Jurabek Vision💡
195 subscribers
164 photos
32 videos
1 file
111 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
Yaponiya iqtisodiyoti gazetasi, Nikkeida aytilishicha, Yaponiya aholisining 3.1% ya'ni 3 million 840ming kishini chet elliklar tashkil qilmoqda.
Bu raqamlar Yaponiya tarixidagi eng ko'p chet elliklar soni demakdir. 1-Xitoy, 2-Vetnam, 3-Korea, 4-Filippin, 5-Braziliya.
Shu vaqtga qadar 2-o'rinda Korea bo'lib kelgan. Vetnam asosan ishchilarni yuborish orqali ulardan oshib o'tgan. Oxirgi 5 yil ichida Ventnam 60%, Indoneziya, Myanmar davlat fuqorolari bir necha barobarga oshgan.

Ma'lumotlaringiz uchun, o'zbekistonliklar Yaponiyada 7,600 nafarga yaqin. O'tgan yilga nisbatan ozroq kamayish bor. Taqqoslash uchun Yaponiyaniyaning qo'shnisi Korea Respublikasida 120,000 ga yaqin vatandoshimiz istiqomad qiladi.

Ko'p yangiliklarda Yaponiya va O'zbekiston aloqalari rivojlanib ketgandek ko'rsatishadi, lekin aslida 1000 guldan 1 gul ochilgan xolos. Yaponiya bilan hali aloqalarimiz juda boshlang'ich etapda turibdi, hali qilinadigan ishlar, imkoniyat va salohiyatlar juda katta.

Bugun Yapon tilini o'rganayotgan yoki Yapon tilini biladigan har bir kishi, mana shunday kelajak imkoniyatidan foydalanishi, mana shunday katta salohiyatni o'zlari ochib borishlari mumkin.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5⚡4🔥2👏2
2026-yil, oktabr oyidagi YAPONIYA MIGRATSION VAZIYAT.pdf
1.5 MB
Oktabr oyidagi Yaponiyaning migratsion vaziyati haqidagi yangilikni jamlab ko'rdim. Tadqiqotchi yoki shu sohaga qiziqadiganlarga balki foydasi tegib qoladi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏2❤1
Yaqinda Korzinkaga borsam 3-4 Hindistonlik yoki shu atroflik erkaklar baland ovozda gaplashib bir biriga mahsulotlarni otib xarid qilishyapti. Keyin kassaga borsam, yana bir nimalarda adashibdi sotuvchi ham sarson. Sotuvchi ularni xatosini to'g'rilab orqada turganlar navbatda kutib qoldi. Oilam bilan xarid qilib turgandim to'g'risini aytsam juda yoqmadi. Shu holat men o'zim Yaponiyaga borgan vaqtlarim, talabalik vaqti o'rtoqlar bilan supermarketga kirib xarid qilib, xuddi shunday holatga tushib adashganimiz va orqada navbat ko'payib ketgani esimga keldi. Qanchalik tolerant bo'lmaylik, shunday holatlarda mezbon xalqga yoqmasligini, yana bir marta musofir bo'lib yurgan kishi mezbon xalqaga zarari tegmayaptimi ehtiyot bo'lishi kerakligi haqida o'yladim.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👏4❤2👍1
IMF prognoziga ko'ra 2027-yilga borib, Yaponiya iqtisodiyoti dunyoda 6-o'ringa tushadi. Ayni vaqtda 4-o'rinda. 2010-yil, Xitoy Yaponiyadan o'tib 2-o'ringa chiqgan edi. 2023-yil, Germaniya Yaponiyadan oshgan edi.

Asosiy sabab, Yaponiyaning iqtisodiyotining o'smasligi. 25 yil davomida Yaponiyaning o'rtacha iqtisodiy o'sish darajasi 0.7%. Hatto yervropa va amerikada ham iqtisod 1% dan ko'proq o'sgan. Yana undan tashqari yenaning dollarga nisbatan kuchsizlarnishi ham xalqaro darajadagi reytingda pastlashga sabab bo'lmoqda.

Xafsalani pir qilmaymiz. Intilganga tole yor deyishadi.
Qidirgan topadi,
so'ragan oladi.
Hammasi asta, sekin bo'ladi :)

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤1😢1
20 yoshdan 30 yoshgacha oralig'ini qanday o'tkazish kerak?
Ortga qarab men qilgan to'g'ri ishlar va xatolar haqida aytib bermoqchiman.

To'g'ri qaror: Focus
1) 20-24- Universitetda o'qigan 4 yil, meni shunchaki topib bo'lmas edi. Sababi shunchalik o'qishga shong'ib ketgan edimki, universitetdan tashqi dunyo bilan aloqam uzilgan meni juda ko'p kishi tanimar edi. Uning o'rniga men Yapon jamiyati, yapon do'stlar ichida edim va mana shu 4 yil men Yaponiya haqida o'rganishim uchun juda katta ustunlik bergan.
Men mana shu davrni juda to'g'ri qaror bo'lgan deb o'ylayman.

2) 20-24 yoshlar: No'to'gri qaror: Uyqusiy tunlar
Eng kuchga to'lgan vaqtimiz, tog'ni talqon qiladigan davr.
Ko'p hollarda bu davrda odam o'ziga salomatligiga ko'p etibor bermaydi.
Lekin ayni shu davrda e'tibor berilmasa keyin yosh katta bo'lganda negativ ta'sir qiladigan holatlar bo'ladi. Kuchim bor ekan deb zo'r berib ishlash, harakat qilish kerak emas. Agar men shu davga qaytsam, tunda haftaga hech bo'lmasa 2-3 marta uxlagan bo'lar edim. Gazli ichimliklar, arzon va zararli ovqatlardan ozroq yegan bo'lar edim. Yosh kattargandan keyin emas, yoshlikdan healthy life stylega o'tib borish kerak deb o'ylayman.

3) 24-26- yoshlar To'g'ri qaror: Pul haqida ko'p o'ylamaslik
Ayni ishni yangi boshlagan davr. Qiymat berishdan ko'ra o'rganadigan bilimlar juda ko'p.
Talabalik vaqtida saotbay ishlab pul olishga o'rganib qolganlar ham mana shu davrga kelib qiymat yaratish, qanday qilib shu jamiyatga yana ko'proq foyda berish haqida o'ylab, izlanib harakat qiladigan davr.

4) 24-26- yoshlar Noto'g'ri qaror: Har doim o'rtoqlar bilan birga bo'lish
Muvofaqqiyatga erishish uchun siz avallambor yolg'iz qolishingiz kerak. Ko'p hollarda universitet vaqtida o'rtoq-o'rtoq bo'lib yolg'iz qoladigan vaqtimiz oz bo'ladi. Kvartirada ham do'stlar bilan yashaymiz. Ishda ham hali yosh bo'lgani uchun har doim qaysidir o'rtoq bilan birga bo'lamiz har doim.
Aslida siz aynan shu yoshdan yolg'is qolishni o'ranishingiz kerak. Yolg'iz qolish sizga o'zingiz haqingizda, kelajak haqida o'ylayshga, yangi maqsadlar qo'yishga kuch beradi. Men hozir orqaga qarasam, aynan shu yillar o'zim yolg'iz qolgan vaqtim oz bo'lgan.

5) 27-30- yoshlar: To'g'ri qaror: Jamiyat bilan hamnafas
Bu yoshda ham hali pulni birinchi o'ringa qo'yib harakat qilish erta deb o'ylayman. Bu davrda siz o'zingizni yangi qirrangizni,
kelajakda bir umr shug'ullanadigan hobbiy yoki ishingizni topadigan davr. Bu yoshda siz allaqachon ma'lum bir darajadagi bilim, ma'lum bir tajribaga egasiz. Lekin butun hayotingizni bahshida qiladigan yo'nalishni aynan shu davr jamiyatga aralashish, ishdan tashqari yig'lish, networking, ko'ngilli harakatlarga qatnashish orqali topasiz.

Xulosa:
Hech qachon kech emas, qilaman degan kishi 60 yoshda ham universitetda o'qishi mumkin degan gaplar oxirgi vaqtlar ko'p tarqalgan. Lekin bir narsani esimizda tutishimiz kerak: Har bir ishni o'z vaqtida bajarishimiz kerak. Talabalik vaqtida talabalik, oila qurish vaqtida oilali bo'lish. Juda erta va juda kech bo'lsa baribir side effect beradi. Men o'zim bosib o'tgan 20 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan hayotimizdagi eng muhim davr haqida aytdim. Bu davr sizga boshqa qaytib kelmasligini bilasiz. Bu davrda siz tutgan yo'l butun hayotingiz davomida ta'sir o'tkazadi. Shuning uchun nimaga vaqt sarflash va nima uchun sarflamaslikni albatta chuqur o'ylab yo'l tutgan afzal deb o'ylayman. Siz bilan uchrashganimizda bu yerda yozib bo'lmaydigan boshqa masalalar masalan qanday qizga uylanish haqida ham albatta gaplashamiz. Hayrli kun hammaga 😀

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤5🔥3
Yaponiya va Janubiy Korea Yevropa ittifoqiga o'xshash, yagona iqtisodiy tizimga o'tish haqida takliflarni ko'rib chiqmoda. Agar amalga oshsa, Passportsiz borib kelish, erkin tovar va xizmatlar almashinuvi ro'yobga chiqadi. Ikki davlat bir biriga juda o'xshash muammolarga duch kelmoqda. Ular aholining qarishi, energiyaganing juda ko'p qismini yaqin sharq davlatlariga tobe bo'lishi, iqtisodiy o'sishninig susligi. Ushbu taklifga Koreada 70% kishi, Yaponiyada 60% ijobiy fikr bildirgan.

Regional birlashuv bu albatta O'zbekistonga o'xshagan davlatlar uchun katta foyda olib keladi. Markaziy osiyo erkin zonasini tashkil qilish bizning qisqa va o'rta muddatli maqsadimiz bo'lsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi.
👍4⚡2
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Дунёнинг қайси бурчагида бўлмайлик, она тилимизда Ватан бор.

Бегона юртда минглаб овозлар орасидан бир оғиз ўзбекча сўз эшитсангиз, беихтиёр ўгириласиз. «Ассалому алайкум» деган таниш овоз кўнглингизга яқинлик олиб киради. Ҳали танимаган инсонингиз ҳам бир зумда ўзингизники бўлиб қолади.

Она тилининг қудрати шу.

Унда онангизнинг «Болам, яхшимисан?», отангизнинг «Ўзингни эҳтиёт қил», фарзандингизнинг «Қачон келасиз?» деган сўзлари бор. Уларни ҳар эшитганингизда, орадаги минглаб чақиримлар бир лаҳзага қисқаргандек бўлади.

Хорижда тил ўрганиб, касб эгаллаб, ҳалол меҳнати билан ҳурмат топаётган азиз юртдошлар!
Сиз билан бирга ўзбек тили ҳам дунё кезяпти.

Ҳамкасбингизга ўргатган илк ўзбекча сўзингизда, «Мен Ўзбекистонданман!» деган фахрингизда яшаяпти.

Дунё тилларини ўрганинг. Ўз тилингизда ҳам меҳр билан сўзланг. Фарзандларингизга унинг гўзаллигини ҳис қилдиринг.

21 октябрь — Ўзбек тили байрами муборак бўлсин! 🇺🇿

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
Forwarded from U-Senpai Club
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♂️U-Senpai rivojlanishda davom etmoqda.

🤝Yaponiyada qurilish sohasida karyera qilish imkoniyati va U-Senpai club bilan netwoking event uchrashuvimiz boʻlib oʻtdi!

👥Tadbirda SYNERGY CO., LTD. vakillari kompaniya faoliyati, Yaponiyada ishlash sharoitlari va O‘zbekistonda hamda Yaponiyada mavjud ish imkoniyatlari haqida soʻzlab berdi. Qatnashchilar erkin va ko'tarinki ruhda o'tdi, savollarga bevosita kompaniya vakillaridan javob olishdi.

👍Faol ishtirokingiz va qiziqishingiz uchun barchangizga katta rahmat! 🤝
Yangi bilim va imkoniyatlar sizni maqsadingiz sari yanada yaqinlashtiradi, degan umiddamiz.

↗️ U-Senpai clubdan uzoqlashmang.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1👏1