O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
​​​​​​❗️Magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi!

🔰Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan toʻlov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.

🔛 Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.

🔚 Toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021 yil 20 noyabr.

➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22 iyundagi PQ–5157-son qaroriga koʻra, magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt miqdori bir talabaning oʻqishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.

@NUU_students
❗️Talabalar uchun prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi!

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qo‘shimchalarga ko‘ra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi. Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda o‘qiyotgan talabalarga to‘lanadi.

Stipendiyalar uchun nomzodlarni ko‘rsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.

OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15 avgust kunlari kiritiladi. Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30 sentabr kunlari ko‘rib chiqiladi. Stipendiyalar 1 sentyabrdan tayinlanadi.

@NUU_students
❗️Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgan xodimlar suhbat asosida OTMlarga qabul qilinadi

Buning uchun xodim 5 yillik stajga ega bo‘lishi kerak. Ular kechki va sirtqi ta’limda tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishi mumkin bo‘ladi. 100 balldan kamida 55 ball – talab qilinadigan ko'rsatkich.

Xodimlari suhbat asosida o‘qishi mumkin bo‘lgan vazirlik, tashkilotlar ro‘yxati 1-iyulgacha tasdiqlanadi.

@NUU_students
❗️10-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

✅ 2021-yil 28-oktabr kuni noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📆 Noyabr oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 10-noyabr (chorshanba) kuni 18:00 ga qadar davom etadi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar mazkur muddat davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

❕ Shuningdek, talabgorlar 10-noyabr kuni 18:00 ga qadar Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishlari lozim.

⏳ Test sinovlari 23-noyabr kunidan boshlab, ingliz, nemis va fransuz tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

📚 Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

❇️ Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

@NUU_students
❗️“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan iborat?

🔰 Talaba yoshlarimiz orasida “universitet” 🆚 “institut” oʻrtasida nima farq bor degan savollar koʻp uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan…

🏛 Universitet bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yoʻnalish boʻlishi kerak.

🏢 Institut esa maʼlum bir taʼlim yoʻnalishiga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtidir.

❇️ “Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan koʻra kengroq. Ta’lim imkoniyatlari va oʻquv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori taʼlim muassasasi hisoblanadi.

✅ Universitet ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi.

✔️ Gʻarb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida boʻladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.

@NUU_students
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️«Talabalar, magistrlar ishlashi mumkinmi» - talabalar mehnati masalasida mutaxassis bilan suhbat
Talabalar mehnati haqida batafsil tushuntirib o'tilgan...

@NUU_students
​⚡️Kanalimizda "17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan "Talabalar festivali"ga start beramiz!

✅ Ushbu festivalda qatnashish shartlari juda oddiy:

• Kursdoshlaringiz bilan tushilgan rasmni bizga yuborasiz.
• Fakultet va guruh raqamini yozilgan holatda bo'lishi kerak
• Barcha rasmlar @Professional_administrator profilida qabul qilinadi.

❗️Barcha materiallar kanalda e'lon qilinadi va g'oliblar layklar soniga ko'ra aniqlanadi. Eslatib o'tamiz, festivalimiz 17-noyabr 21:00 ga qadar davom etadi!

@NUU_students
😁1
⚡️ Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti, TM-2002 guruhi talabalari!

@NUU_students
⚡️ Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti, 101-guruh talabalari!

@NUU_students
⚡️ Xorijiy filologiya fakulteti, 104-guruh talabalari!

@NUU_students
⚡️ Iqtisodiyot fakulteti, Mintaqaviy iqtisodiyot guruhi talabalari!

@NUU_students
⚡️Ijtimoiy fanlar fakulteti, Sotsiologiya yo'nalishi 1-kurs talabalari!

@NUU_students
❤1
⚡️ Gidrometeorologiya fakulteti, Gidrometeorologiya yo'nalishi, 2-kurs talabalari!

@NUU_students
⚡️ Gidrometeorologiya fakulteti, Gidrometeorologiya yo'nalishi, 2-kurs talabalari!

@NUU_students
⚡️ Iqtisodiyot fakulteti talabalari!

@NUU_students
⚡️ Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti, 2-kurs talabalari!

@NUU_students
⚡️ Geografiya va tabiiy resuslar fakulteti, 1-kurs talabalari!

@NUU_students
⚡️ Kimyo fakulteti, 2-kurs talabalari!

@NUU_students