O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
​​❗️Barcha OTMlarning magistraturasida ishdan ajralmagan holda onlayn o‘qish imkoniyati yaratilishi mumkin!

Barcha oliy ta’lim muassasalarining magistraturasida ishdan ajralmagan holda onlayn o‘qish imkoniyati yaratilishi mumkin.

Bu haqda Prezidentning “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bilan tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi”da belgilab qo‘yilmoqda.

Mazkur “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasida ta’lim berish jarayonida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida 2021-yil 1-noyabrga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar “Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadilar.

Loyihada:
– davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlariga magistrlik darajasiga ega bo‘lmasdan ham asosiy ish joyidan ajralmagan holda ilmiy, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishini belgilash;
– barcha oliy ta’lim muassasalarining magistraturasida ishdan ajralmagan holda onlayn o‘qish imkoniyatini yaratish;
– davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inida ishlayotgan xodimlarini, ushbu tashkilotda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan oliy ta’lim muassasalarining magistraturasida davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibini belgilash nazarda tutiladi.


📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Talaba akademik qarzdorligini qancha muddatda topshirishi kerak?

OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga koʻra, yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

🔸Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

🔹Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha
3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

🔸Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

🔹Fanlardan akademik qarzdorligi
4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi
va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning aytishicha aloqa xati talabalar qo'liga berilmaydi. Ular to'g'ridan-to'g'ri xorijiy OTMni o'ziga yuboriladi.

Xujjatlarni ham xorijiy OTMdan o'zlari qabul qilib oladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️«Diplom mutlaqo kerak emas hozir. Hozir kasb kerak, bilim kerak!» — Shavkat Mirziyoyev

«Islohotlarga 5 yil bo‘ldi. Birorta muallim, birorta shifokor turib aytsin, "25 yilda menga nima manfaat keltirdi?», deb aytsin, men ulardan kechirim so‘rayman agar bu noto‘g‘ri bo‘lsa", — deydi Shavkat Mirziyoyev.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Forwarded from Edu.uz
⚡️ DIQQAT ESLATMA! TALABALAR SHOSHILING!!!

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) BARCHA talabalarga 10 foiz chegirma berilmoqda

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy toʻlov-kontrakt summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan edi.

Hozirda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan BARCHA davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va koronavirusga qarshi vaksina olgan talabalarga bir martalik 10 foizli chegirma bonusi berilmoqda.

Vaksinani to‘liq olishga ulgurmagan talabalar SHOSHILING!!! Chunki 1-noyabrga ham sanoqli kunlar qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, imtiyoz 1-noyabrga qadar vaksina olgan quyidagi talabalarga taalluqli:

– bakalavriaturaning barcha bosqich talabalariga;
– magistratura (kilinik ordinatura)ning barcha bosqich talabalariga;
– kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida o‘qiyotgan talabalarga;
– joriy o‘quv yilida oʻqishini koʻchirib, super kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan talabalarga;
– joriy o‘quv yilida bakalavriaturada super kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan talabalarga;

Ko’rib turganingizdek, BARCHA toifadagi talabalar imtiyoz bilan qamrab olingan!

Aziz talabalar, vaksinani to‘liq oling va toʻlov-kontrakt miqdoringizga 10 foizli chegirmaga ega bo’ling!

Zero, emlanish bugun xastalikka qarshi eng muhim choradir!
____________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🙋Assalomu alaykum qadrli ustozlar.

📣Mental arifmetika bo'yicha "Toshkent - 2021" olimpiada musobaqasi bo'lib o'tadi.

⚠️Olimpiada shartlari:
- Qatnashuvchilar yoshi 5 - 15 yoshgacha.
- Ikkita yo'nalish bo'yicha o'tkaziladi.
✅1- A va B kategoriya
✅2- B va C kategoriya.

🔢Misollar jami 100 ta.

🧮 Abakusda bajariladi.

⏰ 10 daqiqa vaqt beriladi.

🏆 G'olib o'quvchilarga:
1-, 2-, 3-o'rinlarga
- sertifikat📇
- medal🏅
- qimmatbaho sovg'alar🎁.

👥Qolgan ishtirokchilarga sertifikat va sovg'alar beriladi.

📌 Qatnashish uchun:
-Guvohnoma kopiyasi va musobaqa to'lovi 100.000 so'm

☝️To'lovlar 29 - oktabrgacha qabul qilinadi.

🗓 Musobaqa o'tkaziladigan sana: 31- oktabr 2021-yil.

📍Musobaqa o'tkaziladigan joy:
"Humo education" o'quv markazi.

🏛Mo'ljal: Agrar universitet chorrahasi, Evos kafesi yonida.

📬 Murojaat uchun: @Humo_education_admin

☎️ Tel: 90 1104113
Achchiq bo'lsa-da haqiqat!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Talaba-yoshlar diqqatiga!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talaba-yoshlar uchun “Saylov bilimdoni” onlayn test tanloviga start beradi.

🗓Onlayn tanlov:

➖1-bosqich: 9–11-oktabr kunlari;
➖2-bosqich: 13–15-oktabr kunlari;
➖3-bosqich: 19-oktabr kuni boʻlib oʻtadi.

✔️Tanlovda respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari 1 nafar 1-o‘rin sohibi noutbuk, 2 nafar 2-o‘rin sohiblari planshet, 3 nafar 3-o‘rin sohiblari smartfon sovg‘alari bilan mukofotlanadilar.

☝️Tanlovda ishtirok etuvchi talabalar http://sb.bimm.uz tizimiga kirib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan JSHIR (shaxsiy identifikatsiya raqami) orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

❗️Ishtirokchilarga faqat bir marta test topshirishga ruxsat beriladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Vazirlik talabalarga vaksina olishga shoshilish kerakligini eslatdi!

1-noyabr – vaksina olgan talabalarga kontraktdan 10 foizlik chegirma olish uchun oxirgi muddat.

Chegirma magistratura, bakalavrning barcha shaklida o‘qiyotgan talabalarga, o‘qishini ko‘chirgan, super-kontrakt asosida o‘qishga kirganlarga ham tegishli.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
💥TALABASHUNOSLIK💥

🤑"Talaba'' —bir so'mi yo'q millioner.
🤫,,Talabalik bileti'' — nomi ulug', suprasi quruq.
🤯,,Sessiya'' — yarim yillik uyqudan uyg'onish.
😍,,Stipendiya" — xayot mazmuni.
🥵,,Seminar" — 80 daqiqa o'limga tik boqish.
🥱,,Maruza'' — kecha chala qolgan uyquning davomi.
☠,,Domla'' — sessiyada qo'lga tushmas qasoskor.
🥴,,Darslar'' — ezmashunoslik asoslari.
🤠,,Tanka'' — najot kemasi.
😝 ,,Dekanatga'' chaqirilgan talaba — oy borib, omon qayt.
😜,,Parta'' — yangliklar doskasi.
😋 ,,Oshxona'' — talabalar orzusi.
😫,,Oshqozon" — tatilga chiqqan xodim.
😬,,Zachotka" — domla uchun qasos olishning yagona imkoniyati.
😴,,Kutubxona'' — uyqu xonasi.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!