Jurabek Vision💡
194 subscribers
164 photos
33 videos
1 file
112 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
🏛️JICA GROW loyihasi vakillari universitetimizda

🏫Universitetimizga JICA GROW loyihasi vakillari :
Sugaya Sakio – JICA volontyori Yoshikawa Takuma – JICA GROW loyihasi eksperti
Xasanov Jurabek – JICA GROW loyihasi eksperti Sobirov Temur – JICA GROW loyihasi yordamchisi tashrif buyurishdi

🟢Mehmonlar Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Xushnud Raximov, Iqtisodiyot fakulteti dekani Ergash Ibodullayev, Xalqaro talabalar bo‘limi rahbari Izzatbek Rejapov hamda yapon tili kursi o‘qituvchisi Sugawara Mikako bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

🔺Shundan so‘ng, yapon tilini o‘rganayotgan hamda kelgusida Yaponiyada ishlashni istagan talabalar uchun seminar tashkil etildi.

🇯🇵🤝🇺🇿Ushbu uchrashuv universitetimiz va JICA o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talabalarimiz uchun esa Yaponiyada ta’lim va ish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

©Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

📱WEB SAYT | 📱INSTAGRAM | 📱FACEBOOK | 📱YOUTUBE | 📱ENGLISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Меҳнат миграциясида янги босқич: Ўзбекистон - Япония ҳамкорлиги
#5sep

@uzmigration
Forwarded from Migratsiya agentligi
#келишувлар_амалда

🇯🇵🇺🇿 Япония компанияси Ўзбекистонда ошпазлик ва тил курсларини йўлга қўйди

📚Япониянинг Onodera User Run ташкилоти Миграция агентлигининг Халқаро тил ва кўникмалар мактаби базасида ўқув курсини ишга туширди.
Миграция агентлиги раҳбари Беҳзод Мусаев ўқиш жараёнлари билан танишиб, тингловчилар билан дўстона мулоқот ўтказди.

🤝 Лойиҳа — жорий йил май ойида Миграция агентлиги делегациясининг Японияга хизмат сафари доирасидаги келишувларга кўра амалга оширилди.
Келишувда, Ўзбекистонда турли соҳалар бўйича малакали кадрларни тайёрлаб, уларни Японияда юқори маошли ишларга жойлаштириш кўзда тутилган.


👩‍🍳 Биринчи босқич сифатида ошпазлик йўналиши бўйича курс ташкил этилди.
📝 Июнь ойида эълон қилинган танловда 1200 нафар номзод рўйхатдан ўтди ва 40 нафар иштирокчи сараланиб, тайёрлов курсларига жалб этилди.

⏳Эндиликда улар 6–8 ой давомида япон тили ва кулинария сирларини ўрганиб, келаси йил май ойидан бошлаб Японияда меҳнат фаолиятини бошлаш имкониятига эга бўладилар.

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1. Siz sevadigan narsa
2. Siz yaxshi biladigan narsa
3. Dunyo ehtiyoj sezadigan narsa
4. Sizga haq to‘lanadigan narsa
🔥2
O‘zbekiston va Yaponiya yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda

🇺🇿🇯🇵Bugun Toshkentdagi “Radisson Blu Hotel”da Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yaponiya Milliy Qishloq xo‘jaligi palatasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi” ikki davlat o‘rtasidagi agrar hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berdi.

👥Tadbirda ikki mamlakat vazirlik va tashkilotlari vakillari, yapon kompaniyalari hamda agrar yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

📈So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida agrar sohada barqaror hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yil iyun oyida o‘tgan “O‘zbekiston — Yaponiya forumi” hamda o‘tgan yilgi Tokio tashrifi bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi.

🏢Natijada qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarida yapon tili kurslari yo‘lga qo‘yildi. Hozirda bu tizim Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandislik xalqaro instituti, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, Samarqand va Qoraqalpog‘iston agrar institutlarida faoliyat yuritmoqda.

➕2023–2030-yillarda yapon tilini o‘rganayotgan talabalar sonini 10 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu yoshlar uchun nafaqat til o‘rganish, balki Yaponiyada amaliyot o‘tash va xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyatini beradi.

👤Yarmarkada yapon kompaniyalari ish sharoitlari, talablar va amaliyot dasturlari haqida ma’lumot berishdi. Tadbirda 300 nafar talaba ishtirok etdi — ulardan 200 nafari bevosita, 100 nafari onlayn tarzda qatnashdi.

✅Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari ta’kidlashicha, bunday yarmarkalar yoshlar uchun xalqaro tajriba orttirish, salohiyatini ko‘rsatish va global mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish uchun muhim maydon hisoblanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2