza, riboza) va fosfat kislota qoldig’idan tashkil topgan.✅ 

📌Dezoksiriboza va Riboza pentozalar guruhiga kiradi. Ularning tarkibida 5 tadan C (uglerod) atomi bo’ladi. Dezoksiriboza tarkibida 1 atom O (kislorod) yetishmasligi bilan ribozadan farq qiladi. ✅

📌DNK nechta nukleotiddan iborat bo’lsa, shuncha dezoksiriboza (pentoza) bo’ladi. ✅

📌Nukleotidlarning molekulyar massasi shartli ravishda 330 D (Dalton). Orasidagi masofa 0,34 nm yoki 3,4 A (Angstrem) ga teng. ✅

📌DNK – 2 ta zanjirli bo’lgani uchun orasida vodorod bog’lari mavjud bo’lib, ular doimo komplementar sherik nukleotidlar A - T orasida 2 ta hamda G - S orasida 3 ta bo’ladi.✅ 
📌DNK ning RNK dan farqli tomoni – molekulyar massasi katta, 2 ta zanjirdan iborat, purin asoslaridan A, G; pirimidin asoslaridan S, T uchraydi. RNK da esa T uchramaydi. ✅
📌DNK da Purin va Pirimidin asoslari vodorod bog’lar orqali, Purin asoslari o’zaro yoki Pirimidin asoslari o’zaro – fosfodiefir bog’lar yordamida birikkan. ✅

📌DNK da nechta nukleotid bo’lsa fosfodiefir bog’ 2 ta kam bo’ladi. RNK da esa 1 taga kam bo’ladi. ✅

📌Vodorod va fosfodiefir bog’lar DNK dagi kimyoviy bog’lar hisoblanadi. ✅

📌RNK dan DNK sintezlanishi teskari transkripsiya; DNK ning 1 znjiridan RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) lar sintezlanish jarayoni transkripsiya – ko’chirib yozish deb ataladi. Bu jarayon ham qat’iy komplementarlik asosida kechadi. ✅
📌Sintezlangan oqsil haqidagi irsiy axborot asosan yadroda, DNK da nukleotidlar ketma-ketligda yozilgan bo’lib, ular asosan dastlab RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) sintezlab olinadi. i-RNK da 4 xil nukleotid yordamida kodlangan irsiy axborot har nukleotidlar uchligida (triplet) aminokislotalar sinteziga sabab bo’ladi. Har bir aminokislotaning 4 xil nukleotid yordamida 3 ta nukleotid ketma-ketligida ifodalanib kelishiga genetik kod deyiladi. ✅
📌Jami kodlar soni 64 ta bo’lib, 20 xil aminokislotalardan ikkitasini kodi 1 tadan. Qolgan 18 tasini kodi 2, 3, 4, 6 tadan bo’lishi mumkin. 5 ta kodonga ega bo’lgan aminokislota uchramaydi.
2. Fenilalanin, tirozin, gistidin, glitsin, lizin, sistein, serin - 2 ta; 
3. Izoleysin - 3 ta; 
4. Valin, serin, prolin, treonin, alanin, asparagin - 4 ta;
5. Leysin, glutamin, arginin - 6 ta; 6. Qolgani terminatorlar - 3 ta; ular polipeptid zanjir sintezi tugallanganini bildiradi. 

📌Jami 64 ga teng. 

📌Har qanday oqsil molekulasi – metionin aminokislotasidan boshlanadi.✅

📌1 ta aminokislotani 1 ta kodon (3 ta nukleotid) kodlaydi. 1 ta aminokislotani massasi 120 D (Dalton). Har bir aminokislota o’zaro peptid bog’lar yordamida bog’lanib turadi. Peptid bog’ aminokislota sonidan 1 taga kam bo’ladi ✅

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
Shimoliy qutbda kasal bo'lib qolish yoki shamollash mumkin emas, chunki u yer judaham sovuq, oddiy viruslar omon qolmaydi.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof 🔦
@Biology_prof🔦
#9_sinf

Mavzu: Zamburug‘lar bo‘limi.

Test.

1⃣. Zamburuglarning qancha turi bor (yer yuzida) ?
A.100 000 B.3 000
C.300 000 D.26 000

2⃣. Miseliy nima ?
A. zamburugning vegetativ tanasi
B.tuban osimliklar tanasi
C.moxning vegetativ tanasi
D.zamburugning mevatanasi

3⃣. Miseliy nimadan tashkil topgan ?
A. gifalar yigindisidan B.sporalardan
C.sporangiydan D.sporangiybanddan

4⃣.Zamburuglarning kopayishi qanday boradi ? A.vegetativ,jinsiy,jinssiz
B.ikkiga bolinib va gormogoniylar orqali
C.vegetativ kurtaklanib
D. mitseliyning bolaklarga ajralishi

5⃣.Zamburuglarning vegetativ kopayishi qanday amalga oshadi?
A.kurtaklanish,mitseliyning bolaklarga ajralishi
B. har xil spora hosil qilish
C. suvotlarga oxshash
D. maxsus jinsiy azolar hosil qilish,bir hujayra mahsulotining ikkinchisiga kochishi,yadrolarning juft juft bolib qoshilishi

6⃣.Zamburuglarning jinssiz kopayishi qanday boradi?
A.kurtaklanish,mitseliyning bolaklarga ajralishi
B. har xil spora hosil qilish
C. suvotlarga oxshash
D. maxsus jinsiy azolar hosil qilish,bir hujayra mahsulotining ikkinchisiga kochishi,yadrolarning juft-juft bo‘lib qo‘shilishi.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
Bo‘lajak #Doctorlar

Bolalarda gipergidroz

Gipergidroz - ortiqcha(ko‘p) terlash.

Giperhidrozning quyidagi turlari mavjud:
1) fiziologik;
2) patologik:
a) generallashgan (umumiy);
b) lokal (mahalliy).

Etiologiya(Sabablari)

Terlashning fiziologik ko‘payishi atrof-muhitning yuqori haroratida, og'ir jismoniy ishda(chaqaloqlarda emayotganda boshining terlashi) kuzatiladi. Bunday holatlarda ortiqcha terlash tana haroratining pasayishiga yordam beradi va normal holatdir.

Patologik mahalliy gipergidroz ko'pincha qo‘l kaftining terlashi, ayniqsa hayajonlanish bilan namoyon bo'ladi. Buning sababi, masalan, neyrosirkulyator distoniya bo'lishi mumkin. Oyoqlarning individual ravishda terlashi juda keng tarqalgan.

Patologik umumiy gipergidroz isitma bilan kechadigan yuqumli kasalliklarda, endokrin kasalliklar (gipertireoz), yurak-qon tomir tizimi patologiyasi bilan kuzatiladi.

Tibbiy yordam

1. Fiziologik gipergidroz paytida ko'p miqdorda suyuqlik ichiring, suvga ozgina osh tuzi qo‘shsangiz ham bo‘ladi.
2. Yuqumli kasallik fonida umumiy gipergidroz bo'lsa, ko'p suyuqlik ichish, tez-tez ichki kiyimni almashtirish va tana haroratida, yengil kiyim kiyish tavsiya etiladi.
3. Mahalliy gipergidroz bilan (qo'ltiq osti, kaft, oyoqning haddan tashqari terlashi) - terini ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish, muntazam suv muolajalari, kontrastli vannalar, mavrak va bo‘yimadaron damlamasiga qilingan vannalar.
4. Agar kaft va qo'ltiqlarning mahalliy gipergidrozida konservativ davo effekt bermasa, jarrohlik yo‘li bilan davolanadi.
5. Asosiy kasallikni davolash.

Biron kasallik alomatini sezsangiz bolani darhol vrach Pediatr ko‘rigiga olib boring.

✍P.Avazbek

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!

❓Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak?
☑️Katta liqildoq normada 1 yoshgacha bitishi kerak!

❓Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi?
☑️Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3x3 smgacha bo‘ladi.

❓Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima?
☑️Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga.

❓Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin?
☑️Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi.

❓Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur)

❓Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat beradi.

❓Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi?
☑️Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat beradi.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🔰TIZIM ----> deganda bir butunlikni tashkil etuvchi kompanentlarning malum izchillikdagi o'zaro bog'lanishlari va tasirlari tushiniladi❗️

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🔰MOLEKULA ---> ushbu bosqichda tirik tizim biologiyalik faol yirik molekulalar yani oqsillar,nuklein kislota,uglevadorodlarning faoliyat ko'rsatishida nomoyon bo'ladi❗️

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🔰HUJAYRA ---> tirik o'rganizmning tuzilish,rivojlanish va funksional birligidir❗️

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🔰TO'QIMA ---> kelib chiqishi bajaradigan vazifasi tuzilishi o'xshash bo'lgan hujayralar yig'indisi❗️

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🔰ORGAN ---> ko'pchilik hayvonlarda bir necha turdagi to'qimalarning tuzilishi va funksional yig'indisi hisoblanadi❗️

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🔰ORGANIZM ---> mustaqil xayot kechiruvchi yaxlit bir yoki kop hujayrali tirik tizimidan iborat❗️

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🔰BIOGEOTSENOZ ---> bir-biri va atrof-muhit bilan o'zaro munosabatda bo'ladigan organizmlarning populatsiyalariga biogeotsenoz deyiladi❗️

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
🩸🩸🩸 QON 🩸🩸🩸

🌡LIMFA ----> tiniq, biroz sarg'ish suyuqlik limfa tomirlari bo'ladi🌡
🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸
🌡QON ----> odam tana massasining 7% ni tashkil etadi🌡
🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸
🌡QON ----> osmotik bosimi 7,6-8,1ga teng🌡
🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸
🌡QON ----> katta yoshli odam organizmida 5litrga yaqin qon boladi🌡
🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸🩸
🌡QON ----> plazmasining 90%ni suv tashkil qiladi🌡

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
🧨 BILIB QO‘YING 🧨

❗️ Ontogenez -- organizmlarning shaxsiy rivojlanish jarayoni

❗️ Lichinkali ontogenez -- yassi chuvalchanglar, baqalar, hashorotlar

❗️ Lichinkasiz ontogenez -- sudralib yuruvchilar, qushlar

❗️ Ona qornida rivojlanish -- yuksak sutemizuvchilar va odam.

❗️ Embrional davr -- zigota hosil bo'lib tug'ilgungacha bo'lgan davr

❗️ Postemrional davr -- embrionni tug'ilishidan o'limigacha bo'lgan davr

❗️ Maydalanish -- urug'langan tuxum hujayrani bo'linib, blastulani hosil qilishi

❗️ Blastula -- maydalanishdan hosil bo'lgan ko'p hujayrali embrion.

❗️ Blastosel -- blastulaning ichi suyuqlik bilan to'lgan birlamchi tana bo'shlig'i

❗️ Gastrulyatsiya -- embrion hujayralari o'smaydi va bo'linmaydi. Dastlabki ixtisoslashish belgilari paydo bo'ladi

❗️ Ixtisoslashish -- embrionni ayrim qismlari va hujayralarini vazifasi jihatidan farqlanishi.

❗️ Organogenez -- o'zak organlarining (nerv nayi, horda, ichak naychasi) hosil bo'lishi.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
DNK xilini topish 👇
▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🔴 Geterogametalilarda (XY)
n+1 (n - xromasoma)
Masalan ...
Odamda 23 + 1 ta

🔵 Gomogametalilarda (XX)
n = ga teng (n - xromasoma)
Masalan ...
Odamda 23 ta


Xromatidalar tetradasini 👇
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🔴 Geterogametalilarda (XY)
n-1 (n - xromasoma)
Masalan ...
23 - 1 = 22 ta

🔵 Gomogametalilarda (XX)
n = ga teng (n - xromasoma)
Masalan ...
Odamda 23 ta

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
📖 Mutoola vaqtii 📖

📚 Simbioz (yunoncha - «sym» - birga, «bios» - hayot) - birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o‘ziga foyda oladi.

📚 Sklerofitlar (yunoncha - «scleros» - qattiq) - tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda o‘sadigan, tuproqdagi namni zo‘r berib shimadigan o'simliklar.

📚 Stenobiontlar (yunoncha - «stenos» - tor, cheklangan, «biontos» - yashovchi) - nisbatan doimiy muhit sharoitida yashashga moslashgan, harorat, namlik, atmosfera bosimi kabi omillarning tor ko‘lamda o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan o‘simlik va hayvonlar.

📚 Sukkulentlar (lotincha - «succulentus» - sersuv) - o‘z to‘qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlaydigan o‘simliklar.

📚 Suksessiya (lotincha - «successio» - o ‘rin almashish) - ma’lum hududdagi ekosistemalarni izchillik bilan inson va tabiat omillari ta’sirida boshqa ekosistemalarga aylanishi.

📚 Taksis (yunoncha - «taxis» - joylashuv) - bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar, bir hujayrali suvo’tlari va yuksak o‘simliklarning jinsiy hujayralarining tashqi omillar (yorug‘lik, kimyoviy moddalar, kislorod) ta ’sirida harakati.

📚 Trofik daraja - ekologik piramidani tashkil qiluvchi organizmlar yig‘indisi.

📚 Fitosenoz (yunoncha - «phyton» - o‘simlik, «koidos» - umumiy) - muayyan
hududdagi o‘simliklar jamoasi.

📚 Fotoperiod - yil fasllari bilan belgilanadigan kun uzunligi.

📚 Fotoperiodizm (yunoncha - «photos» - yorug‘lik va davr) - kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari.

📚 Fototropizm (yunoncha - «trope» - burilish) - yorug‘lik ta’sirida o‘simliklarning harakatlanishi, bunda harakat yo‘nalishi yorug‘lik yo‘nalishiga bog‘liq.

📚 Evribiontlar (yunoncha - «eurys» - uzun, «bios» - hayot) - keng tolerantlik chegaralariga va ekoiogik sharoitda sezilarli o‘zgarishlarga ega bo‘lgan, katta hududlami egallay oladigan organizm turlari.

📚 Ekologik nisha - turning biotizim sifatida mavjudligi, yashashini belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yigʼindisi.

📚 Gigrofitlar (yunoncha — «hygros» — nam, «phyton» — o'sim lik) - nam tuproq va yuqori namlikka ega havoda o‘sadigan o‘simliklar.

📚 Gidrobiontlar (yunoncha - «hydor» - suv, «bios» - hayot) - suv muhitida yashovchi organizmlar.

📚 Gidrosfera - yerning suvli qobig‘i.

📚 Gomologik (yunoncha - «gomonos» - o‘xshash) - kelib chiqishi va tuzilishi oʻxshash organlar yoki ularning qismlari

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof
🔰 Bo'lmachalar sistola (qisqargan) holda bo'lganda

🔴 Qorinchalar diastola (bo'shashgan) holda bo'ladi.

2 va 3 tavaqali klapan ochiq bo'ladi.
🔵 Yarimoysimon klapan yopiq bo'ladi.

Aorta va o'pka arteriyasida bosim yuqori bo'ladi.

🛑Bo'lmachalar diastola (bo'shashgan) holda bo'lganda:

🔴 Qorinchalar sistola (qisqargan) holda bo'ladi.

🔵 Ikki va uch tavaqali klapan yopiq bo'ladi.

🔘Yarimoysimon klapan ochiq bo'ladi.

⚫️ Aorta va o'pka arteriyasida bosim past bo'ladi.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof