Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
O‘zbekiston va Yaponiya yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda
🇺🇿 🇯🇵 Bugun Toshkentdagi “Radisson Blu Hotel”da Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yaponiya Milliy Qishloq xo‘jaligi palatasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi” ikki davlat o‘rtasidagi agrar hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berdi.
👥 Tadbirda ikki mamlakat vazirlik va tashkilotlari vakillari, yapon kompaniyalari hamda agrar yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.
📈 So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida agrar sohada barqaror hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yil iyun oyida o‘tgan “O‘zbekiston — Yaponiya forumi” hamda o‘tgan yilgi Tokio tashrifi bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi.
🏢 Natijada qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarida yapon tili kurslari yo‘lga qo‘yildi. Hozirda bu tizim Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandislik xalqaro instituti, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, Samarqand va Qoraqalpog‘iston agrar institutlarida faoliyat yuritmoqda.
➕ 2023–2030-yillarda yapon tilini o‘rganayotgan talabalar sonini 10 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu yoshlar uchun nafaqat til o‘rganish, balki Yaponiyada amaliyot o‘tash va xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyatini beradi.
👤 Yarmarkada yapon kompaniyalari ish sharoitlari, talablar va amaliyot dasturlari haqida ma’lumot berishdi. Tadbirda 300 nafar talaba ishtirok etdi — ulardan 200 nafari bevosita, 100 nafari onlayn tarzda qatnashdi.
✅ Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari ta’kidlashicha, bunday yarmarkalar yoshlar uchun xalqaro tajriba orttirish, salohiyatini ko‘rsatish va global mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish uchun muhim maydon hisoblanadi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🌟 O’z orzularingiz haqida aytishdan hech ham qo’rqmang.
Sizga yordam beradiganlar albatta topiladi!
Telegram kanalga ulanish: https://t.me/Jurabek_Vision
Ushbu kanalda men 15 yillik Yaponiyadagi hayotim davomida orttirgan tajribamni, o‘qish va ish jarayonlarida, boshqa davlatlarga qilgan xizmat safarlarim orqali to‘plagan xalqaro bilim va kuzatuvlarimni sizlar bilan bo‘lishib boraman. Do‘stlarimiz, uka-singillarimiz uchun zamonaviy bilimlar, karyera rivoji, hayot rejasi tuzish haqida fikrlarimni aytaman.
Bugun sizlarga bundan 17 yil avval, hali 17 yoshga to‘lmagan vaqtda bo‘lgan bir voqeani aytib bermoqchiman.
2008-yil dekabr oyi edi. Men kollejning 3-kurs talabasi edim. O‘qish bilan bir qatorda o‘rgangan yapon tilimni yanada mustahkamlash uchun turfirmaga gidlik ishiga ariza topshirgan edim. Tajribam yo‘qligiga qaramay, menga ish berishdi va bu ish orqali Xorazm, Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz va Toshkent kabi asosiy turizm markazlariga borish rejalashtirilgan edi.
Toshkentga kelib, mehmonni kutib oldim. Siz rasmda ko‘rib turgan inson — Tokiwa-san, mana shu mehmon edi. O‘sha paytda bu inson mening hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborishini hech o‘ylamagan edim. Yo‘l davomida men unga o‘z o‘y-xayollarimni, kelajakdagi orzularimni aytib berar edim. Nimalarni aytganim aniq yodimda emas, lekin Yaponiyaga bo‘lgan qiziqishim, u yerda o‘qish va ishlash orzuim borligini aytganimni yaxshi eslayman.
Buxorodan Samarqandga yo‘l olayotganimizda Tokiwa-san to‘satdan:
“Xohlaysanmi, men seni Yaponiyaga taklif qilaman?” — dedi.
Men bu gapni anglamay: “Uzur, yana bir marta aytingchi?” dedim. U yana bir bor shu so‘zni takrorladi.
Haydovchi akamiz Olim aka bilan bir-birimizga qaradik. Men esa “Ha, albatta boraman!” — deb javob berdim. Olim aka bilan bu gapni hazil deb o‘ylab, anchagacha kuldik.
Ammo Samarqand shahriga kirib, Registon maydoniga yetganimizda, Tokiwa-san:
“Viza uchun Elchixona bizning birgalikdagi rasmimizni so‘raydi. Keling, shu yerda rasmga tushamiz,” — dedi.
Shunday qilib, biz birga rasmga tushdik.
Tokiwa-san bilan o‘tgan bir haftalik O‘zbekiston bo‘ylab sayohatimiz juda qiziqarli va mazmunli bo‘ldi. U kishi O‘zbekistonni bizdan ham chuqurroq bilardi. Na faqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo tarixini, madaniyatini, iqtisodini va jamiyatini yaxshi tushunar edi. U bizga juda ko‘p narsa o‘rgatdi.
Mana shu kichik uchrashuv hayotimdagi eng katta burilish nuqtasiga aylandi.
Menda yetarlicha pul ham, bilim ham, tanishlar ham yo‘q edi. Menda faqat bitta narsa bor edi — kelajakka umid va yaxshiroq hayot uchun kuchli intilish.
Shuning uchun, aziz o‘quvchi, sizga bitta so‘z:
Hech qachon orzularingizdan voz kechmang!
Orzular albatta amalga oshadi, faqat bunga ishonish kerak.
Meni Yaponiyaga taklif qilgan Tokiwa-san Yaponiyaning Sendai shahridan bo‘lgan katta tadbirkor edi. Keyingi postlarda Yaponiyada bo'lgan ilk safarim u yerda o'rgangan narsalari haqida aytib boraman.
――――――――――――――――
🌟 自分の夢を語ることを決して恐れないでください。
あなたを助けてくれる人は、必ずどこかにいます。
このチャンネルでは、私が日本で過ごした15年間の経験をもとに、
学びや仕事、他国への出張などを通して得た国際的な知識や気づきを、
若い世代の皆さんと共有していきます。
キャリアの築き方、現代の知識、そして人生設計やモチベーションについてもお話しします。
今日は、17年前、まだ17歳になる前に起きた出来事をお話しします。
2008年12月。当時、私は専門学校の3年生でした。
学業と並行して、日本語の力をさらに伸ばすために旅行会社でガイドの仕事に応募しました。
経験がなかったにもかかわらず採用され、ホラズム、ブハラ、サマルカンド、シャフリサブズ、タシケントといった観光地を案内する予定でした。
タシケントに到着し、お客様をお迎えしました。
写真に写っている方、トキワさんがそのお客様です。
そのときは、この方との出会いが私の人生を大きく変えるとは思ってもいませんでした。
旅の途中で、私は自分の考えや将来の夢について話しました。
すべてを覚えているわけではありませんが、「日本に対して強い関心があること、日本で学び、働きたい」という強い思いを伝えたことだけは覚えています。
ブハラからサマルカンドへ向かう途中、トキワさんが突然、
「日本に来てみませんか?」と聞きました。
意味がわからず「すみません、もう一度お願いします」と言うと、
彼はもう一度同じ言葉を繰り返しました。
運転手のオリムさんと顔を見合わせ、私はこう答えました。
「はい、もちろん行きたいです!」
冗談だと思って笑っていましたが……。
サマルカンドのレギスタン広場に到着すると、トキワさんが言いました。
「ビザ申請には一緒に写った写真が必要です。ここで撮りましょう。」
そして私たちは一緒に写真を撮りました。
その1週間のウズベキスタン旅行は、とても印象的で学びの多い時間でした。
トキワさんはウズベキスタンを、まるで自国のように深く理解していました。
彼は中央アジア全体の歴史、文化、経済、社会についてもよく知っていて、
私たちに多くのことを教えてくれました。
この小さな出会いが、私の人生を変える大きな一歩になりました。
お金も、知識も、コネもなかった。
あったのは「希望」と「より良い未来への強い意志」だけでした。
この投稿を読んでいる皆さんへ。
夢をあきらめないでください。
夢は必ず叶います。信じ続けてください。
私を日本に招待してくれたトキワさんは、日本の仙台出身の実業家でした。
次の投稿では、私が初めて日本に行った時のことをお話しします。
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook

👍6🔥4❤3⚡2
note(ノート)
note ――つくる、つながる、とどける。
クリエイターが文章やマンガ、写真、音声を投稿することができ、ユーザーはそのコンテンツを楽しんで応援できるメディアプラットフォームです。だれもが創作を楽しんで続けられるよう、安心できる雰囲気や、多様性を大切にしています。
Note(https://note.com/ )platformasidan foydalanishni boshladim. Ushbu platforma hali o'zbek auditoriyasida uchalik mashhur emas. Lekin vaqti kelib juda ko'plab kishilar foydalanishni boshlaydi deb o'ylayman. Hali boshlamagan bo'lsangiz kelinglar birgalikda boshlaymiz.
Demak bir og'iz ushbu Note platformasi haqida. Bu platformaning xususiyati shundaki siz bu yerda, matn, rasm, audio, video juda ko'p turdagi ma'lumotlarni ulashaolasiz. Instagram video + rasm uchun, facebook matn+rasm uchun. Note platformasini siz o'z web sahifangiz kabi ishlatishingiz, fikr-mulohazalaringizni yozib borishingiz mumkin. Ma'lumotlar ko'payib borayotgan bir vaqtda to'g'ri ma'lumotni tanlab, uni o'z foydangiz uchun ishlatish qiyinlashib boryapti. Uning ustiga sns larda reklama juda ko'paytib bormoqda. Matn yozishni yaxshi ko'radigan, matn o'qishda qiymat borligiga ishonadigan kishilar uchun note ayni muddao.
https://note.com/jurabek_khasanov/n/n5b8b951f956d
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook
Demak bir og'iz ushbu Note platformasi haqida. Bu platformaning xususiyati shundaki siz bu yerda, matn, rasm, audio, video juda ko'p turdagi ma'lumotlarni ulashaolasiz. Instagram video + rasm uchun, facebook matn+rasm uchun. Note platformasini siz o'z web sahifangiz kabi ishlatishingiz, fikr-mulohazalaringizni yozib borishingiz mumkin. Ma'lumotlar ko'payib borayotgan bir vaqtda to'g'ri ma'lumotni tanlab, uni o'z foydangiz uchun ishlatish qiyinlashib boryapti. Uning ustiga sns larda reklama juda ko'paytib bormoqda. Matn yozishni yaxshi ko'radigan, matn o'qishda qiymat borligiga ishonadigan kishilar uchun note ayni muddao.
https://note.com/jurabek_khasanov/n/n5b8b951f956d
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3
🗾Yaponiyadagi ilk kunim va olgan saboqlarim
2009-yil, avgust oyi. Toshkentdan Asian Airways orqali Seulga, undan keyin esa Yaponiyaning Sendai shahriga yo‘l oldim.
Oyim bilan tog‘am Sirdaryodan o‘tish vaqtimiz katta qovun olib berishdi. Chemodandan tashqari, qo‘limda skotch bilan o‘ralgan qovun bor edi.
🇰🇷Seul aeroportidagi tranzit vaqtida hamma menga ajablanib qarardi. Bir yapon kishi kelib:
“Bu qo‘lingdagi かぼちゃ (kabocha) — Qovoq-mi?”
deb so‘radi.
Men kulib:
“Yo‘q, bu qovun,”
— dedim. Ular hayron bo‘lishdi. Men ham hayron qoldim, bunaqa savolga. O‘sha payt dunyoda bunday qovunlar faqat bizda borligini bilmas edim.
Samolyot Sendai shahriga qo‘narkan, yuragimda hayajon to‘lqinlari uyg‘ondi. Nahotki, nihoyat orzuyim ushalmoqda!
Xudoga shukur, samolyot eson-omon Sendai aeroportiga qo‘ndi.
Passportimni olib migratsiya xodimlari oldiga bordim. Qo‘limda barcha hujjatlar — pasport, Tokiwa-san tayyorlab bergan 3 oylik tashrif rejasi, taklifnoma, u kishining ism-familiyasi va telefon raqamlari — barchasini printerdan chiqarib olgan edim.
Xodim hujjatlarimni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi va nimalarnidir o‘ylay boshladi. Keyin yonidagi hamkasbini chaqirdi. Ular o‘zaro uzoq gaplashishdi. Mening samolyotdagi barcha yo‘lovchilar chiqib ketishdi, faqat men qoldim. “Endi meni qaytarib yuborishmasin,” deb ichimdan xavotir ola boshladim.
Bir mahal xodim mendan so‘radi:
“Yaponiyaga tashrifingiz maqsadi nima va qancha muddatga kelyapsiz?”
Bu savolni so‘rashlarini qarindoshimiz Yusuf aka oldindan aytgan edilar. Men darhol o‘zimni tetik olib:
“Sayohat, 3 oyga,”
— deb javob berdim.
Shunda xodim jiddiy ohangda:
“Deklaratsiyada 218 dollar bor deb yozibsiz, 3 oyga kelib, bu pul bilan qanday yashamoqchisiz?”
— deb so‘radi.
Kollejni tugatgancha tarjimonlik qilib ozroq pul yig’gan edim. O’zim yig’gan pul va uydagilar yordami bilan aviachipta oldim va undan ortgani 218 dollar edi.
Hozir o‘ylab qarasam, cho‘ntakda 218 dollar bilan 3 oyga chiqib ketish uchun juda katta yurak kerak bo‘lgan ekan :)
Yapon migratsiya xodimlari har bir tafsilotni juda sinchiklab tekshiradi.
Tokiwa-san buni bilgan ekan. Shuning uchun u menga yuborgan hujjatlar orasiga o‘z telefoni, manzili va maxsus xatni ham qo‘shgan edi:
“Bu yigitning barcha xarajatlarini men o‘zim to‘layman.”
Men shu xatni topib, migratsiya xodimiga berdim. Ular bir-birlariga qarab, yana maslahatlashishni boshlashdi.
“Bir yapon nega chet ellikni 3 oyga, barcha xarajatini o‘z hisobidan taklif qilyapti?” —
deb shubhalanishgan ekan.
Tokiwa-san keyinchalik aytishicha, o‘sha payt aeroport xodimlari unga ham telefon qilishgan, lekin u majlisda bo‘lgani uchun javob bera olmagan.
Xullas, nihoyat menga Yaponiyaga kirish uchun ruxsatnoma urib berishdi va men Sirdaryo qovunini ko‘targancha kutish zaliga chiqdim.
Meni ウズベキスタン (O‘zbekiston) yozuvi yozilgan qog‘oz ko‘tarib turgan Tokiwa-sanning katta o‘g‘li kutib oldi. O‘sha payt u 30 yoshda edi. Biz Nissan Skyline mashinasida aeroportdan ofisga yo‘l oldik.
Men uchun hammasi tushdek edi — ko‘chalar, mashinalar, tabiat, insonlar.
Eng hayratda qoldirgani esa — Tohoku shevasi bo‘ldi.
Men Yaponiyaga kelgan vaqtimda allaqachon JLPT N2 sertifikatim bor edi, ammo Sendailiklarning gaplarini deyarli tushunmasdim. Keyin bilsam, ular o‘z shevalarida gapirisharkan.
Shunda birinchi marta Yapon tilining ham hududiy lahjalari borligini bilgan edim.
Shunday qilib, men nihoyat Yaponiyaga yetib keldim.
Va bu safar menga bir umrga saboqlar qoldirdi:
Yaponiyaga sayohat qilishdan oldingi saboqlar:
•Barcha hujjatlarni oldindan printerdan chiqarib olish kerak.
•Taklif qilayotgan kishining manzili va telefon raqamlarini yozib olish zarur.
•Cho‘ntagingizda yetarli miqdorda pul bo‘lishi kerak. Menga o‘xshab 218 dollar emas!
•Va, albatta, Sirdaryodan qovun olayotganda — uni 6000 km uzoqqa qanday olib borishni oldindan o‘ylash kerak. 🍈

👍12😁4❤1🔥1🕊1
Podkast ayni bugun ommaga chiqgani ayni muddao. Shanba yoki yakshanba vaqtlaringiz bo'lsa ko'rib fikrlaringiz haqida aytsalaringiz xursand bo'lamiz. Umuman olganda Yaponiya, O'zbekiston, jamiyat, tarix keng mavzular haqida fikr almashdik.
https://youtu.be/H8ryzPDCXKs?si=KVm0BC9viH0A2avd
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook
https://youtu.be/H8ryzPDCXKs?si=KVm0BC9viH0A2avd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Rossiya emas Yaponiyaga ishga….. “O’zbekistonda nima gaplar?“
Podkastimizni birinchi mehmoni Jo'rabek aka Xasanov bilan turli mavzularda juda ajoyib suhbat qildik! To'liq videoni ko'ring va o'z fikrlaringizni izohlarga yozib keting!
Loyihamiz davomiy bo'lishini va qo'llab-quvvatlashni istasangiz kanalimizga obuna bo'lib…

👍5❤1
Yapon kompaniyasi tuzulishi va birinchi olgan maslahatim!
Yaponiyaga kelganimdan keyin men uchun har bir uchrashuv, har bir inson bilan suhbat — yangi sahifa, yangi kitob edi.
Joylashib olgach, menga kompaniyaning bo‘ydoqlar uchun yotoqxonasi (独身寮 – Dokushinryo) dan joy ajratishdi.
Kundalik hayotim uchun xonada ovqat pishirish uchun sharoit, muzlatgich, velosiped, fotoapparat, va hatto DoCoMo telefoni ham berishdi.
Men Yaponiyani kashf etishga tayyor edim. 🇯🇵
Har kuni ertalab 8:30 ga ofisga borar edim. Garchi ish boshlamaganimda ham, barcha bilan bir qatorda ertalabgi badan tarbiya (朝礼) bilan kunimiz boshlanardi.
Ha, qanchalik ishonish qiyin bo‘lmasin, har kuni ertalab direktor ham, oddiy xodim ham — birgalikda mashq bajarishardi.
Menga kurator sifatida umumiy ishlar bo‘limi (総務部) boshlig‘i Tanaka-san jamoasiga biriktirishdi.
U kishi mening kundalik rejamni nazorat qilardi — qayerga boraman, kim bilan uchrashaman, tushlikda nima yeyman — barchasi rejalashtirilgan edi.
Kompaniyamiz qog‘oz biznesi bilan shug‘ullanar edi.
Ba’zan haydovchi bilan birga qog‘oz yetkazib berishga chiqardik, ba’zan sotuv bo‘limi (営業部) bilan yangi mijozlarga buyurtma olish uchun borardik.
Dam olish kunlari esa boshliq bilan Rotary Club yig‘ilishlari, tog‘ga chiqishlar, ishchilar bilan tennis o‘yinlari — hammasi “jamoaviy ruh”da o‘tardi.
Shunday qilib, men asta-sekin Yapon kompaniyasi tuzilishini tushuna boshladim.
Yapon kompaniyalari kuchli ierarxik tizim asosida tuzilgan bo‘ladi.
Eng yuqorida — Direktor (社長),
undan keyin unvonli o‘rinbosar (専務),
so‘ngra bo‘limlar:
O‘rta va kichik kompaniyalarda ko‘plab tashkiliy ishlar Umumiy ishlar bo‘limi tomonidan bajariladi.
Bundan tashqari, boshliqning sekretari va chiqindilarni qayta ishlash uchun alohida 2 ta xodim ham bor edi.
Yapon kompaniyasi go‘yo bir oila, ishxona esa bir uyga o‘xshardi.
Mehmon kelganda osiyocha madaniyat asosida oyoq kiyim yechiladi, ichkariga shipak (スリッパ) bilan kiriladi.
Agar mehmon boshliq bilan uchrashsa — boshliq xonasiga, agar xodim darajasida bo‘lsa — majlis zaliga kirar edi.
Har bir mehmonni yaponcha macha choyi (抹茶) bilan mehmon qilish urf edi. 🍵Tushlikda esa barcha uchun bento box (お弁当) keltirishardi.
To‘g‘risini aytsam, dastlabki kunlar men uchun ovqat eng katta sinov edi — tuzsiz oq guruch, dengiz o‘tlar, va har doim baliq!
Miso sho‘rvasini esa har kim o‘zi hohlagancha solib yeyardi.
Oshxonada faqat hashi (箸) — tayoqchalar bor edi, qoshiq yoki sanchg‘ich yo‘q.
Uch kunda hashida yeyish bo‘yicha professional bo‘ldim. 🥢
Sotuv bo‘limi xodimi Nagahama-san bilan birinchi safarimni hech qachon unutmayman.
Mashina ketayotganda u to‘satdan menga qarab:
“Jura, Be Ambitious!” — dedi.
Meni ular Jurabek emas, qisqaroq Jura deb chaqirishardi.
Inglizcha so‘z aytilganiga hayron bo‘ldim va ma’nosini so‘radim.
U menga 1876-yilda Yaponiya hukumati talabi bilan Amerikadan Sapporo Qishloq xo‘jaligi universitetiga (Sapporo Agricultural College – 札幌農学校) yollangan professor Clark haqida aytib berdi.
Clark Yaponiyadagi misiyasi tugab Amerikaga ketayotib talabalariga aytgan shu so‘zlar Yaponiyada mashhur ekanini tushuntirdi:
“Katta maqsad qo‘y. Be ambitious!”
O‘sha kundan boshlab bu so‘z — mening yuragimda umrboqiy o‘rnashib qoldi.
Do‘stlar, shu imkoniyatdan foydalanib sizlarga shuni aytmoqchiman:
Be Ambitious!
Hali hammasi oldinda.
Birgalikda katta maqsad o‘ylaylik.
Har biringiz o‘z orzuingizga erishishingiz uchun men qo‘ldan kelgan barcha yordamimni ayamayman!

👍12❤2🔥2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ikigai kitobidan olgan 5 o’git
Mana bugun “Ikigai” kitobini o‘qib tugatdim va undan olgan bilimlarimni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.
Quyida ushbu kitobdan olgan 5 ta o‘gitlarim bilan tanishing.
Avvalambor, nega Ikigai kerak?
Bu kitobdagi barcha ma’lumotlar — baxtli va uzoq umr ko‘rish uchun.
Agar siz ham baxtli, sog‘lom va maqsadli umr kechirishni istasangiz — unda quyidagilarni o‘qing.
⸻
1) Ikigai nima?
“Iki” — yashamoq, “gai” — arzimoq.
Ya’ni Ikigai — “mavjudlikka sabab”, insonni ertalab uyg‘otadigan ichki kuch.
Sizda ikigai bor-yo‘qligini bilmoqchimisiz?
Quyidagi savolga javob bering:
Ertalab uyg‘onganda kayfiyatingiz qanday bo‘ladi?
A) “Uff… yana o‘qishga/ishga borishim kerak.”
B) “Shukur! Yangi kun boshlandi. Tezroq tayyor bo‘lay, ishga borishni xohlayapman!”
Agar B bo‘lsa — sizda Ikigai bor.
Agar A bo‘lsa — uni topish vaqti kelgan.
⸻
2) Qanday qilib Ikigai topish mumkin?
Agar siz hali Ikigayini topmagan bo‘lsangiz, quyidagi 4 bosqich yordam beradi:
1. Siz yaxshi ko‘radigan mashg‘ulot nima?
2. Bu mashg‘ulotga talab bormi?
3. Odamlar bu ish uchun pul to‘lashga tayyormi?
4. Bu ishni siz boshqalardan yaxshiroq qila olasizmi?
Misol: Siz rasm chizishni yaxshi ko‘rasiz.
Ammo bozor sifati past yoki oddiy rasmni sotib olmasligi mumkin.
Lekin digital design, marketing, ichki dizayn kabi sohalarda rasm chizish — yuqori qiymatga ega.
Dastlab siz zo‘r bo‘lmasligingiz mumkin, ammo qiziqish bo‘lsa — bir kun professional bo‘lasiz.
⸻
3) Stressiz yurish uchun nima qilish kerak?
Stress — insonni eng tez qaritadigan omillardan biri.
Stresssiz hayot uchun eng yaxshi usul — harakat.
• Ko‘proq piyoda yurish
• Lift o‘rniga zinadan chiqish
• Har 1 soatda tanaffus qilib harakatlanish
• Stress haqida batafsil bilmoqchi bo’lsangiz kitobni o’qishni tavsiya qilaman.
Bu kichik odatlar sizga bilmasdan katta foyda beradi.
⸻
4) Qanday qilib uzoq umr ko‘rish mumkin?
2-jahon urushi davrida konslagerdan tirik chiqqanlardan so‘rashgan:
“Qanday tirik qoldingiz?”
Ular javob bergan:
“Tashqarida qilmasam bo‘lmaydigan ishim bor edi.”
Demak, maqsad, vazifa, bandlik — yashab qolishning eng muhim omillari.
118 yoshga kirgan insondan so‘rashganida:
“Uzoq umr siri nimada?”
U javob bergan:
“Ongingizni ham, tanangizni ham doim band qiling.”
Ikigai — insonning umr davomiga ham ta’sir qiluvchi kuch.
⸻
5) Yapon iboralari (Kitobdan olganlarim)
• Hara hachibu — ovqatni oshqozon 80% to‘lgunga qadar yeyish
• Ichigo ichie — har bir lahza qaytmaydi, qadriga yeting
• Ima koko — o‘tmishdan afsus, kelajakdan qo‘rquv — keraksiz, hozirga e’tibor bering
⸻
Mana, azizlar! “Ikigai” kitobini sizlar bilan yakunladik.
Har biringiz o‘z Ikigayini topishingizni chin dildan tilayman.
Hayotingizga ma’no, kuch va yo‘nalish beradigan sababingiz bo‘lsin.

👍6🔥4
18-20 yoshdagilarga bir maslahat
18–20 yosh — bu hayotingizdagi eng muhim, eng keskin burilish davri.
Bu davr qaytmaydi va bu davrdagi xatolar yoki to’g’ri qarorlar butun hayotingizni o’zgatirib yuboradi. Shuning uchun quyidagi bitta vazifani bajarsangiz — butun hayotingiz o‘zgaradi.
O‘zingizni topish uchun 2 yil vaqt ajrating. 18-20 yoshdan o'tib qo'yganlar hech ham xavotir olmang. Hechdan ko'ra kech :)
Demak mavzuga qaytamiz;
Bu davrda siz:
boy bo‘lishga shoshmang
mashhur bo‘lishni orzu qilmang
qizlarga qaramang
Buning o‘rniga quyidagini qiling
18–20 yosh — “Qanday inson bo’lmoqchiman?” deb o‘zingizga savol beradigan davr.
Sayohat qiling, ishlab ko’ring, volontyorlik qiling, kichik loyihalar qiling yoki loyihalar qilayotgan kishiga yordam bering.
Hech kim qilmayotgan ishni qiling
Men Yapon tilini o’rganishni boshlaganimga hech kim bizni qishloqdan hali Yapon tilini o’rganmas edi. Hozir hamma ingliz tilini o’rganyapti. Hamma qilgan ish bilan to’xtab qolmang. Siz unga qo’shimcha hech bo’lmasa bitta hech kim qilmayotgan mashg’ulot bilan shug’ullaning. Bu sizni kuchli tomoningizga aylanadi.
Badanni va miyyani birgalikda kuchaytiring
6 yoshda maktabga borgandan keyin xudo umr bersa juda ko’p vaqt o’rganish bilim olish mumkin. Lekin sport bilan shug’ullanishni yoshligingizdan odat qilmasangiz keyin qiyinlashadi. Yoshlikda bilim olishga qancha e’tibor bersangiz shuncha sportga ham e’tibor berish zarur va sportni odatga aylantirish kerak. Yoshingiz kattargan sari ishingiz, tashvishingiz, majburiyatingiz ko’payib boradi. Oilali, farzandli bo’lasiz va kuchingiz ham kamayib borishi mumkin. Sportga vaqt ajratish borgan sari qiyinlashadi. Lekin sizda sport odati bo’lsa, vaqt ajratish sizga hech ham qiyinchilik tug’dirmaydi. Sport sizni ma’nan va jismonan kuchli qiladi.
Ota-ona bilan bo‘lgan munosabatni to‘g‘rilang
O’zbekchilikda ota-onalarimizni har bir so’zlari biz uchun hayot-mamot.
“Sendan roziman! Duodaman!”
degan gaplari juda yoqadi. Bu gaplarni qarshisini eshitishni hatto tassavur ham qilaolmaymiz. Sizni orzuyingiz nima, maqsadingiz haqida, ota-onangizga aytib borish, ularning qo’llab-quvvatlashlari juda muhim. Men Yaponiyada talaba bo’lgan vaqtim, ota-onam hatto bir marta ham
“Pul jo’nat”
deb aytishmadi. Ota-onangizni do’stga aylantirish bu juda muhim.
Xulosa
18–20 yosh — bu boylik, mashhurlik yoki ideal hayot davri emas.
Bu — o‘zingizni yaratish, poydevor qo’yish davri.
Ha, aytgancha, ushbu rasm men 2009-yil, Sentabr oyida Sendai shahri yaqinidagi Matsushima orollarida olingan. Aynan shu kun men hayotimda birinchi marta Okeanni ko’rgan edim. Yaponiyada bo’lganlarga vaqt topib Okeanni ko’rishga borishlarini tavsiya qilaman. Okean sizni ko’nglingizga kenglik, kuchli eneriya beradi. Har holda menda shunaqa.
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook 📱 Youtube

🔥8👍5👌1
Mening ismim Jurabek, Jura deb chaqiringiz!
Juma kuni kechasi boshliq o‘z xonasiga chaqirib: “Ertaga do‘stlarim bilan tog‘ga boramiz. Yaponlar chet elliklarga juda qiziqishadi. Sen ular seni ismingni bir umr eslab qoladigan qilib o‘zingni tanishtirishni o‘ylab qo‘y,” dedi.
Men uyga qaytgandan keyin o‘zimni qanday tanishtirish haqida o‘yladim va tayyorlanib qo‘ydim. Shanba kuni ertalab soat 6:00 da uydan chiqib, velosipedda aytilgan yig‘ilish joyiga bordim. O‘sha kuni biz Miyagi prefekturasidagi eng mashhur issiq buloq maskani bo'lgan "Narugo Onsen"ga yo‘l oldik. Chamasi 20 ga yaqin biznesmenlar — ba’zilari ayollari bilan, ba’zilari o‘zlari kelishgan edi. Meni esa boshlig‘im olib borgan. Ularning barchasi Sendai Rotary Club a’zolari edi. Rotary Club haqida aytadigan bo‘lsam, bu tashkilot amerikalik Paul Harris tomonidan asos solingan dunyodagi eng qadimgi “Business Networking Club”lardan biridir. Biznes egalari muntazam yig‘ilib fikr almashishadi. Club a’zolari orasida Tohoku hududidagi eng yirik ko‘chmas mulk (fudosan) egalari, shopping mall egalari, advokatlar, zavod va fabrika egalari ham bor edi. Biz uchun maxsus avtobus ajratilgan edi.
Yaponiyaning 90% ga yaqini tog‘lardan iborat. O‘zbekistonda “tog‘ga borish” deganda 2–3 soat yo‘l yurib shahardan tashqariga chiqish tushuniladi. Yaponiyada esa ayrim hududlarda 30 daqiqa yetadi. Tog‘lar juda ko‘p, shuning uchun aksariyat yaponlar har hafta tog‘ga chiqadi. Bizning borgani tog‘ juda katta edi. Yarimigacha avtobusda bordik. Keyin barchamiz avtobusdan tushib, cho‘qqiga piyoda yurishni boshladik. Yo‘l davomida men Sendaidagi eng mashhur advokat bilan tanishdim. U menga Rotary Club haqida, club asoschisi Harrisning o‘zi ham advokat bo‘lganini, Yaponiya advokatlarining asosiy daromadi kompaniyalar o‘rtasidagi nizolarni hal qilishdan kelishini aytib berdi.
Cho‘qqiga yaqinlashganimizda, boshliq barcha a’zolarni yig‘ib, bugun bizda maxsus mehmon bor dedi va menga so‘z berdi. Ozroq hayajon bor edi, o‘sha zahoti kollejda o‘qib yurgan davrimda Yapon tilidan notiqlik san’ati bo‘yicha respublikada yaxshi natija olganim esimga keldi va boshliqning kechagi maslahatlarini eslab, dadil so‘zga chiqib o‘zimni tanishtira boshladim:
Nutqim tugashi bilan hamma qarsak chaldi. Darhol mendan: “Hech ham 18 yoshga o‘xshamaysan,” - O'zbeklar Yaponlarga nisbatan yoshimiz katta ko'rinadi.
“Yapon tilida juda yaxshi gapirar ekansan,” deb aytishdi.
Yaponlar o‘z tillarini juda yaxshi ko‘rishadi. Chet ellik birov yaponchada gapirsa, hatto xato bilan gapirsa ham, juda xursand bo‘lishadi. Tog‘dan qaytayotganda boshliqdan nutqim haqida fikrini so‘radim.
U kishi dedi: “Oddiy yaponlar chet elliklarning ismini eslab qolishi qiyin bo‘ladi. Sen ism-sharifingni aytding, keyin oson aytilishi uchun qisqaroq shaklini ham aytding. Ustiga-ustak, ism ma’nosini tushuntirding va do‘st bo‘lmoqchi ekaningni aytding — juda yaxshi bo‘ldi.” Shundan keyin qayerga bormay, o‘zimni tanishtirishda “insonlarning xotirasida bir umr qolish” degan boshliqning maslahatlarini eslaydigan bo‘ldim. Siz-chi? O‘zingizni tanishtirganda nimani aytasiz? Odamlarning esida qolishi uchun qanday so‘zlar ishlatasiz? PS: Yaponiyda keyinchalik Univversitetni 4-kursida o'qigan vaqtim taqdir taqozosi bilan ushbu Rotary Clubining stipendiyasini olish imkoniyatiga ega bo'ldim. Har doim bu club a'zolaridan ko'p bilim va maslahatlar olish meni juda xursand qilar edi. Har yili universitet talabalari uchun har xil stipendiyalar e'lon qilishadi. Agar siz ayni vaqtda universitet talabasi bo'lsangiz shu haqida ham o'rganib ko'ring. https://www.rotary-yoneyama.or.jp/scholarship

“Hammaga salom. Mening ismim Khasanov Jurabek, lekin Jura deb chaqiringiz. Men O‘zbekistondanman. O‘zbek tilida ‘jo‘ra’ degani ‘do‘st’ degan ma’noni anglatadi. Men o'tgan oy 18 yoshga kirdim. Yoshimiz orasida katta farq borligini bilaman, lekin men sizlar bilan do‘st bo‘lmoqchiman va sizlardan ko‘p narsalarni o‘rganmoqchiman.”
Nutqim tugashi bilan hamma qarsak chaldi. Darhol mendan: “Hech ham 18 yoshga o‘xshamaysan,” - O'zbeklar Yaponlarga nisbatan yoshimiz katta ko'rinadi.
“Yapon tilida juda yaxshi gapirar ekansan,” deb aytishdi.
Yaponlar o‘z tillarini juda yaxshi ko‘rishadi. Chet ellik birov yaponchada gapirsa, hatto xato bilan gapirsa ham, juda xursand bo‘lishadi. Tog‘dan qaytayotganda boshliqdan nutqim haqida fikrini so‘radim.
U kishi dedi: “Oddiy yaponlar chet elliklarning ismini eslab qolishi qiyin bo‘ladi. Sen ism-sharifingni aytding, keyin oson aytilishi uchun qisqaroq shaklini ham aytding. Ustiga-ustak, ism ma’nosini tushuntirding va do‘st bo‘lmoqchi ekaningni aytding — juda yaxshi bo‘ldi.” Shundan keyin qayerga bormay, o‘zimni tanishtirishda “insonlarning xotirasida bir umr qolish” degan boshliqning maslahatlarini eslaydigan bo‘ldim. Siz-chi? O‘zingizni tanishtirganda nimani aytasiz? Odamlarning esida qolishi uchun qanday so‘zlar ishlatasiz? PS: Yaponiyda keyinchalik Univversitetni 4-kursida o'qigan vaqtim taqdir taqozosi bilan ushbu Rotary Clubining stipendiyasini olish imkoniyatiga ega bo'ldim. Har doim bu club a'zolaridan ko'p bilim va maslahatlar olish meni juda xursand qilar edi. Har yili universitet talabalari uchun har xil stipendiyalar e'lon qilishadi. Agar siz ayni vaqtda universitet talabasi bo'lsangiz shu haqida ham o'rganib ko'ring. https://www.rotary-yoneyama.or.jp/scholarship
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5❤3🏆3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agar biror masalada juda ko‘p o‘ylayotgan bo‘lsangiz, qiynalayotgan bo‘lsangiz yoki o‘zingizda aynan o‘sha yo‘nalishda “oqsash” sezsangiz — demak, sizga shu sohada yetarli bilim yetishmayapti.
YouTube algoritmi siz ko‘rishni istagan, sizni qiziqtiradigan videolarni tayyorlab turadi. “Meni ko‘r, meni ko‘r” deb turadigan videolar — algoritmning takliflari xolos.
Lekin haqiqiy rivojlanish uchun faqat tavsiya qilingan videolarni ko‘rish yetmaydi.
O‘zingiz izlab toping. O‘zingiz so‘rab o‘rganing. O‘zingiz yozib qidiring.
Shunda siz ancha ko‘p va ancha sifatli bilimlarga ega bo‘lasiz.
O‘rganish — ongli tanlov. Va bu tanlov sizni butunlay boshqa darajaga olib chiqadi.

👍10🔥2💯2
18 yil kechirim so‘ramagan Men!
Kuzning oxirgi kunlari. Boshliqning katta o‘g‘li bilan ish yuzasidan Yamagata prefekturasiga boradigan bo‘ldik. Ertalab 9:00 da Sendai shahridan tez yurar pullik yo‘l — 高速道路 orqali Yamagataga yo‘l oldik.
Yo‘lda biz nima uchun Yamagataga borayotganimizni tushuntirib berdi. Aytishicha, Yamagata shaharidagi mijozlardan biriga yetkazib berilgan tovarda kamchilik chiqqan va buni eshitgan akamiz kechirim so‘rash uchun ataylab o‘zi borayotganini aytdi.
Yaponiyada agar mijozni ranjitib qo‘ygan bo‘lsangiz, atayin borib kechirim so‘rash bu yapon biznesining temir qoidasi hisoblanishini tushuntirib berdi.
Chamasi 2 soatda Yamagata shahri markazida joylashgan mijozning ofisiga yetib bordik. Boshliqning o‘g‘li juda jiddiy yuz bilan mijoz ofisiga kirib ketdi. 1 soatdan keyin qaytib chiqdi. Kechirim so‘raganidan keyin mijoz yana birga ishlashga rozi bo‘lganini, lekin bunday xato boshqa qaytarilmasligi uchun kompaniya ichini isloh qilish talabini qo‘yganini aytdi.
Qaytishda telefonim puli tugagan edi, Docomo-shopga pulini to‘lashga to‘xtadik. Telefon meni nomimga emas edi, shuning uchun men tashqarida qarab turdim. 20 daqiqalardan keyin chiqib kelgan akamizning yuzidan qor yog‘ilar edi.
Yaponlar bilan pul masalasida hech ham oldi-berdi qilmaganman. Chiqib kela turib mendan juda ranjiganini aytdi. Aytishicha, mening 1 oylik telefonim ishlagan summa juda qimmat bo‘lib ketgan va o‘zining har oylik telefon summasidan 4–5 barobar qimmat chiqqan ekan.
Mendan:
— deb so‘radi.
O‘sha vaqtdagi men Yaponiyada telefon buncha qimmat ekanligini, chet elga telefon qilish katta pul turishini umuman bilmas edim. Yaponiyaga borganimdan keyin yosh bo‘lganim uchunmi, tez-tez uyni sog‘inar, ayniqsa oyimga ko‘proq telefon qilar edim.
Men:
— deb javob berdim.
U esa:
“Men ham 2 yil Avstraliyada o‘qiganman, lekin har bir xarajatimni o‘ylab ishlatar edim. Seni bunday qilmishingni umuman tushunish qiyin! Uning ustiga bir og‘iz ham uzr so‘ramayapsan? Hozir bitta xatomiz uchun Yamagataga borib keldik, seni qanday tushunsa bo‘ladi?” — dedi.
O‘sha vaqtdagi men 18 ga kirgan bo‘lsam-da, umrimda hech kimdan kechirim so‘ramagan, o‘zimcha juda “g‘ururli” o‘zbek yigiti edim. Mening nafaqat yapon tili so‘z boyligimda, balki o‘zbek lug‘atimda ham “Kechirasiz, Uzr, Ma’zur tutasiz” so‘zlari yo‘q edi.
Yoshligimdan kichkina farzand bo‘lganim uchun oilada erka edim va ko‘chada har qanday kishidan, hatto men aybdor bo‘lsam-da himoya qiladigan akam borligi uchun ushbu so‘zlarni ishlatishga majbur bo‘lmaganman.
Ushbu voqea meni o‘z xatom haqida o‘ylashga, Yaponlar qancha mehribon bo‘lishmasin “Meni tog‘am” emasligini tushunishga turtki bo‘ldi.
Men o‘sha kuni o‘z xatomni tan olib, umrimda birinchi marta:
— deb kechirim so‘radim.
Kechirim so‘raganim meni Yapon jamiyatiga yana bir qadam yaqinlashtirdi. Chunki Yapon jamiyati sizga qanday inson bo‘lish tanlovini har doim qoldiradi. Siz hozirgi o‘zingiz qanday bo‘lsangiz, shunday davom etishingiz yoki o‘zingiz qilgan ishlarni tahlil qilib, xatolaringizni to‘g‘rilashga imkon beradi.
O‘z xatosini tan olish — har doim, avvalo, kishi o‘zini aldamasligi — Yapon jamiyati va insoniy munosabatlarning negizidir.
Siz ham Yaponiyada kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan holatlar bo‘lganmi?
Kechirim so‘rash yoki so‘ramaslik haqida ichki tuyg‘ularingiz urushganmi?
Siz o‘z xatongizni tan olib oldinga ketishga harakat qildingizmi? Yoki g‘urur, obro‘y deb kechirim so‘ramadingizmi?
Biz o‘zbeklar yoshligimizdan bosh egmaslikka o‘rgatilganmiz. Albatta biz hech qachon bosh egmasligimiz, g‘ururimiz toptalishiga yo‘l qo‘yishimiz mumkin emas.
Lekin xato qilgan vaziyatda avvalambor uni tan olish, kechirim so‘rash va oldinga ketish — muvaffaqiyat kalitidir. Shunday inson albatta nafaqat yapon jamiyatida, balki har qanday jamiyatda ham hurmatga sazovor bo‘ladi.

“Nega buncha ko‘p xarajat bo‘ldi? Kimga va nima maqsadda buncha qo‘ng‘iroq qilding?”
— deb so‘radi.
O‘sha vaqtdagi men Yaponiyada telefon buncha qimmat ekanligini, chet elga telefon qilish katta pul turishini umuman bilmas edim. Yaponiyaga borganimdan keyin yosh bo‘lganim uchunmi, tez-tez uyni sog‘inar, ayniqsa oyimga ko‘proq telefon qilar edim.
Men:
“Uydagilarni sog‘ingan edim. Shuning uchun har kuni telefon qildim,”
— deb javob berdim.
U esa:
“Men ham 2 yil Avstraliyada o‘qiganman, lekin har bir xarajatimni o‘ylab ishlatar edim. Seni bunday qilmishingni umuman tushunish qiyin! Uning ustiga bir og‘iz ham uzr so‘ramayapsan? Hozir bitta xatomiz uchun Yamagataga borib keldik, seni qanday tushunsa bo‘ladi?” — dedi.
O‘sha vaqtdagi men 18 ga kirgan bo‘lsam-da, umrimda hech kimdan kechirim so‘ramagan, o‘zimcha juda “g‘ururli” o‘zbek yigiti edim. Mening nafaqat yapon tili so‘z boyligimda, balki o‘zbek lug‘atimda ham “Kechirasiz, Uzr, Ma’zur tutasiz” so‘zlari yo‘q edi.
Yoshligimdan kichkina farzand bo‘lganim uchun oilada erka edim va ko‘chada har qanday kishidan, hatto men aybdor bo‘lsam-da himoya qiladigan akam borligi uchun ushbu so‘zlarni ishlatishga majbur bo‘lmaganman.
Ushbu voqea meni o‘z xatom haqida o‘ylashga, Yaponlar qancha mehribon bo‘lishmasin “Meni tog‘am” emasligini tushunishga turtki bo‘ldi.
Men o‘sha kuni o‘z xatomni tan olib, umrimda birinchi marta:
“Meni kechiring. Bundan keyin ehtiyot bo‘laman,”
— deb kechirim so‘radim.
Kechirim so‘raganim meni Yapon jamiyatiga yana bir qadam yaqinlashtirdi. Chunki Yapon jamiyati sizga qanday inson bo‘lish tanlovini har doim qoldiradi. Siz hozirgi o‘zingiz qanday bo‘lsangiz, shunday davom etishingiz yoki o‘zingiz qilgan ishlarni tahlil qilib, xatolaringizni to‘g‘rilashga imkon beradi.
O‘z xatosini tan olish — har doim, avvalo, kishi o‘zini aldamasligi — Yapon jamiyati va insoniy munosabatlarning negizidir.
Siz ham Yaponiyada kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan holatlar bo‘lganmi?
Kechirim so‘rash yoki so‘ramaslik haqida ichki tuyg‘ularingiz urushganmi?
Siz o‘z xatongizni tan olib oldinga ketishga harakat qildingizmi? Yoki g‘urur, obro‘y deb kechirim so‘ramadingizmi?
Biz o‘zbeklar yoshligimizdan bosh egmaslikka o‘rgatilganmiz. Albatta biz hech qachon bosh egmasligimiz, g‘ururimiz toptalishiga yo‘l qo‘yishimiz mumkin emas.
Lekin xato qilgan vaziyatda avvalambor uni tan olish, kechirim so‘rash va oldinga ketish — muvaffaqiyat kalitidir. Shunday inson albatta nafaqat yapon jamiyatida, balki har qanday jamiyatda ham hurmatga sazovor bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥6💯3❤2
Bugundan boshlab menga muvofaqqiyat olib kelgan so’zlarni ham sizlar bilan ulashib boraman.
1- Okagesamade- お陰様で-おかげさまで
Ma’nosi : Sizni yordamingiz bilan, sizni qo’llab- quvvalashingiz yordamida shu darajaga erishdim. Sizga tashakkur va siz men uchun qadrlisiz, ma’nolari bor.
Yapon xalqi juda e’tiborni yaxshi ko’radi. Menimcha barcha inson zoti shunaqa. Siz ularga xush muomalada bo’lsangiz, ularni yordamini tan olsangiz, yanada sizga ko’proq yordam berishadi.
Men paxta qo’yish kerak demoqchi emasman. Siz bu so’zlarni chin ko’ngildan aytyapsizmi, yuzaki aytyapmizni juda tezda bilinadi.
Sizga yordam bergan, sizni qo’llab- quvvatlagan kishiga aynana shu so’zlarni aytishni unutmang. Bu so’z siz bilan muloqotchi o’rtasida rishtalarni kuchaytiradi.
Ertaga ushbu so’zni o’qituvchingizga, ishxonadagi ustozingizga, hamkasbingizga, ota-ona, umur yo’ldoshingiz, sizga yordam bergan kishiga chin yurakdan aytib ko’ring.
Natijasini uchrashganimizda menga aytib berasiz!

Yaponlarda qon guruhi orqali inson xarakterini aniqlash odati borligini bilasizmi?
Yaponiyada juda qiziq odat bor.
Odamlar bir-birlari bilan tanishganda yoki suhbat davomida:
“Qoningiz qaysi guruh?” (血液型は何ですか?)
deb so‘rashlari juda tabiiy hol.
Mendan yapon o‘rtoqlarim juda ko‘p marta shu savolni so‘rashgani uchun, ataylab kasalxonaga borib o‘z qon guruhimni aniqlatganman 😄
Biz o‘zbeklar odatda qon guruhini 1, 2, 3, 4 deb aytamiz.
Yaponlar esa A, B, O, AB deb ataydi.
A guruhi (2-guruh)
Yaponiyada eng ko‘p uchraydigan guruh bo‘lgani uchun, ko‘pincha “odatdagi yapon” deb tasvirlanadi.
B guruhi (3-guruh)
Ijodkorlar orasida mashhur guruh.
O guruhi (1-guruh)
Yaponiyada ko‘plab menejerlar:
“O型 odamlar bilan ishlash oson” deb hisoblashadi.
AB guruhi (4-guruh)
Yaponlar bu guruhni “sirli insonlar” deb atashadi.
Nega bu odat Yaponiyada mashhur?
Yaponiyada jamoaviylik (wa 和) juda muhim
Odamni tez tushunish uchun bir indikatsiya sifatida ishlatiladi
Ish joylarida jamoani shakllantirishda ham ko‘pincha gapiriladi
Ilmiy asosga ega bo‘lmasa ham, madaniyatda kuchli saqlanib qolgan
Sizningcha-chi?
🔹 Qon guruhi xarakterga ta’sir qiladi, deb o‘ylaysizmi?
🔹 O‘zingizning guruhingizni bilasizmi?
Aytgancha, yaponlardaA (2-guruh) qon guruhi eng ko‘p uchraydi.
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook
Yaponiyada juda qiziq odat bor.
Odamlar bir-birlari bilan tanishganda yoki suhbat davomida:
“Qoningiz qaysi guruh?” (血液型は何ですか?)
deb so‘rashlari juda tabiiy hol.
Mendan yapon o‘rtoqlarim juda ko‘p marta shu savolni so‘rashgani uchun, ataylab kasalxonaga borib o‘z qon guruhimni aniqlatganman 😄
Biz o‘zbeklar odatda qon guruhini 1, 2, 3, 4 deb aytamiz.
Yaponlar esa A, B, O, AB deb ataydi.
A guruhi (2-guruh)
Tartibli
Mas’uliyatli
Rejama-bo‘ysunuvchi
Biroz kamgap
Yaponiyada eng ko‘p uchraydigan guruh bo‘lgani uchun, ko‘pincha “odatdagi yapon” deb tasvirlanadi.
B guruhi (3-guruh)
Erkin fikrli
Yaratuvchan
O‘z yo‘lidan boradigan
Ba’zan “o‘z bilganini qiladigan” deb ko‘riladi
Ijodkorlar orasida mashhur guruh.
O guruhi (1-guruh)
Liderlikka yaqin
Ijtimoiy
Tez moslashuvchi
Oson muloqot qiladigan
Yaponiyada ko‘plab menejerlar:
“O型 odamlar bilan ishlash oson” deb hisoblashadi.
AB guruhi (4-guruh)
Analitik fikrli
Biroz noodatiy
Sovuqqon ham, mehribon ham bo‘lishi mumkin
Yaponlar bu guruhni “sirli insonlar” deb atashadi.
Nega bu odat Yaponiyada mashhur?
Yaponiyada jamoaviylik (wa 和) juda muhim
Odamni tez tushunish uchun bir indikatsiya sifatida ishlatiladi
Ish joylarida jamoani shakllantirishda ham ko‘pincha gapiriladi
Ilmiy asosga ega bo‘lmasa ham, madaniyatda kuchli saqlanib qolgan
Sizningcha-chi?
🔹 Qon guruhi xarakterga ta’sir qiladi, deb o‘ylaysizmi?
🔹 O‘zingizning guruhingizni bilasizmi?
Aytgancha, yaponlarda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2👍2🔥2
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Барча учун имконият: малака, тартиб ва катта маош сари!
📚Танловдан ўтганлар — Ангрен шаҳар Ю.Гагарин кўчаси 1-уйда жойлашган Миграция агентлиги тасарруфидаги 2-сон техникумнинг Қурилиш соҳаси малакали мутахассисларни тайёрлаш марказида 6–8 ойлик бепул ўқув курсларида таълим оладилар.
🏠Ўқиш даврда бепул ётоқхона билан таъминланадилар.
🇯🇵 Жараёнлар якунлангач, Японияда иш бошлайдилар.
📌 Бизни кузатишда давом этинг, танлов натижалари ва ўқиш бошланиш вақти ҳақида жорий йил 20-декабрга қадар XORIJDA ISH каналимизда эълон қилинади.
📌 Шунингдек, айнан ўқиш+иш дастури асосида яна эълонлар берамиз имкониятни қўлдан бой берманг, Япония меҳнат бозорига айнан сиз кераксиз!
📢 Хабарни тарқатинг!
👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration
🤝 Жорий йил май ойида Миграция агентлиги раҳбариятининг Японияга ташрифи чоғида, ушбу мамлакатнинг “Proud Partners” компанияси билан ҳайдовчиларни Ўзбекистонда япон тили ва касбга ўқитиб, юқори маошли ишларга жалб қилишга келишилган эди.
⌛️ Келишувлар доирасида сентябрь ойида Тошкент шаҳрида лойиҳанинг рамзий очилиши бўлиб ўтди ва куни кеча B–C тоифали ҳайдовчилик гувоҳномаси бор ва Японияда ишлаш истагини билдириб ариза қолдирган 200 дан ортиқ номзод учун танловлар ташкил этилди.
🏗 Қурилиш соҳасида ишлаш учун рўйхатдан ўтган 700 нафар номзодга 15-декабрдан бошлаб онлайн танловлар режалаштирилмоқда.
📚Танловдан ўтганлар — Ангрен шаҳар Ю.Гагарин кўчаси 1-уйда жойлашган Миграция агентлиги тасарруфидаги 2-сон техникумнинг Қурилиш соҳаси малакали мутахассисларни тайёрлаш марказида 6–8 ойлик бепул ўқув курсларида таълим оладилар.
🏠Ўқиш даврда бепул ётоқхона билан таъминланадилар.
🇯🇵 Жараёнлар якунлангач, Японияда иш бошлайдилар.
📌 Шунингдек, айнан ўқиш+иш дастури асосида яна эълонлар берамиз имкониятни қўлдан бой берманг, Япония меҳнат бозорига айнан сиз кераксиз!
📢 Хабарни тарқатинг!
👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Bugun kunimizni qanday boshlaymiz?
A) Qo’l uchida o’qish yoki ishga borib kelamiz?
B) Bor kuchimiz va e’tiborimiz bilan hafakat qilamiz?
Play hard, work hard!
Men albatta B) ni tanlayman!
Hammaga omad.

👍8🔥2