O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Bugun o'zbek tilining dnyuxasi ekan. Vashe boshqa tilda gapirmanglar, tolka o'zbekchada gaplashinglar radnoylar :)

P.s: Albatta, hazil.
❗️Saylov tufayli oliy ta'lim muassasalarining talabalariga hech qanday qo'shimcha ta'til berilmaydi — Markaziy saylov komissiyasi.

@NUU_students
❗️Emlanganlik sertifikati bor kontrakda oʻqiydiganlar talabalar uchun chegirma muddati 15-noyabrgacha uzaytirildi!

▪️Davlat OTMlarida koronavirusga qarshi 1-noyabrgacha vaksina olgan talabalarning kontrakti uchun bir martalik 10 foiz chegirma berish belgilangandi. Bu muddat 15-noyabrgacha uzaytirildi.

@NUU_students
Lex.uz ни очамиз. "Олий таълим тўғрисида Низом"ни излаймиз. ... матн рус тилида берилган"... деган ёзувни ўқиймизда. Бугунги байрам билан олий таълим вазирлигини табриклаб қўямиз.

👉@Otabek👈
❗️Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 2021/2022-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.

Shu munosabat bilan siz t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki siz o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda to‘lov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirishingiz mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021-yil 20-noyabrga qadar etib belgilandi.

Bunda to‘lovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka tavsiya etish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi

Ma'lumki, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021-2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy toʻlov-shartnoma summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan edi.

Endilikda, mazkur muddat uzaytirilgan holda 15-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan barcha talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi beriladi.

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Turli davlatlarda saylovlar hazil tariqasida ko'rsatib o'tilibdi. Qozoq KVNidan olindi.

P.s: Shunchaki, kayfiyat uchun. Siyosiy ma'no qidirmang!
❗️Magistraturani tugatgan o‘qituvchilar 5 yil attestasiyadan o‘tmasdan ham 2-toifali o‘qituvchi sifatida dars o‘tadi. — Ta’lim inspeksiyasi

@NUU_students
❗️Endi bola tug‘ilganda beriladigan "suyunchi puli" plastikka ham o‘tkazib berilishi mumkin!

Shu paytgacha bir martalik yordam puli faqat naqd ko‘rinishda berilgan va navbatlarga sabab bo‘lardi.

Endi FHDYO xodimi ota-onadan birining xohishiga binoan, faol bo‘lgan plastik kartani olishi va suyunchi puli kartaga tashlab berilishi mumkin, deb xabar berdi DXA.

Suyunchi puli – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi, hozir 577 866 so‘m.

@NUU_students
❗️Kontraktdan 10 foiz bonus: stipendiyali kontraktga qarab hisoblanadimi yoki stipendiyasiz?

✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga asosan talabalarga nisbatan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish tartibi belgilangan. Unda „bazaviy kontrakt miqdori“ degan jumlaga koʻzimiz tushadi. Bu atamaga oydinlik kiritish uchun bu yil chiqqan toʻlov-kontraktlar miqdorlari boʻyicha rasmiy jadvalga koʻz yugirtirish kifoy.

Unda yoziladi: „stipendiyali“ va „stipendiyasiz - bazaviy“.

Bundan kelib chiqadiki, bazaviy deganda stipendiyasiz miqdorni tushunish mumkin.

@NUU_students
❤1
❗️Bakalavr talabalariga Janubiy Koreyada to'la moliyalashtirilgan holda bir oy amaliyot o'tash imkonini beruvchi GIFT Internship Program dasturi. Oylik maosh - 500,000 KRW (~$424)

Talablar:
— Barcha davlat fuqarolari hujjat topshirishi mumkin;
— Nomzodlar bakalavr bosqichining 3-4-kurs talabasi bo'lishlari kerak;
— Ingliz tilini bilish darajasini belgilab beruvchi sertifikatga ega bo'lishlari lozim (IELTS, TOEFL).

Foydali tomonlari:
— Janubiy Koreyaga borish va qaytish uchun aviachipta;
— Bepul yotoqxona;
— Dastur davomida 500.000 KRW (~$424) miqdoridagi stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat: 26.11.2021

Batafsil: https://grantgo.uz/go/00567

@NUU_students
❗️Endi OTMda kursdan kursga qolgan talaba 8 yil ichida o‘qishni tugatolmasa, o‘qishdan butunlay chetlatiladi — Oliy ta’lim vazirligi

Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Хoliqov bu tartib kredit-modul tizimi uchun xosligini bildirdi.

@NUU_students
❗️Saylovda qatnashdingizmi? Izohlarda yozib qoldiring. Sizningcha saylovda kim g'olib bo'ladi?
❗️MagicSoft kompaniyasi tomonidan dasturlashga qiziquvchi yoshlar uchun 6 oylik bepul kursda ishtirok etish va kurs yakunlangandan so'ng soatiga $10 maoshga ega bo'lish imkoniyati!

Talablar:
— Nomzod oliy o'quv yurtining birinchi yoki ikkinchi kurs talabasi bo'lishi kerak. Talabalikka qabul qilinmaganlar ham ishtirok etishi mumkin;
— Har kuni kamida 8 soat davom etadigan darslarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim;
— Ingliz tilini B1 darajada bilishi shart (sertifikat talab qilinmaydi);

Foydali tomonlari:
— Har kuni kamida 8 soat senior dasturchilar bilan bo'ladigan 6 oylik darslarda bepul ishtirok etadilar;
— Upwork.com da har hafta bitta real proyekt ustida ishlaydilar;
— 24 soat ishlab turuvchi ofis, 100 Mbit/s internet, agar shaxsiy kompyuter bo'lmasa, kompyuter bilan ham ta'minlanadilar;

Oxirgi muddat: 28.10.2021, 21:00

Batafsil: https://grantgo.uz/go/02697

@NUU_students
📣 Yakuniy natijalar!

✅O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov – 3,4 foiz;

✅O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Naimovich Oblomuradov – 4,1 foiz;

✅O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Keldiyevich Qodirov – 5,5 foiz;

✅O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maksuda Azizovna Varisova – 6,6 foiz;

✅Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 80,1 foiz.

@NUU_students
❗️Talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egalaridan daromad solig‘i olinmasligi mumkin!

Qonun loyihasiga ko‘ra, talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

@NUU_students
#Biroz_hazil #Sovchilikda

- Kuyov bo'lmish nima ish qiladilar?
- O'zi o'qiydigan universitet rektoratini 5-qavatiga "kalonka" o'rnatib, talabalarga "Bolajon"dagi musiqalarni qo'yib, allambalo suhbatlar qilib o'tiradi.
- Darsga kech qolayotgan, NB olayotgan talabalarning ustidan kulish yaxshi emas, quda xola!

@NUU_students
❗️DTM keyingi yil kirish imtihonlarida test tuziladigan darsliklar ro‘yxatini e’lon qildi!

Darsliklar ro‘yxati Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyalari asosida tuzilgan.

Ro‘yxatni https://dtm.uz/info/textbooks manzilidan fan va tilni tanlab yuklab olish mumkin.

@NUU_students
Forwarded from Zafarbek Solijonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Воқеа Тошкент давлат педагогика университетида бўлибди. Талаба М. Зулфия мукофотига тавсиянома олиш мақсадида ёшлар ишлари бўйича декан ўринбосари Б.Ю.нинг хонасига кирганида мансабдор шахс уни зўрламоқчи бўлганлиги айтилмоқда.

Қизни диванга тортмоқчи бўлганда дугонаси келиб қолади. Қиз дераза олдига келиб ёрдам сўраганда уни ойнадан итариб юборади. Зам. декан яна одамларга ўзи сакраганини айтади. Қасддан баданга ўртача оғир шикаст етказиш ва номусга тегиш моддалари билан жиноят иши очилганлиги айтилмоқда.

✍️ @Zafarbek_Solijonov