O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
📢📢📢DIQQAT📢📢📢

O'zbekistonning eng oldi OTM larining
📖 Har sohada bilimli
🥋 Iqtidorli talabalari
🤝 Birlashgan holda

Ingliz tilidan bellashuvga sizlarni chorlaydi.

Bundan tashqari aql charqlovchi "Zakovat" svoyak o'yini

"Zukko kitobxon" tanlovlari sizni kutib turibdi.

Har bir talaba o'z bilimini munosib himoya qila oladi biz bunga ishonamiz.

Tashkilotchi universitet
🏢 Toshkent davlat texnika universiteti sizlarni kutamiz.

Bizning kanallarimiz siz aynan shuyerda bizni kuzatib borishingiz mumkin:

@EAF_dekanat
@TDTU_YOSHLARI_YI

Murojjat uchun:
@Rushana_Jahongirova
Forwarded from ITIM_UZ
​​📣Интилувчан Ёшлар Диққатига!
♻️Бизда интерактив, янги лойиҳа!

🇩🇪Германия, 🇹🇷Туркия, 🇷🇺Россия,
🇮🇩Польша, 🇺🇸АҚШ ва 🇬🇧Англия
каби давлатларнинг нуфузли таълим
марказлари билан ҳамкорликдаги
🇺🇿Ўзбекистонда ташкил этилаётган
“Илмий Тадқиқотлар Саммити” да
(Scientific research summit) иштирок
этишга таклиф қиламиз! ✔️

ИШТИРОК ЭТИШ ТАРТИБИ:
✍️ Мақола топширган ҳолатда;
🕵️‍♂️ Мақоласиз, кузатувчи шаклида;
Ҳар иккала шаклда ҳам, хар бир
иштирокчилар учун алоҳида
саммит Сертификати берилади.
Энг яхши амалий таклифлар
Диплом билан тақдирланади.
🎁+Махсус тренинглар китоби.

Саммит 2021-йил, 12 - июнь
куни Онлайн шаклда бўлиб ўтади.
Шунингдек, мазкур Саммит ишини
Telegram, Facebook ва YouTube
орқали тўғридан - тўғри кузатиш
имконияти ҳам мавжуд бўлади.

РЎЙХАТГА ОЛИШ МУДДАТИ:
⏳2021 –
йил, 6 – июньгача.

🏛САММИТ ТАШКИЛОТЧИЛАРИ:
🔹Ўзбекистон Республикаси Олий
ва ўрта махсус таълим вазирлиги,
Ўзбекистон Миллий университети
🔹Ўзбекистон Республикаси
Инновацион ривожланиш
вазирлиги.

✅ РЎЙХАТДАН ЎТИШ:
@GulbonuKuvatova
📥БАТАФСИЛ МАЪЛУМОТ:
https://t.me/ITS_in_UZBEKISTAN
Forwarded from ITIM_UZ
Ахборот Хати (ITS).pdf
508.6 KB
Илмий тадқиқотлар саммити
(Scientific research summit) 2021.
Ташилий қўмита Ахборот хати.
Барчангизни таклиф этамиз!®️
📌 O'qishni ko'chirish uchun arizalar 2021-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar bo‘lgan muddatda qabul qilinadi.

Ushbu muddatda xorijdan ham, O'zbekiston ichida ham, OTM ichida ham, Fakultet ichida ham perevodga ariza topshirsa bo'ladi.

Fanlardan yoki kontraktdan qarzdorligi borlar o'qishini ko'chira olmaydi. O'qishni ko'chirish uchun reyting daftarchasidagi barcha baholari qo'yilgan, va akademik ma'lumotnomasida kamchilik bo'lmasligi kerak.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌Angliyada magistratura bosqichida o'qish uchun qariyb 25 000 AQSh dollarlik qiymatdagi 100% lik grant dasturi.

◾️Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/england-postgrad-scholarship

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
Kasalman, o‘lgim kelmas, o‘lim azobi yomon. Anglayman, o‘lmay bo‘lmas, Azroil qo‘ymas omon. Qo‘rqaman, erta o‘lsam qabr azobi kutar. Eh, buni o‘ylar bo‘lsam, qalbimni titroq tutar. Anglayman, bir kun kelib zamon ham bo‘lar oxir. Qabr azobidan ham mahsharni o‘ylash og‘ir. Mahshar kuni amallar sarhisob qilinadi, kim jannatga, do‘zaxga o‘sha kun bilinadi. Jannat... Abadiy huzur. Eh, eslasang jon kirar, odamlar bir biriga salom, salom deb yurar. Do‘zax abadiy azob, eslasang esing ketar. Toshlar yonguvchi girdob borgan odamni yutar. Qo‘rqaman, jonimda, tanimda titroq. O‘tgan umrim o‘tar xayoldan bir bir. Gunoh, yana gunoh, yana bir gunoh. Amalim bormikin savobga arzir? Onam rozimikin, otam rozimi, ularning haqqini ado qildimmi, silayi rahmda ancha sust edim, he shu aqrabodan saboq oldimmi? Yillab menga arzin aytolmay yurgan, yashirib yashagan turfa nozini, umrini men bilan teng baham ko‘rgan Alloh omonati zavjam rozimi? Tarbiyat qildimmi farzandlarimni, luqmasiga harom qo‘shmadimmikan, ko‘proq sevar edim uy ro‘zg‘orimni, sarfida haddimdan oshmadimmikan? Qay bir farzandimda solih amal bor, qay birida iymon nurini ko‘rdim, ular ilm olmay yurganda bekor Allohim men nega xotirjam yurdim? Sadaqam bormikan miskinga bergan, qay bir qo‘lim yetim boshin silagan, do‘stim bormi menga iymon so‘ragan, haqqimga da’vat qilgan, sabr tilagan? Alloh kasb bergandi halol rizqlan deb, halol yuritdimmi kasb-u korimni, va yo aldandimmi dunyo g‘amin yeb, yo‘qqa yo‘ydimmikin qo‘lda borimni? Havasiga uchmay ta’magir qalbning, Alloh mezonini angladimmikin, eshigimdan kelgan ehtiyojmandning dardlarini to‘liq tingladimmikin? Eh, muhtasham qasrlar orzuyim edi, har kun menga ribo tutardi shayton, ne deyin yetganda qazoyim endi qurgan binolarim uy emas armon. Qarz. Qancha qarzim bor. Qarzlarimning barin to‘laganmidim? Kimlarning ko‘ngliga bergandim ozor, ulardan kechirim so‘raganmidim? Uzur so‘radimmi o‘ksik do‘stimdan, dilozor qo‘shnidan, hamkasb ulfatdan? Kimlardir kulgandir mening ustimdan, ulardan rizolik so‘radimmikin? Qancha namozim bor, ro‘zam sanoqli, amallarim ko‘pmas men o‘ylagancha. Haj. Bu so‘z men uchun buncha maroqli. Zakot berganmidim Alloh aytgancha? Qani ko‘p bo‘lsaydi farz amallarim, bunchalar g‘ussada qolmasmidim men? Ishlaganda edi oyoq qo‘llarim solih amallardan tolmasmidim men? Men ham Rasululloh ummati edim. Salom, salovatning qadrin bildimmi? Shafoatdan doim umidvor bo‘ldim, ammo sunnatiga amal qildimmi? Mening holatimda imo-ibodat. Allohga sajdalar qilgim keladi, bu yotishda menga aslo yo‘q toat, mening ham sajdada o‘lgim keladi. Kasalman, o‘ylarim kasallarga xos, Allohdan boshqa hech yupanchim yo‘qdir. Tilagim sog‘larga nasibat xolos, yo Alloh mendaylar dunyoda ko‘pdir...

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Bu yil magistraturaga mos bo'lmagan yo‘nalishga hujjat topshirish imkoni bo‘lmaydi.

▪️Yana mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish tartibi tiklanadi. Sababi o‘tgan yillarda amalda bo‘lgan bakalavrdagi mutaxassislikdan butunlay begona yo‘nalishda magistraturada o‘qish tartibi o‘zini to‘la oqlamagan.

Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Xpress.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, ham o‘qituvchilardan e’tirozlar ko‘p bo‘lgan, ham talabalar begona mutaxassisliklarda o‘qishga qiynalgan.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya

#saralash_bosqichi

❗️Maxsus stipendiya kimlarga beriladi?

Erkin Vohidov hayoti va ijodini
o'rganish, faoliyatini yoritish, kitobxonlikni keng targ'ib qilishda faol ishtirok etayotgan universitetning kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan

👉Bakalavriatning 1-3-bosqich talabalari
👉Magistraturaning 1-bosqich talabalari


📌Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar

♦️ Sinov daftarchasidan kochirma (o'zlashtirish korstakichi);
♦️ Kafedra tavsiyanomasi;
♦️ Ijodiy (ilmiy) ish, uning annotatsiyasi va taqriz (mavjud bo'lsa);

♦️
Murabbiyning fikr-mulohazalari;
♦️ Erkin Vohidov hayoti va ijodini, faoliyatini tadqiq qilish bo'yicha respublika va xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan yakka mualliflikdagi ilmiy maqolalar, o'tkazilgan anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi);
♦️ O'z sohasi boyicha xalqaro yoki respublika darajasidagi ko'rgazma, biennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi (mavjud bo'lsa) tasdiqlovchi hujjat.

🗓
Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiyaning saralash bosqichi joriy yilning 27-may kuni soat 10:00 da O'zMU ARM(Kutubxona) zalida o'tkaziladi.
📞 Ma'lumot uchun:
+998 97 917-51-15

📍
@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌2021-2022-o‘quv yilidan boshlab OTMlarda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari ro‘yxatiga masofaviy ta’lim shakli ham qo‘shiladi hamda kadrlar tayyorlanadi.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga tabrik yo'lladi.

👉Batafsil:
https://president.uz/uz/lists/view/4378

📍
@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
​​Uch yilcha oldin Facebook’da yozgan ekanman…
...Akam va katta opam shartnoma asosida o'qir edi. Kichkina opam esa abituriyent. Men esa shahar markazidagi litseyda o'qir edim. Bizning yolg'iz ta'minotchimiz dadam edilar. Yaxshi ishda ishlar edi-yu, aynan o'sha yillari zavodda boshliq almashib mansablaridan tushirib oddiy ishchi qilib qo'ygan edi. Shuning uchun uydagi ba’zi narsalarni sotib akam va opamni kontraktini to'lar edilar.

Esimda, hatto gugurtga ham pulimiz qolmagan edi. Uy xarajatlarining bir qismi esa sigirimizning "bo'yniga" tushgan edi go'yo. Ya’ni onam sut sotib mayda-chuyda kamchiliklarga ishlatar edilar.

...Xudoga shukur, keyin kichkina opam grant asosida o'qishga kirdi. Demak, oilada 3 ta talaba va bir abituriyent - men.

Onamning bir gaplari hech esimdan chiqmaydi va chiqmasa ham kerak. Toshkentga o'qishga boraman deganimda (va undan keyin chetga chiqaman degan orzularim bor edi-da), dadam moddiy tomondan qiyinchiliklarni o'ylab (va bunga haqiqatdan asos bor edi!) qarshilik qilgan edilar. Yig'lamsirab uyga kirsam oyim... soddagina oyijonim qo'llarida ozgina g'ijimlangan pul bilan "Xafa bo'lma o'g'lim... O'zim senga sut sotib pul qilib beraman. Toshkentga hujjat topshiraver..." degan edilar. Yig'lagilarim kelib ketgan edi (hozir esa eslasam rostdan ham ko'zimga yosh keladi)... "Eh onajon, Toshkentga sizning sut sotib yiqqan pullaringiz nima ham bo'lar edi?!" degan xayol o'tgan edi. Lekin, o’sha so’zlarning rag’bati katta bo’lgan edi.

...Shukur ota-onamning duolari bilan Milliy Universitet Iqtisodiyot fakultetiga grant asosida qabul qilindim. Bu orada akam ham o'qishni bitirib dadamning "yonlariga kirib qolgan" edi. Shunday, qilib Toshkentda moddiy qiyinchiliklar bilan bo'lsa ham "stipendiya" hisobiga o'qigan edim. Bir-ikki marta Xasanboy tomonlarga mardikorga ham chiqqan edik. Ingliz tili qo’shimcha darslari uchun homiyim akam bo’lgan. Akam meni yutuqlarimdan xuddi o’zining yutuqlaridek faxrlanadigan inson. 2010-yili yozda "Work and Travel" dasturi orqali Amerikaga boradigan bo’lganimda ham akam pasportdagi vizamni hammaga maqtanib ko’rsatib chiqqan edi! Ularning oldida hali qarzim ko’pgina… Rahmat, aka… hammasi uchun!

2011-yilda Milliy Universitetni bitirganimda onam "Seni biron marta ko'rgani ham bormabmiz. Toshkentga o'zing borib, o'zing bitirib kelding-a" degan mazmunda so'z aytgandilar.

2012-yilda Koreyaga magistraturaga qabul qilindim. Koreyaga ketish kunimiz amamning o’g’li mashinasida (dadam ham birga) kuzatib qo'ymoqchi bo'ldi. Toshkentga kelib adashib qolgan edik. Chunki, men o'qish yillari davomida faqat o'quv binosi va yotoqxona orasini bilgan ekanman, o'ylab qarasam (chunki, shahar aylangani pul yo'q edi). O’shanda shopir akam “To’g’a, bu o’g’lingiz universitetdan chiqmagan shekilli… shaharni ham bilmaydi” deb hazil qilgan edi.

Endi, angladimki hayotdagi sinovlar faqat yaxshilikka olib borar ekan. Xuddi, oltin toza oltin bo'lishi uchun qizigan olovdan o'tishi kerakligi kabi! Rumiy aytganidek: "Bilki, gilamning changi qoqilganda zarba gilam uchun emas, undagi chang-g'uborni tushirish uchun bo'ladi".

Balki kimdir uchun kelajak motivatsiyasi, kimdir uchun esa o’tmishdan xotira bo’lar degan maqsadda bu satrlarni yozgim keldi…

©️ Valijon To'raqulov

Dissertatsiyamdagi bag'ishlov so'zining qisqacha tarixi shu edi 👇

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥1
📌Bizga kelgan xabarlarga ko'ra yozgi sessiya an'anaviy tarzda o'tkazilish ehtimoli bor ekan.

Barcha talabalardan har qanday vaziyatga tayyor turishlarini so'rab qolamiz. Harqalay, O'zMUda o'qiymiz.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
📌Bizga kelgan xabarlarga ko'ra yozgi sessiya an'anaviy tarzda o'tkazilish ehtimoli bor ekan. Barcha talabalardan har qanday vaziyatga tayyor turishlarini so'rab qolamiz. Harqalay, O'zMUda o'qiymiz. 📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
❗️Ushbu xabar berilganidan so'ng bizga nisbatan yolg'on xabar tarqatding degan fikrlar kelib tushyapti, buni bevosita kommentariyani o'qib ham topishingiz mumkin. Biz yakuniy nazoratlarni an'anaviy bo'ladi bu aniq demadik, ehtimoli bor dedik, xolos. Iltimos buni to'g'ri talqin qiling. Biz ham bilmaymiz, yakuniy nazoratlarni an'anaviy yoki onlayn bo'lishini. Shunchaki buni xabarini berib ogohlantirib qo'ydik. Rasmiy xabarlar kelishi bilan sizlarga ulashamiz. Bizdan uzoqlashmang!

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
☪Islomni butunlay noldan, qat'iy dalillarga tayangan holda o'rgatuvchi kanal!

◼️Bu kanalda siz quyidagilarni o'rganasiz:


🔹Iymon kalimalari va unga doir masalalar
🔹Namoz o'qish tartibi, to'liq holda
🔹Ro'za tutish qoidalari
🔹Zakot berish qoidalari
🔹Xaj safari
🔹Arab tili darslari
🔹Qur'on tilovati
🔹Dunyoviy hayotda halollik
🔹To'g'ri yashash
🔹Adolatli bo'lish
🔹Islom haq din ekanligi


✅Va yana ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lasiz, asosiysi barcha ma'lumotlar asosli dalillarga ega. Reklamadan holi blog!

🕋Sof islomiy kanal:
@iymon_namoz_roza_zakot_xaj
Fanlar majmuasi-2021 @YQQUZB_KANAL.pdf
925.6 KB
📌Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021-yil 7-martdagi 10-son bayoni bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun respublika OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

📍
@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌Abituriyentlar davlat test markaziga ariza bilan murojaat qilsa, ularning to‘lovlari qaytariladi.

2019-2020-o‘quv yili qabulida to‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar tomonidan hujjatlarni topshirish jarayonida test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish holatlari kuzatilgan. Buning natijasida 896,4 mln. so‘m ortiqcha to‘lov amalga oshirilgan. 2021-yilning 25-mart holatiga ortiqcha to‘langan mablag‘ miqdori 740,1 mln so‘mni tashkil etadi.

Qolgan abituriyentlar to‘lovni qaytarish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilmaganliklari sababli, Davlat test markazida ularning to‘lovlarini qaytarish imkoniyati bo‘lmayapti.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Davlat test markazi abituriyentlar tomonidan noto‘g‘ri amalga oshirilgan to‘lovlarning abituriyentlarga to‘liq holda qaytarilishi tarafdori bo‘lib, mazkur abituriyentlar Davlat test markaziga ariza bilan murojaat qilganda, ularning to‘lovlari qaytarilishini ma’lum qiladi.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌2021–2022-o‘quv yili uchun OTMlarga qabul parametrlari e’lon qilindi.

▪️Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, bakalavrga:
▫️kunduzgi ta’lim shakliga – 115 343 nafar;
▫️sirtqi ta’lim shakliga – 36 211 nafar;
▫️kechki ta’lim shakliga – 6 325 nafar;
▫️magistraturaga – 12 914 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan.

❗️Nodavlat OTMlarga ham bu yil 1-marta davlat tomonidan 56ta grant o‘rni ajratilishi reja qilingan.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌O‘zbekistonda qanday yangi OTMlar ochilyapti?

▪️Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. Qabul – shu yildan.

▪️Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ochiladi. Qabul – shu yildan.

▪️Jizzax ijtimoy-iqtisodiy universiteti tashkil etiladi. Qabul – shu yildan.

▪️Andijonda tekstil instituti ochiladi. Qabul – shu yildan.

▪️Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi. Qabul – shu yildan.

▪️Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali ochildi. Qabul – shu yildan.

▪️TATUning Nurafshon filiali tashkil etildi. Qabul – shu yildan.

▫️Toshkent amaliy fanlar universiteti tashkil etiladi.

▫️Farmasevtika texnik universiteti tashkil etiladi.

▫️O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil etiladi.

▫️Qibrayda International School of Financye and Technology (ISFT) universiteti ochiladi.

▫️Prezident maktabini tugatadiganlar uchun Yangi O‘zbekiston universiteti ochiladi.

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!
📌O'zbekistonda talabalar uchun joriy etilgan stipendiyalar nomi va ularning miqdorlari quyidagicha:

1. Prezident stipendiyasi - 1 992 310 so'm
2. Beruniy stipendiyasi - 1 328 207 so'm
3. Ibn Sino stipendiyasi - 1 328 207 so'm
4. Navoiy stipendiyasi - 1 328 207 so'm
5. Ulug‘bek stipendiyasi - 1 328 207 so'm
6 Al-Buxoriy stipendiyasi - 1 328 207 so'm
7. Islom Karimov stipendiyasi - 1 308 207 so'm
8. Rektor stipendiyasi - 564 300 so'm
9. Oddiy stipendiya - 471 000 so'm
10. 1-2 guruh nogiron talabalar - 706 200 so'm
11. Iqtidorli talabalar - 706 200 so'm
12. Ijtimoiy himoyaga muhoj talabalar - 707 200 so'm
13. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Prezident granti oyligi - 1 992 310 so'm

📍@NUU_students - O'zMU markaziy kanali!