O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖2-savol🎖

⁉️“Olmoslar abadiy” filmidan keyin, Shon Konneri kelgusida Bond rolini keyinchalik ijro etmasligi haqida intervyu beradi. Ammo oradan 12 yil o‘tib, Bond haqidagi yana bir filmda ishtirok etishga rozi bo‘ladi.

‼️Diqqat savol: Shonning rafiqasi Mishlen ushbu filmni qanday nomlashni taklif etgan?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
"Hech qachon hech qachon dema". Shon Konneri boshqa hech qachon Bond rolini o‘ynamayman degan edi.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖3-savol🎖

⁉️Rasmdagi yodgorlik kimga bag'ishlanganligini toping.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob : Kolumbga.
Izoh: Mashhur Kolumb tuxumi iborasiga atalgan yodgorlik.
Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin!
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖4-savol🎖

⁉️Bir necha asr oldin uning vazifasini tirik odamlar bajarishgan va alohida kasb sifatida qaralgan. Mashhur faylasuf uni yaratishda, hozirgi vazifasidan biroz boshqacharoq maqsadni ko‘zlab yaratdi. Buning uchun hozirgi maktablarni ko‘z oldimizga keltirish kifoya. Unga berilgan ta’rifdan qisqacha: "Odamlar undan faqat bir istakning bajo bo‘lishini xoxlashadi, ammo afsuski u shuni yomon ko‘radi!"

‼️Diqqat savol: Sandiqcha ichida nima borligini topib bering.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Budilnik.
Izoh: Faylasuf Platon o‘z o‘quvchilarini darsga chaqirish va dars tugash vaqtini bildirish uchun budilnikning ilk ko‘rinishini kashf etgan. Hozirgi maktablarda ham dars tugashi va boshlanishini qo‘ng‘iroqlar bildiradi. Knocker-up - Angliya va Irlandiyada odamlarni ertalab uyg‘otuvchilarni aynan shunday nomlashgan.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖5-savol🎖

⁉️"Yulduzli tunlar" romanida Bobur Samarqandda qamalda qoladi, ayni pishiqchilik vaqti boʻlsa-da, yeyishga hech narsa qolmaydi. Hattoki, otlar va tuyalarga ham yem xashaklar topilmay qoladi. Shunda otlarga noodatiy ozuqa tayyorlab berishga majbur boʻlishadi. Buning uchun esa ular bir hunarmandchilik asbobidan foydalanishga toʻgʻri keladi.

‼️Diqqat savol: Qaysi asbobdan?

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob : Randa.
Izoh: Qurib qolgan daraxtlarni tanasini randalab keyin suvga ivitib yumshatib otlarga berishgan ekan.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖6-savol🎖

⁉️Bir yigit elektrovoz tomidan tushib ketib halok bo'ldi. 13 yoshli o'quvchi 9 qavatli uyning tomidan pastga quladi. Askar yigit tank oldida xizmatdoshini peshonasiga qurol tirab o'q uzib yubordi.

‼️Diqqat savol: Bu noxushliklarni sababini toping.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator