O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi OTMda kursdan kursga qolgan talaba 8 yil ichida o‘qishni tugatolmasa, o‘qishdan butunlay chetlatiladi — Oliy ta’lim vazirligi

▪️Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Хoliqov bu tartib kredit-modul tizimi uchun xosligini bildirdi.

@NUU_students
⚡️ Taekvando va sport faoliyati fakulteti, Menejment 21/104-guruh talabalari!

@NUU_students
❗️Xorijiy OTMlarda o‘qigan mutaxassislarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi!

▪️Dunyoning top–500talik OTMlarida o‘qigan yoki ularda ilmiy daraja olgan kadrlarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Bu imtiyoz qaysi tashkilot xodimlari uchun amal qilishi endi belgilanadi. Ustama – xorijiy nufuzli OTMlarni 2021-yil va undan keyingi yillarda tugatganlarga beriladi.

@NUU_students
⚡️Humans'dan cheksiz internet!

🌐 Atigi 15 ming so'm evaziga You Tube, 10 ming so'm evaziga Instagram cheksiz sifatli internet paketini olishingiz mumkin!

3 Gb internet trafik va Telegram tarmog'i uchun cheksiz internet atigi 12 ming so'm evaziga!

Sizda chiroyli raqamlarni bor yo'g'i 3 ming so'mga olish va oddiy raqamlarni tekin olish imkoniyati mavjud. Fakultetingizga yoki turar-joyingizga borib, 5 daqiqa ichida sim-karta ulab beriladi.

Shuningdek, istasangiz VISA karta bepul taqdim etiladi. Dunyoning istalgan nuqtasida ishlatish mumkin. To'lovlar orqali 13 % keshbek sizga qaytariladi.

☎️ Murojaat uchun: +998 33 002 52 15

📱 Telegram orqali: @Nematov025

@NUU_students
⚡️ “YIL TALABASI-2021” tanlovining dastlabki OTM bosqichiga start berildi!

✅ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlanadi:

✴️ 1- “Yilning eng bilimdon talabasi” (fanlarni o’zlashtirishda va o’quv jarayonlarda faol, mazmun-mohiyati ahamiyatli va dolzarb bo’lhan maqola va tezislariga ega bo’lgan talaba)

✴️ 2- “Yilning eng faol tashabbuskor-targ’ibotchi talabasi” (jamoat ishlarida, Yoshlar ishlar agentligi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatida, targ’ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobilyati va shu asosida o’zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlarini taqdim etgan talaba)

✴️ 3- “Yilning eng faol ixtirochi-innavator talabasi” (ilmiy ishlar, ixtirolar, innavatsion g’oyalar, ratsionalizatorlik takliflarga ega, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati bo’lgan iqtidorli talaba)

✴️ 4-“Yilning eng faol sportchi talabasi” (sport sohasidagi yutuqlarga erishgan talaba)

✴️ 5-“Yilning eng faol ijodkor talabasi” (talabaning o’zi tanlagan mutaxassisligi yo’nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va erishgan natijalari ko’rib chiqiladi)

✴️ 6-“Yilning eng faol bloger talabasi” ( ijtimoiy tarmoqlarda o’zi yaratgan ishlanmalari mavjud va faollik darajasi hamda ushbu sohada ko’plab yutuqlarga erishgan talaba)

✴️ 7-“Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda talaba-qizlarning mustaqil ravishda tadbirkorlik asosida erishgan yutuqlari ko’rib chiqiladi)

✅ Tanlovda ishtirok uchun quyidagi hujjatlar to’plami taqdim etilishi lozim:
👉 Ma'lumotnoma (obyektivka), pasport nusxasi
👉 Reyting daftarchasi nusxasi (Baholar inobatga olinadi, 100% a'lo bo'lsin deb talab etilmagan)
👉 Dekanat taqdimnomasi (2 betdan oshmasin)
👉 Kafedra, ilmiy rahbar yoki guruh rahbaridan tavsiyanoma
👉 Yoshlar ittifoqi BT yetakchisidan fikrnoma
👉 Tanlov va turli loyihalarda erishgan yutuqlari (sertifikat, diplom, faxriy yorliq va boshqalar...)
👉 Nashr ettirilgan maqola, tezis yoki usubiy qo'llanmalar va patent, ixtiro... (agar bo'lsa)

✅ Tanlovning universitet bosqichida 1,2,3-o'rinni olgan talabalar mos ravishda eng kam ish haqining 8 barobari, 6 barobari hamda 4 barobari miqdorida rag'batlantiriladi.

✅ Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar to’plami joriy yilning 20-noyabrgacha OTM ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi. (Bu masalada OTM mas'ullariga murojaat qiling)

✅ Tanlov komissiyasi tomonidan ishtirokchilar taqdim etilgan hujjatlar 25-noyabrgacha ko’rib chiqiladi. Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichi g’oliblari 30-noyabrgacha aniqlanib, keyingi respublika bosqichga tavsiya etiladi.

@NUU_students
⚡️ Endilikda bizni Instagram tarmog'i orqali ham kuzatib borishingiz mumkin!

❗️Obuna bo'lishni unutmang:
https://instagram.com/nuu_students_

@NUU_students
❓Magistraturada oʻqib turib maktabda dars bersa boʻladimi?

✅ Albatta mumkin faqat quyidagi holatlarga eʼtibor qaratish lozim:

Magistrantning asosiy "ish joyi, yaʼni uning asosiy vazifasi taʼlim olish. Bu degani dars bersa ham asosiy oʻqishidan boʻsh vaqtda boʻlishi shart.

Magistratura oʻqishi anʼanaviy boʻladimi yoki onlayn/masofaviymi buni farqi yoʻq.

MKning 115- va 118-moddalaridan kelib chiqib, tahsil olayotgan magistrant 0.5 stavkadan 0,75 stavkagacha maktabda ishlash huquqiga ega.

Agarda bordi-yu oliy taʼlim muassasasidagi oʻqish soatlariga maktabdagi ish yuklamasi ustma-ust tushmasa, MK ning 118-moddasiga muvofiq, magistrant maktabda 1 stavka dars oʻtishi ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️«Bugungi talaba kechagi emas, uni cho‘pchak bilan aldab bo‘lmaydi» - oliy ta'lim vaziri

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov bugungi mustaqil ta'limni tashkil etishda tizim va tushuncha yo‘qligi haqida gapirdi.

«Bir para dars uchun ikki kun tayyorgarlik ko‘rish, 200 bet narsa o‘qish kerak. Bugun talabaning qo‘lida Wikipedia, YouTube, elektron kutubxona turibdi. Endi uni cho‘pchak bilan aldab bo‘lmaydi. Tayyorgarlik bo‘lishi kerak», – dedi vazir.

13 noyabr kuni oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini tatbiq etishdagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Toshqulov talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etishda muammolar saqlanib qolayotgani haqida gapirdi.

«Kredit modul tizimida talaba o‘quv yuklamasining 40 foizini auditoriyada o‘taydi, 60 foizini mustaqil o‘rganadi. Auditoriya soatlari 56 foizga kamaydi. Talabaning mustaqil ta'limiga ajratilgan vaqti 47 foizga ortdi.

Lekin mustaqil ta'limni tashkil etish bo‘yicha tizim va tushuncha yo‘q. Talabaga vazifani to‘g‘ri bera olmayapmiz. Bu ularning bo‘sh qolib ketishiga sabab bo‘lyapti. Talabalarga bu gaplarimdan kelib chiqib sarg‘aygan qog‘ozlarga referat yozish kerak, degani emas. Yangi usullardan foydalanish kerak.

Xorijiy universitetlar filiallaridan o‘rganing, oddiy topshiriq bering. YouTube’dan
«Osmondagi bolalar» loyihasidagi bir iqtisodchining chiqishini ko‘rib, tushunganlaringni yozib kel desangiz, bu ham mustaqil ta'lim. Yoki mashhur professorning ma'ruzasini eshitib kel desangiz, bu ham mustaqil ta'lim. Aksincha, hozir nima qiladi, kompyuterdan oladi, chop qiladi va olib keladi. Bola mehnat qilmaydi», — dedi vazir.

Shuningdek, Abduqodir Toshqulov OTMlar rahbarlarini axborot resurs markazlariga jiddiy e'tibor qaratishga chaqirdi.

«Qaysi davlatga borgan bo‘lsam, kutubxonasiga kirganman, hammasi liq to‘la. Talabaning oldida kamida 20ta resurs: kitob, dissertatsiya, jurnal turadi. Bolaning suvi, ovqati yonida bo‘ladi, bola kutubxonada yashaydi. Chunki kutubxona 24 soat ishlaydi. Qayerda shunaqa sharoit yaratilgan?

Bugundan mustaqil ta'limda ishlashga o‘rgatmas ekanmiz hech narsaga erishmaymiz.

Hurmatli rahbarlar, qancha pul bo‘lsa, axborot resurs markazlariga sarflang. Yaqinda 40ta oliy ta'lim muassasasining ham akademik, ham moliyaviy mustaqilligi loyihasi ishlab chiqilgan, unga tayyorgarlik ko‘rish kerak»
, — deya ta'kidladi vazir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Ortiqcha fanlar, auditoriyalar yetishmasligi, mustaqil ta'lim masalasi - oliy ta'lim vaziri OTMlardagi muammolar haqida

Oliy ta'lim vaziri OTMlardagi ta'lim sifati va kredit-modul tizimidagi beshta muammoga to‘xtaldi.

“Birinchidan, OTMlarda o‘quv rejalaridagi fanlar kredit-modul tizimining talab va maqsadlariga mos kelmaydi; aksariyat muassasalarda tizimdagi o‘quv rejaga eski o‘quv rejadagi fanlar ko‘r-ko‘rona ko‘chirilgan. Ushbu fanlar soatlari kreditlarda hisoblangan holda shakli o‘zgartirilgan, xolos. O‘quv rejalarini TOP-500talikka kirgan universitetlar o‘quv rejalari asosida jiddiy ko‘rib chiqish kerak.

Vazirlik huzuridagi ta'limni rivojlantirish markazi rahbari almashdi, yana 80 foiz xodimi almashadi.

Ikkinchidan, talabalarning mustaqil ta'limi to‘g‘ri tashkil etilmagan. O‘zi kredit-modul tizimi professor o‘qituvchi uchun rohati jon bo‘lishi kerak, ya'ni biz talabaning mustaqil ishlashi uchun katta yo‘l ochib, ilm qilishimiz uchun imkoniyat qilishimiz kerak. Kafedralar, boringki, vazirlik bu borada o‘qituvchilarning yukini yengil qilmadi.

Uchinchidan, fan dasturlari, sillabuslarning talabga javob bermasligi. Talaba shunga qarab fanni tanlaydi. Qaysidir OTM talabaga fanning majmuasini bergan: siz tanlang, biz o‘qitamiz deb, lekin hammasi ham emas.

To‘rtinchidan, fanlarni tanlashda talabaga qiyinchilik tug‘diruvchi tizim yaratilgan. Ortiqcha fanlarning mavjudligi talabalarda fanni to‘g‘ri tanlash imkoniyatini pasaytirmoqda. Ming afsuski, bunda vazirlikning ham aybi bor. Agar eplolmasa, vazirlikning yana 50 foiz xodimi almashadi.

Beshinchidan, ma'ruza zallarida auditoriya sig‘imining kamligi hamda bu yo‘nalishda cheklovlar mavjudligi. Aksariyat OTMlarda auditoriyalar yetishmasligi tufayli darslar onlayn yoki bir necha smenada tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, o‘qituvchilar yetishmasligi tufayli ma'ruza darslari hali malakasi bo‘lmagan yosh o‘qituvchilarga berilgan.

100-500 kishi o‘tirib o‘qiydigan auditoriyalar bilan dars soatlarini muvofiqlashtirish kerak. Bu ham xorijiy tajriba”
, — dedi vazir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Ijtimoiy fanlar fakulteti, Amaliy psixologiya, sirtqi 1-kurs talabalari!

@NUU_students
«YIL TANLOVI-2021» o‘tkazilmoqda

“2021 yilning eng namunali oliy o‘quv yurti” nominatsiyasi uchun ovoz bering.

Jamoatchilik so‘rovnomasi natijalari hamda jurnalist va blogerlar e’tirofi asosida g‘oliblar saralanadi.

Yil so‘ngida “YIL TANLOVI — 2021” g‘oliblari e’lon qilinadi! (Tanlov haqida batafsil)

Eslatma: Oliy o`quv yurtlarining nomlari qisqartirma shaklida berilgan.

➡️ OVOZ BERING VA KUZATIB BORING ⬅️
❗️Endi qogʻoz jurnal, reyting daftarcha boʻlmaydi, talaba guvohnomasi ID kartaga almashtiriladi!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov shanba kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida asosiy eʼtiborni oliy taʼlim tizimini raqamlashtirish masalasiga qaratdi.

«Bugundan rektorlar kirishishi kerak, Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida jurnal, reyting daftarcha qogʻoz koʻrinishda boʻlmaydi. Talaba guvohnomasini ham ID kartaga oʻtkazish va unda barcha maʼlumotlar saqlanishi boʻyicha byudjet loyihasi oʻtdi. Bu ham muhokamada hozir», — dedi Abduqodir Toshqulov.

Vazirning soʻzlariga koʻra, endi har bir fakultetga kirganda koʻzga tashlanib turuvchi, A1 va A2 formatdagi oʻquv prorektori tasdiqlagan dars jadvali — bu koʻrsatkich emas.

«Vazir, masʼullar borganida talabaning qoʻlidan smartfonini olib, uni ilovada koʻrsatib berishi, dars jadvali uning telefonida boʻlishi kerak», — dedi u.

Vazir shuningdek, xorijlik hamkasblari oldida hijolat boʻlayotganini, chet ellik hamkasblari oldida — buni endi joriy qilayapmiz deyishga uyalayotganini ham taʼkidlagan.

«Bu 10−15 yil oldin Yevropa, Gʻarbda, Sharqda qilingan narsa. Lekin hechdan koʻra kech», — degan u.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Magistratura qabulida mutaxassislik fanlari bekor qilinishi mumkin!

▪️Bu haqda Oliy ta'lim vaziri taʼlim sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida ma'lum qildi.

"Biz 2ta yo‘lni ko‘ryapmiz. Mutaxassislik fanlarini yo bekor qilamiz, yo DTMga o‘tkazamiz. Chunki 8 semestr o‘qigan, diplomining ballari mutaxassisligini ham belgilab beradi. Agar turdosh deb boshqa OTMga o‘tadigan bo‘lsa, mutaxassislikdan imtihon olish kerak desangiz, uni DTMga o‘tkazish choralarini ko‘ramiz",- dedi u.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Oʻzbekistonda oʻzbek alifbosidagi harflar oʻzgartirilishi mumkin.

Qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun parlamentga yuboriladi. Agar u qabul qilinsa, quyidagi nomlar quyidagicha koʻrinish aks etadi
.

• Oʻrdak – Õrdak
• Gʻanisher – Ğanisher
• Bodring – Bodriñ
• Shoʻrva – Șõrva
• Chuchvara – C̦uc̦vara

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❓Qishki perevod uchun qabul jarayonlari qachon boshlanadi?

✅ Qishki perevod uchun ariza topshirish jarayonlari har yili 20-dekabr sanasidan keyingi yilning 20-yanvariga qadar bir oy davom etadi;

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ O'zMU talabalari "Zakovat" intellektual o'yinida g'oliblikni qo'lga kiritishdi!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
⚡️ Al-jabr o‘quv markaziga administratorlikka ishga qabul qilamiz. Ishiga ma‘sulyatli, ota-onalar bilan yaxshi muomala qila oladigan qizlarni ishga taklif qilamiz.

⏰ Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha (talaba qizlarga vaqtini moslashtiramiz)

📍Manzil: Mirzo Ulug‘bek metrosi yonida.

☎️ Murojaat uchun: +998 99 310 61 07
⚡️Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti, kechki 1-kurs talabalari!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
To’lov kontrakt qo’shimcha qabul.pdf
80.3 KB
❗️O'zbekiston Milliy unversiteti magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abiturientlar diqqatiga!

✔️ Qabul komissiya qaroriga ko'ra, mutaxassislikdan 40 foizdan ko'p ball to'plagan abiturientlar magistraturaga qo'shimcha qabul asosida o'qishga tavsiya etildi.

📆 To'lov kontrakt pulini to'lashning (kamida 50 foizini) oxirgi muddati 20-noyabr etib belgilangan.

✔️ Qo'shimcha qabul asosida magistratura mutaxassisliklari boyicha o'qishni davom ettirmoqchi bo'lgan abiturientlarni O'zMU qabul komissiyasiga murojaat qilishlarini so'raymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram