O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖5-savol🎖

⁉️Ayrim hollarda va'da berasiz-u vaqtida bajara olmaysiz. Masalan, biz ham kecha vaqtida turnir qilishga va'da berib bajara olmadik. Konfutsiy ta’limotida shu xususda alohida bayon etilgan. Mana siz va’da berib o'z vaqtida ado etsangiz, siz oddiygina insoniy madaniyat, tarbiyani bajargan bo'lasiz. Agar va’da berib bajarmasangiz oddiy insoniy tarbiyani yetishmasligidan deb bilish mumkin. Konfutsiy 3-holatdagi kishilarni o'ta tarbiyali, dono va mo'jizakorlar deb atagan.

‼️Diqqat savol: 3-toifa kishilar yuqoridagi holatda qanday harakat qiladilar?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Va'da bermasdanoq bajara oladigan kishilar.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖6-savol🎖

⁉️Albret Durer o'zining ko'plab avtoportretlari bilan tanilgan. Eng so'nggi portretda u o'zini yurak ostidagi joyni ko'rsatadi.

‼️Diqqat savol: Ushbu rasm kimga mo'ljallangan edi?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Shifokorga.
Izoh: Rassom ko'p marta o'z qiyofasiga murojaat qilgan. Oxirgi marta kasalga chalingan Durer shifokorga yozgan xatida uning yoniga "Mana og'riyapti" deb yozib, yurak atrofini ko'rsatadi.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖7-savol🎖

⁉️Maqsadi jamoatchilik e'tiborini uning yetishmasligiga jalb qilish bo'lgan aksiya davomida ba'zi brendlar o'z logotiplarining ko'rinishini vaqtincha o'zgartirdilar. Rasmda ham ba'zi harflar tushib qolganligini ko'rishingiz mumkin.

‼️Diqqat savol: Ushbu aksiya nimani targ'ib etgan?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Donor qon.
Izoh: Qon guruhlari 0, A, B va AB deb belgilangan. Donorlik qoni yetishmasligi muammosiga e'tibor qaratish uchun ushbu harflar, shuningdek 0 o'rnini bosuvchi O harfi olib tashlangan.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖8-savol🎖

⁉️Kaliforniya shtatidagi oltin konida bir xitoylik ishchi ham bo'lgan. U konchilarning kiyimlarini yuvar edi. Qiziq tomoni shundaki, u bu ishi uchun maosh olmasdi. Bunday qilganligi uchun konchilar uni ahmoq deb atashgan. Ammo u keyinchalik ishdan bo'shaydi va umrining oxirigacha yetadigan pulni oladi.

‼️Diqqat savol: U bu pulni qanday yo'l bilan olgan?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: U kiyimlarni yuvish vaqtida konchilar kiyimidan oltin zarrachalarini yig'ib oladi. U oltinlarni yig'adi va sotadi. Bu pul uning umri oxirigacha yetadi.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖9-savol🎖

⁉️General Bryus XX asrning 20-yillarida Himolay tog'ida yirik ekspeditsiyaga boshchilik qilgan. Ular safar uchun olgan narsalarini ichidan yuqorida ko‘rsatilgan chodirni ham uchratasiz.

‼️Diqqat savol: Bu chodir boshqa chodirlardan nimasi bilan ajralib turgan?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Rangi bilan. Bu chodirdan rasmga olingan plyonkalarni yuvish uchun foydalanishgan.