O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Rasman: Magistraturaga hujjat qabul qilishning oxirgi kuni 30-iyul!

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati tomonidan magistraturaga kelib tushgan hujjatlar soni haqida maʼlumot berildi hamda hujjat qabul qilishning oxirgi kuni 30-iyul ekanligi qayd etildi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Magistraturaga hujjat topshirganlar arizani qabul qilinganligini qanday bilsa bo‘ladi?

✅Ariza qabul qilish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Barcha jarayonlarni magistr.edu.uz profilingizdagi «Ariza holati» bo‘limi orqali kuzatib borishingiz mumkin. Agar onlayn onlayn ariza topshirishda kamchiliklar mavjud bo‘lsa quyidagi hollarda rad qilinadi:

Ariza rad qilindi – abituriyent hujjat topshirgan OTM tomonidan ariza rad qilingandagi holat. Bunda, rad qilish sabablari izohda qoldiriladi. Ariza rad qilinganda abituriyent tomonidan arizani tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Diplom rad qilindi - abituriyent tomonidan kiritilgan diplom ma’lumotlarini bakalavr diplomini bergan OTM tomonidan sabablar ko‘rsatilgan holda rad qilinadi. Ariza rad qilinganda abituriyent tomonidan arizani tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ayol-qizlar uchun xalqaro stipendiyalar (AQSh)

✅ Grant stipendiya bilan ta'lim xarajatlarini qisqartiradi va kelajakda o'z mamlakatlarida yetakchi bo'lishlari uchun ayollarga Amerika universitetlarida ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyatini beradi. Dastur barcha mutaxassisliklar uchun mavjud.

🔹 Stipendiyalar miqdori: magistrant talablar uchun 18000 $, doktorlik(PhD) uchun 20000 $ va talabalar uchun 30,000 $

🗓 Muddat: 2021-yil 15-noyabr
▶ ️Batafsil:
https://bit.ly/2V1A4Kp

💭 Grantga da'vogarlar Amerika Qo'shma Shtatlaridan tashqari har qanday mamlakat fuqarolari bo'lishi mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O‘zMU talabasi Ulug‘bek Rashitov Olimpiada chempioni!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti talabasi, 68 kg vaznli taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov 32-yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal sohibi bo'ldi. Birinchi oltin medal barchaga muborak boʻlsin qadrli vatandoshlar!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
🇺🇿​​O'zMU qudratiga shubha qilsangiz, bizning talabalar erishgan yutuqlarga boqing😎🏆

🤜@NUU_students🤛
❗️2021-2022-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda:

➡️ respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar – transfer.edu.uz;

➡️ xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar – transfer.dtm.uz.

👉 Ayrim talabalar xorijiy yoki nodavlat OTMdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha (adashgan holda) transfer.edu.uz elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishganligi aniqlanmoqda. Ushbu toifadagi arizalar qabul qilinmasligini eslatib o‘tamiz.

👉 Unutmang, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 2021-yil 5-avgust (shu kuni ham)
Manba

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarning qaysi toifalariga stipendiya berilmaydi?

✅Fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30% va undan ortiq qismi «qoniqarli» baho bo‘lgan talabalarga navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Forwarded from Axborotuz
Ланди, ланди, бошланди

Уч ўлчовли дунёдан ўтиб бораяпмиз. Кеча, бугун эртага. Кечадан сал аввалроқ мамлакатимиздаги энг муҳим сиёсий воқелик Президент сайловига старт берилди. Финали нима билан тугайдиган Болливуд ва ўзимизнинг хонтахта фильмлар каби бу каби томошаларга умуман қизиқмайман.

Тарих, тарихий шахсларга доир маълумотларни мутолаа қилишдан завқ оламан. Отто фон Бисмаркнинг уруш вақтида, овдан сўнг ва сайловлардан олдин энг кўп ёлғон гапирилади, деган фикри бор. Қаранг, Германия империясининг биринчи канцлери ҳам мен каби доим уч нисбатда қарашларини ифодалаган экан. 1871 йил январида Германия раҳбари этиб тайинланган темир канцлердан кўп нарса ўрганса бўлади.

Биздаги темир дафтарлар билан адаштириб юборманг. Кеча бугун ва эртага деган ўлчовларда фикрларимни тартибга солиб чиқар эканман, доимий бир хил хулосага келавераман. Бахтнинг оёғига кишан бўлувчи учта сиртмоқ мавжуд экан: кечаги кундан афсус,надомат, бугунингдан қониқмаслик ва келажагинг учун хавотир.

Яна бир хавотирим бизда худди АҚШдагидек партия иккита эмас. Мен яхши кўрадиган уч сонига тенг партия эмас нақд бешовлон сайловни жиртиб ташлаймиз деб турибди. Лекин кунчиқар юртдаги олимпиадада пискентлик боксчи қизимиз Турсуной Раҳимова диний либос, дея бўкираётган амалдорларимиз ва завучларимизнинг бир жойига яхшилаб тупуриб қўйди. Ҳақ йўлида, ҳақиқат, адолат йўлида чекилган заҳматлар, ҳавога учгандек кўринган хитобларга муносиб ғалаба бўлди.
Барчамизга Турсунойнинг ғалабаси муборак бўлсин.

@blogeruzofficial каналига уланинг!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Perevod" imtihonlarida qanday savollar tushadi?

✅DTM direktori "perevod" imtihonlarida qanday savollar tushishini va super-kontrakt qanday qo'llanishini aytdi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
​​​​❗️Rasman! 29-iyuldan boshlab ​​«Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz sayti orqali yuklab olish mumkin!

✅Bu haqda Abituriyentlarga my.dtm.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida eslatib o‘tilgan. (Rasmga qarang)

✅ Abituriyentlar «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan elektron shaklda yuklab olgach, printer orqali oq qog‘ozga chiqartirgan holda imtihonga pasport bilan birga olib kelishlari kerak.

❗️Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

👉 Test savollari soni karantin sabab qisqarishi mumkin!

Barcha tanish abituriyentlarga tarqating!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ozbekiston Milliy universiteti professor-oqituvchilari, izlanuvchilari, yosh olimlari va doktorantlari uchun navbatdagi seminar-treningga taklif etamiz:

📖Mavzu: Universitet reytingini yaxshilash va xalqaro hamkorlikning roli

🎓Xorijiy hamkorlar:

👉Universiti Malaysia Terengganu (UMT) professori Eshquvatov Zayniddin Karimovich

👉Universiti Malaysia Terengganu (UMT) oquv ishlari va xalqaro ishlar boyicha prorektori, Prof. Ts. Dr. Mohd Zamri bin Ibrahim

👉Universiti Malaysia Terengganu (UMT) Okean muhandisligi texnologiyasi va informatika fakulteti dekani Prof. Ts. Dr. Che Mohd Ruzaidi bin G'azzoliy

👉Universiti Malaysia Terengganu (UMT) Xalqaro markazi direktori Prof. Dr. Ahmad Faysal Bin Mohamad Ayob

📆O'tkazilish vaqti: 2021-yil 27-iyul, soat 09:00 dа.

💻O'tkazilish joyi:
ZOOM orqali (masofaviy)
https://zoom.us/j/3854671228?pwd=dTVreXJLQXFzdVNrTUp0aVpZUzdJUT09
Identifikator: 385 467 1228
Kod: 1

▶️O'zMU Xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo`limi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️"Perevod"chilar uchun o'tish bali belgilandi!

✅Yuridik va tibbiyot sohalari uchun o'tish bali 100 ballgacha qolishi mumkin, bu haqida keyinchalik SSV va Adliya vazirligi e'lon qiladi. Boshqa yo'nalishlarda o'tish bali 66.1 etib belgilandi. Bu tartib faqat shu yil uchun amal qiladi, keyingi yillardan boshlab har bir yo'nalishda o'tish bali har xil va bundan yuqori bo'ladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi!

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni tasdiqlandi.

📆 Unga ko‘ra pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021-2022-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

📌 Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Test topshiriqlari soni qisqartirildi!

📌 Davlat komissiyasining 2-son bayoni test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan
Maksimal ball – 21 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 63 ball.

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 20 ta savol
.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

2-fan - 20 ta savol.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 126 ball.

Umumiy holda, 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
ЎзМУ_кайта_тўлов_микдори_2020_2021_Бакалавр_кундузги.pdf
240.2 KB
❗️O'zbekiston Milliy universitetining bakalavriat kunduzgi smenasi talabalari uchun kredit-modul bo'yicha kreditlar qiymati!

📌Eslatma:
Faqat kredit-modul tizimidagi kurs talabalari uchun!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
ЎзМУ_кайта_тўлов_микдори_2020_2021_магистратура.pdf
242.9 KB
❗️O'zbekiston Milliy universitetining magistratura talabalari uchun kredit-modul bo'yicha kreditlar qiymati!

📌Eslatma:
Faqat kredit-modul tizimidagi kurs talabalari uchun!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'qishni ko'chirishda o'tish baliga yetmay qolgan holatlarda to'lanishi mumkin bo'lgan super-kontrakt miqdorlari!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️To'lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

✅ Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Geologiya va geoinformasion tizimlari Geologiya kafedrasi katta o'qituvchisi Ilxamova Go'zal Xusniddinovna olamdan o'tib qolibdilar, ertaga soat 10:00 da chiqarishar ekan. Alloh rahmatiga olsin, oxiratlari obod bo'lsin ustozimizni!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!