O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Oliy talimda kontrakda tahsil olayotgan talabalarga kontrakt toʻlovi uchun qonunchilikda qanday imtiyozlar mavjud?

✅ Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, taʼlim kontrakti toʻlovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxs soliq imtiyozlari olsa boʻladi. OTMlarda taʼlim olish uchun ajratilgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.Agar siz kimnidir kontrakt pulini toʻlab bersangiz oyligizdan ushlab qolinadigan daromad soligʻi olinmaydi.

❗️Imtiyozdan kim foydalanishi mumkin?

👉Farzandlari (26 yoshga toʻlmagan) shartnoma asosida oʻqiydigan ota-onalar;
👉 Turmush oʻrtoqlari shartnoma asosida oʻqiydigan shaxslar;
👉 Rasman ishlayotgan talabalar.

Shuni esdan chiqarmangki,bu imtiyoz yaqin qarindoshlar, yaʼni aka-uka va opa-singillar, xola, amaki va boshqalarning shartnomalarini toʻlashga qoʻllanilmaydi.

❗️Soliq chegirmasi nima imtiyoz beradi?

Davlat OTMlari va Oʻzbekistonda akkreditsitatsiyadan oʻtgan oliygohlarda oʻzining oʻqishi, yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki turmush oʻrtogʻining oʻqishi uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga soliq chegirmasi beriladi.

❗️Soliq imtiyozi qaysi daromad manbalariga tegishli?

Quyidagi manbalar hisobidan oʻqish uchun toʻlov amalga oshirilganda, jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi taqdim etiladi:

👉Oʻz mablagʻlari;

👉Jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;

👉Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlar (ssudalar).

❗️Soliq imtiyozini qanday olsa boʻladi?

Soliq imtiyozi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasini soliq xizmati organlariga topshirgan holda yoki soliq toʻlovchining toʻlov manbaiga (ish beruvchi) yozma arizasi asosida olinishi mumkin.

Agar soliq imtiyozi ish joyidan qoʻllanilsa, jismoniy shaxs quyidagilarni tashkilot buxgalteriyasiga taqdim etadi:

Talaba (talabalar) bilan oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

Tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi (agar taʼlim krediti olgan boʻlsa);

Taʼlim oluvchining (taʼlim oluvchilarning) pasporti yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi.

Bunday holda, tashkilot buxgalteriyasi kontrakt toʻlash uchun ajratilgan mablagʻni maoshdan ushlab qolib, OTM hisobiga yetkazib beradi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
Ассалому алейкум "Biznes lady" гурух аъзолари. "Biznes lady" клубининг махорат дарси 23.11.2021 й. соат 10:30 да иқтисодиёт факультети 404 ауд "Эконометрика ва иқтисодий моделлаштириш" кафедра мудири ф.-м.ф.н., доцент Насретдинова Шахноза Саидакмаловна иштироқида бўлиб ўтади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Xalqaro yoshlar maktabi o‘z ishini boshladi!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
❓Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

✅ Hozirda (23.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 27 ta;
🏛Institut — 45 ta;
🏛Akademiya — 3 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 29 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
🔸Madaniyat vazirligi - 9 ta;
🔹Badiiy akademiya - 1 ta;
🔸Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
🔹Adliya vazirligi - 2 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
🔸Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔹Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔸Qurilish vazirligi - 2 ta;
🔹Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
🔸Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
🔹Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
🔹Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

👉 OTM roʻyxati pdf shaklda.

©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
🏬 O'QUV KURSLAR

🏬 O'quv markaz: GOLDEN EDUCATION
Ⓜ️ Manzil: Novza metro, Ziraat bank orqa tomoni
📗 Fan(lar): Barcha fanlar
☎️ Aloqa: +998950680303
📱 Telegram: @goldeneducation_0707
💰 Narxi: 200 ming so'm
💵 To'lov turi: Istalgan turda
📜 Qo'shimcha ma'lumotlar: Magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabalar ham ingliz tilini aynan bizdan o'rganishlari mumkin. IELTS imtihoni uchun tayyorgarlikni biz bilan boshlang. Shuningdek, markazimizda Kompyuter savodxonligi kurslari ham mavjud.
❗️Siz qaysi avlodga mansub ekaningizni bilasizmi?

▪️Ma’lum yillarda tug‘ilgan odamlar o‘z davriga qarab turlicha nomlanadi.

Buyuk avlod: (1901-1927) bu yillarda tug‘ilganlar 2ta jahon urushini boshdan o‘tkazgan.

Sokin avlod: (1928-1945) bu muddat oralig‘ida tug‘ilish soni kam bo‘lgan, shuning uchun ham ular sokin avlod deb ataladi.

Baby bumers: (1946-1964) "boom" ingliz tilida "yirik o‘sish davri" degan ma’noni anglatadi. Bu muddatda juda ko‘p chaqaloqlar tug‘ilgan.

X avlod: (1965-1980) bu avlodga o‘ta ishchanlik – xos xususiyat.

Y avlod: (1981-1995) texnologiyalarga mukkasidan ketgan va ijtimoiy tarmoqlarni yaratgan avlod.

Z avlod: (1996-2015) bu avlod o‘z ajdodlariga qaraganda intellekti yuqori deb qaraladi. Ularning aksari 11 yoshga to‘lmasdan o‘z smartfoniga ega bo‘lgan va bo‘lyapti.

Alfa avlod (2024-yilgacha tug‘iladiganlar), ulardan keyin tug‘iladiganlar esa Betta, Gamma va Delta avlodlar deb ataladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Qonunchilikka ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
Assalomu alaykum qadrli radio ixlosmandlari Talaba.FM radiosida jonli efir soatlari boshlanmoqda.
Olimjon O'sarov bizga keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi, ovoz beringlar!
"ЙИЛ ТАНЛОВИ — 2021"

“Йилнинг медиа лидери" номинацияси

Ўзбек журналистикаси ривожига таъсир ўтказаётган лидер деб кимни эътироф этасиз?

Унда журналистика соҳасида бевосита таъсир кучига эга бўлган қуйидаги раҳбар-лидерлар саралаб олинди.

1.
Фирдавс АБДУХОЛИҚОВ – ЎзЭОАВМА кенгаши раиси, Кинематография агентлиги бош директори;

2. Олимжон ЎСАРОВ – Ўзбекистон Журналистлари уюшмаси раиси;

3. Шерзодхон ҚУДРАТХЎЖА – Халқаро Пресс клуб раҳбари, ЎзЖОКУ ректори;

4. Комил AЛЛАМЖОНОВ – Миллий масс-медиани қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш жамоат фонди Васийлик кенгаши раиси.

➡️ ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ ⬅️
❗️Milliy bog‘ yaqinida prezident kutubxonasi quriladi!

▪️Kutubxona 4 qavatli bo‘lib, bir vaqtda 1400dan ortiq kitobxonga xizmat ko'rsatiladi. Unda 1,5 mln kitob saqlanadi.

Bundan tashqari, Adiblar xiyoboniga tutash hududda o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxonani o‘z ichiga olgan muzey-majmua ham quriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️O'zbekiston Milliy universitetida 2021-yil 3-dekabr kuni soat 14:00 da Nuraliyeva Dildoraning “Oilaga psixologik xizmat ko'rsatishning ijtimoiy psixologik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo'yicha psixologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bolib otadi.

Manzil: Toshkent shahri, Universitet kochasi, 4-uy, O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi, 4-qavat, 416-xona

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
Assalomu alaykum qadrli radio ihlosmandlari talaba.fm radiosi jonli efir soatlarini boshladi. mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilamizki, soatimiz millari 8:40 daqiqa o'tganidan boshlab smsomania dasturi o'z faoliyatini boshlaydi kommentariyamizga o'z tabriklaringizni yo'llashingiz mumkin bo'ladi va albatta o'zingiz haqingizda ma'lumot qoldiring.
❗️Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

✅ Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda!

🔰 Bugungi kunda ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatini uzaytirish bo‘yicha vazirlik tomonidan tegishli takliflar tayyorlandi va to‘lov muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

✅ Ma’lumot o‘rnida, Davlat komissiyasining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan respublikamizdagi davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021-yilning 20-noyabr sanasi etib belgilangan edi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram