Jurabek Vision💡
195 subscribers
164 photos
32 videos
1 file
111 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
Mening ismim Jurabek, Jura deb chaqiringiz!

Juma kuni kechasi boshliq o‘z xonasiga chaqirib: “Ertaga do‘stlarim bilan tog‘ga boramiz. Yaponlar chet elliklarga juda qiziqishadi. Sen ular seni ismingni bir umr eslab qoladigan qilib o‘zingni tanishtirishni o‘ylab qo‘y,” dedi.

Men uyga qaytgandan keyin o‘zimni qanday tanishtirish haqida o‘yladim va tayyorlanib qo‘ydim. Shanba kuni ertalab soat 6:00 da uydan chiqib, velosipedda aytilgan yig‘ilish joyiga bordim. O‘sha kuni biz Miyagi prefekturasidagi eng mashhur issiq buloq maskani bo'lgan "Narugo Onsen"ga yo‘l oldik. Chamasi 20 ga yaqin biznesmenlar — ba’zilari ayollari bilan, ba’zilari o‘zlari kelishgan edi. Meni esa boshlig‘im olib borgan. Ularning barchasi Sendai Rotary Club a’zolari edi. Rotary Club haqida aytadigan bo‘lsam, bu tashkilot amerikalik Paul Harris tomonidan asos solingan dunyodagi eng qadimgi “Business Networking Club”lardan biridir. Biznes egalari muntazam yig‘ilib fikr almashishadi. Club a’zolari orasida Tohoku hududidagi eng yirik ko‘chmas mulk (fudosan) egalari, shopping mall egalari, advokatlar, zavod va fabrika egalari ham bor edi. Biz uchun maxsus avtobus ajratilgan edi.

Yaponiyaning 90% ga yaqini tog‘lardan iborat. O‘zbekistonda “tog‘ga borish” deganda 2–3 soat yo‘l yurib shahardan tashqariga chiqish tushuniladi. Yaponiyada esa ayrim hududlarda 30 daqiqa yetadi. Tog‘lar juda ko‘p, shuning uchun aksariyat yaponlar har hafta tog‘ga chiqadi. Bizning borgani tog‘ juda katta edi. Yarimigacha avtobusda bordik. Keyin barchamiz avtobusdan tushib, cho‘qqiga piyoda yurishni boshladik. Yo‘l davomida men Sendaidagi eng mashhur advokat bilan tanishdim. U menga Rotary Club haqida, club asoschisi Harrisning o‘zi ham advokat bo‘lganini, Yaponiya advokatlarining asosiy daromadi kompaniyalar o‘rtasidagi nizolarni hal qilishdan kelishini aytib berdi.

Cho‘qqiga yaqinlashganimizda, boshliq barcha a’zolarni yig‘ib, bugun bizda maxsus mehmon bor dedi va menga so‘z berdi. Ozroq hayajon bor edi, o‘sha zahoti kollejda o‘qib yurgan davrimda Yapon tilidan notiqlik san’ati bo‘yicha respublikada yaxshi natija olganim esimga keldi va boshliqning kechagi maslahatlarini eslab, dadil so‘zga chiqib o‘zimni tanishtira boshladim:


“Hammaga salom. Mening ismim Khasanov Jurabek, lekin Jura deb chaqiringiz. Men O‘zbekistondanman. O‘zbek tilida ‘jo‘ra’ degani ‘do‘st’ degan ma’noni anglatadi. Men o'tgan oy 18 yoshga kirdim. Yoshimiz orasida katta farq borligini bilaman, lekin men sizlar bilan do‘st bo‘lmoqchiman va sizlardan ko‘p narsalarni o‘rganmoqchiman.”


Nutqim tugashi bilan hamma qarsak chaldi. Darhol mendan: “Hech ham 18 yoshga o‘xshamaysan,” - O'zbeklar Yaponlarga nisbatan yoshimiz katta ko'rinadi.
“Yapon tilida juda yaxshi gapirar ekansan,” deb aytishdi.
Yaponlar o‘z tillarini juda yaxshi ko‘rishadi. Chet ellik birov yaponchada gapirsa, hatto xato bilan gapirsa ham, juda xursand bo‘lishadi. Tog‘dan qaytayotganda boshliqdan nutqim haqida fikrini so‘radim.

U kishi dedi: “Oddiy yaponlar chet elliklarning ismini eslab qolishi qiyin bo‘ladi. Sen ism-sharifingni aytding, keyin oson aytilishi uchun qisqaroq shaklini ham aytding. Ustiga-ustak, ism ma’nosini tushuntirding va do‘st bo‘lmoqchi ekaningni aytding — juda yaxshi bo‘ldi.” Shundan keyin qayerga bormay, o‘zimni tanishtirishda “insonlarning xotirasida bir umr qolish” degan boshliqning maslahatlarini eslaydigan bo‘ldim. Siz-chi? O‘zingizni tanishtirganda nimani aytasiz? Odamlarning esida qolishi uchun qanday so‘zlar ishlatasiz? PS: Yaponiyda keyinchalik Univversitetni 4-kursida o'qigan vaqtim taqdir taqozosi bilan ushbu Rotary Clubining stipendiyasini olish imkoniyatiga ega bo'ldim. Har doim bu club a'zolaridan ko'p bilim va maslahatlar olish meni juda xursand qilar edi. Har yili universitet talabalari uchun har xil stipendiyalar e'lon qilishadi. Agar siz ayni vaqtda universitet talabasi bo'lsangiz shu haqida ham o'rganib ko'ring. https://www.rotary-yoneyama.or.jp/scholarship

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5❤3🏆3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agar biror masalada juda ko‘p o‘ylayotgan bo‘lsangiz, qiynalayotgan bo‘lsangiz yoki o‘zingizda aynan o‘sha yo‘nalishda “oqsash” sezsangiz — demak, sizga shu sohada yetarli bilim yetishmayapti.

YouTube algoritmi siz ko‘rishni istagan, sizni qiziqtiradigan videolarni tayyorlab turadi. “Meni ko‘r, meni ko‘r” deb turadigan videolar — algoritmning takliflari xolos.

Lekin haqiqiy rivojlanish uchun faqat tavsiya qilingan videolarni ko‘rish yetmaydi.

O‘zingiz izlab toping. O‘zingiz so‘rab o‘rganing. O‘zingiz yozib qidiring.
Shunda siz ancha ko‘p va ancha sifatli bilimlarga ega bo‘lasiz.

O‘rganish — ongli tanlov. Va bu tanlov sizni butunlay boshqa darajaga olib chiqadi.
👍10🔥2💯2
18 yil kechirim so‘ramagan Men!

Kuzning oxirgi kunlari. Boshliqning katta o‘g‘li bilan ish yuzasidan Yamagata prefekturasiga boradigan bo‘ldik. Ertalab 9:00 da Sendai shahridan tez yurar pullik yo‘l — 高速道路 orqali Yamagataga yo‘l oldik.

Yo‘lda biz nima uchun Yamagataga borayotganimizni tushuntirib berdi. Aytishicha, Yamagata shaharidagi mijozlardan biriga yetkazib berilgan tovarda kamchilik chiqqan va buni eshitgan akamiz kechirim so‘rash uchun ataylab o‘zi borayotganini aytdi.

Yaponiyada agar mijozni ranjitib qo‘ygan bo‘lsangiz, atayin borib kechirim so‘rash bu yapon biznesining temir qoidasi hisoblanishini tushuntirib berdi.

Chamasi 2 soatda Yamagata shahri markazida joylashgan mijozning ofisiga yetib bordik. Boshliqning o‘g‘li juda jiddiy yuz bilan mijoz ofisiga kirib ketdi. 1 soatdan keyin qaytib chiqdi. Kechirim so‘raganidan keyin mijoz yana birga ishlashga rozi bo‘lganini, lekin bunday xato boshqa qaytarilmasligi uchun kompaniya ichini isloh qilish talabini qo‘yganini aytdi.

Qaytishda telefonim puli tugagan edi, Docomo-shopga pulini to‘lashga to‘xtadik. Telefon meni nomimga emas edi, shuning uchun men tashqarida qarab turdim. 20 daqiqalardan keyin chiqib kelgan akamizning yuzidan qor yog‘ilar edi.

Yaponlar bilan pul masalasida hech ham oldi-berdi qilmaganman. Chiqib kela turib mendan juda ranjiganini aytdi. Aytishicha, mening 1 oylik telefonim ishlagan summa juda qimmat bo‘lib ketgan va o‘zining har oylik telefon summasidan 4–5 barobar qimmat chiqqan ekan.

Mendan:
“Nega buncha ko‘p xarajat bo‘ldi? Kimga va nima maqsadda buncha qo‘ng‘iroq qilding?”

— deb so‘radi.

O‘sha vaqtdagi men Yaponiyada telefon buncha qimmat ekanligini, chet elga telefon qilish katta pul turishini umuman bilmas edim. Yaponiyaga borganimdan keyin yosh bo‘lganim uchunmi, tez-tez uyni sog‘inar, ayniqsa oyimga ko‘proq telefon qilar edim.

Men:
“Uydagilarni sog‘ingan edim. Shuning uchun har kuni telefon qildim,”

— deb javob berdim.

U esa:
“Men ham 2 yil Avstraliyada o‘qiganman, lekin har bir xarajatimni o‘ylab ishlatar edim. Seni bunday qilmishingni umuman tushunish qiyin! Uning ustiga bir og‘iz ham uzr so‘ramayapsan? Hozir bitta xatomiz uchun Yamagataga borib keldik, seni qanday tushunsa bo‘ladi?” — dedi.

O‘sha vaqtdagi men 18 ga kirgan bo‘lsam-da, umrimda hech kimdan kechirim so‘ramagan, o‘zimcha juda “g‘ururli” o‘zbek yigiti edim. Mening nafaqat yapon tili so‘z boyligimda, balki o‘zbek lug‘atimda ham “Kechirasiz, Uzr, Ma’zur tutasiz” so‘zlari yo‘q edi.

Yoshligimdan kichkina farzand bo‘lganim uchun oilada erka edim va ko‘chada har qanday kishidan, hatto men aybdor bo‘lsam-da himoya qiladigan akam borligi uchun ushbu so‘zlarni ishlatishga majbur bo‘lmaganman.

Ushbu voqea meni o‘z xatom haqida o‘ylashga, Yaponlar qancha mehribon bo‘lishmasin “Meni tog‘am” emasligini tushunishga turtki bo‘ldi.

Men o‘sha kuni o‘z xatomni tan olib, umrimda birinchi marta:
“Meni kechiring. Bundan keyin ehtiyot bo‘laman,”

— deb kechirim so‘radim.

Kechirim so‘raganim meni Yapon jamiyatiga yana bir qadam yaqinlashtirdi. Chunki Yapon jamiyati sizga qanday inson bo‘lish tanlovini har doim qoldiradi. Siz hozirgi o‘zingiz qanday bo‘lsangiz, shunday davom etishingiz yoki o‘zingiz qilgan ishlarni tahlil qilib, xatolaringizni to‘g‘rilashga imkon beradi.

O‘z xatosini tan olish — har doim, avvalo, kishi o‘zini aldamasligi — Yapon jamiyati va insoniy munosabatlarning negizidir.

Siz ham Yaponiyada kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan holatlar bo‘lganmi?
Kechirim so‘rash yoki so‘ramaslik haqida ichki tuyg‘ularingiz urushganmi?
Siz o‘z xatongizni tan olib oldinga ketishga harakat qildingizmi? Yoki g‘urur, obro‘y deb kechirim so‘ramadingizmi?

Biz o‘zbeklar yoshligimizdan bosh egmaslikka o‘rgatilganmiz. Albatta biz hech qachon bosh egmasligimiz, g‘ururimiz toptalishiga yo‘l qo‘yishimiz mumkin emas.

Lekin xato qilgan vaziyatda avvalambor uni tan olish, kechirim so‘rash va oldinga ketish — muvaffaqiyat kalitidir. Shunday inson albatta nafaqat yapon jamiyatida, balki har qanday jamiyatda ham hurmatga sazovor bo‘ladi.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥6💯3❤2
Bugundan boshlab menga muvofaqqiyat olib kelgan so’zlarni ham sizlar bilan ulashib boraman.

1- Okagesamade- お陰様で-おかげさまで
Ma’nosi : Sizni yordamingiz bilan, sizni qo’llab- quvvalashingiz yordamida shu darajaga erishdim. Sizga tashakkur va siz men uchun qadrlisiz, ma’nolari bor.

Yapon xalqi juda e’tiborni yaxshi ko’radi. Menimcha barcha inson zoti shunaqa. Siz ularga xush muomalada bo’lsangiz, ularni yordamini tan olsangiz, yanada sizga ko’proq yordam berishadi.

Men paxta qo’yish kerak demoqchi emasman. Siz bu so’zlarni chin ko’ngildan aytyapsizmi, yuzaki aytyapmizni juda tezda bilinadi.

Sizga yordam bergan, sizni qo’llab- quvvatlagan kishiga aynana shu so’zlarni aytishni unutmang. Bu so’z siz bilan muloqotchi o’rtasida rishtalarni kuchaytiradi.

Ertaga ushbu so’zni o’qituvchingizga, ishxonadagi ustozingizga, hamkasbingizga, ota-ona, umur yo’ldoshingiz, sizga yordam bergan kishiga chin yurakdan aytib ko’ring.

Natijasini uchrashganimizda menga aytib berasiz!

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4
Yaponlarda qon guruhi orqali inson xarakterini aniqlash odati borligini bilasizmi?

Yaponiyada juda qiziq odat bor.
Odamlar bir-birlari bilan tanishganda yoki suhbat davomida:

“Qoningiz qaysi guruh?” (血液型は何ですか?)

deb so‘rashlari juda tabiiy hol.

Mendan yapon o‘rtoqlarim juda ko‘p marta shu savolni so‘rashgani uchun, ataylab kasalxonaga borib o‘z qon guruhimni aniqlatganman 😄

Biz o‘zbeklar odatda qon guruhini 1, 2, 3, 4 deb aytamiz.
Yaponlar esa A, B, O, AB deb ataydi.


A guruhi (2-guruh)

Tartibli

Mas’uliyatli

Rejama-bo‘ysunuvchi

Biroz kamgap


Yaponiyada eng ko‘p uchraydigan guruh bo‘lgani uchun, ko‘pincha “odatdagi yapon” deb tasvirlanadi.

B guruhi (3-guruh)

Erkin fikrli

Yaratuvchan

O‘z yo‘lidan boradigan

Ba’zan “o‘z bilganini qiladigan” deb ko‘riladi


Ijodkorlar orasida mashhur guruh.

O guruhi (1-guruh)

Liderlikka yaqin

Ijtimoiy

Tez moslashuvchi

Oson muloqot qiladigan


Yaponiyada ko‘plab menejerlar:
“O型 odamlar bilan ishlash oson” deb hisoblashadi.

AB guruhi (4-guruh)

Analitik fikrli

Biroz noodatiy

Sovuqqon ham, mehribon ham bo‘lishi mumkin


Yaponlar bu guruhni “sirli insonlar” deb atashadi.

Nega bu odat Yaponiyada mashhur?

Yaponiyada jamoaviylik (wa 和) juda muhim

Odamni tez tushunish uchun bir indikatsiya sifatida ishlatiladi

Ish joylarida jamoani shakllantirishda ham ko‘pincha gapiriladi

Ilmiy asosga ega bo‘lmasa ham, madaniyatda kuchli saqlanib qolgan

Sizningcha-chi?

🔹 Qon guruhi xarakterga ta’sir qiladi, deb o‘ylaysizmi?
🔹 O‘zingizning guruhingizni bilasizmi?
Aytgancha, yaponlarda A (2-guruh) qon guruhi eng ko‘p uchraydi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2👍2🔥2
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Барча учун имконият: малака, тартиб ва катта маош сари!

🤝 Жорий йил май ойида Миграция агентлиги раҳбариятининг Японияга ташрифи чоғида, ушбу мамлакатнинг “Proud Partners” компанияси билан ҳайдовчиларни Ўзбекистонда япон тили ва касбга ўқитиб, юқори маошли ишларга жалб қилишга келишилган эди.

⌛️ Келишувлар доирасида сентябрь ойида Тошкент шаҳрида лойиҳанинг рамзий очилиши бўлиб ўтди ва куни кеча B–C тоифали ҳайдовчилик гувоҳномаси бор ва Японияда ишлаш истагини билдириб ариза қолдирган 200 дан ортиқ номзод учун танловлар ташкил этилди.

🏗 Қурилиш соҳасида ишлаш учун рўйхатдан ўтган 700 нафар номзодга 15-декабрдан бошлаб онлайн танловлар режалаштирилмоқда.

📚Танловдан ўтганлар — Ангрен шаҳар Ю.Гагарин кўчаси 1-уйда жойлашган Миграция агентлиги тасарруфидаги 2-сон техникумнинг Қурилиш соҳаси малакали мутахассисларни тайёрлаш марказида 6–8 ойлик бепул ўқув курсларида таълим оладилар.
🏠Ўқиш даврда бепул ётоқхона билан таъминланадилар.

🇯🇵 Жараёнлар якунлангач, Японияда иш бошлайдилар.

📌 Бизни кузатишда давом этинг, танлов натижалари ва ўқиш бошланиш вақти ҳақида жорий йил 20-декабрга қадар XORIJDA ISH каналимизда эълон қилинади.
📌 Шунингдек, айнан ўқиш+иш дастури асосида яна эълонлар берамиз имкониятни қўлдан бой берманг, Япония меҳнат бозорига айнан сиз кераксиз!

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Bugun kunimizni qanday boshlaymiz?
A) Qo’l uchida o’qish yoki ishga borib kelamiz?
B) Bor kuchimiz va e’tiborimiz bilan hafakat qilamiz?

Play hard, work hard!

Men albatta B) ni tanlayman!
Hammaga omad.
👍8🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бир неча йиллардан буён мунтазам равишда “Япон университетлари битирувчилари клуби” учрашуви ўтказилади.

@yangidavr_rasmiy
👍7🔥1💯1
Eng muhim davr: 9–15 yosh — “critical period”

Kitob do‘konlarida “Uchdan keyin kech” degan mazmundagi kitoblar juda ko‘p sotiladi.
Lekin men hozir o‘qiyotgan, 1989-yilda yozilgan “Ijtimoiy psixologiya” (社会心理学) kitobida insonning o‘zligi (identity) shakllanadigan eng muhim yosh 9–15 yosh oralig‘i ekanligi aytiladi.
Aynan shu davr critical period hisoblanadi.

Ichki madaniyat qaysi yoshda rivojlanadi?

O‘rdak — tug‘ilgandan keyin 5–24 soat ichida

Mushuk — tug‘ilgandan 2–3 hafta va 17–18 haftalar oralig‘ida

Inson — 9–15 yosh oralig‘ida


Yosh va madaniyat o‘zlashtirish

9–11 yosh oralig‘ida chet elda o‘sgan bola chet el madaniyati bilan o‘zining asl madaniyati orasida qolib ketadi.
Qaysi madaniyatga tegishli ekanini aniqlash qiyin kechadi.
Bu yoshda bola boshqa madaniyatni nisbatan muammosiz qabul qiladi, lekin farqlarni tushuntirib bera olmaydi.

11–14 yosh oralig‘ida chet el madaniyatini qabul qiladi, ammo o‘zining asl madaniyatini tezda unutib yubormaydi.
O‘zligini yo‘qotishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.

14–15 yoshda chet elga chiqqan bolada o‘z madaniyati allaqachon shakllangan bo‘ladi.
U boshqa madaniyatni tezda qabul qila olmaydi, lekin majbur bo‘lsa moslasha oladi.
Bunday holatda ham u o‘zligini saqlab qoladi va ikki madaniyatlilik (bicultural) rivojlanadi.

Til va madaniyat masalasi

Chet tilini o‘rganish uchun odatda 3–4 yil vaqt ketadi.
Lekin chet til bilan birga chet madaniyat, muloqot uslubi va insoniy munosabatlarni to‘liq o‘rganish uchun kamida 6 yil kerak bo‘ladi.

Shu sababli chet elda 2–3 yil yashagan kishidan juda katta natija kutish — erta.

Xulosa

9–15 yosh — bu insonning muloqoti, ichki madaniyati va o‘zligi shakllanadigan eng muhim davr.
Ya’ni bu davr — critical period.

Nima demoqchiman?

Mening holatimda 9–15 yoshlar O‘zbekistonda, ota-onam bag‘rida o‘tgan.
15 yoshdan yapon tilini o‘rgana boshlaganim sababli yaponlarning dunyoqarashi va madaniyatini qabul qilishim oson bo‘ldi, lekin o‘z o‘zligimni saqlab qola oldim, deb o‘ylayman.

Bu maqolani o‘qiyotgan siz hozir 15–20 yosh atrofida bo‘lishingiz mumkin.
Yoki aksincha, farzandlaringiz ayni paytda 9–15 yosh oralig‘ida bo‘lishi mumkin.

Yaponiyada yashayotgan ko‘plab akalarimiz:
“Farzandim maktabga chiqguncha, ya’ni 6 yoshgacha O‘zbekistonga qaytaman” deyishadi.

Ammo bugun bildikki, o‘zlik va ichki madaniyat aynan 9–15 yosh oralig‘ida rivojlanadi.
Shuning uchun qaror qabul qilayotganda yosh va ichki madaniyat rivojlanishi o‘rtasidagi parallellikni inobatga olish juda muhim.

Hammaga omad!

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Hammaga Salom!
Biz “Nukus” deb o’rgangan. Lekin aslida “No’kis” ekanligini bilarmidingiz?
❤6🤷3👍1
Katta tarixiy xato tufayli ushbu mintaqa ko’p azoblar ko’rishga majbur bo’ldi.

O’tgan ishdan kuyunishdan, birovni ayblashdan foyda yo’q.

Kuchni bir yerga berib, bir tan-u bir jon bo’lib harakat qilsak albatta yanada yaxshiroq natijaga erishamiz.

Men, ushbu zaminda katta salohiyat ko’raman. Hali biz, qardosh-og’ainilarimiz bilan birgalikda katta ishlar qilamiz!
❤6👍3
Havo -3 daraja juda sovuq.
Lekin meni ichimni bugun uchrashgan inson juda qizdirib yubordi.

Tanishing Botir aka Mirzakulov, Jizzax viloyat Mirzacho’l tuman hokimi.
Botir aka o’z karyeralarini, guruch zavodida yuk tashuvchilikdan boshlaganlar.
Undan keyin Kolxozda qehqonchilik, Fermer, hokimiyatda qishloq xo’jalik bo’yicha hokim o’rinbosari, Sirdaryo viloyatining 4 ta tumanida hokim, ayni damdagi Mirzacho’l tumani hokimlik qilayotgan 5-tuman bo’ladi.

Masalaning eng qiziq joyi shundaki, Botir aka universitetda o’qimaganlar.

Harakat, mehnat bo’lsa universitetda o’qish shart emas

deydilar. O’zimga yaxshigina matvatsa oldim!
👍9❤1🔥1🤬1
Senbetsu pulini nima uchun ishlatganim yaxshi?

Yaponiyaga borganimga ham ancha vaqt bo‘lib qolgandi. Bo‘sh vaqtlarimda ishxonadagi qog‘ozlarni qayta ishlash bo‘limida ishlayotgan ikki xodimga yordam berishni xohladim. Jamoaning vazifasi qog‘ozlarni kesishda chiqadigan chiqindilar va kartonlarni rangi, qog‘oz qalinligi, karton va boshqa turlariga qarab alohida-alohida ajratish edi.

Bu men uchun yapon qog‘oz biznesini ichidan o‘rganish uchun ham juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Bir kuni kechqurun boshliq meni o‘z xonasiga chaqirdi. U Yaponiyadagi hayotim, Sendai shahrida kunlarim qanday o‘tayotgani haqida anchagina so‘radi. Suhbatimiz oxirida boshliq qo‘limga oq konvert tutqazdi.

“Bu nima?” deb so‘radim.

“Buni yapon tilida Senbetsu (餞別) deydi. Oxirgi paytlarda qarasam, sen kompaniyamiz haqida juda yaxshi o‘rganayapsan. Yaxshi savollar berayotganingni, chin dildan qiziqayotganingni eshitdim. Shuning uchun buni senga berishga qaror qildim,” dedi.

U Senbetsu — tanish odam biror joyga ketayotganida minnatdorchilik va qo‘llab-quvvatlash sifatida beriladigan pul ekanini tushuntirib berdi.

Konvertni ochib qaradim. Ichida 30 000 yena bor edi. 2009-yilgi kurs bo‘yicha hisoblaganda bu taxminan 400 dollarga yaqin edi. Juda hayron bo‘ldim.

“Bu katta pul ekan. Sizningcha, bu pulni nimaga ishlatsam yaxshi bo‘ladi?”

deb so‘radim.

Boshliq jilmayib dedi:
“Men sening yoshingda bo‘lganimda otamdan juda yaxshi maslahat olganman. Otam har doim: ‘Avvalo o‘zingga investitsiya qil. Sog‘lig‘ingga, bilimingga sarfla,’ der edi. Yaponiyaga kelganingga ham ikki oydan oshdi. Sen hozircha faqat Miyagi va Yamagata prefekturalarida bo‘lding. Yaponiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan Tokyoni ko‘rishingni xohlardim. O‘ylaymanki, Tokyoda seni xursand qiladigan ko‘p narsalarni ko‘rasan.”


Ertasi kuni Sendai markaziy vokzalidan yakobasu — kechki avtobusga chipta oldik va men hayajon ichida Tokyoga yo‘l oldim.

Tokyoga yetib kelishim va dunyodagi eng katta, eng gavjum shaharlardan birini ko‘rish meni juda to‘lqinlantirdi. O‘ylaymanki, har bir vatandoshimiz Tokyoga birinchi marta kelganda shunday hissiyotlarni boshdan kechiradi.

Aynan shu safar keyinchalik Yaponiyaga talaba sifatida qaytishimga qaror qilishimda katta turtki bo‘ldi. Boshliqdan olgan 30 000 yena mening kelajagim uchun sarflandi.

Shu kundan boshlab bitta muhim narsani tushundim: inson o‘ziga investitsiya qilish masalasida hech qachon ikkilanmasligi kerak.

Ushbu maqolani o‘qiyotgan siz ham jamg‘armangizni yoki ishlab topgan pulingizni nimaga sarflash haqida jiddiy savollarga duch kelayotgandirsiz. Pulni o‘z kelajagingiz uchun ishlatish — bu eng to‘g‘ri va eng kuchli investitsiyadir.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤6👏6🔥2