Jurabek Vision💡
195 subscribers
164 photos
32 videos
1 file
111 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
Yaponiya va Janubiy Korea Yevropa ittifoqiga o'xshash, yagona iqtisodiy tizimga o'tish haqida takliflarni ko'rib chiqmoda. Agar amalga oshsa, Passportsiz borib kelish, erkin tovar va xizmatlar almashinuvi ro'yobga chiqadi. Ikki davlat bir biriga juda o'xshash muammolarga duch kelmoqda. Ular aholining qarishi, energiyaganing juda ko'p qismini yaqin sharq davlatlariga tobe bo'lishi, iqtisodiy o'sishninig susligi. Ushbu taklifga Koreada 70% kishi, Yaponiyada 60% ijobiy fikr bildirgan.

Regional birlashuv bu albatta O'zbekistonga o'xshagan davlatlar uchun katta foyda olib keladi. Markaziy osiyo erkin zonasini tashkil qilish bizning qisqa va o'rta muddatli maqsadimiz bo'lsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi.
👍4⚡2
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Дунёнинг қайси бурчагида бўлмайлик, она тилимизда Ватан бор.

Бегона юртда минглаб овозлар орасидан бир оғиз ўзбекча сўз эшитсангиз, беихтиёр ўгириласиз. «Ассалому алайкум» деган таниш овоз кўнглингизга яқинлик олиб киради. Ҳали танимаган инсонингиз ҳам бир зумда ўзингизники бўлиб қолади.

Она тилининг қудрати шу.

Унда онангизнинг «Болам, яхшимисан?», отангизнинг «Ўзингни эҳтиёт қил», фарзандингизнинг «Қачон келасиз?» деган сўзлари бор. Уларни ҳар эшитганингизда, орадаги минглаб чақиримлар бир лаҳзага қисқаргандек бўлади.

Хорижда тил ўрганиб, касб эгаллаб, ҳалол меҳнати билан ҳурмат топаётган азиз юртдошлар!
Сиз билан бирга ўзбек тили ҳам дунё кезяпти.

Ҳамкасбингизга ўргатган илк ўзбекча сўзингизда, «Мен Ўзбекистонданман!» деган фахрингизда яшаяпти.

Дунё тилларини ўрганинг. Ўз тилингизда ҳам меҳр билан сўзланг. Фарзандларингизга унинг гўзаллигини ҳис қилдиринг.

21 октябрь — Ўзбек тили байрами муборак бўлсин! 🇺🇿

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
Forwarded from U-Senpai Club
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♂️U-Senpai rivojlanishda davom etmoqda.

🤝Yaponiyada qurilish sohasida karyera qilish imkoniyati va U-Senpai club bilan netwoking event uchrashuvimiz boʻlib oʻtdi!

👥Tadbirda SYNERGY CO., LTD. vakillari kompaniya faoliyati, Yaponiyada ishlash sharoitlari va O‘zbekistonda hamda Yaponiyada mavjud ish imkoniyatlari haqida soʻzlab berdi. Qatnashchilar erkin va ko'tarinki ruhda o'tdi, savollarga bevosita kompaniya vakillaridan javob olishdi.

👍Faol ishtirokingiz va qiziqishingiz uchun barchangizga katta rahmat! 🤝
Yangi bilim va imkoniyatlar sizni maqsadingiz sari yanada yaqinlashtiradi, degan umiddamiz.

↗️ U-Senpai clubdan uzoqlashmang.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1👏1