Jurabek Vision💡
195 subscribers
164 photos
32 videos
1 file
111 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
Forwarded from Migratsiya agentligi
#келишувлар_амалда

🇯🇵🇺🇿 Япония компанияси Ўзбекистонда ошпазлик ва тил курсларини йўлга қўйди

📚Япониянинг Onodera User Run ташкилоти Миграция агентлигининг Халқаро тил ва кўникмалар мактаби базасида ўқув курсини ишга туширди.
Миграция агентлиги раҳбари Беҳзод Мусаев ўқиш жараёнлари билан танишиб, тингловчилар билан дўстона мулоқот ўтказди.

🤝 Лойиҳа — жорий йил май ойида Миграция агентлиги делегациясининг Японияга хизмат сафари доирасидаги келишувларга кўра амалга оширилди.
Келишувда, Ўзбекистонда турли соҳалар бўйича малакали кадрларни тайёрлаб, уларни Японияда юқори маошли ишларга жойлаштириш кўзда тутилган.


👩‍🍳 Биринчи босқич сифатида ошпазлик йўналиши бўйича курс ташкил этилди.
📝 Июнь ойида эълон қилинган танловда 1200 нафар номзод рўйхатдан ўтди ва 40 нафар иштирокчи сараланиб, тайёрлов курсларига жалб этилди.

⏳Эндиликда улар 6–8 ой давомида япон тили ва кулинария сирларини ўрганиб, келаси йил май ойидан бошлаб Японияда меҳнат фаолиятини бошлаш имкониятига эга бўладилар.

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1. Siz sevadigan narsa
2. Siz yaxshi biladigan narsa
3. Dunyo ehtiyoj sezadigan narsa
4. Sizga haq to‘lanadigan narsa
🔥2
O‘zbekiston va Yaponiya yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda

🇺🇿🇯🇵Bugun Toshkentdagi “Radisson Blu Hotel”da Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yaponiya Milliy Qishloq xo‘jaligi palatasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi” ikki davlat o‘rtasidagi agrar hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berdi.

👥Tadbirda ikki mamlakat vazirlik va tashkilotlari vakillari, yapon kompaniyalari hamda agrar yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

📈So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida agrar sohada barqaror hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yil iyun oyida o‘tgan “O‘zbekiston — Yaponiya forumi” hamda o‘tgan yilgi Tokio tashrifi bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi.

🏢Natijada qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarida yapon tili kurslari yo‘lga qo‘yildi. Hozirda bu tizim Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandislik xalqaro instituti, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, Samarqand va Qoraqalpog‘iston agrar institutlarida faoliyat yuritmoqda.

➕2023–2030-yillarda yapon tilini o‘rganayotgan talabalar sonini 10 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu yoshlar uchun nafaqat til o‘rganish, balki Yaponiyada amaliyot o‘tash va xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyatini beradi.

👤Yarmarkada yapon kompaniyalari ish sharoitlari, talablar va amaliyot dasturlari haqida ma’lumot berishdi. Tadbirda 300 nafar talaba ishtirok etdi — ulardan 200 nafari bevosita, 100 nafari onlayn tarzda qatnashdi.

✅Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari ta’kidlashicha, bunday yarmarkalar yoshlar uchun xalqaro tajriba orttirish, salohiyatini ko‘rsatish va global mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish uchun muhim maydon hisoblanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🌟 O’z orzularingiz haqida aytishdan hech ham qo’rqmang.
Sizga yordam beradiganlar albatta topiladi!
Telegram kanalga ulanish: https://t.me/Jurabek_Vision
Ushbu kanalda men 15 yillik Yaponiyadagi hayotim davomida orttirgan tajribamni, o‘qish va ish jarayonlarida, boshqa davlatlarga qilgan xizmat safarlarim orqali to‘plagan xalqaro bilim va kuzatuvlarimni sizlar bilan bo‘lishib boraman. Do‘stlarimiz, uka-singillarimiz uchun zamonaviy bilimlar, karyera rivoji, hayot rejasi tuzish haqida fikrlarimni aytaman.

Bugun sizlarga bundan 17 yil avval, hali 17 yoshga to‘lmagan vaqtda bo‘lgan bir voqeani aytib bermoqchiman.
2008-yil dekabr oyi edi. Men kollejning 3-kurs talabasi edim. O‘qish bilan bir qatorda o‘rgangan yapon tilimni yanada mustahkamlash uchun turfirmaga gidlik ishiga ariza topshirgan edim. Tajribam yo‘qligiga qaramay, menga ish berishdi va bu ish orqali Xorazm, Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz va Toshkent kabi asosiy turizm markazlariga borish rejalashtirilgan edi.

Toshkentga kelib, mehmonni kutib oldim. Siz rasmda ko‘rib turgan inson — Tokiwa-san, mana shu mehmon edi. O‘sha paytda bu inson mening hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborishini hech o‘ylamagan edim. Yo‘l davomida men unga o‘z o‘y-xayollarimni, kelajakdagi orzularimni aytib berar edim. Nimalarni aytganim aniq yodimda emas, lekin Yaponiyaga bo‘lgan qiziqishim, u yerda o‘qish va ishlash orzuim borligini aytganimni yaxshi eslayman.

Buxorodan Samarqandga yo‘l olayotganimizda Tokiwa-san to‘satdan:
“Xohlaysanmi, men seni Yaponiyaga taklif qilaman?” — dedi.
Men bu gapni anglamay: “Uzur, yana bir marta aytingchi?” dedim. U yana bir bor shu so‘zni takrorladi.
Haydovchi akamiz Olim aka bilan bir-birimizga qaradik. Men esa “Ha, albatta boraman!” — deb javob berdim. Olim aka bilan bu gapni hazil deb o‘ylab, anchagacha kuldik.

Ammo Samarqand shahriga kirib, Registon maydoniga yetganimizda, Tokiwa-san:
“Viza uchun Elchixona bizning birgalikdagi rasmimizni so‘raydi. Keling, shu yerda rasmga tushamiz,” — dedi.
Shunday qilib, biz birga rasmga tushdik.

Tokiwa-san bilan o‘tgan bir haftalik O‘zbekiston bo‘ylab sayohatimiz juda qiziqarli va mazmunli bo‘ldi. U kishi O‘zbekistonni bizdan ham chuqurroq bilardi. Na faqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo tarixini, madaniyatini, iqtisodini va jamiyatini yaxshi tushunar edi. U bizga juda ko‘p narsa o‘rgatdi.

Mana shu kichik uchrashuv hayotimdagi eng katta burilish nuqtasiga aylandi.
Menda yetarlicha pul ham, bilim ham, tanishlar ham yo‘q edi. Menda faqat bitta narsa bor edi — kelajakka umid va yaxshiroq hayot uchun kuchli intilish.

Shuning uchun, aziz o‘quvchi, sizga bitta so‘z:
Hech qachon orzularingizdan voz kechmang!
Orzular albatta amalga oshadi, faqat bunga ishonish kerak.

Meni Yaponiyaga taklif qilgan Tokiwa-san Yaponiyaning Sendai shahridan bo‘lgan katta tadbirkor edi. Keyingi postlarda Yaponiyada bo'lgan ilk safarim u yerda o'rgangan narsalari haqida aytib boraman.
――――――――――――――――

🌟 自分の夢を語ることを決して恐れないでください。
あなたを助けてくれる人は、必ずどこかにいます。

このチャンネルでは、私が日本で過ごした15年間の経験をもとに、
学びや仕事、他国への出張などを通して得た国際的な知識や気づきを、
若い世代の皆さんと共有していきます。
キャリアの築き方、現代の知識、そして人生設計やモチベーションについてもお話しします。

今日は、17年前、まだ17歳になる前に起きた出来事をお話しします。
2008年12月。当時、私は専門学校の3年生でした。
学業と並行して、日本語の力をさらに伸ばすために旅行会社でガイドの仕事に応募しました。
経験がなかったにもかかわらず採用され、ホラズム、ブハラ、サマルカンド、シャフリサブズ、タシケントといった観光地を案内する予定でした。

タシケントに到着し、お客様をお迎えしました。
写真に写っている方、トキワさんがそのお客様です。
そのときは、この方との出会いが私の人生を大きく変えるとは思ってもいませんでした。

旅の途中で、私は自分の考えや将来の夢について話しました。
すべてを覚えているわけではありませんが、「日本に対して強い関心があること、日本で学び、働きたい」という強い思いを伝えたことだけは覚えています。

ブハラからサマルカンドへ向かう途中、トキワさんが突然、
「日本に来てみませんか?」と聞きました。
意味がわからず「すみません、もう一度お願いします」と言うと、
彼はもう一度同じ言葉を繰り返しました。
運転手のオリムさんと顔を見合わせ、私はこう答えました。
「はい、もちろん行きたいです!」
冗談だと思って笑っていましたが……。

サマルカンドのレギスタン広場に到着すると、トキワさんが言いました。
「ビザ申請には一緒に写った写真が必要です。ここで撮りましょう。」
そして私たちは一緒に写真を撮りました。

その1週間のウズベキスタン旅行は、とても印象的で学びの多い時間でした。
トキワさんはウズベキスタンを、まるで自国のように深く理解していました。
彼は中央アジア全体の歴史、文化、経済、社会についてもよく知っていて、
私たちに多くのことを教えてくれました。

この小さな出会いが、私の人生を変える大きな一歩になりました。
お金も、知識も、コネもなかった。
あったのは「希望」と「より良い未来への強い意志」だけでした。

この投稿を読んでいる皆さんへ。
夢をあきらめないでください。
夢は必ず叶います。信じ続けてください。

私を日本に招待してくれたトキワさんは、日本の仙台出身の実業家でした。
次の投稿では、私が初めて日本に行った時のことをお話しします。
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4❤3⚡2
Note(https://note.com/ )platformasidan foydalanishni boshladim. Ushbu platforma hali o'zbek auditoriyasida uchalik mashhur emas. Lekin vaqti kelib juda ko'plab kishilar foydalanishni boshlaydi deb o'ylayman. Hali boshlamagan bo'lsangiz kelinglar birgalikda boshlaymiz.
Demak bir og'iz ushbu Note platformasi haqida. Bu platformaning xususiyati shundaki siz bu yerda, matn, rasm, audio, video juda ko'p turdagi ma'lumotlarni ulashaolasiz. Instagram video + rasm uchun, facebook matn+rasm uchun. Note platformasini siz o'z web sahifangiz kabi ishlatishingiz, fikr-mulohazalaringizni yozib borishingiz mumkin. Ma'lumotlar ko'payib borayotgan bir vaqtda to'g'ri ma'lumotni tanlab, uni o'z foydangiz uchun ishlatish qiyinlashib boryapti. Uning ustiga sns larda reklama juda ko'paytib bormoqda. Matn yozishni yaxshi ko'radigan, matn o'qishda qiymat borligiga ishonadigan kishilar uchun note ayni muddao.

https://note.com/jurabek_khasanov/n/n5b8b951f956d

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3
🗾Yaponiyadagi ilk kunim va olgan saboqlarim

2009-yil, avgust oyi. Toshkentdan Asian Airways orqali Seulga, undan keyin esa Yaponiyaning Sendai shahriga yo‘l oldim.
Oyim bilan tog‘am Sirdaryodan o‘tish vaqtimiz katta qovun olib berishdi. Chemodandan tashqari, qo‘limda skotch bilan o‘ralgan qovun bor edi.

🇰🇷Seul aeroportidagi tranzit vaqtida hamma menga ajablanib qarardi. Bir yapon kishi kelib:
“Bu qo‘lingdagi かぼちゃ (kabocha) — Qovoq-mi?”
deb so‘radi.
Men kulib:
“Yo‘q, bu qovun,”
— dedim. Ular hayron bo‘lishdi. Men ham hayron qoldim, bunaqa savolga. O‘sha payt dunyoda bunday qovunlar faqat bizda borligini bilmas edim.

Samolyot Sendai shahriga qo‘narkan, yuragimda hayajon to‘lqinlari uyg‘ondi. Nahotki, nihoyat orzuyim ushalmoqda!
Xudoga shukur, samolyot eson-omon Sendai aeroportiga qo‘ndi.

Passportimni olib migratsiya xodimlari oldiga bordim. Qo‘limda barcha hujjatlar — pasport, Tokiwa-san tayyorlab bergan 3 oylik tashrif rejasi, taklifnoma, u kishining ism-familiyasi va telefon raqamlari — barchasini printerdan chiqarib olgan edim.

Xodim hujjatlarimni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi va nimalarnidir o‘ylay boshladi. Keyin yonidagi hamkasbini chaqirdi. Ular o‘zaro uzoq gaplashishdi. Mening samolyotdagi barcha yo‘lovchilar chiqib ketishdi, faqat men qoldim. “Endi meni qaytarib yuborishmasin,” deb ichimdan xavotir ola boshladim.

Bir mahal xodim mendan so‘radi:
“Yaponiyaga tashrifingiz maqsadi nima va qancha muddatga kelyapsiz?”
Bu savolni so‘rashlarini qarindoshimiz Yusuf aka oldindan aytgan edilar. Men darhol o‘zimni tetik olib:
“Sayohat, 3 oyga,”
— deb javob berdim.

Shunda xodim jiddiy ohangda:
“Deklaratsiyada 218 dollar bor deb yozibsiz, 3 oyga kelib, bu pul bilan qanday yashamoqchisiz?”
— deb so‘radi.

Kollejni tugatgancha tarjimonlik qilib ozroq pul yig’gan edim. O’zim yig’gan pul va uydagilar yordami bilan aviachipta oldim va undan ortgani 218 dollar edi.
Hozir o‘ylab qarasam, cho‘ntakda 218 dollar bilan 3 oyga chiqib ketish uchun juda katta yurak kerak bo‘lgan ekan :)

Yapon migratsiya xodimlari har bir tafsilotni juda sinchiklab tekshiradi.

Tokiwa-san buni bilgan ekan. Shuning uchun u menga yuborgan hujjatlar orasiga o‘z telefoni, manzili va maxsus xatni ham qo‘shgan edi:

“Bu yigitning barcha xarajatlarini men o‘zim to‘layman.”

Men shu xatni topib, migratsiya xodimiga berdim. Ular bir-birlariga qarab, yana maslahatlashishni boshlashdi.
“Bir yapon nega chet ellikni 3 oyga, barcha xarajatini o‘z hisobidan taklif qilyapti?” —
deb shubhalanishgan ekan.

Tokiwa-san keyinchalik aytishicha, o‘sha payt aeroport xodimlari unga ham telefon qilishgan, lekin u majlisda bo‘lgani uchun javob bera olmagan.

Xullas, nihoyat menga Yaponiyaga kirish uchun ruxsatnoma urib berishdi va men Sirdaryo qovunini ko‘targancha kutish zaliga chiqdim.
Meni ウズベキスタン (O‘zbekiston) yozuvi yozilgan qog‘oz ko‘tarib turgan Tokiwa-sanning katta o‘g‘li kutib oldi. O‘sha payt u 30 yoshda edi. Biz Nissan Skyline mashinasida aeroportdan ofisga yo‘l oldik.

Men uchun hammasi tushdek edi — ko‘chalar, mashinalar, tabiat, insonlar.
Eng hayratda qoldirgani esa — Tohoku shevasi bo‘ldi.

Men Yaponiyaga kelgan vaqtimda allaqachon JLPT N2 sertifikatim bor edi, ammo Sendailiklarning gaplarini deyarli tushunmasdim. Keyin bilsam, ular o‘z shevalarida gapirisharkan.
Shunda birinchi marta Yapon tilining ham hududiy lahjalari borligini bilgan edim.

Shunday qilib, men nihoyat Yaponiyaga yetib keldim.
Va bu safar menga bir umrga saboqlar qoldirdi:

Yaponiyaga sayohat qilishdan oldingi saboqlar:

•Barcha hujjatlarni oldindan printerdan chiqarib olish kerak.

•Taklif qilayotgan kishining manzili va telefon raqamlarini yozib olish zarur.

•Cho‘ntagingizda yetarli miqdorda pul bo‘lishi kerak. Menga o‘xshab 218 dollar emas!

•Va, albatta, Sirdaryodan qovun olayotganda — uni 6000 km uzoqqa qanday olib borishni oldindan o‘ylash kerak. 🍈

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12😁4❤1🔥1🕊1
Podkast ayni bugun ommaga chiqgani ayni muddao. Shanba yoki yakshanba vaqtlaringiz bo'lsa ko'rib fikrlaringiz haqida aytsalaringiz xursand bo'lamiz. Umuman olganda Yaponiya, O'zbekiston, jamiyat, tarix keng mavzular haqida fikr almashdik.
https://youtu.be/H8ryzPDCXKs?si=KVm0BC9viH0A2avd

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1