Forwarded from Migratsiya agentligi
ЯПОНИЯДА ИШЛАШ ИМКОНИ — “JPC CORPORATION” БИЛАН ЯНГИ ҲАМКОРЛИК!
Миграция агентлиги раҳбарияти Япониянинг йирик компанияларидан бири — JPC Corporation билан учрашув ўтказди. Унда Японияга ишга юбориладиган ўзбекистонлик фуқароларни саралаш, иш берувчилар талабларидан келиб чиқиб касбга тайёрлаш ва ишга жойлаштириш бўйича келишувга эришилди.
Японияда ишлашга қизиқишингиз бўлса биринчи қадам тил ўрганишдан бошланади. Япон тилини иш берувчиларнинг талаб даражасида ўргатадиган ҳамкор марказларимизни сизга таклиф қиламиз.
Биринчи қадам сиздан, таянч биздан!
@uzmigration

JPC Corporation — 2003 йилда ташкил топган, асосий фаолияти автомобиллар, эҳтиёт қисмлар ва транспорт воситаларини экспорт қилишдан иборат. Ҳозирда компания қурилиш, автомобил механикаси, юк ташиш ва темир йўл соҳаларига хорижлик ишчиларни жалб қилмоқда.
Японияда ишлашга қизиқишингиз бўлса биринчи қадам тил ўрганишдан бошланади. Япон тилини иш берувчиларнинг талаб даражасида ўргатадиган ҳамкор марказларимизни сизга таклиф қиламиз.
🎁 Ҳа айтганча, бонус ҳам бор! Миграция агентлиги хорижда ишлаш истагидаги фуқароларни хавфсиз, қонуний, ташкиллаштирилган тартибда кетишларини қўллаб-қувватлайди. Чет тиллари ҳамда касбий малака имтиҳонларини муваффақиятли топширганлар учун БҲМнинг 3 бараваригача харажатларни қоплаб беради!
Биринчи қадам сиздан, таянч биздан!
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning JICA agentligi eksperti Kiyohiko Kuroda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari doirasida Surxondaryo viloyatining ushbu davlatdagi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganligi, yangi loyihalarni amalga oshirishda keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Xususan, o‘zaro tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarga asosan Surxondaryoda O‘zbekiston-Yaponiya texnologiya universiteti tashkil etilayotganligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsiz migratsiya yo‘nalishlarida qator loyihalar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Muzokaralar davomida Yaponiyaga xavfsiz migratsiyani ta’minlash maqsadida yangi platformani ishga tushirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, JICA agentligi bilan hamkorlikdagi loyihalarning borishi kabi masalalari muhokama qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

❤2
Forwarded from JAPAN CAREER PORTAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Japan Career Portal rasman ishga tushdi. Bizni kuzatib boring.
🌐 japancareer.uz 🚀 Telegram📷 Instagram 🔵 Facebook 🎬 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from JAPAN CAREER PORTAL
💡Japan Career Seminar — Sizning kelajakdagi muvaffaqiyatingiz uchun!
Kechagi, 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tgan Japan Career Seminar yapon kompaniyalarida ishlashni va Yaponiyada o'qishni istovchilar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.
📚Seminar davomida ishtirokchilar:
💼Yaponiyada karyera qilish istagida bo‘lgan yoshlar uchun quyidagi muhim maslahatlar berildi:
🌐japancareer.uz 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook 🎬YouTube

• Yaponiyaning ish madaniyati, talablar va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi;
• Davra suhbatlari orqali vatandoshlarning Yaponiyada ish tajribasini eshitishdi;
• Hamda aniq, amaliy maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
💼Yaponiyada karyera qilish istagida bo‘lgan yoshlar uchun quyidagi muhim maslahatlar berildi:
1. O‘zini chuqur tahlil qilish;
2. Jamiyat va jamoaga moslashuvchan bo'lish;
3. Yapon tilini mukammal bilish;
4. O'ziga va o'zga madaniyatlarga hurmat bilan yondashish;
5. Erkin tafakkurli bo'lish (open mind).
🌐japancareer.uz 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook 🎬YouTube
❤1
Forwarded from QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi Murotjon, Murodjon Azimov Qarshi UZB UZ (Ahror Sodiqov)
Qashqadaryoda Yaponiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun Yapon tili kurslari tashkil etiladi
Yaponiyadagi bandlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekistonda sanoat sohasida inson resurslarini rivojlantirish loyihasi - JICA GROW doirasida bosh maslahatchi Kurodo Kiyohiko boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - oliy va kasbiy ta’lim hamda migratsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlashdir.
Delegatsiya Qarshi davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida joylashgan texnikumlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Muzokaralar natijasida Yaponiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tartibli va maqsadli Yapon tili kurslarini tashkil etish, shuningdek, viloyatdagi ta’lim muassasalari bilan yaponiyalik ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Forwarded from Qarshi davlat texnika universiteti
#Xalqaro_hamkorlik
Qarshi davlat texnika universitetida "Yaponiyadagi bandlik imkoniyatlaridan foydalangan holda O‘zbekistonning sanoat sohasidagi kadrlar salohiyatini rivojlantirish” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Janob Kiyohiko Kuroda boshchiligidagi mehmonlar guruhining dastlab universitet rahbariyati va bo‘lim boshliqlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya tabiati, iqtisodiyoti, talabalar hayoti, loyihaning muhim jihatlari haqida tushuncha berildi. Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Universitetimiz talabalari ishtirokidagi seminarda loyihaning afzalliklari tushuntirildi.
QarDTU axborot xizmati ✍️

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi migratsiya agentligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi Yaponiyada o‘qish va ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga kerakli maʼlumotlarni yetkazish, yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari bilan yapon ish beruvchilari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.