O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Matematika (yo'nalishlar bo'yicha) 1-kurs magistraturaga qo'shimcha kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan talabalar uchun dars jadvali!

Mazkur dars jadvali bo'yicha darsda ishtirok etish (davomat) doimiy nazoratga olinadi.

Matematika fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
Заковат интеллектуал ўйини.pdf
563.8 KB
"Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifit harakatga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori!

O'zbekiston Milliy universitetida ham "Zakovat" musobaqasi yaqin kunlarda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, Oʼzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorligida 2021-yil 3-dekabr kuni soat 10:00da boʼlib oʼtadigan “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti, "Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi" kafedrasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Tarix fakultetiga qarashli 9-TTJda fakultet tyutorlari, talabalar va 32-talabalar poliklinikasi shifokori Sh.Xolmurodov ishtirokida "Biz OITSga qarshimiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tarix fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
🇺🇿 🇰🇿 XALQARO HAMKORLIK

🔰 Joriy yilning 22-noyabr - 1-dekabr kunlari Ijimoiy fanlar fakulteti, Sotsiologiya kafedrasi tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasining L. N. Gumelev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Burakanova Galiya Masigutovna xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv doirasida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

✅ Dars mashg‘ulotlari "Fan va ta’lim sotsiologiyasi” fanidan 12 soat onlayn ma’ruza va seminar shaklida Ijtimoiy fanlar fakulteti "Sotsiologiya" yo‘nalishi talaba va magistrlariga olib bordi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti, "Sotsiologiya" kafedrasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
⚡️ Tarix fakultetiga qarashli 9-TTJda talaba qizlar o'rtasida sportning stol tennisi bo'yicha musobaqa o'tkazildi!

Musobaqani Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A. Rizoqulov, bino boshlig'i I. Yo'ldosheva, kengash raisi Sh. Bozorov, fakultet yoshlar Ittifoqi yetakchisi Sh. Musurmonov kuzatib borishdi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra, 1-o'rinni Rustamova Nafisa, 2-o'rinni Raxmatova Go'zal olgan bo'lsa, 3-o'rin Maxmadrasulova Masturaga nasib etdi. G'oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tarix fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Tarix fakulteti 9-TTJdan uzoqlashmaymiz. 9-TTJda talaba yigitlar o'rtasida sportning stol tennisi va tosh ko'tarish yo'nalishlarida musobaqa bo'lib o'tdi.

Musobaqani Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A. Rizoqulov, bino boshlig'i I. Yo'ldosheva, kengash raisi Sh. Bozorov, fakultet yoshlar Ittifoqi yetakchisi Sh. Musurmonov kuzatib borishdi.

Stol tennisi yo'nalishida 1-o'rinni Hikmatullayev Shahzod, 2-o'rinni G'ofurov Islomjon, 3-o'rinni Abdurasulov Abdumalik qo'lga kiritishdi.

Tosh ko'tarish yo'nalishida esa, 1-o'rinni To'xtayev Muslimbek, 2-o'rinni Arolov Dilshodbek, 3-o'rinni Abdurasulov Abdumalik egallashdi.

G'oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tarix fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram