Jurabek Vision💡
195 subscribers
164 photos
32 videos
1 file
111 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
O’zbekistonda odamlar sizni kim ekanligingizga, nimangiz borligiga qarab muomala qiladi.
Yaponiyada odamlar sizni muomalangizga qarab kimligingizni biladi.

Shu vaqtgacha juda ko’p yaponlar bilan oddiy do’st, oddiy tanish bo’lganman. Ularni kim ekanligi, ota onasi nima ish qilishiyu, qancha puli borligini yillar o’tgancha bilmaganman. Oddiy misol qalin o’rtog’im menga ota onasini 8 yil do’st bo’lganimizdan keyin tanishtirgan. Do’st tushunchasi O’zbekiston va Yaponiyada umuman boshqacha. Yaponlar ko’chada tanishib darrov qalin bo’lib ketavermaydi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍4
КЎМИРҚАЛБЛАР ЎҚИМАСИН!

Ассалому алайкум, аслзода ўқирманлар. Эсингизда бор, "Япониядаги жадидларимиз" рукни остида туркум мақолалар ёзиб келаётурмен. Бу галги қаҳрамонларимиз "Ээ қойил" деб юборадиган қаҳрамонлардан.

Энди, бир оилавий ўтириб муҳим тарбиявий аҳамиятга эга "Муҳаббат қаҳваси"ними, "Кассабланка"ними, "Эсмералда"ними кўриб, Маргарета роза де франсиско, Гай Эккер, Алеҳандро боррирос, Сальвадор каби дарғаларни кўраман деб турганингизда пақ этиб реклама қўйиб юборарди-ку. Мен ҳам асосий мавзуга ўтишдан олдин, бир нарсани айтиб кетай. Руслардаги "Братан" сўзи ўзимизнинг тилдан олинган. "Бир отадан" , "Бир атадан" деган сўзларни эшитиб қолган Руслар, ака-ука "Братан" бўларкан деб оволишган)) Айтганча, бу гапларимни илмий асоси йўқ. Кассабланка билан бир хилда кўраверинг))

Братан, бир атадан деган сўзларни бекорга гапирмадим. Бугунги қаҳрамонларимиз, сиз расмда кўриб турган, менинг икки ёнимда турган, ака-ука Ҳасановлар бўлишади. Сиз расмда кўриб турган қора кўйлакдаги акамиз - Фирдавс Ҳасанов - Самарқанд вилояти, Тайлоқ туманида туғилган. Самарқанд давлат чет-тиллари институтини тамомлаб, Япониядаги Тсукуба университетига ўқишга келганлар. Ҳозирда, Токионинг киндигида жойлашган "Ҳалал Сакура" деган Ўзбек ресторанига асос солиб, ватанимизни Японияда танитишга ҳисса қўшиб келаяптилар. Бу акамизни мен "Олим, зиёли бизнесмен" деб атайман.

Илмий ишлари, бизнеслари ўз йўлига, акамизнинг самимийлиги, ватанпарварлиги тахсинга сазовор. Илмий ишлардан, бизнесдан, оиладан ортиб қачон қараманг ватандошларимизга манфаатли лойиҳаларни бошлаб юрадилар. Қойилотун-қойилун.

Ана энди, Ҳасановларнинг кичиги Журабек Ҳасанов ҳақида гаплашамиз. Журабек Ҳасанов - Японияда бакалавр, магистатурада ўқиган. Япон тили, Инглиз тили, ўз соҳасига оид сертификатларни қалаштириб олиб ташлаган. Ўқишни тамомлаб, нафақат Японияда, бутун дунёга машҳур NEC корпорациясида фаолият юритган. 15 йилга яқин Японияда тажриба тўплаб, шу билим ва тажрибаларимни ватанимда қўллайман деб ҳозирда Ўзбекистонда фаолият юритаябди. Фаолият юритганда ҳам Япониянинг ривожланаётган давлатларга таълим, тиббиёт, қишлоқ хўжалиги, инфратузилма, кадрлар тайёрлаш ва технология соҳаларида ёрдам беришини ташкил қиладиган JICA Узбекистан деган ташкилотда ишлаябдилар.

Журабек Ҳасанов Япониядаги Ўзбек ёшлар уюшмасининг раиси, бир нечта академик клубларнинг асосчиси, қисқа қилиб айтганда ҳақиқий ватанпарвар йигит.

Энг муҳими, энг қизиқ жойини айтайми? Ака-ука Ҳасановлар ўзимиздан ойлик олишмайди, Япониядан ойлик олишади. Қилаётган лойиҳалар, учрашувлар, тадбирлардан ҳам бир тийин фойда келмайди. Ўз ёнларидан пул, вақт, энергия сарфлаб ватанимиз, жамиятимиз, ватандошларимиз учун ҳаракат қилишади. Мен ҳам ҳудди шундай)
Буни четдан кўриб турган айрим кўмирқалблар "Буларнинг нимадир мақсади бор, манфаати бор" деб гапиришади. Йўқ, ватанни манфаатсиз ҳам, лавозим, пул, обруни кўзламасдан ҳам яхши кўриш, ватан ривожи йўлида ҳаракат қилиш мумкин.
Ака-ука Ҳасановларнинг ота-оналарига ташаккур айтиб қоламиз ва омад тилаймиз!

Ҳурматли аслзода ёшлар, юқоридаги акаларингиз ҳам 20 йил олдин, ҳудди ўзимизга ўхшаб қишлоқда, оддийгина бўлиб юришган эди. Ўқиб-изланиб, шу даражаларга етишишди. Сиз ҳам уддалайсиз. Бўш келманг!
Аслзода ота-оналар, қўлингизни дуога очинг - Илоҳим фарзандларимиз илмли, зиёли, бой-бадавлат, жамиятимизга, икки дунёмизга нафи тегадиганлардан бўлсин!

Баҳодир Ниппоний- Яхши кунларда сиз билан бирга. Ватанпарварлардан сўранг)

Каналга уланиш👈
🔥7❤3👍3😁2⚡1👏1
Nega rivojlangan davlatlar barchasi to’satdan viza talablarini qattiqlashtirmoqda bilasizmi? Sababi, Suniy Intelekt yaqin yillarda juda ko’p shu vaqtgacha odam qilgan ishni qilishni boshlaydi. Olimlar white color ishchilar ishsiz bo’lib qolishi haqida aniq prognozlar berishmoqda. Aynan shu yuqoridagi qarorlarga sabab bo’lmoqda.


🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
Nega Yaponlar sekin qaror beradi? 7 emas, 7000 marta o’ylab keyin kesadi?


Dunyoni qaysidir yeriga borib so’rang, Yapon desa ooo deydi. Yaxshi kutib oladi. Yaponlar yasagan narsa buzilmaydi. 30 yil oldin NEC tomonidan O’zbekistonga qo’yilgan Yer-Samo yo’ldosh antenalari hali ham ishlab turibdi.


Xo’sh nega Yaponlar buncha mijg’ov? 😀


Yaponlarning har bir gapi, harakati ortida mas’uliyat turadi. Bular o’z millatini juda hurmat qiladi. Yapon millati vakili unday ish qilmaydi, bunday yo’l tutmaydi degan kriteriyalar juda rivojlangan.

Agar Yapon aytsa qilishi kerak yoki XARAKIRI qilishi kerak degan tushuncha bor.

Hammasi unday emas, bemasuliyati ham ko’p deyishingiz mumkin. To’g’ri guruch kurmaksiz emas. Lekin nega bular buncha sekin ishlaydi degan savolga javob berish uchun aynan shu jihatga e’tibor berish kerak.


Xo’sh eng muhim savol: Yaponlarni tez qaror berdirish mumkinmo? ?
Albatta!

Xo’sh qanday?

Ularning barcha savol va gumonlariga javob berish, ma’lumotlarni tez-tez, oz-oz berib turish. Nimagadir majbur bo’lib qo’lmaysiz deb aniq aytish. Chunki Yapon mas’uliyatni olsa qilishim kerak deb o’ylaydi. Shu uchun boshidan ularga mas’luyat, majburiyat bermaslik kerak.

Mana shunaqa gaplar.

Qani endi, olinglar qani. Ishtaha yoqimli😀


🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2😁1
Tokyodagi eng yaxshi JPY-USD ayrboshlash kurslari shu yerda. Boshqa oddiy joydan 4 yen farq bor ekan. Bu yerda bugun 159, oddiy exchange kioskda 163.

https://maps.app.goo.gl/zEp3jYVhH5yHPPtq8?g_st=ic
👍7
Sizni universitet davringiz qanday o’tgan (yoki o’tyapti yoki o’tkazishni xohlaysiz)?
Hozir o’ylasam Universitet vaqtida ko’p narsani qadriga yetmaganman. Ayniqsa insoniy aloqalar va rishtalar.

10 yil deganda ustozim va kursdoshim bilan uchrashdim. Moziyga qaraganda yana bir marta har bir soniya, vaqtlar va onlar qaytmasligini tushamiz.

Lekin boshqa iloj yo’q: oldinga ketishdan, bugun va erta haqida fikrlashdan o’zgasi behuda.
🔥5👍4❤1👏1
Hayotimda tug'ilgan kunimda birinchi marta gul oldim. Siz uchun tug'ilgan kun bu qanday kun? Men uchun bu qisqa muddatli sarhisob kuni, Yapon tilida 振り返り(orqaga qarash) deydi.
35 yoshga kirdim. Siz necha yoshdasiz? Odam baribir boshidan o'tkazmasdan turib bir narsani tushunishi qiyin, lekin baribir necha yoshda bizni nima kutyapti oldindan bilib tayyorgarlik qilish kerak deb o'ylayman.

Meni vaziyatimda, yoshligimdan Akam bilan yurib yoshi kattalar boshidan o'tkazayotgan voqealar, hodisalarni o'z tengdoshlarimdan ancha tezroq bilib borganman. 30-yoshdan oshgandan keyin nima to'g'ri nima noto'g'ri ekanligini aytadigan odam kamayadi. Juda ko'p narsani o'zingiz o'ylab, qaror berib oldinga ketish kerak bo'ladi. Javobi yo'q savollar, faqat o'zingizda javobi bo'ladi.

Agar siz ham javobi bo'lmagan savol bilan duch kelsangiz, qilib ko'ring. Hayotga xavf solmaydigan har qanday risk, bemalol harakat qilib bo'lsa bo'ladigan riskdir. Shunda javobi yo'q savollarga yechim topganingizda juda xursand bo'lasiz.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Claude in Chrome — brauzeringizdagi aqlli yordamchi

Bugun kundalik ishlarimni sezilarli tezlashtirayotgan foydali vositani sizga tanishtirmoqchiman — Claude in Chrome. Bu — sun'iy intellekt yordamchisi bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri Chrome brauzeringizga o'rnatiladi va yon panelda ishlaydi. Alohida ilova yoki saytga kirib o'tirishning hojati yo'q.

Nima uchun qulay:
— veb-sahifalarni o'qib, qisqa va aniq xulosa chiqarib beradi;
— formalarni to'ldirish, xat yozish kabi takrorlanuvchi ishlarni siz o'rniga bajaradi;
— bir nechta manbani solishtirib, kerakli ma'lumotni tezda topib beradi;
— ish qidirish va hujjatlar bilan ishlashni sezilarli yengillashtiradi.

Quyidagi videoda — aynan shu postning o'zi Claude in Chrome yordamida qanday yaratilganini ko'rishingiz mumkin.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🇯🇵 ASO TARO — Yaponiyaning 92-Bosh vaziri

Yaponiyaning eng tajribali siyosatchilaridan biri, hozirda YDP (Liberal-demokratik partiya) vitse-raisi. 1940-yilda siyosiy-ishbilarmon oilada tug'ilgan (bobosi — sobiq Bosh vazir Yoshida Shigeru), 16 marta parlamentga saylangan, mamlakat tarixida moliya vaziri sifatida eng uzoq muddat xizmat qilgan siyosatchi.

📌 Faoliyati:
• 1966 — "Aso" kompaniyasida tadbirkorlik faoliyatini boshladi
• 1976 — Monreal Olimpiadasida Yaponiya terma jamoasida (nishonga otish)
• 1979 — Parlamentga birinchi marta saylandi
• 2005–07 — Tashqi ishlar vaziri
• 2008–09 — Yaponiyaning 92-Bosh vaziri
• 2012–21 — Bosh vazir o'rinbosari va Moliya vaziri (rekord muddat)
• Hozir — YDP vitse-raisi

🏆 Yutuqlari:
• Global moliyaviy inqiroz davrida ~75 trillion yenlik iqtisodiy dastur
• "Erkinlik va farovonlik yoyi" — qadriyatlar diplomatiyasi konsepsiyasi
• Xalqaro manga mukofotini ta'sis etdi — manga/anime orqali madaniy diplomatiya (Cool Japan)ning asoschilaridan

💭 Falsafasi:
"Yaxshi an'analarni asrab, rivojlantirish kerak — an'analarni saqlash uchun islohot qilinadi. Mening haqiqiy konservatizmim shu."
"Do'stlik uchun milliy manfaatga zarar yetkazish — ahmoqlik. Milliy manfaat ustida haqiqiy do'stlik quriladi."

🎌 Odatlari:
Manganing katta ixlosmandi (haftasiga bir necha jild o'qiydi), sobiq Kamonbozlik (olimpiada musobaqasi qatnashchisi) sportchisi, puro va golf ixlosmandi, tarjimonsiz ingliz tilida muzokara olib boradi.

🌟 Yoshlarga maslahati:
1️⃣ "Muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqib hech narsa qilmaslik — eng katta xato. Urinib ko'ring, chiqmasa, qaytadan boshlang."
2️⃣ "Yoshlikdagi mashaqqat — keksalikdagi ichki kuchga aylanadi."
3️⃣ "Yetmish foiz ishonch bo'lsa, oldinga siljing — mukammal sharoitni kutish o'zi xato."
4️⃣ "Oson pul degani yo'q" — firibgarlik va'dalariga ishonmang, mehnat bilan pul toping.
5️⃣ Kelajakka optimist qarang — boshingizni baland tutib yuring!

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7⚡2❤2
2026-yil, O‘zbekiston gender tengligi bo‘yicha dunyoda 110-o‘rinda. Nega 110-o‘rindamiz?

Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarimiz orasida Qirg‘iziston 88-, Qozog‘iston esa 95-o‘rinda.
Qiziq tomoni, dunyoning eng rivojlangan iqtisodiyotlaridan biri bo‘lgan Yaponiya ham atigi 117-o‘rinda.
Demak, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlat bo‘lishning o‘zi ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyat yaratilganini anglatmaydi.
Bu reyting aslida nimani o‘lchaydi?
Global Gender Gap Index ayol va erkaklar o‘rtasidagi farqni to‘rtta asosiy yo‘nalishda baholaydi:
— iqtisodiy faollik va imkoniyatlar;
— ta’lim;
— sog‘liq;
— siyosiy ishtirok va qaror qabul qilish.
Dunyo miqyosida ta’limdagi gender tafovutining 96,2 foizi yopilgan. Ammo iqtisodiy faollik va imkoniyatlarda bu ko‘rsatkich hali 61,7 foiz, siyosiy ishtirokda esa atigi 22,1 foiz.
Ya’ni bugungi asosiy muammo ayollar ta’lim olyaptimi yoki yo‘qmi degan savoldan asta-sekin boshqa savolga o‘tmoqda:
Ta’lim olgan ayollar o‘z bilim va salohiyatini iqtisodiyotda, biznesda va davlat boshqaruvida to‘liq ishlata olyaptimi?
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunlar va davlat dasturlari bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Ba’zilar: “Erkaklar ishlab, rahbarlik qilib, qaror qabul qilaversa nimasi yomon?” deb o‘ylashi mumkin.
Lekin bu yerda masala ayol yoki erkakning kimdan ustun ekanligida emas.
Masala — mamlakat o‘zidagi barcha iste’dod va inson kapitalidan foydalana olyaptimi yoki yo‘qmi?
Tasavvur qiling: mamlakatda bilimli, mehnatkash va katta salohiyatga ega insonlar bor, lekin ularning bir qismi jinsi sababli mehnat bozoriga kirishda, yuqori lavozimlarga chiqishda yoki muhim qarorlarni qabul qilishda yetarli imkoniyatga ega emas.
Bunday vaziyatda faqat o‘sha inson emas — iqtisodiyotning o‘zi ham imkoniyat yo‘qotadi.
Shuning uchun gender tengligi faqat ayollar masalasi hisoblanmaydi.
Bu iqtisodiyot, inson kapitali va mamlakatning raqobatbardoshligi masalasi.
Buni oddiy oilada ham tasavvur qilish mumkin.
Oiladagi muhim qarorlarni faqat bir kishi qabul qilishi bilan, ota va ona bir-birini eshitib, o‘z tajribasi va fikrini qo‘shib qaror qabul qilishi yanada yaxshi natija olib keladi.
Davlat va iqtisodiyot miqyosida ham prinsip o‘xshash: qaror qabul qilishda jamiyatning turli qismlari qatnashsa, ko‘proq tajriba, bilim va nuqtai nazardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shuning uchun O‘zbekiston uchun asosiy maqsad shunchaki 110-o‘rindan 100-, 80- yoki 50-o‘ringa ko‘tarilish emas.
U bizga mamlakat qayerda o‘z inson kapitalidan yetarlicha foydalana olmayotganini ko‘rsatadi.
Haqiqiy maqsad esa ayol yoki erkakligidan qat’i nazar, qobiliyatli insonning bilim, mehnat va salohiyatini jamiyat rivoji uchun to‘liq ishlata oladigan tizim yaratishdir.

https://reports.weforum.org/docs/WEF_GGGR_Report_2026.pdf

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Nega Korea bilan aloqalarimiz juda kuchayib ketdi?
Chunki Korea davlatini yaxshi tushunadigan ular bilan til topaoladigan bizni Koreys vatandoshlar muhim ishlarga qo’yildi. Ular o’z salohiyatini maksimal ishlata olishdi.

Har bir sohada xuddi shundek o’z sohasini professionallari qo’yilsa o’sha soha rivojlanadi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Normalni You Tube ko’rib mashina haydashga ham qo’ymaydi :)
O’z yolimda tinch ketyapman, ikkinchi palasadan kirib kelyapti. Beparosat


Ha aytgancha mana bu podkastni ko’rishni tavsiya qilaman. Son Masayoshi yana o’zini shedevr nutqi bilan butun Yaponiyani larzaga solmoqda.


https://youtu.be/dTO-tYqZOZg?si=hk8fijD-hISMFJZy

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Men Yaponiyada ishlab yurgan vaqtlarim o’y xayollarim shu kompaniya atrofida aykanar edi. Dushanbadan Jumagach, ertalabdan kechgacha hamkasblar bilan vaqt o’tkazardim va menimcha shu sabab jamiyat shu kompaniyadan tashkil topgan deb o’ylar edim.

Bo’limimizda 70 ga yaqinlashib qolgan Odawara xonim, juda qattiq qo’l edi. Necha marta xojatxonaga borishdan boshlab, telefonni nechanchi jarangda ko’targangacha e’tibor berar va sal ne to bo’lsa boshliqqa ustimdam arz qilar edi. Yangi uylangan bo’lishimga qaramay uyda vaqt o’tkazishdan ko’ra ishxonadagi vaqt uzun bo’lar edi.

Mana o’sha zamonlar ham ortda qoldi. Hozir ortga qarab xulosa qiladigan bo’lsam, hammasi bekorga bo’lmagan ekan. Ba’zida siz ma’nosiz degan narsalarga amal qilish, chidash kerak bo’ladi. Bu sizni keyingi darajaga olib chiqadi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2❤1
Ishxonada barcha jadal va qizg'in suhbat bilan band! Lekin hech kimni ovozi chiqmayapti. Nima sababdan bilasizmi?

Sababi hamma AI bilan gaplashyapti😀
Sizlarda ham shundaymi ?

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢4❤2👍1
Bugun dunyo vakillati BMT minbaridan yangi zamon haqida, tajovuz va urushlarni to’xtatish haqida gapirmoqda.

Ayni vaqtda bu tajovuzlarni tugatish imkoniyatiga ega bo’lgan AQSH va Xitoy dunyoni bo’lib olishga, kim o’zarga, yangi G2 ya’ni Great Two davriga kirib bormoqda. Suhbat davomida AQSh tobora kuchayib kelayotgan Xitoydan seskanib, ishonchsizlik bilan qarayotganini, Xitoy esa AQSh ga Xitoyning kuchayishiga to’sqinlik qilmaslikni so’rayotgandek ko’rinadi.

Uchashuv doirasida Mr. Xi 100,000 AQSh lik talabalarni Xitoyga o’qishga taklif qildi. Memimcha bu juda yaxshi taklif. Insoniy aloqalar barcha tushunmovchiliklarga yechim bo’ladi deb o’ylayman. Biz ham ko’proq chet ellik talabalarni, O’zbekiston uchun strategik muhim davlat talabalarini O’zbekistonga qabul qilishimiz kerak.

https://youtu.be/gsuwX29PW6I?si=1_2hgtuGJUZ5SduC
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimni ovozi ekan debman. Sotaman degan odam “lyuboy” yo’l bilan sotadi degan to’g’ri ekan🤓
😁5👍1
2013-yillar edi. Suratda men va konbinida birga ishlagan do‘stim Nihei. Dam olish kunlarining birida Tokyo yaqinidagi Enoshimaga cho‘milishga borganmiz.

Nihei kunduzi kompaniyada ishlardi. Ularning kompaniyasi uy va ofislar kirishidagi matlarni muntazam almashtirib, tozalab turadigan xizmat ko‘rsatardi. Kechasi esa men bilan konbinida tungi smenada ishlardi.

Shunchalik mehnatkash yaponni kam ko‘rganman.

O‘sha paytda u men bilan deyarli tengdosh edi. Lekin allaqachon uylangan, ikki farzandi bor edi. Haftasiga 5 kun kunduzi, yana 3 kecha tungi smenada ishlardi.

Men esa universitetning 2-kurs talabasi edim. Moliyaviy sharoitim yaxshi bo‘lmagani uchun tunda ishlashga majbur edim. 1–2-kursda darslar juda ko‘p, hatto shanba kunlari ham dars bo‘lardi.

Kechasi — ish.
Kunduzi — universitet.
Yana kechasi — ish.

Ba’zan oddiygina kechasi uxlash ham men uchun uzoqdagi orzudek tuyulardi.

Bugun o‘sha kunlarni eslab, bir narsaga shukr qilaman: kechasi bemalol uxlash imkoniyatim bor.

Men Yaponiyada 6 yil talaba bo‘ldim. Bu 6 yil davomida qiyinchiliklar ham, charchoq ham, pul yetishmagan kunlar ham ko‘p bo‘lgan.

Lekin bugun ularning birortasidan afsuslanmayman.

Chunki o‘sha davr menga faqat diplom bermadi. Sabr qilishni, mehnat qilishni, pulning qadrini va eng muhimi — qiyinchilik oldida taslim bo‘lmaslikni o‘rgatdi.

Agar siz hozir 18–25 yoshda bo‘lsangiz, o‘qish, ish, kelajak tashvishi orasida charchab yurgan bo‘lsangiz, bugungi hayotingiz abadiy shunday davom etadi deb o‘ylamang.

Qiyin davrlar o‘tadi.

Bugun sizga oddiy tuyulgan mehnatingiz, intizomingiz va sabringiz bir necha yildan keyin katta ustunlikka aylanadi.

Men ham o‘sha paytda kelajakda hayotim qanday bo‘lishini bilmasdim. Faqat oldimdagi to’siqdan oshib o’tish uchun harakat qilardim.

Shuning uchun bugun qiynalayotgan sizga aytadigan gapim bitta:

Hali oldinda juda ko‘p yaxshi kunlaringiz bor.
Bugungi qiyinchiliklaringiz — butun hayot davom etmaydi. Hali hammasi oldinda.

Agar qiynalmasdan mazza qilib har kuni 10 soatlar uxlayotgan bo’lsangiz kelajagingiz qanday bo’ladi bilmadim lekin 😂

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤3