Iqtisodiyot fakulteti
107 subscribers
4.54K photos
607 videos
270 files
1.13K links
Fakultetimiz talabalari uchun muhim yangiliklar, qiziqarli ma'lumotlar va e`lonlar kanali.
Kanalda #hashteglar orqali ma`lumot qidirishingiz mumkin. Takliflaringiz bõlsa, marhamat @Nuraliyev_Samandar
ga yuborishingiz mumkin.
Download Telegram
Kuni kecha bo'lib o'tgan yig'ilishda #fakultet yoshlar yetakchisi tomonidan aytib o'tilgan rejalarni eslatib o'tamiz:

1mart: #qvz bo'yicha fakultet terma jamoasiga a'zo bo'lish

5mart: barcha uchun #superyetakchi tanlovining 2 mavsumida ishtirok etish qoidalari haqida seminar(1 mavsumdagi qoidalarga e'tiroz yoki taklifingiz bo'lsa uni o'zgartirish uchun muhokama ham bo'lib o'tadi)

6 mart: #davlat stipendiyasiga harakat qilayotgan talabalar uchun seminar

Barchasi 12.50da Fakultet yoshlar kengashi (B110) xonasida bo'lib o'tadi.

#reja
@i_m_yoshlar_ittifoqi
Iqtisodiyot fakulteti via @like
Yaqinlashib kelayotgan loyihalarimizdan qay biri sizni ko'proq qiziqtiradi? 1⃣Eng yaxshi guruh tanlovi(Superyetakchi2)🅰 2⃣Ingliz tili bo'yicha speaking club🅱 3⃣Maktab-internatda hayriya tadbiri o'tkazish🆎 4⃣Davlat stipendiyasini qo'lga kiritish yo'llari haqida…
Yuqorida ovozga qo'yilgan tadbirlar haqida ma'lumot bersam:
1. Eng yaxshi guruh(Superyetakchi2) tanlovi o'tgan semestrda o'tkazilgan superyetakchi tanlovining mantiqiy davomi bo'lib, guruhlar o'rtasida katta raqobat maydoniga aylanishi kutilmoqda. Tezkunda loyiha nizomi bilan ushbu kanal orqali tanishasiz!
2. Ingliz tili bo'yicha speaking club har juma 15.00da B110-xona(Fakultet yoshlar kengashi xonasi)da IELTS imtihonidan 7ball olgan iqtidorli va shijoatli talabamiz tomonidan olib borilmoqda.
3. Hayriya tadbiri shu oy so'ngida Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidagi Bolalar uyida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Fakultetimiz har bir talabasi o'z hissasini qo'shishiga imkoniyat yaratamiz! (tahminan 15aprel kuni e'lon qilinadi)
4. Davlat stipendiyasi bo'yicha seminar 12 aprel soat 12.50da B110xonada Islom Karimov stipendianti tomonidan o'tkaziladi. Barcha talabalarni taklif qilamiz!
#reja
@IM_fakulteti