Iqtisodiyot fakulteti
107 subscribers
4.54K photos
607 videos
270 files
1.13K links
Fakultetimiz talabalari uchun muhim yangiliklar, qiziqarli ma'lumotlar va e`lonlar kanali.
Kanalda #hashteglar orqali ma`lumot qidirishingiz mumkin. Takliflaringiz bõlsa, marhamat @Nuraliyev_Samandar
ga yuborishingiz mumkin.
Download Telegram
​​Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aksiya eʼlon qiladi. Shartlar oddiy. Aksiya 3 bosqichda tashkil etiladi.

1-bosqichda siz oʻzbek tilida muqobil varianti boʻlmagan turli tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni topasiz.

2-bosqichda tanlagan soʻzlaringizning oʻzbek tilidagi muqobil variantini taklif etasiz.

3-bosqichda esa #davlat_tili29 heshtegi ostida soʻzlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifangizga joylashtirasiz va bizning telegramdagi +998 99 4950436 raqamimizga yoʻllaysiz. Namuna: samolyot — uchoq, gazeta — roʻznoma.

Eng koʻp soʻz topgan va uning oʻzbekcha muqobil variantini taklif etgan yoshlar aksiya gʻolibi deb eʼlon qilinadi.

G'oliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Unutmang, ona tilimizni boyitish va uni yanada rivojlantirish har birimizning burchimizdir.

@yoshlarittifoqinews