Perfektsionist bo‘lishim ba’zi paytlarda muhim ishlarni orqaga surishga sabab bo‘ladi.
Siz hozir o‘qib turgan blogni ham agar shu xislatim bo‘lmaganida 10 yil avval ochgan bo‘lar edim. Ha, rostdan ham 10 yil. Chunki Telegramdan foydalanishni boshlaganimga 7 yil, Facebookka esa 10 yildan oshdi. Shaxsiy blog yuritish g‘oyasiga esa 15 yildan ko‘proq. (12 yoshimda internet jurnalisti bo‘laman der edim).
Hozir ham ishda, biznesda juda ko‘p g‘oyalar bilan yashayman. Ularni amalga oshirishga to‘siq bu - Perfektsionizm.
Hammasi zo‘r, kamchiliklarsiz va a’lo darajada bo‘lishi uchun kuchli ishtiyoq men uchun hozir g‘oyalar zanjiriga aylangandek.
Bir tarafdan yaxshi. Qani endi hammasi zo‘r bo‘lsa, ammo doim ham bu narsa yaxshi natija beravermasligini tushunib yetgandekman.
Bugungi kunimda ushbu qoidani o‘zimga singdirishga urinyapman:
Oxiriga yetkazilmagan super ishdan ko‘ra, oxiriga yetkazilgan o‘rtamiyona ish yaxshi.
Sizning fikringiz qanday?
@jamoliddin_yuldashev

👍11👏4❤1
Ustozning xato javobi, butun boshli hayot yo‘limni o‘zgartirgan.
Maktab davrimda, chamasi 7-sinf edim. Kompyuter o‘rganishni ishtiyoq bilan davom etardim. Kompyuter funksiyalarini o‘rganib olganim uchunmi oddiy ko‘rina boshlagan edi. Bir kuni qo‘limga bir kitob tushib qoldi. U yerda turli xil kodlar yozilgan edi. U kodlarni yozish orqali kompyuter bilan muloqot qilish mumkin edi. Men bilmagan narsalar...
Astoydil u kitobni o‘qishni boshladim. Tuni bilan uhlamay turli kodlarni yozib, kompyuterni men bilan gaplashadigan qilolishimni o‘ylab quvonardim. Bir nechta varaqda kodlar tayyor bo‘ldi. Endi muammo buni qanday qilib kompyuterga kiritib, uni ishga tushirish edi.
Ertasi kuni maktabga bordim, kompyuterni yaxshi biladigan ustozimizni oldiga kirib o‘zim yozgan kodlarni ko‘rsatdim. "Buni qanday qilib ishga tushirsa bo‘ladi?" deb so‘radim. Varaqlarimga va kitobga qaradi. "Bu, bumi... oldinlari kompyuterlarga shunday kodlar kiritilsa keyin ishlagan. Hozirgi kompyuterlarga kerak emas." deb javob berdi. Va shu yerda hammasi tugadi.
Oradan vaqt o‘tib, zamon yanada rivojlandi. O‘sha yozgan kodlarim C+ yoki shunga o‘xshash dasturlash tili ekani bildim. Katta energiya, kuchli ishtiyoq bilan ko‘zi yonib turgan bolaga qarab "Bu dasturlash tili, u bilan turli dasturlarni yaratish mumkin. Sendan yaxshi dasturchi chiqadi" deyilganida nimalar bo‘lardi deb o‘ylaysiz?!.
Hammasi yaxshilikka, afsus qilmayman. Shunchaki ustozlarga o‘z hayotimdan misol qilib yetkazib qo‘ymoqchiman.
Oldingizda turgan o‘quvchi bu bir nihol, uni qaysi tomonga egsangiz xuddi shunday o‘sadi. Eng yomoni esa uni sindirib qo‘yish.
PS. Vaqt o‘tib bir nechta dasturlash kurslariga borganman. Lekin o‘sha paytdagi energiya qayta tiklanmagan va siz ham hozir dasturchining blogini kuzatmayapsiz.

👍9🔥3⚡2🕊2😢1
Odamlarni xursand qilmang, adolat qiling!
Odamlarni ranjitmaslik, xursand qilish ishtiyoqidan voz kecholmas ekansiz, haq yo‘lida bo‘lish va adolat degan narsalarni o‘zingizdan qidirmay turganingiz yaxshi.
Odamlarni ranjitmaslikka urinish adolatsizlikka jim qarab turishga, xursand qilish uchun esa ayblariga ko‘z yumishga majbur bo‘laverasiz.
To‘xtang! Mayli xafa qiling, yuzlarda xursandchilik ko‘rishga intilmang. Shundagina haq yo‘lida bo‘lish va adolat qilishni boshlaysiz. Busiz iloji yo‘q.
Ishoning hammani xursand qilishga uringan odamdan, hammaga adolat qilgan odam yuksakroqdir.

👍8⚡2🕊2
Oʻzingizda bor qobiliyatingizni ishlatmas ekansiz, u shunchaki foydalanilmagan imkoniyatga aylanadi.
Foydalanilmagan imkoniyat esa erishilmagan muvaffaqiyat demakdir.
@jamoliddin_yuldashev
Foydalanilmagan imkoniyat esa erishilmagan muvaffaqiyat demakdir.
@jamoliddin_yuldashev
👍3
Ambitsiya — bu odamning maqsadlariga erishish uchun yuqori darajadagi orzulari, istaklari yoki maqsadlarni anglatadi. Bu ko'pincha o'zini rivojlantirish, yangi yutuqlarga erishish yoki jamiyatda muayyan mavqega ega bo'lish istagi bilan bog'liq bo'ladi. Ambitsiya, odatda, muvaffaqiyatga intilish, o'z salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish uchun kuchli istakni bildiradi.
👍5
Gipoteza — bu biror hodisani tushuntirish yoki asoslash uchun keltirilgan ilmiy taxmin. U hali to'liq tasdiqlanmagan bo'lib, eksperimentlar va kuzatuvlar orqali tekshirilishi kerak. Gipoteza o'rganilayotgan mavzu bo'yicha ilmiy nazariyani ishlab chiqishda dastlabki qadam hisoblanadi.
👍4
Ilm olish dush qabul qilishga oʻxshaydi. Doimiy yangi ilmlar olib turmasang eskilari kifoya qilmay qoladi.
🔥3
Konsepsiya — bu g'oya yoki loyiha haqida umumiy tushuncha va asosiy fikr. U qanday amalga oshirilishi, qanday maqsadlarga erishilishi yoki qanday yondashuv qo'llanishi kerakligini aniqlaydi. Konsepsiya loyihaning asosini tashkil qilib, keyingi bosqichlarni rejalashtirishga yo'nalish beradi. Masalan, biznes konsepsiyasi mahsulot yoki xizmatni qanday taqdim etish va bozorga qanday kirish haqida asosiy tushunchalarni belgilaydi.
👍3
Tendensiya — bu ma'lum bir sohada yoki vaqt davrida kuzatiladigan barqaror o‘zgarish yoki yo‘nalishdir. Bu iqtisodiyot, moda, texnologiya, madaniyat kabi ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi va kelajakdagi holatlarni bashorat qilishga yordam beradi. Misol uchun, bozordagi tendensiya talabning oshishi yoki pasayishini, modada esa yangi uslub yoki kiyimlarni anglatishi mumkin.
👍4