O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Javob: Ramazon oyi.
Izoh: Ramazon oyida ro'za tutilishi nazarda tutilgan edi. Ramazonga ham oz qoldi, dindoshlar!
‼️O'yin yakunlandi!

🏆Natijalar tez kunlarda e'lon qilinadi.

✍Jamoa nomidan javob yuborgan shaxs jamoa nomini yozib qoldiring!

✅Bugungi tur o'yinlari haqida fikr-mulohazalar bo'lsa,
@Milliy_universitet_guruhi da suhbatlashishingiz mumkin!

🧩Sizlarga
va'da qilingan yangilik ham yaqin daqiqalar ichida e'lon qilinadi.
#Qiziqarli #Zakovat

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆 onlayn zakovat turnirining 2-mavsum o'yinlariga qabul boshlandi!

🥁Qatnashish shartlari:

🧩20 kishidan iborat jamoa tuzing.
🧩Nom tanlang va bizga yuboring.
🧩Jamoa a'zolari barchasi O'zMU talabalari bo'lishi kerak.
🧩Jamoa sardori ham aniq bo'lishi zarur.
🧩Bir ishtirokchi faqat bir jamoa safida ishtirok eta oladi.

▶️Jamoasi a'zolari O'zMU talabasi bo'lmagan jamoalar uchun kuzatuvchi ligasi ham tashkil etiladi!

📨Jamoa tuzing, jamoa ro'yxatini va logotipini @Oybek_Jorayev ga yuboring va hoziroq ro'yxatdan o'ting!

⏰Ro'yxatdan o'tish 6-aprelga qadar davom etadi. Ilk tur o'yinlari 6-aprelda start oladi, haftada seshanba va juma kunlari o'tkaziladi.

💠To'liq reglamentni ham tez orada e'lon qilamiz!

💥BU SAFARGISI O'ZGACHA BO'LADI!

📍Bizning manzil:
@Milliy_zakovat
​​⚡️ Abituriyentlar uchun OLIYGOH.UZ dan ajoyib yangilik!

🇺🇿 Respublikamizda joylashgan barcha oliygohlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ling!

▫️Oliygoh.uz sayti orqali oliy taʼlim muassasalariga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish ballari, qabul kvotalari, yo'nalishlar ro'yxati bilan tanishib boring:

👉 Toshkent shahri
👉 Toshkent viloyati
👉 Andijon viloyati
👉 Farg‘ona viloyati
👉 Namangan viloyat
👉 Sirdaryo viloyati
👉 Jizzax viloyati
👉 Samarqand vil
👉 Qashqadaryo vil
👉 Surxondaryo vil
👉 Navoiy viloyati
👉 Buxoro viloyati
👉 Xorazm viloyati
👉 Qoraqalpog'iston Res

▪️Kerakli oliygohni tanlang hamda kunduzgi, sirt va kechki ta'lim shakllariga o‘tish ballari bilan tanishib boring

-
Oliygoh.uz barcha oliygohlari bo'yicha batafsil ma'lumotlar joylashtirilgan yagona portal!

👉 Batafsil ma'lumot:
http://oliygoh.uz/oliygohlar

❗️Barcha abituriyentlarga tarqating
Umumiy jadval.xlsx
15.2 KB
🏆𝗧𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗟𝗔𝗥 𝗖𝗛𝗘𝗠𝗣𝗜𝗢𝗡𝗔𝗧𝗜🏆 jamoaviy onlayn zakovat turniri "Asosiy" bosqich 9-tur o'yinlaridan keyingi turnir jadvali!

🎖2 tur ketma-ket o'yin o'tkazmagan jamoalar o'yindan chetlatildi. Agar o'yinni davom ettirmoqchi bo'lishsa, noldan boshlashadi.


💥So'nggi yakuniy tur o'yinlari 2-aprel 21:00da bo'lib o'tadi!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
​​Qadimda bir odam yer haydar ekan. Uning bir o‘g‘li bor, lekin otasining gapiga quloq solmas, ishlarni otasining qo‘lidan olmas ekan. Bir kuni haligi odam dasturxon atrofida o‘tirib xotiniga debdi:
- Xotin, eshagimizni sotib o‘g‘limizni uylantirsak-chi? - debdi.
- Esingiz joyidami, eshagimizni sotsak yerimizni kim haydaydi?
Buni eshitib o‘tirgan o‘g‘il:
- Men haydayman, men haydayman deb dalaga chopibdi...

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓1-apreldan boshlab o'tkaziladigan emlash tadbirlari qaysi hududlardan boshlanadi?
❗️Mazkur savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov javob berdi.

💉Siz vaksina olgan bo'larmidingiz?

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
Shunchaki yomg'ir ko'p yog'di😁

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
⚡️2021/2022 o‘quv yilida qabul kvotalarini belgilash bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. OTMlarga Davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlanishi mumkin:

👉 Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi
ta’lim shakliga — 115 343 ta;
sirtqi
ta’lim shakliga — 36 211 ta;
kechki
ta’lim shakliga — 6 325 ta;

👉 Magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 12 914 ta;

👉 Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga — 56 ta.

Xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratiladi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
🇭🇺Vengriyaning yetakchi universiteti bilan bitim imzolandi.

📆Joriy yilning 16-17-fevral kunlari Budapesht shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davomida ikkitomonlama oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokaralar olib borilgan edi.

🤝Ushbu muzokaralarning mantiqiy davomi o‘laroq bugun, 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Vengriyaning Debresen universiteti o‘rtasida mazkur universitetning ta’lim dasturlarini O‘zbekistonda amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash onlayn-marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉Mazkur marosimda O‘zbekiston tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov boshchiligida vazir o‘rinbosari U.Begimkulov, Respublika oliy ta’lim kengashi raisi U.Umurzakov, Toshkent shahridagi nufuzli OTM rektorlari hamda Vengriya hukumati tomonidan Debresen universiteti rektori Z.Silvashi, Vengriya rektorlar konfrensiyasi bosh sekretari Z.Dubesi va O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi favqulotda va muxtor elchisi A.Fayzullayevlar ishtirok etishdi.

🎓Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov va Debresen universiteti rektori prof. Z. Silvashi tomonidan imzolangan ushbu bitim universitetning biotexnologiya, farmasevtika va qishloq xo‘jaligi kabi ta’lim sohalarida ta’lim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

🏛Tomonlar kelishuviga binoan Debresen universiteti yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan o‘quv va ilmiy tajribasini O‘zbekistonda tadbiq etadi.

🔰Vengriya hukumati tomonidan ajratiladigan grantlar asosida har yili O‘zbekiston fuqarolari orasidan 100 kishi Vengriya oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun yuboriladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Debresen universitetida umumiy hisobda 28 mingdan ziyod talabalar, shu jumladan dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 6,3 mingdan ziyod chet ellik talabalar tahsil oladi.

👆Bu haqida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📚​Book.uz da sumalak bahona ko'rishamiz!

🥳Kitobxonlar uchun 30-mart kuni "Sumalak bazmi" bo'lib o'tadi. Shu kuni musiqiy tadbir, sumalak ulashish, sovringa kitoblar qo'yilgan random o'yini, viktorina va bayramona kayfiyat hamrohingiz bo'lishiga kafilmiz.

🤗Qatnashish mutlaqo bepul. Barcha kelishi mumkin.

📍Manzil: Toshkentr shahri, Chilonzor 8, Qatortol ko'chasi 60. Mo'ljal "Parus" supermarketi yonida.

👉 Geolokatsiya 👈

📌Manfaatli bo'lganligi uchun sizlarga ham ulashdik birodarlar!

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
#Rasmiy_xabar

📌Kelasi yildan talaba haftada kamida 2 kun o’qib, qolgan kunlar ishlaydigan bo’ladi.

▪️
Hukumat qaroriga ko’ra,

▫️Oliy ta'lim vazirligi har yili 1-iyulgacha dual ta'lim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan OTMlarni belgilaydi.

▫️Tanlangan ta'lim muassasalari belgilangan kvotalar bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi.

▫️Ta'lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma tashkilot va o‘quvchi o‘rtasida ham tuziladi.

▫️Talabaga ishlagan kunlari uchun haq to‘lanadi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
​​#Hazil

Pandalar kunning yarmini ovqat yeb o'tkazarkanlar. Karantin payti biz ham xuddi shu ishni qildik. Shuning uchun ham biz bu holatni - Pandemiya deb atadik.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📌Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabalari diqqatiga!

3-4-aprel kunlari fakultetda "Dekan kubogi" futbol musobaqasi bo'lib o'tadi. Fakultetdagi barcha yo'nalish talabalari ishtirok etishi mumkin.

☎️Ro'yxatdan o'tish uchun: +998915736251

©Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti

📍O'zMU xabarlari: https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
📌Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari diqqatiga!

3-4-aprel kunlari fakultetda "Dekan kubogi" futbol musobaqasi bo'lib o'tadi. Fakultetdagi barcha yo'nalish talabalari ro'yxatdan o'tib ishtirok etishlari mumkin.

☎️Ro'yxatdan o'tish uchun @NUUstudent manziliga jamoa nomi (yo‘nalishi, kurs va potok nomi), jamoa tarkibi(10 kishigacha)ning to‘liq F.I.Sh. Jamoa sardorining telefon raqamini 2-aprel soat 12:00 gacha yuborishingizni so‘rab qolamiz!

©Ijtimoiy fanlar fakulteti

📍O'zMU xabarlari:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
⚡️Joriy yilda Toshkentda Vengriyaning Debresen universiteti ish boshlaydi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirokidadagi muzokaralarda ma’lum qilindi.

📌2021-2022-o‘quv yilida o‘zbekistonlik talabalar uchun Vengriyadagi oliy o‘quv yurtlarida 100 dan ortiq grant ajratilgan.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirokidadagi muzokaralarda ma’lum qilindi.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz
​​#Hazil

Insonni qanday qilib qiziqtirib qo'yish:
1) "Ha, aytgancha.." deb yozing.
2) Ozgina paytdan keyin "Bo'ldi shartmas, unut!.. deb qo'ying.

🎓Talabalar sahifasiga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/Sn3tRMPVNynUgsEz