Son Masayoshi yana tarixiy yaratmoqda. Dunyoga mashhur SoftBank investitsiya kompaniyasining bozor qiymati (時価総額) tarixdagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi va Yaponiyada Toyota Kompaniyadan ham yuqori bo'ldi! Ammo kompaniya rahbari Masayoshi Son bu muvaffaqiyat fonida juda qiziqarli va chuqur ma'noli qadam tashladi.
U Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yapon tilidagi mashhur bir hikmatni eslatib o‘tdi:
「一喜一憂できない」
(O'qilishi: Ikki-ichiyu dekinai)
Bu nima degani?
Yaponchada "一喜一憂" iborasi har bir kichik g‘alabadan haddan tashqari quvonib (一喜), har bir kichik mag‘lubiyatdan esa darhol tushkunlikka tushishni (一憂) anglatadi. Son sanning gapi esa: "Biz hozir kichik tebranishlar yoki vaqtinchalik muvaffaqiyatlar bilan bir xursand bo‘lib, bir xafa bo‘lib o‘tiradigan vaziyatda emasmiz!" degan ma'noni beradi.
Parijdagi uchrashuv va kelajak rejalari
Xo‘sh, Son san nega bunday dedi? Chunki uning rejalari tasavvurimizdan ancha kengroq.
Yaqindagina u Parijda, Yelisey saroyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi. SoftBank Fransiyada sun’iy intellekt (AI) uchun ulkan ma’lumotlar markazlarini (Data Centers) qurish maqsadida 75 milliard yevrogacha (taxminan 14 trillion iyena!) ulkan investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Son sanning ta’kidlashicha, hozirgi AI inqilobi internet asri boshlangan davrdagidan (Dot-com boom) kamida 50 barobar yirikroq va qudratliroq bo‘ladi. U "keyingi 1000 yillik tamaddunni yaratadigan" loyihalar ustida ishlamoqda. Shunday ulkan marra turganda, bugungi aksiyalar narxining biroz ko‘tarilishi yoki tushishiga chalg‘ib o‘tirishga shunchaki vaqt yo‘q!
Biz uchun eng katta dars: Atrofga qaramay, o'z yo'lida qatiiy turish (ブレない - Burenai)
Meni eng ko‘p hayratlantirgan va sizlar bilan bo‘lishmoqchi bo‘lgan asosiy xulosam aynan shu yerda:
Yomonlashsa ham, maqtashsa ham tebranmang (Burenai):
Hayotda siz qandaydir yangi ish boshlasangiz yoki o'z yo'lingizdan ketsangiz, atrofdagilar sizni tanqid qilishi, ortingizdan yomonlashi yoki aksincha, erishgan kichik bir natijangiz uchun ko‘kka ko‘tarib maqtashi mumkin.
Lekin bularning barchasi — shunchaki o'tkinchi shovqin. Agar siz birovning yomonlashidan tushkunlikka tushib, maqtaganida esa havolanib ketsangiz, demak hali o‘z yo‘lingizni mustahkam topmabsiz.
O‘zingiz to‘g‘ri deb bilgan yo‘lni tanlang:
Haqiqiy lider va muvaffaqiyatli insonlar faqat o'zlari ishongan, to'g'ri deb bilgan maqsad sari boradilar. Hatto butun dunyo sizga qarshi bo'lsa ham, ichki ovozingiz va tahlilingiz sizga yo'l ko'rsatib turishi kerak.
Mening xulosam:
Odamlar gapiradi. Ularni eshiting. Rahmat ayting. Muhimi — mayda gap-so‘zlarga, tanqid va maqtovlarga chalg‘imang. O'z ichki ovozingizni eshiting. Mana shu to'g'ri yo'nalish. Bugun har bir o'zbek yoshi 「一喜一憂できない」. Hali qiladigan ishlarimiz juda ko'p.
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤2
Mendan sizga bitta maslahat:
“Menga farqi yo’q”, “Bo’laveradi”, “Ikkalasi ham ma’qul” deb aytmang.
Agar sizdan tanlash, fikr bildirish so’ralayotgan bo’lsa o’zingizni aniq pozitsiyangizni ayting. Bu hayotda ko’p marotaba tanlash, o’z pozitsiyangizni ko’rsatish holatlari bo’ladi. O’z pozitsiyasiga ega kishi har doim kuchli bo’ladi.
Tassavur qiling, Tushlik vaqti bo’ldi, restoranda buyurtma berishda menga farqi yo’q deb aytmang. Aniq qaysi ovqatni xohlaysiz, qancha xohlaysiz aniq ayting. Bu odatga aylanadi. Bu odat aniq hayotda as qotadi. Qoyimli ishtaha :))

😁8👍6🔥4
Yaxshi yangilik!
Yaponiyada olgan bakalavr va MBA diplomlarim O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim Vazirligi, Bilim va Malakani Baholash Agentligi tomonidan nostrifikatsiya qilinib tan olindi. Eng qizig'i bu jarayon mutlaqo Online tarzda, 1 oyga bormasdan amalga oshdi. My GOV tizimida bu xizmat yaqinda chiqdi. Lekin juda yaxshi ishladi.
1. Diplom va baholarni o'zbek tiliga tarjima qilib, notariusdan o'tkazasiz.
2. My Gov ning ta'lim bo'limidan online arizani topshirasiz.
3. Har bir diplom uchun taxminan 100$ to'lov qilasiz.
4. 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
Shu o'rinda aytib o'tmoqchiman, Yaponiyada olingan har qanday oliy ta'lim muassasasining diplomi O'zbekistonda qo'shimcha testlarsiz tan olinadi. Bu Yaponiyada olingan bilim va tajribaning qadri yaxshigina balandligini bildiradi.

🔥9❤🔥3👍3👏2
Yaponiyada yashagan 15 yil davomida har kuni foydalanadigan va hozirgacha foydalanib kelayotgan bir nechta ilovalarim bor.
Ular shunchaki qulay ilovalar emas, balki vaqtni tejash, ma’lumot topish va ish unumdorligini oshirishga yordam beradigan vositalardir. Shuning uchun sizlar bilan ham baham ko'rishni afzal deb bildim.
🚆 Yahoo!乗換案内
Tokioda transport hayotning ajralmas qismi. Poyezd va metro yo‘nalishlarini topish, eng qulay marshrutni tanlash va yetib borish vaqtini oldindan bilish imkonini beradi. Tokio kabi katta shaharda bu ilova menga har kuni vaqt tejashga yordam bergan.Google ham bo'ladiku deyishlaringiz mumkin. Lekin bu ilova Kanjini o'qishni biladiganlar uchun qulay.
🖨 セブンプリント
Shoshilinch hujjat chiqarish kerak bo‘lganda eng ko‘p foydalangan xizmatlarimdan biri. Wi-Fi bo‘lmasa ham fayl yuborib chop etish mumkin. Seven-Eleven do‘konlarining ko‘pligi tufayli istalgan joyda foydalanish juda qulay edi. Har xil loyihalar va ofis olishga ulgurmagan kishi uchun suv va havodek kerak bo'ladi.
📄 Adobe Scan
Telefon orqali hujjatni suratga olib, avtomatik ravishda PDF formatiga aylantiradi. Hujjatlarni saqlash va ulashish juda oson. Ayniqsa o‘z ofisim bo‘lmagan davrlarda men uchun eng foydali ilovalardan biri bo‘lgan.
💼 Eight 名刺
Elektron vizitka boshqarish ilovasi. Uchrashuvlarda olingan vizitkalarni saqlash, qidirish va kerak bo‘lganda tez topish imkonini beradi. Networking va biznes aloqalarni boshqarishda katta yordam bergan. Katta kompaniyada ishlab yurgan vaqtingiz bilinmaydi. Lekin ishdan ketish vaqti hamma narsani topshirasiz sizdagi bir necha yillik biznes kartalar ham yo'qolib qolishini xohlamasangiz bu ilova aynan siz uchun. O'zbekistonda ham bemalol ishlaydi.
📞 Mobile VoIP
SIM-kartasiz turib ham dunyoning turli mamlakatlariga qo‘ng‘iroq qilish imkonini beradigan xizmat. Pullik bo‘lsa ham, xorijiy safarlar paytida juda foydali bo‘lgan. Uning zamonaviy ko'rinishi bu 🌍 Saily e-sim service.
Hozirda xorijga chiqqanimda asosan Saily E-SIM xizmatidan foydalanaman. Aeroportga tushishingiz bilan internetga ulanishingiz mumkin. Safar paytida mahalliy SIM izlab yurishga hojat qolmaydi.
💸 Wise
Xalqaro pul o‘tkazmalari uchun eng ko‘p foydalangan xizmatlarimdan biri. Mablag‘larni tez yuborish va qabul qilish imkonini beradi, komissiya xarajatlari ham nisbatan past. Nafaqat Yaponiyadan O'zbekistonga. Butun dunyo bo'ylab pul o'tkazishda yoki qabul qilishda juda qulay.
📰 日本経済新聞(Nikkei)
Yaponiya iqtisodiyoti, biznes va texnologiya yangiliklarini kuzatish uchun har kuni o‘qiyman. Yaponiya iqtisodiy dunyosida nima sodir bo‘layotganini tushunish uchun eng muhim manbalardan biri.
🌍 BBC
Dunyo voqealarini xalqaro nuqtai nazardan kuzatish uchun foydalanardim. Turli mamlakatlar haqidagi yangiliklarni tez va professional tarzda yoritadi. Amerikaning NBC, CNN lar ham bor. Lekin Amerika kanallarida subektiv fikrlar kuchli bo'ladi. Shuning uchun BBC nisbatan neytralroq.
📰 Vesti.ru
Rossiya va MDH hududidagi voqealarni kuzatish uchun foydalanardim. Turli manbalarni solishtirib o‘qish odatimning bir qismi bo‘lgan.
🇯🇵 Yahoo! Japan
Bugun Yaponiyada eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzularni bilish uchun eng tezkor manbalardan biri. Yapon jamiyatidagi kayfiyat va trendlarni tushunishga yordam beradi.
Men har doim bir xil voqeani bir nechta manbadan o‘qishga harakat qilganman.
Sababi oddiy:
Axborotga ega bo‘lmagan odam qaror qabul qila olmaydi. Bir tomonlama axborot oladigan odam esa noto‘g‘ri qaror qabul qilishi mumkin.
Texnologiya va ilovalar faqat vosita.
Ammo to‘g‘ri vositalardan foydalanadigan inson bilan foydalanmaydigan insonning natijalari vaqt o‘tishi bilan katta farq qiladi.
Yaponiyada o‘rgangan muhim saboqlarimdan biri shuki:
Natijani ko‘pincha qobiliyat emas, balki to‘g‘ri tizim va kundalik odatlar belgilaydi.

👍6👏1
Bugun sahar tongdan bo'lgan Yaponiya va Shvetsiya o'yini 1-1 teng bo'ldi. Ko'p Yaponlar yutamiz deb o'ylagan edi.
Shu haqidagi xabarni ko'rib kirib izohlarni o'qidim va menga bir kishining izohi juda yoqdi.
Asosiysi har o'yinda yutish emas. Ba'zi o'yinda yutish ba'zida durang bo'lishi mumkin. Muhimi, keyingi stepga o'tish.
Keyingi bosqich, keyingi pog'ona, oldinga siljish.
Hayotda ham har doim 100% yutish, g'alaba deb harakat qilib, jon jahtini berib harakat qilsa charchab tolib qolish mumkin. Vaziyatga qarab, kerak joyda kerakli darajada sizni oldinga olib chiqadigan meyorida harakat qilish ham aslida g'alaba kabi kuchga ega. Men futbolni yaxshi tushunmayman, lekin shu izoh orqali o'zimga yangi fikr oldim.
2010-yil, JLPT N1 testini 101 bal bilan olganman. Kimdir balki to'liq 180 bal olishni maqsad qilar, kimdir keyingi bosqichga o'tishni o'ylar. Menimcha Yaponiya jamiyatida JLPT nechi bor deganda hech kim necha bal bilan o'tgansiz demaydi. Bormi yo'qmi shunga e'tibor beradi. Xulosa o'zingizdan.

👍4🔥3👏1
Yaponiyadan qaytgan va qaytmoqchi bo'lgan aka-ukalarimiz bilan yig'ildik va bu galgi mehmonimiz JETRO-ning Toshkentdagi vakolatxonasi boshlig'i Ichinose Yuta janoblari bo'ldi. Umumiy Yapon kompaniyalarining O'zbekistonga kirib kelishi, nega aynan O'zbekistonni tanlayotganligi, muammolar va imkoniyatlar haqida fikr almashdik.
Biznes imkoniyatlar o'zini yo'liga, lekin JETRO ning boshlig'i, Yapon tilini, madaniyatini shunchalik kuchli biladigan klub a'zolarini ko'rib lol qoldi. Chunki ular hammalari Yapon madaniyati, biznesi, urf-odatlariga qo'shimcha ravishda xalqaro tajriba, zamonaviy bilim egalari.
2024-yildagi O'zbekistondagi yapon kompaniyalari soni 54 ta. Hozirgi 2026-yilga kelib balki 80taga yetgan bo'lsa ham ajab emas.
Ayni vaqtdagi Vetnamdagi Yapon kompaniyalari soni 3000 dan ortiq. Ja Vietnam kabi o'smasada yaqin yillarda bu raqamlar o'sishi aniq.
Sizdan qanday karyera rejasi, hayot rejasi bilmayman. Agar qachondir O'zbekistonga qaytish rejangiz, O'zbekistonda ishlash rejangiz bo'lsa hozirdan mana shunday trendlarga qiziqish, kerakli bilimlarni olishni tavfsiya qilgan bo'lar edim.
Biz o'zbeklar reja qilishni yomon ko'ramiz. Har narsani tez bo'lishini xohlaymiz. Lekin afsuski, bu dunyoda juda ko'p ishlar kichik kichik qadamlar, puxta rejalar, fikrlar va amallar asosida ro'yobga chiqadi.
Men NEC Corporationga ishlagan vaqtim, qachondir NEC ning O'zbekistondagi vakolatxonasining boshlig'i bo'laman deb o'ylar edim. Lekin ishdan chiqishimdan 2 yil oldin vakolatxona kattarish o'rniga qisqarish tomon ketayotganini ko'rdim. Bu men uchun yangi rejalarni, qadamlarni bosishga turtki bo'lgan. Bugungi ushbu ma'lumot ham sizga qandaydir qaror qabul qilishga turtki bo'ladi deb umid qilaman.

❤2⚡2👏2👍1🔥1💯1
2010-yil 2-iyul kuni, bundan roppa-rosa 16 yil oldin, Yaponiyaga talaba sifatida yo‘l oldim. Men bilan birga qishlog‘imizdan yana uch nafar yigit bor edi. Jami to‘rt kishi edik. Men 18 yoshda, do‘stlarim esa 17, 19 va 21 yoshda edi. Hammamiz hayajon va orzularga to‘la edik.
Narita aeroportiga qo‘ndik. Bizni Yaponiyadagi akamiz va keyinchalik Yaponiya bo‘yicha ustozimiz bo‘ladigan inson kutib oldilar. Narita aeroportidan to‘g‘ri Tokyoga yo‘l olish uchun poyezdga mindik. Ichimiz quvonchga to‘lib, hayajonimizni zo‘rg‘a bosib turgan paytimizda akamiz bizga Yaponiya qanday davlat ekanligi, yaponlar qanday xalq ekanligi haqida birma-bir gapirib berdilar.
Naritadan Tokyogacha poyezdda taxminan bir yarim soat yo‘l yuriladi. Biz esa butun yo‘l davomida qulog‘imizni ding qilib, diqqat bilan tingladik.
O‘sha kuni keyinchalik Yaponiyadagi butun hayotim davomida hech qachon unutmaydigan bir gapni eshitdim.
"Mana bu bo‘yin, qancha egilsa ham, hech qachon sinmaydi. Agar sizlar Yaponiyada biror narsaga erishmoqchi bo‘lsangiz, avvalo yapon xalqi bilan mustahkam munosabat o‘rnatishingiz kerak. Mustahkam munosabat esa yapon xalqini hurmat qilishdan boshlanadi. Sizlar hali juda ko‘p xato qilasizlar. Har bir xatongizni to‘g‘rilab, kuchli mutaxassis bo‘lib yetishishingiz uchun bo‘yin egishdan uyalmang."
Haqiqatan ham, yapon tili maktabida o‘qiganimda ham, soatbay ishlaganimda ham, universitetda ham, keyinchalik kompaniyaga ishga kirganimda ham bilmagan barcha bilim va ko‘nikmalarni: "Ta'zim qilaman, iltimos, menga o‘rgating," degan munosabat bilan o‘zimga singdirib bordim.
Yaponcha ta'zim qilish bizning madaniyatimizda hamma tomonidan birdek qabul qilinmasligi mumkin. Ammo siz chekka bir qishloqdan chiqqan bo‘lsangiz, yuragingizda katta orzular va ulkan maqsadlar bo‘lsa, lekin hali yetarli bilimingiz ham, kuchli tanishlaringiz ham bo‘lmasa, sizning eng katta hamrohingiz kamtarlik va hurmat bo‘ladi. Men uchun bu ta'zimda namoyon bo‘lgan.
Gap 15, 45, 90 yoki 180 darajali ta'zimni mukammal bajarishda emas. To'g'risi men ham jaa chiroyli ta'zim qilishni hozir ham bilmayman. Gap yurakda. Gap har bir munosabatingiz chin dildan chiqishida.
Men bundan 16 yil oldin hayotimning yangi sahifasini ochgan edim.
Bugun siz eshitgan bitta so‘z ham ertaga butun hayotingizni o‘zgartirishi yoki umringiz davomida qalbingizga muhrlanib qolishi mumkin. Men bunga chin dildan ishonaman.

👍6❤🔥3❤2🔥2👏2⚡1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏4
Qolmay shaharda tovqatim
Qishloq chiqardim odatim
Hohi yayov bo’lsin otim
Gar sayr ham darkor ekan
Muhammad Aminxo’ja Muqumiy sheridan
Har safar sayohatga chiqganimda, o’zimga o’zim tez-tez chiqaman deb vada beraman. Lekin afsuski tashvishlar bilan vaqt ajratish imkoni bo’lmaydi. Lekin sayr, sayohat qilish, ishga, o’qishga yanada kuch beradi. Bu safar orasida katta vaqt ochilib qolmasligiga harakat qilamiz.

🔥6👍3
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇵 Японияда ишлаш ёки таълим олишни режалаштираяпсизми? Ишончли маълумотни расмий манбадан олинг!
Japan Career Portal — Миграция агентлигининг Японияда ишлаш, таълим олиш ва яшаш бўйича расмий ахборот платформаси.
📌 Порталда сиз:
✅ Японияда ишлаш ёки ўқиш учун тайёргарлик;
✅ Виза ва ҳужжатларни расмийлаштириш;
✅ Япониядаги ҳаёт ҳақида фойдали маълумотлар;
✅ Ўзбекистонга қайтгач карьера имкониятлари ҳақида ахборот олишингиз мумкин.
🤖 Шунингдек, порталда 24/7 ишлайдиган AI чатбот ҳамда ўзбекистонликларнинг Япониядаги ҳақиқий тажрибалари жойлаштирилган.
🌐 Портал ўзбек, рус ва япон тилларида фаолият юритади.
Юклаб олиш👇
📱 iOS
👽 Android
🔗 Веб сайт
📱 Telegram
🌐 Instagram
📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration

🔥3👍2👏2
Yaponiya hukumati doimiy yashash vizasi (Eijuken) ni olishni qiyinlashtirdi. https://www.nikkei.com/article/DGXZQOUA035500T00C26A8000000/
Shu vaqtga qadar, 1) Yomon ish qilmagan bo'lsa, 2) O'zini o'zi ta'minlay olsa 3) Yaponiya davlatiga foydasi tegadigan kishi bo'lsa
degan talabalari bor edi.
Shu talablar, 1) Daromadi o'rtacha Yaponlardan yuqori bo'lishi kerak 2) Aniq faktlar bilan Yaponiyaga foydasi tegishini isbotlab berish 3) Pensiyaga chiqganda yetarlicha pensiya to'lagan yoki yetarlicha mablag'i bor deb ko'rsatish kerak bo'ladi.
Bundan tashqari, Doimiy yashash statusiga ega bo'lgan kishilar, ataylab soliq, sug'urtani to'lamasa ushbu erkinlik olib qo'yiladi.
Men bitta xulosa qilmoqchiman, biz shunday zo'r bo'laylikki, Eijuken ga tobe bo'lmaylik.
Bir tomondan olib qarasa, o'rtacha Yaponlardan ko'proq daromad olish ham qiyin emas, hozir Yapon oilalarining o'rtacha daromadi, yiliga 5,500,000 yena atrofida. O'rtachadan yuqoriroq bo'lish har kimnining o'zi uchun ham yaxshi. Harakat qilsa yetsa bo'ladigan daraja. Kayfiyatni tushirmaymiz :)

👍5
1. Sun'iy intellekt dunyoni qanday o‘zgartirmoqda?
2. Ilya Varlamov va Andrey Doronichevning qiziqarli suhbatini tomosha qiling.
3. Kremniy vodiysida texnologik revolyutsiya qanday kechmoqda?
4. AI ish o‘rinlarini yo‘q qiladimi yoki yangi imkoniyatlar yaratadimi?
5. Kelajakdagi xavflar, tibbiyotdagi yutuqlar va haqiqatni ajratish muammosi.
6. Texnologiyalarning inson hayotiga ta'siri haqida chuqur tahlil.
7. Ushbu video kelajakka nazar tashlash uchun ajoyib qo‘llanma!
https://youtu.be/hvXOIjjkSHM?si=U7SJGjplG0JFig-w

👍2
Men bugun uchrashgan Farhod ukamiz Yaponiyadan sal kam 10 yillik tajriba olib qaytib O’zbekistonda yangi karyerasini boshlab turibdi. Shunday mas’uliyatli ishida Steve Jobs so’zlarini har doim yodda tutishni aytmoqchiman.
Hayotda siz o’ylaganingizdan ko’ra yaxshilik ustun chiqadi. Yaxshi niyyat, yaxshi so’z, yaxshi amal!
Yaxshi niyyat qilishdan to’xtamaylik!
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook
If you want to make everyone happy don’t be a Leader. Sell ice cream!

🔥8❤2👏1