O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
⚡️ Belarus Respublikasining P.M.Masherova nomidagi Vitebsk Davlat universitetining dotsenti Sergey Aleksandrovich Prohojiy bir hafta davomida O‘zMUning Matematika fakultetida amaliyot o'tab, ushbu fakultet talabalariga ma’ruzalar o‘qidi.

✅ Amaliyot yakunida S.A.Prohojiy sertifikat bilan taqdirlanib, O‘zbekiston Milliy Universiteti va P.M.Masherova nomidagi Vitebck Davlat universiteti o’rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish xususida fikr bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Ilk bor O‘zbekiston fuqarosida “omicron” virusi aniqlandi.
🇺🇿 🇺🇸 XАLQАRO HАMKORLIK

Joriy yilning 3-dekabr kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro hamkorlik doirasida onlayn maʼruza tashkil etildi.

✅ Falsafa yoʼnalishi 4-kurs talabalariga Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi tarixi fanidan "Tasavvuf" mavzusida АQSh Nyu-York Xofstra universiteti professori, tarixchi, manbashunos, tasavvufshunos olim, UNESCOning Markaziy Osiyo moddiy va nomoddiy qadriyatlari boʼyicha eksperti Karimov Elyor Erikovich olib bordi.

Ushbu maʼruzalar Sharq falsafasining Islom falsafasi va ilohiyotshunosligi turkumidan davom ettiriladi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti, "Falsafa va mantiq" kafedrasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan mahalladagi hokim yordamchilari OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi.

@NUU_students
⚡️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda O'zbekiston Milliy universiteti hamkorlikda 3-dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosari Yusuf Absoatov, markaz direktori Laziz Mingishev hamda O'zMU prorektori Kamoliddin Mirzaaxmedovlar ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilariga sovg'alar ulashildi. Bayram tadbiri TTJ iqtidorli talabalarining sahna ko'rinishlari, musiqali chiqishlari hamda taniqli san'atkor Shuhrat Daryoning qo'shiqlari bilan davom etdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
❗️OTM professor-o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi!

Oliy ta'lim vazirligi va Ta'lim inspeksiyasi tomonidan “Davlat OTMda yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim faoliyatini amalga oshirish uchun ular moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari va o‘quv-metodik ta'minotiga qo‘yiladigan minimal talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab, davlat oliy ta'lim muassasalariga, ular minimal talablarga javob bergan taqdirda, yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:

— professor-o‘qituvchilar shtat birliklari soni bo‘yicha - kunduzgi va kechki ta'lim shaklida - har 16 nafar talabaga 1 shtat birligi; sirtqi ta'lim shaklida - har 20 nafar talabaga 1 shtat birligi;
— professor-o‘qituvchilar bilan ta'minlanganlik darajasi bo‘yicha - asosiy ish joyi bo‘yicha ishlaydiganlar ulushi - 40 foiz; - bakalavriat yo‘nalishida ilmiy darajalilar ulushi - 35 foiz;
magistratura mutaxassisligida ilmiy darajalilar ulushi - 100 foiz.

O‘quv-metodik ta'minotiga qo‘yiladigan talablar: har bir bakalavriat ta'lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjudligi bo‘yicha - davlat ta'lim standarti va kasb standarti talablariga muvofiq bo‘lishi; o‘quv rejadagi har bir fanning o‘quv dasturlari mavjudligi bo‘yicha - davlat ta'lim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarning talabalarda to‘liq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada bo‘lishi va boshqalar.

O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan ta'minlanganligi bo‘yicha: bakalavriat yo‘nalishida - har 6 nafar talabaga 1 donadan; magistratura mutaxassisligida - har 2 nafar talabaga 1 donadan va boshqalar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram