O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
💥TALABASHUNOSLIK💥

🤑"Talaba'' —bir so'mi yo'q millioner.
🤫,,Talabalik bileti'' — nomi ulug', suprasi quruq.
🤯,,Sessiya'' — yarim yillik uyqudan uyg'onish.
😍,,Stipendiya" — xayot mazmuni.
🥵,,Seminar" — 80 daqiqa o'limga tik boqish.
🥱,,Maruza'' — kecha chala qolgan uyquning davomi.
☠,,Domla'' — sessiyada qo'lga tushmas qasoskor.
🥴,,Darslar'' — ezmashunoslik asoslari.
🤠,,Tanka'' — najot kemasi.
😝 ,,Dekanatga'' chaqirilgan talaba — oy borib, omon qayt.
😜,,Parta'' — yangliklar doskasi.
😋 ,,Oshxona'' — talabalar orzusi.
😫,,Oshqozon" — tatilga chiqqan xodim.
😬,,Zachotka" — domla uchun qasos olishning yagona imkoniyati.
😴,,Kutubxona'' — uyqu xonasi.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️“Zakovat”chilar uchun Toshkentda alohida bino qurib beriladi — Shavkat Mirziyoyev

“Zakovat” intellektual klubini rivojlantirish uchun har yili 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Maktablarda va chekka tumanlarda “Zakovat” klublari tashkil etiladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Yangi yildan boshlab talaba-yoshlar o‘rtasida birinchi marta Prezident sovrini uchun Intellektual olimpiada tashkil etiladi — Shavkat Mirziyoyev.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
- Jasur yotoqxonada hayot qanaqa ketyapti?
- Juda zo'r.
- Nega?
- 3-kurs akalar bilan mazza qilib yashayapman.
- Nimaga?
- Ularni paypog'ini sovuq suvda, o'zimnikini issiq suvda yuvyapman.

Mashnaqa gapla oshnala😁

@NUU_students
❗️20-oktabrdan boshlab barcha oliygohlar xorijdan o'qishini super kontrakt asosida ko'chirmoqchi bo'lgan talabalarga aloqa xatlarini berishni boshlaydi.

Izoh: 4 ball va undan yuqori ball yetmay qolgan talabalar nazarda tutilyapti.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Talablar tushunishadi😁

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinayotgan 1-kurs talabalardan talab etiladigan hujjatlar:

1. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan);
2. Diplom yoki attestat nusxasi - 2 dona;
3. Rasm 3,5×4,5 - 10 dona;
4. Pasport nusxa - 5 dona;
5. Shaxsiy varaqa (universitetda tayyorlanadi);
6. Abiturent ruxsatnomasi;
7. DTM javoblar varaqasi (rangli pechat qilinishi lozim);
8. Chet tili sertifikati, maʼlumotnoma (nogironligi boʻlgan, xarbiy xizmatchi farzandi, IIB tarkibiga kiruvchi organ xodimi farzandi, mehribonlik uyi bitiruvchisi, temir daftar roʻyxatida turuvchilar, fan va sport olimpiada gʻoliblari, Yoshlar ittifoqi imtiyoziga egalar), xotin-qizlar uchun imtiyoz hujjati, xarbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasi (agar mavjud boʻlsa).

Super-kontrakt asosida 1-kursga qabul qilinayotgan talabalar yuqoridagi hujjatlarni tayyor qilib turishi soʻraladi. Kontrakt shartnomasini qachon va qanday olish boʻyicha ham tez orada habar beramiz.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Tashkent city parkiga kirish bepul bo'libdi!
❗️Agar talaba yakuniy nazoratlarida 4ta va undan ko'p fanlarni o'zlashtiraolmasa avtomatik tarzda kursdan kursga qoladi.

Agar 4tagacha bo'lgan fanlarni o'zlashtiraolmagan bo'lsa tegishli tartibda qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Kredit tizimidagilarga esa belgilangan to'lovni amalga oshirgandan so'ng qayta topshirishga ruxsat beriladi.

Shu sababli 1-kursga qabul qilinganlar hozirdan fanlarni yaxshi o'zlashtirib oraliq ballarini yig'ib boring. Oraliqdan baho olmaslik ham yakuniy nazoratga kiritilmaslikka sabab bo'ladi.

Davlat grantida o'qiyotgan talabalar umumiy fanlarining 30 foizi va undan ortig'i 3 baho bo'lsa 1 semestr stipendiya olmaydi.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Do you want to build your career in Logistics? No experience?

✅Welcome to Delta Vertex Academy under United Group!

⚡️Learn Dispatching within 15 Classes for 1.5 month
🏆After succesfull completion you are being offered to work in our logistics company(over 400 trucks)
🤩Only Limited Offer for the full course: 400 u.e. / 4mln 200k uzs!
🔥Up to 8-9 people in each class
⭐️Certificate is being given upon graduation to each student

📍Address: 77 Babur Street, Tashkent, Uzbekistan

✅Please leave your inquiries by Messaging
📩You can Apply via Telegram: @deltavertex
☎️ +99890 093 0111

Follow us on Instagram:
@deltavertex
❗️Xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliygohlariga ko‘chirish ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi (PQ-5157-son) qaroriga muvofiq (2021-yil 15-iyuldan boshlab) xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan respublika oliygohlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi tartib asosida amalga oshirildi:

☑️talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:

➖ talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi;

➖test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi;

➖o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi;

➖test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilindi;

☑️ talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmadi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Talabalar shaharchasiga prezident kelishi kutilmoqda. Metro yaqinidagi qurilish aynan shuning uchun.

Ushbu qurilishni Murad Buildings 2 oyda, Golden House 2 oyda, prezident kelsa 1 haftada bitirishadi.
❗️Ko'pchilik qish faslida ham perevod qilsa bo'ladimi deb so'ramoqda. Shu haqida batafsil ma'lumotlar beramiz!

Bahrogi semestr
uchun "perevodda" hududiy ishchi guruhlari 2021-yilning 20-dekabridan 2022-yilning 25-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) faoliyat koʻrsatadi va yoki hujjatlarni shu yilgidek transfer.edu.uz va transfer.dtm.uz sayti orqali ishchi komissiyaga topshirishingiz mumkin bo'ladi

⚖️ Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga muvofiq talabalar oʻquv yilining oʻrtasida faqat quyidagi uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisida ariza topshirishlari mumkin:
👉 talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan koʻchib oʻtganda;
👉talabaning turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi harbiy xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda;
👉talabaning ota-onasi (turmush oʻrtogʻi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda talabalar umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Boshqacha aytganda yuqoridagi 3 ta sabab boʻlmasa, oʻquv yilining oʻrtasida oʻqishni koʻchirib boʻlmaydi.

Fuqarolar uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish boʻyicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
👉 oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
👉talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
👉pasport nusxasi;
👉 yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

✅Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼiy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetga kiraverishda shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:

«Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas»

Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi.
Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi.
Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi.
Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi.
Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi...
Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi.

«Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning kasodga uchrashidir!»

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatida oliy taʼlimga oid rejalari:

👉 15ming talabalar uchun Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi

👉 Ulugʻbek shaharchasida, 8 ming talabaga moʻljallangan 3 ta oliygoh, yaʼni Rossiyaning Mendeleyev kimyo universiteti, Vengriyaning Debretsen universiteti va Toshkent kimyo texnologiyalari instituti,nufuzli ilmiy tashkilotlar va laboratoriyalarni oʻz ichiga olgan kimyo-sanoati ilmiy klasteri tashkil etiladi;

Viloyatdagi 14 ta ixtisoslashgan shifoxona Nurafshon shahriga koʻchirilib,yagona tibbiyot kompleksi va nufuzli xorijiy universitet bilan birga tibbiyot oliygohi tashkil etiladi;

viloyat hokimligida maxsus jamgʻarma tashkil etilib,har yili tibbiyot oliygohlari 100 nafar yuqori kurs talabalarning kontrakt puli toʻlab beriladi.

Bu talabalar bilan shartnoma tuzilib, viloyatning eng ogʻir Boʻstonliq, Boʻka, Ohangaron va Yangiyoʻl tumanlariga ishlash uchun yuboriladi va ularga qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

@NUU_students
❗️Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilangan.

▪️Hukumat qarori bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, ijara puli ijara shartnomasi borlarga to‘lab beriladi.

Ijara puli faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotganlarga to‘lanadi. Arizalarni har oyning 7-sanasigacha berish mumkin, ular berilgandan so‘ng 1 haftada o‘rganiladi va ariza qanoatlantirilsa, pul to‘lanishi boshlanadi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!‌‌
- Tag'o kecha jo'ram bilan universitetdan adolat qidirdik.
- Endi o'zlaringga boshqa universitet qidir, jiyan!

©Qayerdandir uxlatildi

@NUU_students