O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
​❗️Talabalar kontingenti: qaysi oliygohlarda qizlar ko‘proq, qay birida yigitlar?

Kun.uz yoshlari O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida e'lon qilingan Oliy ta'lim muassasalaridagi talabalar kontingentiga asoslanib, yuqoridagi savollarga javob topdi. Unga ko‘ra:

O‘zbekistondagi eng ko‘p talabalar qamroviga ega universitetlar quyidagilar:

1. Buxoro davlat universiteti — 20097 nafar talaba.

2. Samarqand davlat universiteti — 19324 nafar talaba.

3. Termiz davlat universiteti — 18566 nafar talaba.

4. Urganch davlat universiteti — 18185 nafar talaba.

5. Farg‘ona davlat universiteti — 16 558 nafar talaba.

O‘zbekistondagi eng kam talabalar qamroviga ega oliygohlar quyidagilar:

1. Geologiya fanlari universiteti — 150 nafar talaba.

2. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali — 192 nafar talaba.

3. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti — 439 nafar talaba.

4. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali — 480 nafar talaba.

5. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali — 501 nafar talaba.

O‘zbekistondagi qaysi oliygohlarda ko‘proq yigitlar o‘qishadi?

1. Toshkent davlat transport universiteti — 92 foizi yigitlar, 8 foizi qizlar.

2. Toshkent davlat texnika universiteti — 89 foizi yigitlar, 11 foizi qizlar.

3. Toshkent axborot texnologiyalar universiteti — 86 foizi yigitlar, 14 foizi qizlar.

4. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti — 84 foizi yigitlar, 16 foizi qizlar.

5. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — 83 foizi yigitlar, 17 foizi qizlar.

6. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti — 78 foizi yigitlar, 22 foizi qizlar.

O‘zbekistondagi qaysi oliygohlarda ko‘proq qizlar o‘qishadi?

1. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — 84 foizi qizlar, 16 foizi yigitlar.

2. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi — 82 foizi qizlar, 18 foizi yigitlar.

3. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 80 foizi qizlar, 20 foizi yigitlar.

4. Toshkent davlat pedagogika universiteti — 78 foizi qizlar, 22 foizi yigitlar.

5. Samarqand davlat chet tillar instituti — 72 foizi qizlar, 28 foizi yigitlar.

Qaysi oliy o‘quv yurtlarida qizlar va yigitlar soni deyarli bir xil:

1. O‘zbekiston milliy universiteti — 50, 7 foizi qizlar, 49,3 foizi yigitlar

2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti — 50 foizi qizlar, 50 foizi yigitlar.

3. Toshkent tibbiyot akademiyasi — 50, 8 foiz qizlar, 49, 2 foizi yigitlar.

Umuman, O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida yigit va qizlarning soni:

Talaba-yigitlar: 274652 (55 foiz);

Talaba-qizlar: 233213 (45 foiz).

✅ Yuqoridagi ma'lumotlarni tayyorlashda faqat bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar soni hisobga olindi. Shuningdek, bu ro‘yxatga 2021-2022-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar kiritilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
"Talabalar turar joyi fahsh o‘chog‘i bo‘lmasin!

Oq yuvib, oq taragan, «mening bolam ilm olyapti», deb ko‘krak kerib yurgan ota-ona o‘z farzandining bu kabi fahsh ishlar bilan mashg‘ul ekanini bilsa, ular uchun bundan yomon xabar bo‘lmasa kerak...."


Azon.uz axborot-tahliliy portali Milliy universitet yotoqxonasida olingan video bo'yicha post chiqaribdi.

Batafsil: https://azon.uz/content/views/42939

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara” intellektual turniri o‘tkaziladi!

Mantiqiy va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan, mohirona munozara olib boradigan talaba-yoshlar uchun “Munozara” intellektual turnirining hududiy bosqichiga start beriladi.

Noyabr-dekabr oylari davomida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Munozara” intellektual turnirida ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin egallashga shoshiling!

"Munozara" bellashuvlarini olib borish bo‘yicha batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yilidagi baholar OTMga kirishdagi ballga qo‘shiladi!

▪️Bunda shahodatnomadagi 6 yillik baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi. O‘rtacha ko‘rsatkichni chiqarish uchun 6–11- yoki 6–9-sinflar va 1–2-bosqichlardagi yillik baholar yig‘indisi o‘qitilgan fanlarga bo‘linadi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va baholar quyidagicha hisoblanadi:

86-100% – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga quyidagi kanaldan javob topasiz: https://t.me/journalistUz
❗️Endi talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham E-ijara interaktiv xizmatida hisobga qo‘yish mumkin!

🏠Ijaraga beruvchi ijara.soliq.uz saytiga kirib "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda talabaga oid ma’lumotlar (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

📱“Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

☝️“Tasdiqlash” tugmasini bosishdan avval ijaraga oluvchi talaba bilan birga turgan boshqa talabalarni ham "Qo‘shish" tugmasi orqali dasturga kiritish lozim.

👨‍🎓Ijara shartnomalarini soliq organida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada talaba va u bilan birga turuvchi talabalar haqida maʼlumotlar ham shakllanadi.

✅Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️ Endi talaba yakuniy davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi

Adliya vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

☝️ Unga koʻra, endilikda yakuniy davlat attestatsiya sinovidan oʻta olmagan shaxs keyingi har bir oʻquv yilida, yaʼni 3 yil davomida oʻz arizasiga muvofiq 2-martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib boʻyicha bitiruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʻta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Mazkur holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar tugʻdirgan. Jumladan, bir yillik qimmatli vaqtini yoʻqotgan.

Endilikda talabalar tomonidan qayta topshirish toʻgʻrisidagi arizalar yigʻilishiga qarab bir oʻquv yilda ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Oliy talimda kontrakda tahsil olayotgan talabalarga kontrakt toʻlovi uchun qonunchilikda qanday imtiyozlar mavjud?

✅ Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, taʼlim kontrakti toʻlovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxs soliq imtiyozlari olsa boʻladi. OTMlarda taʼlim olish uchun ajratilgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.Agar siz kimnidir kontrakt pulini toʻlab bersangiz oyligizdan ushlab qolinadigan daromad soligʻi olinmaydi.

❗️Imtiyozdan kim foydalanishi mumkin?

👉Farzandlari (26 yoshga toʻlmagan) shartnoma asosida oʻqiydigan ota-onalar;
👉 Turmush oʻrtoqlari shartnoma asosida oʻqiydigan shaxslar;
👉 Rasman ishlayotgan talabalar.

Shuni esdan chiqarmangki,bu imtiyoz yaqin qarindoshlar, yaʼni aka-uka va opa-singillar, xola, amaki va boshqalarning shartnomalarini toʻlashga qoʻllanilmaydi.

❗️Soliq chegirmasi nima imtiyoz beradi?

Davlat OTMlari va Oʻzbekistonda akkreditsitatsiyadan oʻtgan oliygohlarda oʻzining oʻqishi, yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki turmush oʻrtogʻining oʻqishi uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga soliq chegirmasi beriladi.

❗️Soliq imtiyozi qaysi daromad manbalariga tegishli?

Quyidagi manbalar hisobidan oʻqish uchun toʻlov amalga oshirilganda, jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi taqdim etiladi:

👉Oʻz mablagʻlari;

👉Jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;

👉Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlar (ssudalar).

❗️Soliq imtiyozini qanday olsa boʻladi?

Soliq imtiyozi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasini soliq xizmati organlariga topshirgan holda yoki soliq toʻlovchining toʻlov manbaiga (ish beruvchi) yozma arizasi asosida olinishi mumkin.

Agar soliq imtiyozi ish joyidan qoʻllanilsa, jismoniy shaxs quyidagilarni tashkilot buxgalteriyasiga taqdim etadi:

Talaba (talabalar) bilan oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

Tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi (agar taʼlim krediti olgan boʻlsa);

Taʼlim oluvchining (taʼlim oluvchilarning) pasporti yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi.

Bunday holda, tashkilot buxgalteriyasi kontrakt toʻlash uchun ajratilgan mablagʻni maoshdan ushlab qolib, OTM hisobiga yetkazib beradi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
Ассалому алейкум "Biznes lady" гурух аъзолари. "Biznes lady" клубининг махорат дарси 23.11.2021 й. соат 10:30 да иқтисодиёт факультети 404 ауд "Эконометрика ва иқтисодий моделлаштириш" кафедра мудири ф.-м.ф.н., доцент Насретдинова Шахноза Саидакмаловна иштироқида бўлиб ўтади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Xalqaro yoshlar maktabi o‘z ishini boshladi!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
❓Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

✅ Hozirda (23.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 27 ta;
🏛Institut — 45 ta;
🏛Akademiya — 3 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 29 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
🔸Madaniyat vazirligi - 9 ta;
🔹Badiiy akademiya - 1 ta;
🔸Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
🔹Adliya vazirligi - 2 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
🔸Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔹Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔸Qurilish vazirligi - 2 ta;
🔹Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
🔸Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
🔹Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
🔹Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

👉 OTM roʻyxati pdf shaklda.

©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
🏬 O'QUV KURSLAR

🏬 O'quv markaz: GOLDEN EDUCATION
Ⓜ️ Manzil: Novza metro, Ziraat bank orqa tomoni
📗 Fan(lar): Barcha fanlar
☎️ Aloqa: +998950680303
📱 Telegram: @goldeneducation_0707
💰 Narxi: 200 ming so'm
💵 To'lov turi: Istalgan turda
📜 Qo'shimcha ma'lumotlar: Magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabalar ham ingliz tilini aynan bizdan o'rganishlari mumkin. IELTS imtihoni uchun tayyorgarlikni biz bilan boshlang. Shuningdek, markazimizda Kompyuter savodxonligi kurslari ham mavjud.
❗️Siz qaysi avlodga mansub ekaningizni bilasizmi?

▪️Ma’lum yillarda tug‘ilgan odamlar o‘z davriga qarab turlicha nomlanadi.

Buyuk avlod: (1901-1927) bu yillarda tug‘ilganlar 2ta jahon urushini boshdan o‘tkazgan.

Sokin avlod: (1928-1945) bu muddat oralig‘ida tug‘ilish soni kam bo‘lgan, shuning uchun ham ular sokin avlod deb ataladi.

Baby bumers: (1946-1964) "boom" ingliz tilida "yirik o‘sish davri" degan ma’noni anglatadi. Bu muddatda juda ko‘p chaqaloqlar tug‘ilgan.

X avlod: (1965-1980) bu avlodga o‘ta ishchanlik – xos xususiyat.

Y avlod: (1981-1995) texnologiyalarga mukkasidan ketgan va ijtimoiy tarmoqlarni yaratgan avlod.

Z avlod: (1996-2015) bu avlod o‘z ajdodlariga qaraganda intellekti yuqori deb qaraladi. Ularning aksari 11 yoshga to‘lmasdan o‘z smartfoniga ega bo‘lgan va bo‘lyapti.

Alfa avlod (2024-yilgacha tug‘iladiganlar), ulardan keyin tug‘iladiganlar esa Betta, Gamma va Delta avlodlar deb ataladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Qonunchilikka ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
Assalomu alaykum qadrli radio ixlosmandlari Talaba.FM radiosida jonli efir soatlari boshlanmoqda.