O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Shartnomani elektron tarzda olishda login va parolingizni bilmasangiz, o'zingizning JShIR kodingizdan foydalanib, rasmdagidek harakatni amalga oshirib shartnomani yuklab olishingiz mumkin yoki quyidagi havoladan foydalaning: https://student.hemis.uz/dashboard/contract

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ichki perevod javoblari chiqqan talabalar ko'chirgan OTMsiga hafta oxirigacha murojaat qilib aytgan hujjatlarini topshirishi kerak bo'ladi.

Aytilgan hujjatlarini olib borib bergandan so'ng aloqa xati beriladi. Agar shu hafta borib aloqa xatiga ariza yozib kelmasangiz, o'qishni ko'chirish bo'yicha bergan arizangiz bekor qilinadi.

Qolganlar kutadi. 25-sentabr davlat komissiyasi yig'ilishi bo'ladi. Shundan keyn noturdoshlar, superlar va boshqalarni masalasi hal bo'ladi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️"To'lov-kontrakt miqdorini to'liq to'lamaganlarni kursdan qoldirish" degan qoidani olib tashlash kerak!

Ne-ne umidlar bilan o'qishga kirgan va endigina talaba bo'lgan, ehtimol yuqori kurs talabasidir, kelajak uchun buyuk rejalar qilib qo'ygan, iste'dodli, ilmga chanqoq yoshlarni o'qishdan qoldirish, ularni o'qigan kursini yana qayta o'qishga qaytarish umuman to'g'ri emas.

Biz shuni talab qilamizki, agar talaba kontrakt summasini to'lay olmasa, unga moddiy yordam ajratilsin. Bu qarzni esa talaba o'qishni bitirgandan so'ng to'lab berishi sharti bilan. Aytishingiz mumkin, ta'lim krediti mavjud-ku deb, lekin bundan oldingi yillarda ham minglab talabalar kursdan qoldirilgan.

P.s: Tarixdan ma'lumki, ilm ahlini qo'llab-quvvatlamagan yurt har doim qaramlik botqog'iga botgan. Shunday xatoni yana qayta qilmaylik. Zero insonni ham insoniyatni ham faqatgina ilm yuksaltiradi, sport yoki san'at emas!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Bu yurtda inson qadri ulug'. Ammo bu jumla talabalar uchun o'rinli emas. "Talaba - odammas" deyishlari shunga bo'lsa kerak!

Gapimni isboti bilan keltirib o'taman. Aytmoqchi bo'lgan gaplarim hech bir qat'iy dalil talab qilmaydi, sababi, buni hamma o'z ko'zi bilan ko'rgan. Bundan 2 kun oldin, O'zLiDeP universitetimiz qarshisida konsert dasturi uyushtirdi va "Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti" yozuvi o'rniga "Inson qadri uchun" degan shiorni ilib ketishdi.

Aynan shu universitetimizda bundan 2 haftacha muqaddam ayni shu universitetimizda talabalar sarson bo'lib yurishgan edi. Rektorat oldida, skamekalarda, umuman, universitet hududida juda ko'plab ota-onalar va ularning talaba farzandlari bir necha kunlab ko'chada qolib ketishgan edi. Hatto ayrimlar ko'chalarda uxlashganini aytishdi.

Endi menga aytingchi, haqiqatdan inson qadri uchunmi shuncha harakat? Nimaga inson qadri uchun kurashuvchi ushbu partiya talabalarni turar-joy muammosini hal qila olmaydi?
👍1
❗️"O'zMU yotoqxonalarida 1-kurslar majburan ishlatilmoqda" kabi xabarlar kelib tushmoqda.

Sizning yotoqxonangizda ham 1-kurslar majburiy mehnatga jalb etilmoqdami? Sizni majburan ishlatishmoqdami? Barchasiga chek qo'ying! Hech kim sizni majburan ishlatishga haqli emas.

Siz qonuniy jihatdan haqqingizni talab qiling. "Har yili 1-kurslar bu ishlarni qiladi" degan gapga aldanib qolmang. O'tgan yillardagi 1-kurslar sodda bo'lishgan bo'lsa, siz sodda bo'lmang.

Yotoqxona ishlari faqat 1-kurslar bo'yniga ilingan emas. Barcha kurslar bu ishlarni qilishi shart. Bu haqida yotoqxonaga kirishda barcha kurs talabalari tilxat topshirishgan.

Sizda ham qonunbuzarlik holatlari bo'lmoqdami? U holda dekaningizga murojaat qiling, hal qila olmasa, prorektorga chiqing, u ham hal qila olmasligini aytsa yoki gapni olib qochsa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga xabar bering.

O'z haqqingizni talab qilishdan hech qachon qo'rqmang! O'z nomingiz bilan "Talaba"siz, talab qilishni o'rganing!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️"O'zMU yotoqxonalarida 1-kurslar majburan ishlatilmoqda" kabi xabarlar kelib tushmoqda. Sizning yotoqxonangizda ham 1-kurslar majburiy mehnatga jalb etilmoqdami? Sizni majburan ishlatishmoqdami? Barchasiga chek qo'ying! Hech kim sizni majburan ishlatishga…
Bizga dushman kerak emas, sababi biz o'zimizga o'zimiz yaxshigina dushmanmiz!

Izohlarni o'qib chiqdim, ko'plab talabalar (ehtimol yuqori kurs) "Tozalikka qarashi kerak", "O'zi yotadigan joyni tozalaydi-da", "Navbatchilik bo'lgan bu, biz ham qilamiz", " Yuqori kurs talabalari ham ishlaydi" kabi izohlar yozib qoldirishgan.

Ammo bir narsani unutib qo'yishdi. 1-kurs uka-singillarga to'g'ri maslahat berish kerak edi va bu hozirda dolzarb. Tan olaylik, shunchaki, juda ko'p ishlar (o'z xonasini tozalash nazarda tutilmayapti) 1-kurslar bo'yniga ilib qo'yilgan. Bu kabi adolatsizliklarni yo'qotmasak, bu avloddan-avlodga o'tib boradi.

Yotoqxona yoki universitetda hamma teng huquqli, xoh u 1-kurs bo'lsin, xoh 4-kurs. "Oshxona yoki hojatxona tozalash ishlari bilan 1-kurslar shug'ullanadi" degan qoida mavjud emas. Shuningdek, "Yarim kechasi majlis qilish kerak" kabi qoida ham. Bu kabi xabarlar bizga yetib keldi.
❗️Vakansiya. Ish qidirib yurgan talabalar uchun!

Matematikadan rus tilida dars o'tadigan o'qituvchilar (talabalar) ni o'quv markaziga ishga taklif qilamiz. Oylik maosh 800 ming so'mdan 5 million so'mgacha!

Murojaat uchun: @Erxonov97 yoki +998993106107

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Talabalar nimadan qo'rqishadi? Nega haq-huquqini talab qila olishmaydi?

Ko'plab talabalar darsda, yakuniy nazoratlarda yoki yotoqxonada o'z haqqini talab qila olishmaydi. Bunga eng asosiy sabab esa qo'rquv. To'g'ri o'qidingiz qo'rquv. Darsda domla bilan tortishishni mutlaqo xato deb hisoblashadi. "Domla doim haq" degan ko'rinmas qoidani o'zlari uchun qabul qilib olishgan.

Domla har qanday nohaqlik qilsa ham, qonunbuzarlik vaziyatlarini amalga oshirsa ham talabalarning bunga reaksiyasi sukut bilan davom etadi. Nima uchun shunday? Talabalar ong ostiga "Agar domla bilan janjallashib qolsam, sessiyada alamini oladi" degan qoidani qabul qilib olishgan. Domlaning bunday qilishi esa pastkashlik!

Xuddi shu kabi, yotoqxonada ham. "Qattiq gapirib qo'ysam joyimdan ajrab qolaman" degan qoida mavjud. Bu mutlaqo xato bo'lsa-da, talabalar buni o'zlari uchun qabul qilib olishgan. Siz yotoqxona uchun to'lovni "qo'y" bo'lib yurish uchun emas, aksincha, yashash uchun to'lagansiz. Shunday ekan, qandaydir kamchilik mavjud bo'lsa, qo'rqmay ayting. Qonunan siz haq hisoblanasiz.

Hech nimadan, hech kimdan qo'rqmang, haq bo'lsangiz talab qiling! Hurmatli rahbarlar! Talabalarda o'zingizga nisbatan qo'rquv hissini uyg'otmang! Vaqti kelib shu yoshlar sizning ustingizda rahbar bo'lishini esingizdan chiqarmang, siz o'rnak bo'lishingiz kerak, qo'rqinchli shaxs emas. Hurmatli talabalar! Siz ham ongingizdagi rahbarlarga nisbatan bo'lgan fobiani butkul o'chirib tashlang!
⚡️Ijtimoiy so'rovnoma: Siz o'qishga kirishdan oldin kuniga necha soat dars qilgansiz va o'qishga kirgandan so'ng-chi?

❗️Yuqoridagi savolga izohlarda javob bering, bu muhim!
❗️Xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan talabgorlar diqqatiga!

Endi xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan transfer.dtm.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish hamda shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

Talabgorlar onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida ushbu video yo‘riqnoma orqali batafsil bilib olishlari mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️1-kurs ayrim qizlar uchun:

Kechagina qishloqdagi qizlarning bari,
Bugun esa shahrimizning oldi qizlari.
"Ummatga qay darajada kerak ekanligingizni his qilganingizda, kerak bo'lsa kechalari uxlamagan bo'lardingiz" - Saidbek Arislonov AQShdagi Mastercard kompaniyasining senior darajadagi Full Stack dasturchisi, Osmondagi bolalar ko'rsatuvida aytgan so'zlaridan.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi!

Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021 y.) bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

☑️ Nizomga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

🚫 Ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.

❕Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

✅ Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.

📂 Bunda ariza beruvchi tegishli ma’lumot yoki hujjatlarni o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi dekan o‘rinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshiradi.

🔎 Mas’ullar 1 hafta davomida ariza beruvchi ma’lumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini o‘rganadi.

➡️ So‘ng ma’lumotlarni umumlashtirib, ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida talabgorlarni tanlab olish komissiyasiga taqdim etadi.

📌 Komissiya bir ish kunida talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, qaror qabul qiladi.

🧾 Shunga ko‘ra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar va ularning ro‘yxati to‘lovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.

💰 Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.

🔰 Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish:

➖ o‘quv yili davomida (har yili 1 sentyabrdan 1 iyulgacha) yoki o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
➖ ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasigacha arizalar mas’ullarga taqdim etilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

❌ Ushbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
#тарқатинг

Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва баракотуҳ,

O'ylaymizki hech bir oriyatli erkak kishi o'z ahli ayolini ( singlisi, opasi, onasi , ayoli va h.k ) erkaklar bilan to'la vagonda birga tiqilib , surilib ketishini xohlamasa kerak, chunki asl oriyatli erkaklar ahli ayollarini hattoki begona nazardan ham qizg'onishadi .
Bizda bir taklif bor : metro vagonlarini ajratamiz, yani bittasi faqat ayollar uchun, qolgan uchtasi erkaklar uchun ( chunki metroda yuradigan aholini ko'p qismi erkaklar) bo'lsa. Aftobuslarda ham iloji boricha old qismiga ayollar, orqa qismiga erkaklar chiqadigan odatni shakllantirsak , bunga munosabatingiz qanday?
Agar bizga qo'shilsanggiz ushbu postni maksimal darajada tarqating, iloji boricha ko'proq odamlarga yetib borsin, balki qonun ishlab chiquvchi insonlarga ham yetib borib ijobiy hal bo'lar, in sha' Allah 🤲.
❗️Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun ariza berish!

🗂 Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun ariza beruvchi mustaqil ravishda quyidagi holatlardan kamida birini tasdiqlovchi ma’lumot yoki hujjatlarni ilova qilgan holda anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki oliy ta’lim muassasasining talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshiradi:

➖kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bo‘lganligi (kam ta’minlangan oila deb topish tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);

➖boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar (ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar) farzandlari bo‘lganlar;

➖I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

➖to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;

➖vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalar;

➖“Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi bo‘lganlar;

➖onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oila farzandi bo‘lganlar;

➖I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning farzandi bo‘lganlar;

➖aila a’zolari “Mehnat-migratsiya” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;

➖ota-onasi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganligi (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbayiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan);

➖oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandi bo‘lganlar;

➖davlat oliy ta’lim muassasasida o‘rnak ko‘rsatganligi va faol bo‘lganligi (xalqaro, respublika, hudud va ta’lim muassasasi miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari, fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, ma’naviy­ma’rifiy va sport tadbirlarida faol qatnashganligi, jamoatchilik asosida targ‘ibot guruhlaridagi volontyorlik faoliyati)

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun ariza berish namunasi!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Keyingi yildan davlat grantida o'qiganlar ham ikkinchi mutaxassislik bo'yicha o'qishlari mumkin!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!