Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏4
Qolmay shaharda tovqatim
Qishloq chiqardim odatim
Hohi yayov bo’lsin otim
Gar sayr ham darkor ekan
Muhammad Aminxo’ja Muqumiy sheridan
Har safar sayohatga chiqganimda, o’zimga o’zim tez-tez chiqaman deb vada beraman. Lekin afsuski tashvishlar bilan vaqt ajratish imkoni bo’lmaydi. Lekin sayr, sayohat qilish, ishga, o’qishga yanada kuch beradi. Bu safar orasida katta vaqt ochilib qolmasligiga harakat qilamiz.
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook

🔥6👍3
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇵 Японияда ишлаш ёки таълим олишни режалаштираяпсизми? Ишончли маълумотни расмий манбадан олинг!
Japan Career Portal — Миграция агентлигининг Японияда ишлаш, таълим олиш ва яшаш бўйича расмий ахборот платформаси.
📌 Порталда сиз:
✅ Японияда ишлаш ёки ўқиш учун тайёргарлик;
✅ Виза ва ҳужжатларни расмийлаштириш;
✅ Япониядаги ҳаёт ҳақида фойдали маълумотлар;
✅ Ўзбекистонга қайтгач карьера имкониятлари ҳақида ахборот олишингиз мумкин.
🤖 Шунингдек, порталда 24/7 ишлайдиган AI чатбот ҳамда ўзбекистонликларнинг Япониядаги ҳақиқий тажрибалари жойлаштирилган.
🌐 Портал ўзбек, рус ва япон тилларида фаолият юритади.
Юклаб олиш👇
📱 iOS
👽 Android
🔗 Веб сайт
📱 Telegram
🌐 Instagram
📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration

🔥3👍2👏2
Yaponiya hukumati doimiy yashash vizasi (Eijuken) ni olishni qiyinlashtirdi. https://www.nikkei.com/article/DGXZQOUA035500T00C26A8000000/
Shu vaqtga qadar, 1) Yomon ish qilmagan bo'lsa, 2) O'zini o'zi ta'minlay olsa 3) Yaponiya davlatiga foydasi tegadigan kishi bo'lsa
degan talabalari bor edi.
Shu talablar, 1) Daromadi o'rtacha Yaponlardan yuqori bo'lishi kerak 2) Aniq faktlar bilan Yaponiyaga foydasi tegishini isbotlab berish 3) Pensiyaga chiqganda yetarlicha pensiya to'lagan yoki yetarlicha mablag'i bor deb ko'rsatish kerak bo'ladi.
Bundan tashqari, Doimiy yashash statusiga ega bo'lgan kishilar, ataylab soliq, sug'urtani to'lamasa ushbu erkinlik olib qo'yiladi.
Men bitta xulosa qilmoqchiman, biz shunday zo'r bo'laylikki, Eijuken ga tobe bo'lmaylik.
Bir tomondan olib qarasa, o'rtacha Yaponlardan ko'proq daromad olish ham qiyin emas, hozir Yapon oilalarining o'rtacha daromadi, yiliga 5,500,000 yena atrofida. O'rtachadan yuqoriroq bo'lish har kimnining o'zi uchun ham yaxshi. Harakat qilsa yetsa bo'ladigan daraja. Kayfiyatni tushirmaymiz :)

👍5
1. Sun'iy intellekt dunyoni qanday o‘zgartirmoqda?
2. Ilya Varlamov va Andrey Doronichevning qiziqarli suhbatini tomosha qiling.
3. Kremniy vodiysida texnologik revolyutsiya qanday kechmoqda?
4. AI ish o‘rinlarini yo‘q qiladimi yoki yangi imkoniyatlar yaratadimi?
5. Kelajakdagi xavflar, tibbiyotdagi yutuqlar va haqiqatni ajratish muammosi.
6. Texnologiyalarning inson hayotiga ta'siri haqida chuqur tahlil.
7. Ushbu video kelajakka nazar tashlash uchun ajoyib qo‘llanma!
https://youtu.be/hvXOIjjkSHM?si=U7SJGjplG0JFig-w

👍2
Men bugun uchrashgan Farhod ukamiz Yaponiyadan sal kam 10 yillik tajriba olib qaytib O’zbekistonda yangi karyerasini boshlab turibdi. Shunday mas’uliyatli ishida Steve Jobs so’zlarini har doim yodda tutishni aytmoqchiman.
Hayotda siz o’ylaganingizdan ko’ra yaxshilik ustun chiqadi. Yaxshi niyyat, yaxshi so’z, yaxshi amal!
Yaxshi niyyat qilishdan to’xtamaylik!
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook
If you want to make everyone happy don’t be a Leader. Sell ice cream!
Hayotda siz o’ylaganingizdan ko’ra yaxshilik ustun chiqadi. Yaxshi niyyat, yaxshi so’z, yaxshi amal!
Yaxshi niyyat qilishdan to’xtamaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤2👏1
Birinchi marta Nukusga borganimda bu hudud Yaponiya masalasida O’zbekistonning boshqa joylaridan katta farqi borligini, u farqni tezda to’ldirish kerakligi haqida o’yladim. Vaqtida qilingan to’g’ri qaror, butun jamiyatni o’zgarishiga sababchi bo’ladi.
Endilikda Qoraqolpog’istondagi barcha vatandoshlarimiz tekin yapon tili va Yapon madaniyatini o’rganish imkoniyati mavjud.
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook
Endilikda Qoraqolpog’istondagi barcha vatandoshlarimiz tekin yapon tili va Yapon madaniyatini o’rganish imkoniyati mavjud.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Yaponiyaga kelganim ilk kunlaridanoq, ko'plab vatandoshlarimiz sms orqali, ijtimoiy tarmoqlarda va ko'rishganda "O'zbekistonda oylik ko'tarilgan ekan, O'zbekistonda odamlar ko'p topayotgan ekan" deyishmoqda. Odam nimani qidirsa o'shani topadi, nimani so'rasa o'shani oladi. Siz nimaga qiziqsangiz o'sha ma'lumotlar sizga yig'ilib keladi.
Tan olish kerak Yaponiyadagi oxirgi vaqtdagi chet elliklarga bo'lgan davlat va xalqning munosabatini o'zgargani, ko'pchilikda aynan yuqoridagi gaplarni eshitgilari, "Biz qayerda bo'lmasak o'sha yer zo'r" degan maqolni eshittiradi.
Bordiyu siz kelajakda O'zbekistonga qaytib Yaponiya tajribasini ishlatmoqchi bo'lsangiz, quyidagilarni esda tutishingiz kerakligini aytmoqchiman:
1) Har yerni qilma orzu har yerda bor tosh tarozu→ batafils ko'rishganda aytib beraman.
2) Yapon tilini JLPT 2 dan past darajada bilsangiz, vatanga qayib men Yaponiyada falon yil o'qiganman (yoki ishlaganman) deb aytib o'tirmang. Yana bir marta aytaman, Yapon tili orqali pul ishlayman degan kishi JLPT 1 olgandan keyin birinchi eshik ochiladi. N1 bo'lmaganlar bilingki siz hali eshikdan tashqarida turibsiz.
Aeroprotda men bilan uchib kelgan ukalarimiz, 3-4 yildan beri Yaponiyadamiz, JLPT topshirmaganmiz, darajamiz ham yo'q deb uyalmasdan aytishdi. Bu ketishda kechirasiz-u vaziyatingiz ancha qiyin bo'ladi.
N2, N1 bo'lmasdan turib 1000$ oyliklarni orzu qilmang. Sizni ishga olganlarni qiynamang :)
3) Faqatgina til bilish, faqatgina diplom bilan hech narsa qilib bo'lmaydi. Siz qaysidir muammoni hal qilasiz va o'sha muammoni hal qilganingiz uchun sizga haq to'lanadi. Siz yaxshi maoshli ishga kirishingiz uchun qancha qiyin muammolarni hal qilsangiz shuncha sizga imkoniyatlar ochiladi. Qanday qilib muammolarni hal qilishni o'rganamiz? Tajriba bilan. Ish tajribasi, internship, valantyorlik, jamoaviy ishlash, loyiha va idealarni reallashtirish, start-uplar, hammasi aniq mehnat orqali sizga sekin sekin muammoni hal qilish kuchi shakllanib boradi. Aynan shu tajribalar sizni bozor narxingizni ko'taradi.
Asosiy savol: Yaponiya chet elliklarni chiqib ketishini xohlayaptimi?
Meni javobim aslo yo'q. To'g'ri har xil shu vaqtgacha tartibga solinmagan ishlar tartibga solinyapti. Lekin qaysi rivojlangan davlat o'z eshigini ochiq hamma narsani tayyor qilib qo'yibdi? Hech qayer.
Siz va biz Yaponiyada qandaydir maqsad bilan kelganmiz. O'sha maqsad yo'lida har xil qiyinchiliklar bo'ladi va bular hammasi shulardan bittasi.
Bugun Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga bordim. Cho'ntagimda naqd pul 500 iyena yetmay turgan edi. Politsiya xodimi, 4 soat kutib turasiz deb qabul qilmayotgan edi, orqada turgan Yapon qarab turaolmasdan o'zi kelib meni to'lovimni to'lab tashladi. To'g'risini aytaman, juda xursand bo'ldim. Ayni shunday xenophobia alomatlari chiqib turgan joyda chet elliklarni qo'llab quvvatlaydigan Yaponlar ham qarab turgani yo'q. Ular ham bu o'zgarishlar o'z davlatining imijini yomonlashishidan xavotirda.
Shunday ekan ehtiroslarni chetga surib qo'ygan holda, o'z maqsadimiz sari qadamlarni tashlaymiz.
Xulosa, katta oylikni hech kim sizga tayyor qilib kutib turmaydi. Siz muammolarni hal qiladigan kadr bo'lib rivojlanib borasiz, yaxshi daromadli ishlar sizni qidirib topadi.

Telegram
Jurabek Vision💡
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
👍10❤4
Odatda Yapon kompaniyalari chet el bozoriga chiqish vaqtida, 3 yil yoki 5 yil daromad ko'rmaymiz, ya'ni zararga ishlaymiz deb business plan tuzadi. Shunga yarasha capital (mablag') ajratadi. Nega Yaponlar unaqa, nega bunaqa qaror qiladi, nega sekin deb biznikilar Yaponlarni tushunmaydi. Bular uzoqni ko'radi, O'zbekiston 10 yildan keyin 15 yildan keyin qanday davlat bo'ladi shunga qiziqadi. Bir Yapon kompaniyasi vakillari O'zbekistonga 3 yil oldin ofis ochgan va 3 yildan beri foyda ko'rmagan. Lekin, ular buni kutgan va bemalol hali yana investitsiya kiritamiz deyishyapti. Yaponlar bilan ishlaganda shunday uzoqni ko'zlab ishlash usuli haqida bilib qo'ygan yaxshi.
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3👏3❤2
Yaxshi oylik uchun ishni ortidan quvgan kishi bir umr pulni ortidan quvadi.
Yaxshi ko'rgan ishi, qiziqadigan sohasini topgan kishi, hech qachon pul uchun yaxshi maosh uchun qaror qilmaydi.
Yaxshi ko'rgan ishi bo'lmasachi? Yaxshi ko'rgan sohasi bo'lmasachi?
Demak siz qilishingiz kerak bo'lgan ish bitta. U ham bo'lsa o'zingizni o'rganish.
Inson qachon o'zini bilsa hayoti osonlashadi. O'ziga nima yoqadi nima yo'qmaydi, nima kuchli tomoni bor, nima kuchsiz. Yaxshi ko'rgan ishim bilan ko'p daromad qilaolmaymanku deysizmi? Ha albatta. Hozircha shunday. Mutaxasislikni ko'chaytirib borsangiz, daromad keyin keladi. Afsuski ko'p hollar biz o'zimizni 40-yoshdan oshib, yoki undan hatto kechroq borib tushunamiz.
Xo'sh o'zini yoshlik davrida, tezroq o'rganib olish uchun nima qilish kerak? Avvalambor, "Men o'zimni yanada yaxshiroq o'rganmoqchiman" deb o'ziga aytish. Shu haqida firklash. Undan keyin boshqasi bo'ladi.

🔥8👍1
6- Avgust Hiroshima, 9-Avgust Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlangandan keyin 15-Avgust Yaponiyada “Urush tugagan kun”- Yaponiya urushda yutqazgan kun hisoblanadi. Yaponiyaning urushda qatnashgan sabablari, Yaponiya nima uchun urush qilgani, yutqazgandan keyingi siyosiy yo’nalish haqida bugun Yapon jamiyati bo’lingan. Kimdir urush qilib yaxshi qilgan desa, kimdir urush boshlashda yaponlarni o’zi aybdorligi va kerakli jazo olganligini ta’kidlaydi.
Bugun do’stim bilan Urushga qatnashgan kishilarni xotirlash ibodatxonasi靖国神社ga bordim. Ushbu ibodatxona juda siyosiy bo’lib amaldagi Yapon bosh vazirlar ziyorat qilganlar soni juda cheklangan. Har gal bosh vazir borganda Korea va Xitoy tomonidan juda katta protest bo’ladi. Bu yil ham Takaichi xonim ibodatxonaga bormadi. Chunki shunday bo’lsa ham qo’shni Xitoy bilan aloqalari ancha og’ir. Biror millatni bugun tushunish uchun ularni tarixini yaxshi bilishimiz kerak. Tarixsiz kelajak yo’q deymiz. Nafaqat kelajak, tarixsiz bugun ham mavhumdir.
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook
Bugun do’stim bilan Urushga qatnashgan kishilarni xotirlash ibodatxonasi靖国神社ga bordim. Ushbu ibodatxona juda siyosiy bo’lib amaldagi Yapon bosh vazirlar ziyorat qilganlar soni juda cheklangan. Har gal bosh vazir borganda Korea va Xitoy tomonidan juda katta protest bo’ladi. Bu yil ham Takaichi xonim ibodatxonaga bormadi. Chunki shunday bo’lsa ham qo’shni Xitoy bilan aloqalari ancha og’ir. Biror millatni bugun tushunish uchun ularni tarixini yaxshi bilishimiz kerak. Tarixsiz kelajak yo’q deymiz. Nafaqat kelajak, tarixsiz bugun ham mavhumdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
O’zbekistonda odamlar sizni kim ekanligingizga, nimangiz borligiga qarab muomala qiladi.
Yaponiyada odamlar sizni muomalangizga qarab kimligingizni biladi.
Shu vaqtgacha juda ko’p yaponlar bilan oddiy do’st, oddiy tanish bo’lganman. Ularni kim ekanligi, ota onasi nima ish qilishiyu, qancha puli borligini yillar o’tgancha bilmaganman. Oddiy misol qalin o’rtog’im menga ota onasini 8 yil do’st bo’lganimizdan keyin tanishtirgan. Do’st tushunchasi O’zbekiston va Yaponiyada umuman boshqacha. Yaponlar ko’chada tanishib darrov qalin bo’lib ketavermaydi.
🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook
Yaponiyada odamlar sizni muomalangizga qarab kimligingizni biladi.
Shu vaqtgacha juda ko’p yaponlar bilan oddiy do’st, oddiy tanish bo’lganman. Ularni kim ekanligi, ota onasi nima ish qilishiyu, qancha puli borligini yillar o’tgancha bilmaganman. Oddiy misol qalin o’rtog’im menga ota onasini 8 yil do’st bo’lganimizdan keyin tanishtirgan. Do’st tushunchasi O’zbekiston va Yaponiyada umuman boshqacha. Yaponlar ko’chada tanishib darrov qalin bo’lib ketavermaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍4
Forwarded from 𝘽𝙖𝙝𝙤𝙙𝙞𝙧 𝙄𝙨𝙠𝙖𝙣𝙙𝙖𝙧𝙤𝙫 ✍🏻
КЎМИРҚАЛБЛАР ЎҚИМАСИН!
Ассалому алайкум, аслзода ўқирманлар. Эсингизда бор, "Япониядаги жадидларимиз" рукни остида туркум мақолалар ёзиб келаётурмен. Бу галги қаҳрамонларимиз "Ээ қойил" деб юборадиган қаҳрамонлардан.
Энди, бир оилавий ўтириб муҳим тарбиявий аҳамиятга эга "Муҳаббат қаҳваси"ними, "Кассабланка"ними, "Эсмералда"ними кўриб, Маргарета роза де франсиско, Гай Эккер, Алеҳандро боррирос, Сальвадор каби дарғаларни кўраман деб турганингизда пақ этиб реклама қўйиб юборарди-ку. Мен ҳам асосий мавзуга ўтишдан олдин, бир нарсани айтиб кетай. Руслардаги "Братан" сўзи ўзимизнинг тилдан олинган. "Бир отадан" , "Бир атадан" деган сўзларни эшитиб қолган Руслар, ака-ука "Братан" бўларкан деб оволишган)) Айтганча, бу гапларимни илмий асоси йўқ. Кассабланка билан бир хилда кўраверинг))
Братан, бир атадан деган сўзларни бекорга гапирмадим. Бугунги қаҳрамонларимиз, сиз расмда кўриб турган, менинг икки ёнимда турган, ака-ука Ҳасановлар бўлишади. Сиз расмда кўриб турган қора кўйлакдаги акамиз - Фирдавс Ҳасанов - Самарқанд вилояти, Тайлоқ туманида туғилган. Самарқанд давлат чет-тиллари институтини тамомлаб, Япониядаги Тсукуба университетига ўқишга келганлар. Ҳозирда, Токионинг киндигида жойлашган "Ҳалал Сакура" деган Ўзбек ресторанига асос солиб, ватанимизни Японияда танитишга ҳисса қўшиб келаяптилар. Бу акамизни мен "Олим, зиёли бизнесмен" деб атайман.
Илмий ишлари, бизнеслари ўз йўлига, акамизнинг самимийлиги, ватанпарварлиги тахсинга сазовор. Илмий ишлардан, бизнесдан, оиладан ортиб қачон қараманг ватандошларимизга манфаатли лойиҳаларни бошлаб юрадилар. Қойилотун-қойилун.
Ана энди, Ҳасановларнинг кичиги Журабек Ҳасанов ҳақида гаплашамиз. Журабек Ҳасанов - Японияда бакалавр, магистатурада ўқиган. Япон тили, Инглиз тили, ўз соҳасига оид сертификатларни қалаштириб олиб ташлаган. Ўқишни тамомлаб, нафақат Японияда, бутун дунёга машҳур NEC корпорациясида фаолият юритган. 15 йилга яқин Японияда тажриба тўплаб, шу билим ва тажрибаларимни ватанимда қўллайман деб ҳозирда Ўзбекистонда фаолият юритаябди. Фаолият юритганда ҳам Япониянинг ривожланаётган давлатларга таълим, тиббиёт, қишлоқ хўжалиги, инфратузилма, кадрлар тайёрлаш ва технология соҳаларида ёрдам беришини ташкил қиладиган JICA Узбекистан деган ташкилотда ишлаябдилар.
Журабек Ҳасанов Япониядаги Ўзбек ёшлар уюшмасининг раиси, бир нечта академик клубларнинг асосчиси, қисқа қилиб айтганда ҳақиқий ватанпарвар йигит.
Энг муҳими, энг қизиқ жойини айтайми? Ака-ука Ҳасановлар ўзимиздан ойлик олишмайди, Япониядан ойлик олишади. Қилаётган лойиҳалар, учрашувлар, тадбирлардан ҳам бир тийин фойда келмайди. Ўз ёнларидан пул, вақт, энергия сарфлаб ватанимиз, жамиятимиз, ватандошларимиз учун ҳаракат қилишади. Мен ҳам ҳудди шундай)
Буни четдан кўриб турган айрим кўмирқалблар "Буларнинг нимадир мақсади бор, манфаати бор" деб гапиришади. Йўқ, ватанни манфаатсиз ҳам, лавозим, пул, обруни кўзламасдан ҳам яхши кўриш, ватан ривожи йўлида ҳаракат қилиш мумкин.
Ака-ука Ҳасановларнинг ота-оналарига ташаккур айтиб қоламиз ва омад тилаймиз!
Ҳурматли аслзода ёшлар, юқоридаги акаларингиз ҳам 20 йил олдин, ҳудди ўзимизга ўхшаб қишлоқда, оддийгина бўлиб юришган эди. Ўқиб-изланиб, шу даражаларга етишишди. Сиз ҳам уддалайсиз. Бўш келманг!
Аслзода ота-оналар, қўлингизни дуога очинг - Илоҳим фарзандларимиз илмли, зиёли, бой-бадавлат, жамиятимизга, икки дунёмизга нафи тегадиганлардан бўлсин!
Баҳодир Ниппоний- Яхши кунларда сиз билан бирга.Ватанпарварлар дан сўранг)
Каналга уланиш👈

Баҳодир Ниппоний- Яхши кунларда сиз билан бирга.
Каналга уланиш👈
🔥7❤3👍3😁2⚡1👏1