O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun ariza berish namunasi!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Keyingi yildan davlat grantida o'qiganlar ham ikkinchi mutaxassislik bo'yicha o'qishlari mumkin!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Xorijiy oliy ta'lim muassasasi filialidan mahalliy oliygohlarga “super” kontrakt to‘lab, o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov “Darakchi” gazetasi tahririyatiga fuqarolardan o‘qishni ko‘chirish boʻyicha kelib tushgan murojaatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Qadrli yoshlar,

O'zbekistonimiz kelajaklari!

"Intercontinental Youth Online Conference"ning 9- mavsumiga qabul boshlandi ...

🔸 Mutloqa o'zgacha muhitdagi Xalqaro onlayn anjuman!
🔸Tajribali spikerlar tomonidan webinarlar!
🔸Ishtirokchilarning har biriga Sertifikat va Tashakkurnoma taqdim etiladi!

Konferensiya haqida ma'lumot!
|Qo'mitalar:
7 ta
|Ishtirokchilar: 150 nafar (20 nafar xorijlik)
|Sana: 10-Oktyabr, 2021
|Konferensiya: Zoom platformasida
|Til: ingliz, rus, o'zbek
|Ariza topshirish oxirgi muddati: 5-Oktyabr, 202
1

🔷 RO'YXATDAN O'TISH:
@Intercontinental_YOC2021 profiliga "IYOC 9" so'zini yuborasiz va ro'yxatdan avtomatik tarzda o'tasiz!


Telegram sahifamizga a'zo bo'ling👇👇
#xalqaro_anjuman #professional_ishtirokchilar #xalqaro_spikerlar

Telegram kanal:
@Intercontinental_YOC
❗️Davlat kadastrlari palatasi tomonidan, saylov uchastkasini aniqlash bo‘yicha telegram bot ishlab chiqildi.

Ushbu bot orqali siz turgan ko‘chmas mulk obyekti qaysi saylov uchastkasiga tegishligi ekanligi hamda saylov uchastkasining manzili va joylashgan geolokasiyasi haqida ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Bot manzili: @saylov_xarita_bot

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishiga ruxsat berildi— SSV

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️2022-2023-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi.

✅ Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutiladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari diqqatiga!

Joriy yilning 29-30-sentabr kunlari Toshkent shahrida "Yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish" aksiyasi o‘tkazilmoqda.

✅ Aksiya doirasida Talabalar shaharchasi hududida viktorinalar, konferensiya, itellektual bellashuvlar, turli loyihalar, "Yosh saylovchi" elektron platformasi taqdimoti, konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida 29-sentabr soat 13:30da O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot resurs markazida "Yangi O‘zbekiston saylovlari yoshlar nigohida" nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferensiyada mavzuga oid taqdimotlar, savol-javoblar va yoshlar fikrlari o‘rganiladi.

Konferensiyada bevosita ishtirok etishingiz mumkin. Barchangizni mazkur konferensiyaga taklif etamiz!

▶️ O‘zMU Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
▶️ O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi" kafedrasi

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Super kontrakt miqdori.pdf
973.9 KB
❗️Super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi!

2021-2022-oʻquv yili qabulida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Muhim yangilik: Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Yana bir muhim yangilik!

➡️ 2021-2022-oʻquv yili qabul uchun tasdiqlangan “Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi” baholash mezonlari oʻzgarganligi sababli, abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida istisno tariqasida toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizigʻi chegarasigacha yetarli ball toʻplay olmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:

Toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul parametrlari chegarasiga:

➖ 1,05 ballgacha
yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➖
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➖
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

✅ Bunda, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021-2022-oʻquv yilida tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Assalomu alaykum Saxovatli insonlar.
Erkaboyeva Muslima 7 oylik.
Operatsiya uchun pul yig'ilyapdi.
Bitta pepsi yoki cola sotib olishni o'rniga 10.000so'm exson qilinglar.
Diagnoz: Gedrosefakiya.
8600332918387097
❗️Bugun Talabalar shaharchasi Toshkent davlat texnika universiteti hamda O'zbekiston Milliy universitet tutashgan maydonda soat 16:00 dan boshlab turli xil viktorina oʻyinlari, munozara-debat turnirlari boʻlib oʻtadi. Gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan turli-xil sovgʻalar taqdim etiladi.

Soat 18:00 dan boshlab esa katta gala konsert boʻlib oʻtadi. Konsertda yoshlarimizning eng sevimli sanʼatkorlari mehmon boʻlishadi. Barcha talaba-yoshlarini taklif qilib qolamiz.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

– Ariza beruvchi tegishli ma’lumot yoki hujjatlarni oʻzi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻlimi dekan oʻrinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga topshiradi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Savol: Men pedagogika yo‘nalishida super kontraktda o‘qimoqchiman. Tez orada koronavirusga qarshi vaksinaning oxirgi bosqichini olaman. Menga ham koronavirusga qarshi vaksina olganim uchun chegirma bonusi beriladimi? Imkoni bo‘lsa, summasi haqida ham batafsil ma’lumot bersangiz.

✅ Javob: 2021-2022-oʻquv yili uchun tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari asosida 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlar va talabalarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.

Misol uchun, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori 8 baravar etib belgilangan. Bitta talabani to‘lov-kontrakt asosida bir yillik o‘qitish miqdori esa 6 412 610 so‘mni tashkil etadi. Bunda abituriyent mazkur yo‘nalishda bakalavriat kunduzgi shakli uchun 51 300 880 so‘m tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktini amalga oshirgan taqdirda talabalikka tavsiya etiladi.

Agar talaba 1-noyabrga qadar vaksina olgan bo‘lsa, unga shu summadan bir martalik 10 foizli chegirma (5 130 088 so'm) bonusi beriladi. Shunda talaba umumiy 46 170 792 so‘m to‘lov-kontraktini amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

❗️Eslatma: Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar 1-oktabrga qadar (shu kuni ham) t-kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza bergan bo‘lishi kerak.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!