O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️To'lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

✅ Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Geologiya va geoinformasion tizimlari Geologiya kafedrasi katta o'qituvchisi Ilxamova Go'zal Xusniddinovna olamdan o'tib qolibdilar, ertaga soat 10:00 da chiqarishar ekan. Alloh rahmatiga olsin, oxiratlari obod bo'lsin ustozimizni!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Barcha abituriyentlarga yetkazing: Imtihonoldi abituriyentlarga maslahatlar!

©Muhammadali Eshonqulov

👉 Batafsil:
https://youtu.be/dHd85rhwuyI

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati.pdf
1.3 MB
❗️2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro'yxati!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
👏1
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari (@eduuz).pdf
1.8 MB
❗️Fanlar majmuasi-2020! Xorijdan o'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga!

Ushbu faylda 2020-2021-o'quv yili uchun fanlar majmuasi ko'rsatilgan. Siz o'qishni ko'chirish imtihonlarida 2 ta fandan va ushbu ro'yxatdan ko'rsatilgan fanlardan imtihon topshirasiz. Qaysi yo'nalish uchun qaysi fanlardan imtihon topshirish mumkin ekanligini bilib olishingiz mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning o‘tkazilishi muhokama qilindi

✔️ 2021-2022-o‘quv yilda respublikaning jami 42 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriatning 140 ta ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

🔰 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligida bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning o‘tkazilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari, bosh boshqarma boshliqlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga mas’ul komissiya raisi va a’zolari ishtirok etishdi.

📌 Vazir oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga bu yilgi imtihon jarayonlarini karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda ochiq, shaffof, adolatli va tamomila yangicha formatda tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarni oʻqishga qabul qilish haqida:

✅ Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021-2022-o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

📑 Roʻyxat bilan tanishish...

✅ Bunda:

👉 vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021-2022-o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

👉 vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

👉 suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.

👉 talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yil 5-avgustdan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.

☝️Oliy va oʻrta mahsus taʼlim vazirligi va Davlat test markazi xabarida ham onlayn roʻyxatdan oʻtish boʻyicha hech qanday platforma koʻrsatilmagan. Platforma eʼlon qilinsa kanalda qayta maʼlumot beriladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Fanlar majmuasi, baholash mezonlari.pdf
1.5 MB
❗️2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlariga kiritilgan o‘zgartirishlar tasdiqlandi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
ЎзМУ_кайта_тўлов_микдори_кечки.pdf
202.8 KB
❗️O'zbekiston Milliy universitetining bakalavriat kechki smenasi talabalari uchun kredit-modul bo'yicha kreditlar qiymati!

📌Eslatma:
Faqat kredit-modul tizimidagi kurs talabalari uchun!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'zbekiston Milliy universitetida to'lov-kontrakt asosida o'qiyotgan talabalar uchun to'lovni amalga oshirish uchun oxirgi muddat 10-avgust etib belgilandi!

📌To'lovni amalga oshirmagan talabalar kursdan qoldiriladi. Barcha talabalarga yetkazing!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
ЎзМУ_кайта_тўлов_микдори_2020_2021_сиртки.pdf
211.1 KB
❗️O'zbekiston Milliy universitetining sirtqi ta'lim talabalari uchun kredit-modul bo'yicha kreditlar qiymati!

📌Eslatma: Faqat kredit-modul tizimidagi kurs talabalari uchun!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti (foiz hisobida).

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'qishni ko'chirish imtihonlari haqida!

✅Xorijdan o'qishni ko'chirish imtihonlari o'tgan yilgi fanlar majmuasi asosida 2 ta fandan bo'ladi:

1-blok uchun 3,2 ball
2-blok uchun 3,1 ball beriladi

✅Imtihonlar bakalavr va magistratura imtihonlari yakunlaganidan so'ng o'tkaziladi.

Imtihon natijalari, test sinovlari yakunlanganidan so'ng 1 hafta muddatda e'lon qilinadi. Test sinovlari avgust oyi oxirlarida bo'lishi kutilmoqda.

✅Imtihonlar avvalgi yillarda kompyuter orqali olingan, endilikda huddi abituriyentlar singari xiyobonlarda olinadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Koronavirusga chalingan abituriyentlar imtihonsiz qolib ketmaydi” — DTM vakili

▪️Koronavirusga chalingani sabab imtihonda qatnasha olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihon tashkil etiladi, deb ma’lum qildi Davlat test markazi bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov Xpress.uz'ga bergan intervyusida.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Davlat oliy ta’lim muassasalariga fanlardan qarzi bor talaba o‘qishini ko‘chira oladimi?

Faqatgina birinchi kursning birinchi semestridan qarzdor bo‘lgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. Boshqa semestrdagi fandan qarzdor bo‘lgan talaba o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. O‘qishi ko‘chirilishi ruxsat etilgan talabani kursini belgilashda mutaxassislik fanlari farqi solishtiriladi va bunda, talaba qarzdor bo‘lgan fan ham inobatga olinadi. Fanlar farqi 4 tadan ortiq bo‘lgan holatda talabaning o‘qishi muayyan kursga tavsiya etilmaydi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant, joy – 37 ta!

Kanadada joylashgan University of Toronto 2022-yil sentabrda boshlanadigan bakalavr kurslari uchun Lester B. Pearson International Scholarship Program grant dasturini taklif etadi.

Grant dasturi a'lo akademik yutuqlarni qayd etgan, kreativ va o'z ta'lim muassasasida yetakchi sifatida tan olingan xalqaro talabalar uchun mo'ljallangan.

Ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar ro'yxatida 18-o'rinni egallab turibdi.

Grant bakalavrda o'qishni xohlovchilar uchun.

👉 Batafsil

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish 1-avgustdan boshlanadi!

2021-2022-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 2021-yil 1-avgust sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini birinchi TOP-500 talik oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kirish bo'yicha infografikasi!

▶️O'zMU xalqaro aloqalar bo'limi

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!