Jurabek Vision💡
195 subscribers
164 photos
32 videos
1 file
111 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
Forwarded from JAPAN CAREER PORTAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Japan Career Portal rasman ishga tushdi. Bizni kuzatib boring.
🌐japancareer.uz 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook 🎬You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from JAPAN CAREER PORTAL
💡Japan Career Seminar — Sizning kelajakdagi muvaffaqiyatingiz uchun!

Kechagi, 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tgan Japan Career Seminar yapon kompaniyalarida ishlashni va Yaponiyada o'qishni istovchilar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.

📚Seminar davomida ishtirokchilar:

• Yaponiyaning ish madaniyati, talablar va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi;
• Davra suhbatlari orqali vatandoshlarning Yaponiyada ish tajribasini eshitishdi;
• Hamda aniq, amaliy maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.


💼Yaponiyada karyera qilish istagida bo‘lgan yoshlar uchun quyidagi muhim maslahatlar berildi:

1. O‘zini chuqur tahlil qilish;
2. Jamiyat va jamoaga moslashuvchan bo'lish;
3. Yapon tilini mukammal bilish;
4. O'ziga va o'zga madaniyatlarga hurmat bilan yondashish;
5. Erkin tafakkurli bo'lish (open mind).


🌐japancareer.uz 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook 🎬YouTube
❤1
Qashqadaryoda Yaponiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun Yapon tili kurslari tashkil etiladi

Yaponiyadagi bandlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekistonda sanoat sohasida inson resurslarini rivojlantirish loyihasi - JICA GROW doirasida bosh maslahatchi Kurodo Kiyohiko boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - oliy va kasbiy ta’lim hamda migratsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlashdir.

Delegatsiya Qarshi davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida joylashgan texnikumlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Muzokaralar natijasida Yaponiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tartibli va maqsadli Yapon tili kurslarini tashkil etish, shuningdek, viloyatdagi ta’lim muassasalari bilan yaponiyalik ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
#Xalqaro_hamkorlik

Qarshi davlat texnika universitetida "Yaponiyadagi bandlik imkoniyatlaridan foydalangan holda O‘zbekistonning sanoat sohasidagi kadrlar salohiyatini rivojlantirish” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.


Janob Kiyohiko Kuroda boshchiligidagi mehmonlar guruhining dastlab universitet rahbariyati va bo‘lim boshliqlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya tabiati, iqtisodiyoti, talabalar hayoti, loyihaning muhim jihatlari haqida tushuncha berildi. Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi migratsiya agentligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi Yaponiyada o‘qish va ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga kerakli maʼlumotlarni yetkazish, yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari bilan yapon ish beruvchilari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.


Universitetimiz talabalari ishtirokidagi seminarda loyihaning afzalliklari tushuntirildi.

QarDTU axborot xizmati ✍️