O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Javob: Har bir tug‘ilgan farzand.
Albatta hazil)
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖8-savol🎖

⁉️XIX asrning 2-yarmida Ozarbayjonda yashagan boylardan biri Hoji Zeynalabdin Tagiyev biror titul yoki medal olish orzusida bo‘lgan. Aleksandr III Bakuga tashrif buyurishidan oldin, rus garnizonining kazarmasini o‘z hisobidan kapital ta’mirlab beradi. Shoh boyvachchaning hamrohligida kazarmaga tashrif buyuradi hamda unga ta’mirlash ishlari juda ma’qul bo‘ladi. Lekin Tegiyev kutilgan mukofotga erisha olmaydi. Shu voqeadan so‘ng bakuliklar hazillashib Tegiyevga bir laqab qo‘yishgan.

‼️Diqqat savol: O‘sha laqabni bir so‘z bilan yozib bering.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Rahmat.
Izoh: Imperatorga hammasi yoqqanu, lekin u shunchanki “rahmat” deyish bilan cheklangan. Bunga kinoya qilib butun xalq o‘sha boyni "rahmat" deb chaqirgan.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖9-savol🎖

⁉️“Ramayana”ni o‘qiganmisiz? Bu eposning davomi borligini bilasizmi? Unga ko‘ra Ram Sitaning hali ham pokligini isbotlashni talab qiladi. Shunda bundan jahli chiqqan Sita: Ey Ona Yer, men shuncha yil erimga vafodor va nomusimni saqlagan bo‘lsam, meni o‘z bag‘ringga ol” deydi. Yer yorilib Sitani o‘z bag‘riga tortib ketayotganida Ram uni ushlab qolishga urinadi, biroq eplay olmaydi, Sita qo‘lidan chiqib ketadi. Buning natijasida odamlarda Ular paydo bo‘lgan deyishadi.

‼️Diqqat savol: ularni 2 ta so‘z bilan ayting.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: Kaftdagi chiziqlar
Izoh: Ram Sitaning sochlaridan tutib qolishga intiladi. Shu darjada qattiq ushlaydiki sochlari kaftida iz qoldiradi.
Navbatdagi savol blits.
O'ylash va javob yuborish uchun 5 daqiqa vaqt!
Javoblar bir postda raqamlangan bo'lsin.
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆

🎖10-savol🎖

⁉️1. Keng tarqalgan versiyalardan biriga ko‘ra, uning nomlanishi lotincha Sequana so‘zidan kelib chiqgan. Uni ayting.

2. 2000-yilda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari bo‘yicha u vatandoshlari tomonidan tarixdagi eng buyuk braziliyalik deb topilgan va hattoki Peledan o‘zib ketgan. Uning familiyasini yozib bering.

3. Ushbu maydon o‘z nomini o‘sha yerda sotiladigan bir mahsulot nomidan XVIII asr oxirida olgan. Shunisi qiziqki, ushbu maydonning oldingi nomlaridan biri Konnaya bo‘lgan. Maydonning bugungi kundagi nomini ayting.

✅Javoblarni yuboring: @Professional_administrator
Javob: 1. Sena. 2. Senna. 3. Sennaya.
🤔O'yin yakunlandi!

🏆Natijalar tez kunlarda e'lon qilinadi.

✍Jamoa nomidan javob yuborgan shaxs jamoa nomini yozib qoldiring!

✅Bugungi tur o'yinlari haqida fikr-mulohazalar bo'lsa,
@Milliy_universitet_guruhi da suhbatlashishingiz mumkin!
Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar fakultetida II, III va IV kursda tahsil olayotgan 4 ta va undan ortiq fanlardan qarzdor bo'lgan talabalar diqqatiga! Ertaga 15.02.2021 kuni soat 10:30 da fakultet 2-qavat 202 xonada dekan bilan yig'ilish bo'lib o'tadi. Yig'ilishga o'z vaqtida kech qolmasdan kelishingizni so'raymiz.
​​Bugun 14-fevral har kim har xil nishonlayapti. Kimlardir Zahiriddin Muhammad Bobur tug'ilgan kunini, kimlardir sevishganlar kunini. Men esa yakshanba kunini nishonlayapman.

👉@NUU_students👈
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalar oshxonasida tushlik qilmoqda. Biror restoran yoki choyxonada emas.

Vazir o'rinbosari esa yangi Malibu olmoqchi, Lacetti-Gentra avtomobili esa bo'lmasmish.

👉@NUU_students👈