K H O N CONSULTING
86 subscribers
463 photos
60 videos
43 files
206 links
《KHON CONSULTING》 Firmamizga Xush Kelibsiz!
Davlat tomonidan berilgan 776391-sonli guvohnoma📃 asosida qonuniy faoliyat yuritamiz.
Ma'lumot uchun
👇👇👇👇👇👇
@KH_Manager01, +998993159001
@KH_Manager02, +998993159002
@KH_Manager03, +998993169003
Download Telegram
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SUPER-KONTRAKT UCHUN ARIZA QABULI BOSHLADI

O'qishni ko'chirish imtihonlarida 4 ballgacha yetmagan (62,1-66,0 ball oralog'i) ball to'plagan talabalar 21-22 sentabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari so'raladi:

🗂 pasport yoki ID karta asli va nusxasi (2 ta nusxa);
🗂 talabaning xorijiy universitetda fanlardan oʻzlashtirgan baholarini aks ettiruvchi belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript (2 ta nusxa);
🗂 transfer.dtm.uz orqali shaxsiy profilida ro‘yxatdan o‘tkazilgan onlayn ariza nusxasi (2 ta nusxa);
🗂 imtihon natijasi (test javoblari varaqasi) nusxasi (2 ta nusxa);
🗂 xorijiy va nodavlat oliy talim muassasasining davlat akkreditatsiyasini tasdiqlovchi hujjati nusxasi (2 ta nusxa).

Pandemiya sharoiti hamda fuqarolarning yashash hududi uzoqligini hisobga olib, o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Universitetga tashrif buyurishda quyidagi sanalarga qatiy amal qilishingiz so‘raladi:

🗓 21-sentabr: Toshkent shahri, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Fargona viloyatlari;
🗓 22-sentabr: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari.

Murojaatlar grafikka amal qilgan holda quyidagi binolarda qabul qilinadi:
Sirtqi talim shaklidagi barcha yonalishlar uchun:
📂 Sirtqi bolim boyicha: 2-bino 3-qavat 316-xona;

Kunduzgi talim shaklidagi yonalishlar uchun:
📂 Iqtisodiyot fakulteti boyicha: 1-bino 2-qavat 227-xona;
📂 Korporativ boshqaruv fakulteti boyicha: 1-bino 4-qavat 412-xona;
📂 Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti boyicha: 3-bino, 2-qavat;
📂 Raqamli iqtisodiyot fakulteti boyicha: 5-bino 2-qavat 208-xona;
📂 Xalqaro turizm fakulteti bo‘yicha: 7-bino 1-qavat.

Sizdan universitet hududida karantin qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz!

Izoh: ⚠️ 62,1 balldan past ball olganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlanishini kutib turishlarini so‘raymiz. Bu haqida alohida eʼlon beriladi.
❓SAVOL: Super-kontrakt uchun oliygoh tashkil qilgan saytga ariza topshirgan edim. Endi t-kontrakt.edu.uz saytiga ham ariza yozishim shartmi?

✅ JAVOB: Ha. Siz OTM tashkil etgan saytga oshirilgan kontrakt asosida o'qish istagini bildirib ariza yozgan bo'lsangiz ham, vazirlik tomonidan yagona tizim sifatida yaratilgan t-kontrakt.edu.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishingiz shart.
⚡️Diqqat: qabul jarayonlari boshlanishiga 15 kun qoldi.

20-dekabrdan 20-yanvarga qadar uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish va qayta tiklash uchun hujjatlar qabuli boshlanadi. Hujjatlar ishchi guruhlar tomonidan oflayn shaklda qabul qilinadi.

Kanalimiz orqali "qishki perevod" jarayonlarini yoritib borishga harakat qilamiz.
Forwarded from Deleted Account
⚡️⚡️OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGINING TELEFON RAQAMLARI

Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga asosan talabalarning uzrli sabab bilan o'qishlarini ko'chirish uchun hujjatlar qabuli har yili 20-dekabrdan 20-yanvargacha bo'lib o'tadi.

☝️Lekin amaliyotda ishchi guruhlar hali hujjatlarni qabul qilishni boshlashgani yo'q. Perevod bo'yicha har qanday savollaringizga ushbu rasmdagi telefon raqamlar orqali javob olishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Telegram | Instagram
❗️MUHIM: 2021/2022-O‘QUV YILIDA UZRLI SABABLARGA KO‘RA O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!!!

🔰Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ISHCHI GURUHLARI faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

➡️Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

📌 2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

➖ respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

➖ turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

➖ ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

✅O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.
Oʻqishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha tashkil etilgan hududiy ishchi guruhlar
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Xushnudbek.uz
Назарбоев Хавфсизлик кенгаши раислигидан кетди

Қозоғистон президенти Қасим-Жомарт Тоқаев телевидение орқали яна бир бор халққа мурожаат қилди ва Нурсултон Назарбоев Қозоғистон хавфсизлик кенгаши раиси лавозимидан кетганини эълон қилди. Энди Хавфсизлик кенгашига Тоқаевнинг ўзи раҳбарлик қилади.

Шунингдек, пойтахт Нур-Султон шаҳрида ҳам фавқулодда ҳолат эълон қилинди.

Айрим жойларда намойишлар аллақачон оммавий тартиббузарликка айланиб кетди. Қаернидир ёқишган, қаернидир бузишган, қаергадир босқинчиликка киришган. Масалан, Олма-отада намойишчилар ўт ўчирувчи машина ҳамда тинч аҳоли автомобилларини ёқиб юборишган, банкка бостириб кириб, банкоматдан пул ўғирлашган. "Мир" телеканалига бостириб кириб, техника воситаларига шикаст етказишган, телеканал ходимлари эвакуация қилинган.

Олма-ота аэропорти ҳам намойишчилар томонидан эгаллаб олинган. Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеоларда отишмалар натижасида полициянинг ҳалок бўлаётгани, оммавий калтакланаётгани, йўлларда светофорларнинг ёқиб юборилаётганини кўриш мумкин.

Қасим-Жомарт Тоқаев ҳам ўз мурожаатида ҳам ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар орасида ҳалок бўлган ходимлар борлигини таъкидлади ва оила аъзоларига ҳамдардлик тилади. У яна бир бор одамлардан қонунларга бўйсунишни, тартибсизликларни бошламасликни, акс ҳолда Президент сифатида мамлакат тинчлиги ва ҳудудий яхлитлиги учун қатъий чоралар кўришини таъкидлади.

Маълумотларга қараганда, ҳозиргача 500 нафардан зиёд инсонлар жароҳатланган, 100 дан ортиқ дўконлар, 200 га яқин умумий овқатланиш пунктлари, 120 дан ортиқ офисларга босқинчилик уюштирилган, 100 дан ортиқ машиналар ёқиб юборилган. Айрим дўконлар ўз эшикларига катта қилиб илтимоснома ҳам ёзиб қўйишмоқда: «Биз ҳам халқ вакилимиз, халқ билан биргамиз, фақат илтимос, ўғирлик қилманглар» деб.

Умуман олганда тинч намойиш мақомидан босқинчиликка айланган тартибсизликларнинг товонини охир-оқибат яна ўша оддий халқ тўлайди. Барча вайроналар халқ тўлаган солиқлар ҳисобидан тикланади. Ёки босқинчилик ва талончиликдан энг кўп жабрни ҳам хусусий бизнес, тинч аҳоли тортади. Энг катта амалдорлар ёки олигархлар имкон бўлиши билан мамлакатдан чиқиб кетишади. Худди Назарбоевнинг қизи, куёви, оила аъзолари, шунингдек бир нечта қозоқ бойлари кун давомида шахсий самолётларида учиб кетишганидек.

Президент Тоқаев тез орада мамлакатни трансформация қилиш бўйича янги таклифлар пакетини эълон қилишга ваъда берди. Демак, вазият тинчлик сари ўзгаришига ҳали имконият бор.

Яна бир бор умид қиламизки, қардош қозоқ халқи ўз хоҳиш ва иродаси сари тинчлик йўли билан қадам ташлайди, кўчалардаги оммавий тартибсизлик, зўравонлик, босқинчиликлар ва энг асосийси ўлим ҳолатларига чек қўйилади. Бундан фақат ва фақат қозоқ халқининг ўзи ютқазиши мумкин. Майли, ишқилиб охири бахайр бўлсин.


👉@xushnudbek👈
⚡️O'qishni ko'chirishda IELTS, CEFR yoki boshqa sertifikatlar qandaydir imtiyoz beradimi❓

Xorijdan, O'zbekiston hududidagi davlat yoki nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirishda hech qanday imtiyoz berilmaydi❌

Nogiron, boquvchisini yo'qotgan, temir yoki ayollar daftarida ro'yxatda turgan, oilada yolg'iz boquvchi yoki kasal parvarishlovchi, xarbiy xizmat o'tab imtiyoz olgan, zulfiyachi, xalqaro sport yoki fan olimpiadalari bitiruvchilari, "mard og'lon" yoki boshqa mukofot g'oliblari, stipendiant yoki maxsus oliygoh talabasi bo'lishingizdan qat'iy nazar bular o'qishni ko'chirishda sizga hech qanday imtiyoz berilmaydi❌

Imtiyozlar - faqatgina budjetda o'qiyotgan talaba o'qishini ko'chirsa budjet bo'lib o'tishi hamda uzrli sababli kishilarning qishki perevodda ham hujjat topshira olishi tushuniladi.
Forwarded from Gulshoda Zaripovna
⚡️Ўқишни кўчириш бўйича ўтиш баллари тасдиқланди. Энг юқори баллар хуқуқ ва тиббиётда!

✅ Олий ва ўрта махсус таълимb вазирининг тегишли буйруғи билан 2022/2023 ўқув йилида хорижий давлатлардаги олий таълим муассасалари, республикамизда фаолият юритаётган нодавлат ва хорижий (филиаллар) олий таълим муассасаларидан давлат олий таълим муассасаларига ўқишни кўчириш учун ўтиш баллари тасдиқланди.

Жорий йил тизимида олий таълим муассасалари бўлган вазирлик ва идораларнинг таклифлари умумлаштирилиб, таълим соҳалари кесимида ўтиш баллари белгиланди.

Бу тўғрисида тўлиқ маълумотлар билан бироздан сўнг Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг Edu.uz телеграм каналига жойланадиган видеошарҳ орқали билиб олишингиз мумкин бўлади.

Ўтиш балларини йўналишлар кесимида билиш учун махсус платформа:
🌐 info.edu.uz

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
Forwarded from Deleted Account
❓Хориждан ва нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчиришда белгиланган ўтиш бали неча баллга қиёсан олинган?

Хабарингиз бўлса керак, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан хориждан, шунингдек Ўзбекистондаги нодавлат ва хорижий (филиаллар) олийгоҳлардан давлат ОТМларига ўқишни кўчириш учун белгиланган ўтиш баллари эълон қилинди.

Шу ўринда бир савол туғилмоқда: жорий йилда кириш тест синовларида максимал балл 280,5 балл бўлиши кутилмоқда. шунга кўра, ушбу кўрсатилган баллар қайси баллга қиёсан олинган, 189 баллгами ёки 280,5 баллгами?

✅ ЖАВОБ: юқоридаги суратда кўрсатилган ўтиш баллари 189 баллга нисбатан олинган.
#Fake_xabarlar

⚡️⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi feyk xabar tarqalmoqda

Ayrim telegram kanallarida asossiz ravishda qo'shni mamlakatlarda tahsil olayotgan talabalarning o'qishi yozgi qabul jarayonlarida test-sinovlarisiz yurtimiz oliygohlariga ko'chirilishi haqidagi soxta-feyk xabarlar tarqalmoqda.

Hurmatli talaba va ularning ota-onalari❗️

Bu kabi asossiz va yolg'on xabarlarga ishonib qolmang. Yozgi o'qishni ko'chirish jarayoni belgilangan test sinovlari asosida amalga oshiriladi va shunga astoydil tayyorlanishingizni so'rab qolamiz.
⚡️O'qishni ko'chirish bo'yicha bo'lib o'tgan ovozli chatdan quyidagilar ma'lum:

➖ o'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabgorlar abituriyentlar kabi "super kontrakt" to'lab o'qishlari mumkin.

➖ o‘qishni ko‘chirishda qabul kvotasi bo‘lmaydi. Imtihonlardan o'tgan talabgorlarning barchasi o‘qishga qabul qilinadi.

➖ turdosh yo'nalishlarning yangilangan ro'yxati iyul oyida taqdim etiladi

➖ o'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabgorlar abituriyentlar kabi "super kontrakt" to'lab o'qishlari mumkin.

➖ o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar ham abituriyentlar kabi bazaviy hisoblash miqdorining 50% (135.000 so'm) to'lov qiladi.

➖ kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchilar ham 3 ta majburiy fanlardan test topshiradi.

➖ 3-4-kurslar ham o‘qishini ko'chirishga ruxsat etiladi. Bunda, kurs qanchalik katta bo'lsa, kursning pasayish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo'ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Nodavlat oliy ta'lim muassalari diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi❓

Turin, Inha, Yodju, Webster va MDIS kabi STARS Internetional University, ISFT Instituti hamda PROFY university kabi nodavlat ta'lim muassasi bo'lib, diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi?
⚡️O‘qishni ko‘chirishda ro‘yxatdan o‘tish uchun transkriptni o‘zbekchaga tarjima qilish shartmi?

Javob: Shart emas. Xorijdan o‘qishni ko‘chirishda ro‘yxatdan o‘tish uchun transkriptni o‘zbek tiliga tarjima qildirish majburiyati belgilanmagan.

— Shunga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tishda xorijiy oliy taʼlim muassasasi tomonidan berilgan transkript nusxasini ilova qilish kifoya.
#Sõragan_edingiz

⚡️O'qishni ko'chirishda IELTS, CEFR yoki boshqa sertifikatlar qandaydir imtiyoz beradimi❓

Xorijdan, O'zbekiston hududidagi davlat yoki nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirishda hech qanday imtiyoz berilmaydi❌

Nogiron, boquvchisini yo'qotgan, temir yoki ayollar daftarida ro'yxatda turgan, oilada yolg'iz boquvchi yoki kasal parvarishlovchi, xarbiy xizmat o'tab imtiyoz olgan, zulfiyachi, xalqaro sport yoki fan olimpiadalari bitiruvchilari, "mard og'lon" yoki boshqa mukofot g'oliblari, stipendiant yoki maxsus oliygoh talabasi bo'lishingizdan qat'iy nazar bular o'qishni ko'chirishda sizga hech qanday imtiyoz berilmaydi❌

Imtiyozlar - faqatgina budjetda o'qiyotgan talaba o'qishini ko'chirsa budjet bo'lib o'tishi hamda uzrli sababli kishilarning qishki perevodda ham hujjat topshira olishi tushuniladi.
⚡️O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA❓

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

👉 Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
👉 Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

☝️Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi
​​⚡️⚡️Ayrim bir xil yo'nalishlarning o'tish ballari nega farq qiladi?

Talabalarda o'qishni ko'chirishda ayrim bir xil ta'lim yo'nalishlarining o'tish ballari nega turli xilni tashkil etayotgani haqida savollar tug'ilmoqda, jumladan:

➖ Biologiya – 94,0 ball
➖ Biologiya (turlari bo'yicha) – 80,0 ball

➖ Kimyo – 94,0 ball
➖ Kimyo (turlari bo'yicha) – 80,0 ball

👆Nega bunday❓

🔰 Sababi quyidagicha:

Biologiya va Kimyo ta'lim yo'nalishlari pedagogika ta'lim sohasi ichiga kiradi.

Biologiya (turlari bo'yicha) va Kimyo (turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishlari esa ta'lim sohasiga ko'ra tabiiy fanlar turkumiga kiradi.

⚠️ Mana shu sababli ham bu va bu kabi boshqa ayrim ta'lim yo'nalishlarida o'tish ballari bir-biridan farq qiladi. Siz o'qishingizni ko'chirishdan avval tanlayotgan ta'lim yo'nalishi qaysi ta'lim sohasi ichiga kirishini aniqlab so'ng tanlashingiz maqsadga muvofiq. Har xolda oradagi farq 14,0 balni tashkil etadi.

Kanaldan post olganda manba ko'rsatilishi shart...