🇺🇿 JONAJON O‘ZBEKISTON, MANGUGA BO‘LGIN OMON!
O‘zbek xalqim, azaldan, bo‘lolding jonlarga jon,
Qo‘lingda nur taratar ibrat, mash’ala har on,
Har ishda, tafakkurda dunyoga yuzlanding rost,
Bugun olam tan oldi, noming tillarda doston!
O'ttiz besh yosh muborak, sen ko‘hna yurtim Turon!
Jonajon O‘zbekiston, manguga bo‘lgin omon!
Butun dunyo tan olgan, bugun buyuk Temurni,
Kuch adolatda debon zabt etgan Osiyoni,
Shu jasur sarkardaga har o‘g‘loning andoza,
Tenglik, adolat sabab lol etgan keng dunyoni!

Navoiyning xonishi har so‘zing, har she’ringda,
Boburning yurt sog‘inchi, har bir o‘g‘il, qizingda,
Qancha qalblarga, orzu, armon ham bo‘lganing rost,
Eng yorug’ yulduzdirsan, Ulug‘bek ko’zlarida...

Senda Qodiriylar bor, bor Oybek, Uvaysiylar,
Tarbiyang o‘chog‘idir, Sheroziy, Avloniylar,
Ibratlari qon-qonga singib ketganlari rost,
Ko‘p hali daholaring, Termiziy, Beruniylar.....

Registoning, Arkingni ko‘rish orzu kimlarga,
Mevasi tilni kesar makon bormi, qaylarda?!
Tinch yurtga ollohimning nazar etganligi rost,
Ozod yurt, iftixorla, ishonch bergay dillarga....

Sendagi ishonch bugun qanot bo‘lgay yoshlarga,
Bergan kuch, e’tiboring g‘urur solgay qalblarga,
Qalbimda otash ila, senga tirgak bo‘lgum rost,
Bayrog‘ing noming birla, teng bo‘lsin dunyolarga....
Yuz yoshingni qarshilay, baxtdan sarxush, tinch Turon!

Assalomu alaykum barchaga.
Anchadan beri gaplashmabmiz ham. Ozgina muammolar, ajoyib davralar og'ushida yurib kanalimni unutayozibman😁

Odamlar nima derkin, degan odam yashamay qo'yaversin.
Odamlar nima derkin, degan shoir yozmay qo'yaversin,
Odamlar nima derkin, degan oshiq sevmay qo'yaversin.
Mehrinoz Abbosova

Universitet yonida qabriston bor. Har doim ishga kelsam birinchi shu narsa ko'zimga tashlanadi. Mening rahmatli dadam ham shunday qabristonda yotibdi. Ba'zan ishxonada uzoq tikilib qolib ko'zimga yosh keladi. Hamkasblarim sezmasin deb sekin tashqariga chiqib ketaman. Dadajon yonimizda bo'lganingizda bari boshqacha bo'lardi🥹joylaringiz jannatda bo'lsin. 🤲
🙏6🔥4
Talabalarimdan ilk bayram tabrigi. Rahmat kattakon qadrli talabalarim. Rosa xursand bo'ldim. 😍
Tarjimasi:
“Aziz ustoz! ❤️
Sizga kuch-g‘ayratingiz va ilhomingiz hech qachon so‘nmasligini tilaymiz!
Shogirdlaringizning muvaffaqiyatlaridan doimo quvonib yuring, xonadoningiz esa har doim mehr, muhabbat va cheksiz xotirjamlikka to‘la bo‘lsin.
Mehnatingiz uchun rahmat! ❤️
105-guruh talabalari nomidan.” 🌸

❤6🥰4🔥3
Bugungi emotsiya va kutilmagan kun uchun katta rahmat talabalarim. Sizlarni yaxshi ko'raman. Sizlar ham talabalaringiz e'zozida bo'linglar.😊🥳😍
❤7❤🔥4🕊2
Dadajonim,mehnatlaringiz mevasini ko'rishingizni judayam xohlagandik. Afsus oramizda yo'qsiz. Shu kunlarga yetishimda hissangiz katta bo'lgan. Agar hayot bo'lganingizda oddiy mukofotimdan ham quvonardingiz, barchasi uchun rahmat. Ruhlaringiz shod bo'lsin. 🥹🤲
🔥7❤4🥰4